Bankning ichki valyuta bozorida konversion operatsiyalarini tekshirish
Download 247.79 Kb.
|
Bankning ichki valyuta bozorida konversion operatsiyalarini teks-fayllar.org
Auditorlik xulosasi – moliyaviy hisobotning haqqoniyligi va buxgalteriya hisobini yuritish tartibining qonun hujjatlari bilan belgilangan talablarga muvofiqligi to‘g‘risida auditorlik tashkilotining fikri yozma shaklda ifodalangan va tijorat bankning moliyaviy hisobotidan foydalanuvchilar uchun ochiq bo‘lgan hujjat.
Auditorlik xulosasining tuzilishi Auditorlik hisobotida quyidagilar bo‘ladi: nomi (“Auditorlik hisobotiˮ yoki “Auditorlik tashkilotining hisobotiˮ: ikkala nom bir xil kuchga ega); adresatning nomi; kirish qismi; tahliliy qism; yakuniy qism. Auditorlik hisobotining har bir sahifasiga moliyaviy hisobotning auditorlik tekshiruvini amalga oshirgan auditor (auditorlar) imzo chekishi shart. Auditorlik hisoboti buyurtmachining barcha zaruriy rekvizitlarini ko‘rsatish bilan auditorlik tekshiruvi buyurtmachisiga yuboriladi. Auditorlik hisobotining kirish qismi Auditorlik hisobotining kirish qismida auditorlik tashkiloti 42 70-sonli AFMS “Moliyaviy hisobot to‘g‘risidagi auditorlik hisoboti va auditorlik xulosasi”O‘zbekiston Respublikasi Adliya Vazirligi №2844 2016 yil 1 dekabr www.lex.uz rekvizitlari, shu jumladan auditorlik faoliyatini amalga oshirishga litsenziyaning raqami va sanasi, auditorlar va auditorlik tekshiruvida qatnashgan boshqa shaxslar to‘g‘risidagi ma’lumotlar, shuningdek, auditorlik tekshiruvini o‘tkazish uchun asos va tijorat bank faoliyatining umumiy tavsifi keltiriladi. Auditorlik hisobotining tahliliy qismi Auditorlik hisobotining tahliliy qismi AFMAga havola qilishi va unda quyidagilar bo‘lishi shart: tijorat bankda ichki nazorat holatini tekshirish natijalari (batafsil bayoni); buxgalteriya hisobi holati va moliyaviy hisobotni tekshirish natijalari; moliyaviy-xo‘jalik faoliyatini amalga oshirish paytida qonunchilik talablariga rioya etilishini tekshirish natijalari; soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni hisoblash hamda to‘lashning to‘g‘riligini tekshirish natijalari; aktivlarning butligini tekshirish natijalari. Xo‘jalik yurtiuvchi subyekt ichki nazoratining holatini tekshirish natijalari to‘g‘risidagi axborot quyidagilarni o‘z ichiga olishi kerak: ichki nazorat tizimining tijorat bank faoliyatining miqyoslari va xususiyatiga muvofiqligi umumiy bahosi; auditorlik tekshiruvi mobaynida aniqlangan ichki nazorat tizimining tijorat bank faoliyatining miqyoslari va xususiyatiga jiddiy nomuvofiqliklari bayoni. Tijorat bankining buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisoboti holatini tekshirish natijalari to‘g‘risidagi axborot quyidagilarni o‘z ichiga olishi kerak: buxgalteriya hisobini yuritish va moliyaviy hisobotni tuzishning belgilangan tartibiga rioya qilinishini baholash; auditorlik tekshiruvi davomida aniqlangan buxgalteriya hisobini yuritish va moliyaviy hisobotni tayyorlashning belgilangan tartibini jiddiy buzishlar bayoni. Tijorat bank tomonidan moliyaviy-xo‘jalik operatsiyalarini amalga oshirish paytida qonunlarga rioya etilishini tekshirish natijalari to‘g‘risidagi axborot quyidagilarni o‘z ichiga olishi kerak: tijorat bank amalga oshirgan moliyaviy-xo‘jalik operatsiyalarining qonunchilikka muvofiqligini baholash; auditorlik tekshiruvi davomida aniqlangan, tijorat bank amalga oshirgan moliyaviy-xo‘jalik operatsiyalarning qonunchilikka jiddiy nomuvofiqliklari bayoni. Soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni hisoblashi va to‘lashning to‘g‘riligini tekshirish natijalari to‘g‘risidagi axborot quyidagilarni o‘z ichiga olishi kerak: tuzilgan va tegishli organlarga taqdim etilgan soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar to‘g‘riligining bahosi; soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni hisoblash va to‘lashning belgilangan tartibini buzish faktlari, soliq solinadigan bazani belgilash paytidagi chetga chiqishlar bayoni; aktivlar butligini tekshirish natijalari aktivlarni inventarlashga asoslanishi va o‘z ichiga ularning haqiqatda mavjudligi va butligi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni olishi kerak. Download 247.79 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling