Baqa yuragi misolida harorat koeffitsiyenti va aktivlanish energiyasini shtraube usulida hisoblab topish


Download 228.12 Kb.
bet5/6
Sana25.10.2023
Hajmi228.12 Kb.
#1720303
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
portal.guldu.uz-Haroratning biologik jarayonlar kinetikasiga taʻsiri. Baqa yuragining harorat koeffitsiyenti va aktivlanish energiyasini aniqlash.

6-laboratoriya ishiga ilova


SHTRAUBE METODIGA BINOAN BAQA IZOLIRLANGAN YURAGI PREPARATINI TAYYORLASH


Ish uchun zarur vositalar: o`rtacha kattalikdagi jarroh qaychisi, uchlari egilgan kichik qaychi va anatomik pinset, uzun ninali shprits, orqa miya zondi, preparat taxtachasi, Shtraube kanyulyasi, ipak ip, sovuq qonli hayvonlar uchun ishlatiladigan Ringer eritmasi, qurbaqalar.
Zond yordamida orqa miyasi buzilib, harakatsizlantirilgan qurbaqa preparat taxtachasiga chalqanchasiga yotqiziladi. Anatomik pinset bilan tananing ko`krak qismi ustidagi teri ko`tariladi va qaychi bilan qirqib tashlanadi. To`sh suyagining xanjarsimon o`simtasi pinset bilan ko`tarilib, o`sha joydan ko`krak oldi devori o`mrov suyaklari tomon qirqiladi va ko`krak bo`shlig`i ochib tashlanadi.Operatsiya bajarilayotganda, yurak atrofidagi tomirlarning qirqilib ketishidan ehtiyot bo`lish shart. So`ngra egik uchli kichik pinset uchiga siqib olingan ligatura yurak qorinchasi tagidan o`tkazilib, uning bir uchi yurak "jilovi"ga bog`lanadida, "jilov"distal qirqiladi. Yurak jilovini bu xilda ligaturaga olish yurakka kanyulya o`rnatishni osonlashtiradi. Navbatdagi ligaguralar aortaning o`ng va so`l tarmoqlari tagidan o`tkaziladi va so`l tarmoq tagidan o`tkazilgan ligaguraning ikki uchi chap qo`lga olinib, ko`tariladi va shu holatda tarmoq devoridan, o`ng qo`lga olingan egri qaychining uchi bilan qirqib, tirqish ochiladi. Mazkur tirqish orqali, aorta piyozchasi tomon Ringer eritmasi bilan to`ldirilgan Shtraube kanyulasining uchi kiritiladi. Yurak qorinchasining navbatdagi sistemasi davrida (bu davrda qorincha bilan aorta piyozchasi oralig`idagi ikki tabaqali klapan ochiq bo`ladi) yurak jiloviga bog`langan ligatura yordamida, yurak qorinchasiga aorta piyozchasi ichida turgan kanyulaning uchi to`g`rilanadi va qorincha tomon suriladi. Kanyulyaning uchki qismidagi suyuqlikning qon bilan bo`yalishi, kanyulya uchining yurak korinchasiga o`tganligidan darak beradi. Tarmoq tagidan o`tkazilgan ligatura bilan tomir devori kanyulya bo`yniga mahkam bog`lanadi va tomir distal qirqiladi. ligaturaning qolgan qoldiqlari ham qirqib tashlanadi. Kanyulya ichiga o`tgan va ivib qolgan qon laxtachalari shpritsga olingan Ringer eritmasi bilan yuvib tashlanadi. Aortaning o`ng tarmog`i tagiga o`tkazilgan ligatura bilan o`sha tarmoq mahkam bog`lanadi va tomir ligatura tugunidan distal qirqiladi. Keyin esa, jilovdagi ip orqali qorincha ko`tariladi va venoz sinusi bilan kavak venalar chegarasiga qo`yilgan ligatura yordamida, venoz sinusi tomirlardan ajratib bog`lanadi va tugundan distal holatda, kavak venalar va ligaturalar qoldiqlari qirqilib, kanyulaga bog`langan yurak preparati tanadan ajratib olinadi. Kanyulya ichidagi Ringer eritmasi shpritsdagi uning yangi porsichisi bilan almashtiriladi va kanyulya ichidagi uning 1/3 balandligiga to`g`ri keladigan miqdorda eritma qoldiriladi.






Download 228.12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling