Barakaуev m., Shamsiyev а., G’oyibnazarova g


dekabrda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 1981-2]


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet73/88
Sana20.11.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1788385
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   88
Bog'liq
7.Matematika o\'qitish metodikasi

dekabrda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 1981-2] 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013 yil 28 iyundagi PQ-1990-
sonli «Yuridik kadrlarni tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora-
tadbirlari to‘g‘risida»gi qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari 
to‘plami, 2013 y., 29-son, 372-modda) muvofiq, shuningdek oliy ta’lim 
muassasalarida ta’lim oluvchilar bilimini nazorat qilish va baholashning reyting 
tizimiga zamonaviy axborot texnologiyalarini yanada keng joriy qilish 
maqsadida buyuram nazorat an: 
1. O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining 2009 
yil 11 iyundagi 204-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1981, 2009 yil 10 iyul) 
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2009 y., 28-son, 330-
modda) 
bilan 
tasdiqlangan 
Oliy 
ta’lim 
muassasalarida 
ta’lim 
oluvchilar bilimini 
nazorat qilish 
va 
baholashning 
reyting 
tizimi 
to‘g‘risidagi nizomga ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin. 
2. Mazkur buyruq O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat 
ro‘yxatidan o‘tkazilishi lozim hamda u rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran 
kuchga kiradi Vazir B. XODIEV
. Toshkent sh., 2013 yil 13 dekabr, 470-son 
ilov-2 


128 
O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining 2013 
yil 13 dekabrdagi 470-sonbuyrug‘iga ILOVA 
Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim oluvchilar bilimini nazorat qilish va 
baholashning reyting tizimi to‘g‘risidagi nizomga kiritilayotgan 
o‘zgartirish va qo‘shimchalar 
1. 6-bandning beshinchi xatboshisi «kengashi» degan so‘zdan keyin «yoki 
oliy ta’lim muassasasi kengashi» degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin. 
2. Quyidagi mazmundagi 6
1
-band bilan to‘ldirilsin: 
«6
1
. Nazorat turlarini o‘tkazishda xolislikni ta’minlash maqsadida ta’lim 
oluvchilar to‘g‘risidagi ma’lumotlar ularning nazorat ishlariga oliy ta’lim 
muassasasi tomonidan identifikatsiya kodi berish orqali shifrlanishi mumkin.». 
3. 8-band «bo‘limi» degan so‘zdan keyin «yoki o‘quv-uslubiy boshqarma» 
degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin. 
4.11-band quyidagi mazmundagi beshinchi – sakkizinchi xat boshilar bilan 
to‘ldirilsin: 
«Toshkent davlat yuridik universitetida reyting ballari nazorat turlari 
bo‘yicha quyidagicha taqsimlanadi: 
joriy nazorat ga — 30 ball; 
oraliq nazorat ga — 20 ball; 
yakuniy nazorat a — 50 ball.». 
5. 13-banddagi «daftarchasiga» degan so‘z «daftarchasi yoki ta’lim 
oluvchilar reytingini hisobga olish elektron tizimiga» degan so‘zlar bilan 
almashtirilsin. 
6. 21-band «dekanat» degan so‘zdan keyin «yoki fakultet tuzilmasi 
bo‘lmagan oliy ta’lim muassasalarida o‘quv bo‘limi (o‘quv-uslubiy 
boshqarma)» degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin. 
7. 23-bandning ikkinchi xatboshisi «farmoyishi» degan so‘zdan keyin 
«yoki fakultet tuzilmasi bo‘lmagan oliy ta’lim muassasalarida o‘quv bo‘limi 


129 
(o‘quv-uslubiy boshqarma) yoki o‘quv ishlari bo‘yicha prorektorning 
ruxsatnomasi» degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin. 
8. 24-bandda: 
quyidagi mazmundagi uchinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin: 
«Toshkent davlat yuridik universitetida ta’lim oluvchining semestrda joriy 
va oraliq nazorat turlari bo‘yicha to‘plagan ballari ushbu nazorat turlari umumiy 
balining 55 foizidan kam bo‘lsa yoki yakuniy nazorat bo‘yicha to‘plagan bali 
ushbu nazorat turi umumiy balining 55 foizidan kam bo‘lsa, u akademik 
qarzdor hisoblanadi.»; 
uchinchi xatboshi to‘rtinchi xatboshi deb hisoblansin; 
to‘rtinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin: 
«Akademik qarzdor ta’lim oluvchilarga semestr tugaganidan keyin 
(bahorgi semestr natijalari bo‘yicha esa, ta’lim oluvchilar ning yozgi ta’tili 
hamda professor-o‘qituvchilarning mehnat ta’tilidan so‘ng) qayta o‘zlashtirish 
uchun bir oy muddat beriladi. Shu muddat davomida fanni o‘zlashtira olmagan 
ta’lim oluvchi fakultet dekani yoki fakultet tuzilmasi bo‘lmagan oliy ta’lim 
muassasalarida o‘quv bo‘limi (o‘quv-uslubiy boshqarma) boshlig‘ining 
tavsiyasiga ko‘ra belgilangan tartibda rektorning buyrug‘i bilan ta’lim 
oluvchilar safidan chetlashtiriladi.». 
9. 25-banddagi «dekaniga» va «dekanining» degan so‘zlar tegishlicha 
«dekani yoki fakultet tuzilmasi bo‘lmagan oliy ta’lim muassasalarida o‘quv 
bo‘limi (o‘quv-uslubiy boshqarma) boshlig‘iga» va «dekani yoki fakultet 
tuzilmasi bo‘lmagan oliy ta’lim muassasalarida o‘quv bo‘limi (o‘quv-uslubiy 
boshqarma) boshlig‘ining» degan so‘zlar bilan almashtirilsin
10. 27-banddagi «daftarchasining» degan so‘z «daftarchasi yoki ta’lim 
oluvchilar reytingini hisobga olish elektron tizimining» degan so‘zlar bilan 
almashtirilsin. 
11. 29-band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan to‘ldirilsin: 


130 
«ta’lim oluvchilar» reytingini hisobga olish elektron tizimi joriy etilgan 
oliy ta’lim muassasalarida ta’lim oluvchilarning fan bo‘yicha reytingi reyting 
qaydnomasi va ushbu tizimga qayd etiladi.». 
12. 32-band «dekanat» degan so‘zdan keyin «yoki fakultet tuzilmasi 
bo‘lmagan 
oliy 
ta’lim muassasalarida o‘quv 
bo‘limi 
(o‘quv-uslubiy 
boshqarma)» degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin. 
13. Ushbu o‘zgartirish va qo‘shimchalar O‘zbekiston Respublikasi 
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi, O‘zbekiston Respublikasi 
Xalq ta’limi vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Madaniyat va sport ishlari 
vazirligi, Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Aloqa
axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasi, 
O‘zbekiston Badiiy akademiyasi, «O‘zbekiston temir yo‘llari» DAK, Davlat 
soliq qo‘mitasi, Tashqi ishlar vazirligi va Navoiy kon-metallurgiya kombinati 
DK bilan kelishilgan. 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   88




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling