Barakaуev m., Shamsiyev а., G’oyibnazarova g
dekabrda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 1981-2]
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
7.Matematika o\'qitish metodikasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Vazir B. XODIEV . Toshkent sh., 2013 yil 13 dekabr, 470-son ilov-2
- Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim oluvchilar bilimini nazorat qilish va baholashning reyting tizimi to‘g‘risidagi nizomga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar
dekabrda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 1981-2]
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013 yil 28 iyundagi PQ-1990- sonli «Yuridik kadrlarni tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora- tadbirlari to‘g‘risida»gi qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2013 y., 29-son, 372-modda) muvofiq, shuningdek oliy ta’lim muassasalarida ta’lim oluvchilar bilimini nazorat qilish va baholashning reyting tizimiga zamonaviy axborot texnologiyalarini yanada keng joriy qilish maqsadida buyuram nazorat an: 1. O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining 2009 yil 11 iyundagi 204-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1981, 2009 yil 10 iyul) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2009 y., 28-son, 330- modda) bilan tasdiqlangan Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim oluvchilar bilimini nazorat qilish va baholashning reyting tizimi to‘g‘risidagi nizomga ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin. 2. Mazkur buyruq O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi lozim hamda u rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi Vazir B. XODIEV . Toshkent sh., 2013 yil 13 dekabr, 470-son ilov-2 128 O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining 2013 yil 13 dekabrdagi 470-sonbuyrug‘iga ILOVA Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim oluvchilar bilimini nazorat qilish va baholashning reyting tizimi to‘g‘risidagi nizomga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar 1. 6-bandning beshinchi xatboshisi «kengashi» degan so‘zdan keyin «yoki oliy ta’lim muassasasi kengashi» degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin. 2. Quyidagi mazmundagi 6 1 -band bilan to‘ldirilsin: «6 1 . Nazorat turlarini o‘tkazishda xolislikni ta’minlash maqsadida ta’lim oluvchilar to‘g‘risidagi ma’lumotlar ularning nazorat ishlariga oliy ta’lim muassasasi tomonidan identifikatsiya kodi berish orqali shifrlanishi mumkin.». 3. 8-band «bo‘limi» degan so‘zdan keyin «yoki o‘quv-uslubiy boshqarma» degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin. 4.11-band quyidagi mazmundagi beshinchi – sakkizinchi xat boshilar bilan to‘ldirilsin: «Toshkent davlat yuridik universitetida reyting ballari nazorat turlari bo‘yicha quyidagicha taqsimlanadi: joriy nazorat ga — 30 ball; oraliq nazorat ga — 20 ball; yakuniy nazorat a — 50 ball.». 5. 13-banddagi «daftarchasiga» degan so‘z «daftarchasi yoki ta’lim oluvchilar reytingini hisobga olish elektron tizimiga» degan so‘zlar bilan almashtirilsin. 6. 21-band «dekanat» degan so‘zdan keyin «yoki fakultet tuzilmasi bo‘lmagan oliy ta’lim muassasalarida o‘quv bo‘limi (o‘quv-uslubiy boshqarma)» degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin. 7. 23-bandning ikkinchi xatboshisi «farmoyishi» degan so‘zdan keyin «yoki fakultet tuzilmasi bo‘lmagan oliy ta’lim muassasalarida o‘quv bo‘limi 129 (o‘quv-uslubiy boshqarma) yoki o‘quv ishlari bo‘yicha prorektorning ruxsatnomasi» degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin. 8. 24-bandda: quyidagi mazmundagi uchinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin: «Toshkent davlat yuridik universitetida ta’lim oluvchining semestrda joriy va oraliq nazorat turlari bo‘yicha to‘plagan ballari ushbu nazorat turlari umumiy balining 55 foizidan kam bo‘lsa yoki yakuniy nazorat bo‘yicha to‘plagan bali ushbu nazorat turi umumiy balining 55 foizidan kam bo‘lsa, u akademik qarzdor hisoblanadi.»; uchinchi xatboshi to‘rtinchi xatboshi deb hisoblansin; to‘rtinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin: «Akademik qarzdor ta’lim oluvchilarga semestr tugaganidan keyin (bahorgi semestr natijalari bo‘yicha esa, ta’lim oluvchilar ning yozgi ta’tili hamda professor-o‘qituvchilarning mehnat ta’tilidan so‘ng) qayta o‘zlashtirish uchun bir oy muddat beriladi. Shu muddat davomida fanni o‘zlashtira olmagan ta’lim oluvchi fakultet dekani yoki fakultet tuzilmasi bo‘lmagan oliy ta’lim muassasalarida o‘quv bo‘limi (o‘quv-uslubiy boshqarma) boshlig‘ining tavsiyasiga ko‘ra belgilangan tartibda rektorning buyrug‘i bilan ta’lim oluvchilar safidan chetlashtiriladi.». 9. 25-banddagi «dekaniga» va «dekanining» degan so‘zlar tegishlicha «dekani yoki fakultet tuzilmasi bo‘lmagan oliy ta’lim muassasalarida o‘quv bo‘limi (o‘quv-uslubiy boshqarma) boshlig‘iga» va «dekani yoki fakultet tuzilmasi bo‘lmagan oliy ta’lim muassasalarida o‘quv bo‘limi (o‘quv-uslubiy boshqarma) boshlig‘ining» degan so‘zlar bilan almashtirilsin; 10. 27-banddagi «daftarchasining» degan so‘z «daftarchasi yoki ta’lim oluvchilar reytingini hisobga olish elektron tizimining» degan so‘zlar bilan almashtirilsin. 11. 29-band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan to‘ldirilsin: 130 «ta’lim oluvchilar» reytingini hisobga olish elektron tizimi joriy etilgan oliy ta’lim muassasalarida ta’lim oluvchilarning fan bo‘yicha reytingi reyting qaydnomasi va ushbu tizimga qayd etiladi.». 12. 32-band «dekanat» degan so‘zdan keyin «yoki fakultet tuzilmasi bo‘lmagan oliy ta’lim muassasalarida o‘quv bo‘limi (o‘quv-uslubiy boshqarma)» degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin. 13. Ushbu o‘zgartirish va qo‘shimchalar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi, O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasi, O‘zbekiston Badiiy akademiyasi, «O‘zbekiston temir yo‘llari» DAK, Davlat soliq qo‘mitasi, Tashqi ishlar vazirligi va Navoiy kon-metallurgiya kombinati DK bilan kelishilgan. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling