Banklarni tugatish Tugatuvchining vakolatlari va majburiyatlari Aktivlarni baholash va sotish


Download 30.53 Kb.
bet7/7
Sana01.04.2023
Hajmi30.53 Kb.
#1315584
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Banklarni tugatish

Tugatish jarayonini yakunlash
Tugatish ishlari yakunlanganidan so‘ng likvidator bajarilgan ishlar to‘g‘risidagi yakuniy hisobotni va tugatish balansini tuzadi.
Tugatuvchi Markaziy bankka quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
tugatish komissiyasining qilingan ishlar to‘g‘risidagi hisoboti;
aksiyadorlar (ishtirokchilar) umumiy yig‘ilishining bankni tugatish to‘g‘risidagi bayonnomasi (ixtiyoriy ravishda tugatilganda);
ommaviy axborot vositalarida chop etilgan bankni tugatish to‘g‘risidagi e’lonlar nusxalari;
tugatish komissiyasini tuzish to‘g‘risidagi qaror;
bankning oxirgi ish kunidagi balansi;
tugatish (nol) balansi;
balansdan tashqari hisobvaraqlar bo‘yicha tugatish (nol) balansi;
bank hujjatlari va yig‘majildlari yo‘q qilish uchun ajratilganligi to‘g‘risidagi dalolatnoma;
bank elektron bazasidagi hujjatlar va ma’lumotlarni arxivda saqlash uchun qabul qilish-topshirish dalolatnomasi;
bank muhrlari va shtamplari yo‘q qilinganligini tasdiqlovchi hujjat.
Markaziy bank taqdim etilgan hujjatlarni ko‘rib chiqib, bankni Banklarni ro‘yxatga olish Davlat kitobidan chiqarib tashlash to‘g‘risidagi qarorni qabul qiladi.
Markaziy bank O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 25-sentabrdagi 274-son qarori bilan tasdiqlangan Korxonalar va tashkilotlarning yagona davlat registri to‘g‘risidagi nizomga muvofiq, davlat statistikasi organlariga bank tugatilganligi to‘g‘risida xabar yuboradi.
Bank Banklarni ro‘yxatga olish davlat kitobidan chiqarilgan vaqtdan boshlab tugatilgan hisoblanadi.
Bank tugatilganidan so‘ng uning arxivi, shu jumladan tugatish komissiyasining operatsiyalari bo‘yicha hujjatlar, tugatuvchi tomonidan bank joylashgan joydagi davlat arxiviga belgilangan tartibda topshiriladi.
Tugatuvchi tayinlanganidan so‘ng u darhol bank xodimlari va aksiyadorlarining nazoratsiz ravishda aktivlardan foydalanishining oldini olish yuzasidan tegishli chora-tadbirlarni ko‘rishi shart. Bunda u quyidagilarni amalga oshirishi lozim:
1. Bank binosi ustidan jismoniy nazorat o‘rnatish.
2. Barcha xodimlardan kalitlarni olib qo‘yish,
3. Bankning barcha xonalarini muhrlash.
4. Kassadagi naqd pulni sanash.
5. Cheklar va qimmatli qog‘ozlarni sanash.
6. Bankning sug‘urta polislari, boshqaruv bayonnomalari va taftish hisobvaraqlarini muhrlash.
7. Bank xodimlarining bank omborxonasiga kirishini cheklab qo‘yish.
8. Garovni muhrlash, ssuda qarzlarini qayd etish.
9. Bank ichki xavfsizlik xizmati yetib kelguniga hamda qulflar va kombinatsiyalar almashtirilguniga qadar bank omborxonasini nazorat qilish uchun xodim tayinlash.
10. Xavfsizlik xizmati xodimlari va chilangarni chaqirish.
11. Pochtaga xabar berish.
12. Kommunal xizmatlarga xabar berish.
13. Vakil banklarga faks yoki telegramma orqali xabar berish.
14. Bankning binodan tashqarida joylashgan mol-mulki, jumladan, yengil avtomobillar va kredit varaqchalarini tekshirish.
15. Bank eshiklariga u tugatilayotganligi to‘g‘risidagi e’lonni osib qo‘yish.
Download 30.53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling