Bankning ichki valyuta bozorida konversion operatsiyalarini tekshirish


Download 266.19 Kb.
bet12/67
Sana26.02.2023
Hajmi266.19 Kb.
#1231996
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   67
Bog'liq
Банк аудити дарслик.24pdf 200-320

Mijoz-tijorat bank faoliyati (biznesi)ning ko‘lami. Mijoz-tijorat bankda sodir bo‘ladigan xo‘jalik muomalalarining miqdori qanchalik ko‘p bo‘lsa, auditorlik riski shunchalik yuqori bo‘ladi va uning moliyaviy hisobotidan shuncha kengroq hajmda foydalanish zarur bo‘ladi. Auditorlik risk darajasini aniqlashda moliyaviy hisobot ma’lumotlaridan foydalanuvchilarning fikrlari asos bo‘lib hisoblanadi. Masalan, agar aksiyadorlik jamiyati qo‘shimcha aksiya chiqarishni rejalishtirmagan bo‘lsa, u holda faqat haqiqiy aksiyadorlar fikri inobatga olinadi. Agar qo‘shimcha aksiya chiqariladigan bo‘lsa, aksiyalarga obuna bo‘luvchilar fikrlari ham inobatga olinadi. Yangi aksiyadorlarni asosan yuqori dividendlar va ijobiy auditorlik xulosasi bilan jalb qilish mumkin.

  • Mulkchilikning tashkiliy-huquqiy shakllari ham auditorlik risklarining maqbul to‘plamiga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. Masalan, ochiq turdagi aksiyadorlik jamiyatlarining moliyaviy hisobotlari yopiq turdagi aksiyadorlik jamiyatlarinikiga qaraganda aksiyadorlarining ishonchini ko‘proq qozonganligi bois, auditorlik riskini pasaytirishi mumkin. Bu ochiq turdagi aksiyadorlik jamiyatlarida har xil mulkdorlar mavjudligi bilan izohlanadi. Shuningdek, aksiyadorlarning manfaatlari har doim ham bir-birinikiga mos kelavermaydi va shuning uchun ham ular bir- birlarini nazorat qilib turadilar.

  • Kreditorlik qarzlarining miqdori va tavsifi. Mijoz-tashkilot kreditorlari qanchalik yirik tijorat banklardan iborat bo‘lsa, demak, uning moliyaviy hisobotiga ishonch shuncha yuqori ekanligi va uni tekshirish bilan bog‘liq tavakkalchilik xatari shunchalik past bo‘ladi.

    Auditorlik riskiga boshqa shart-sharoitlar ham ta’sir ko‘rsatadi. Jumladan: mutaxassislarning buxgalteriya hisobini bilishi, auditorlik
    tekshiruviga umumiy yondashuv, me’yoriy-huquqiy tizimdagi o‘zgarishlar, hisobning kompyuterlashtirilganlik darajasi, mijoz-tijorat bankdagi ichki nazorat tizimining ishonchliligi, rahbarlar almashinishi va ularning shaxsiy fazilatlari, olingan natijalarni baholash va ularning to‘liqligi, mazkur tashkilot faoliyatiga xos bo‘lmagan muomalalar miqdori va sh. k.

    Download 266.19 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   67




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling