Baqa yuragi misolida harorat koeffitsiyenti va aktivlanish energiyasini shtraube usulida hisoblab topish


Download 228.12 Kb.
bet3/6
Sana25.10.2023
Hajmi228.12 Kb.
#1720303
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
portal.guldu.uz-Haroratning biologik jarayonlar kinetikasiga taʻsiri. Baqa yuragining harorat koeffitsiyenti va aktivlanish energiyasini aniqlash.

k2 = pze RT2

Agarda T2= T1 bo`lsa, z2= z1 bo`ladi, ammo ular o`rtasida farq katta bo`lmaydi, ya`ni harorat 10°C ga farqlanganda z2va z1qisqarib ketadi. Sterik omil ham bunday haroratda katta o`zgarishga uchramaydi. Shunga ko`ra, uni ham qisqartirishmumkin bo`ladi.


Bayon etilganlarga binoan, ikki xil haroratdagi reaksiya tezlik konstantalarining nisbatini yozamiz:

Agarda bo`lsa, u holda dir.


Tenglamani logarifmlab, quyidagilarni hosil qilamiz:
ln Q10 = ln e - -lne - .
ln Q10 = - + =
Agarda T2 bilan T1 aro farq 10° C ni tashkil etsa, u holda
In Q10 = bo`ladi.
Mazkur tenglamadan reaksiyaning aktivlanish energiyasi E ni topish mumkin, ya`ni
E=
Natural logarifmdan o`nli logarifmga o`tib, R-kattaligi(1,987kkal.mol-1) ni tenglamaga qo`yamiz va quyidagilarni hosil qilamiz:

E =


va nihoyat ushbu tenglamaga ega bo`lamiz: E= 0,46 (T2 T1) Q10(4)
Shunday qilib, bu tenglamadan reaksiya aktivlanish energiyasi bilan uning harorat koeffitsienti aro chiziqli bog`lanish mavjud degan xulosa kelib chiqadi, ya`ni reaksiyaning aktivlanish energiyasi qancha katta bo`lsa, u haroratga shu qadar bog`liq bo`ladi.
Ko`pchilik biologik jarayonlar aktivlanish energiyalarining kattaligi kimyoviy reaksiyalar aktivlanish energiyalari kattaliklariga yaqin bo`lib, 8,12 va 18 kkal.mol atrofida guruhlanadi.


Laboratoriya ishining bajarilishi
Ish uchun zarur vositalar: 100 ml hajmga ega konussimon kolbachalar (3 dona) va ularni yopishga mo`ljallangan rezina qopqoqlar, 0-50°C shkalaga ega termometrlar (3 dona), qor yoki muz, qurbaqalar. Qolgan vositalar ro`yxati ilovada keltirilgan.
Dastlab uch dona kamera tayyorlab olinadi. Kamera sifatida titrlash uchun ishlatiladigan kolbachalar tavsiya etiladi. Kolbachalarga mos qopqoqlar tanlab olinib, ulardan qopqoq burg`isiyordamida ikkitadan teshik ochiladi. Teshiklarning biriga termometr joylashtiriladi, ikkinchisi esa kanyulya uchun mo`ljalangan bo`lib, u ochiq qoldiriladi. Kolbachalarga oz miqdorda suv quyiladi, termometr joylashtirilgan qopqoqlar bilan yopibqo`yiladi. Ish paytida, termometrning simobli rezervuari o`sha probkaga joylashtiriladigan kanyulyauchidan taxminan 0,5 sm pastda turishi shart. Shu tarzda tayyorlangan kameralardan biri ish bajariladigan stol ustida qoldiriladi. Ikkinchisi iliq suv quyilgan stakanga, uchunchisi esa qor-suv aralashmasi solingan stakanga tushirilib qo`yiladi (2-rasm). So`ngra kameralarda harorat turg`unlashguncha Shtraube usulida qurbaqa yuragining izolirlangan preparati tayyorlanadi (ilovaga qarang).




Download 228.12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling