131
reyting asosida joriy etilgan baholashning ilg‘or usullarini
takomillashtirishda
oliy ta’lim muassasalarining mas’uliyatini oshirish maqsadida buyuraman:
1. O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining 2009
yil 11 iyundagi 204-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1981, 2009 yil 10 iyul)
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2009 y., 28-son, 330-
modda) bilan tasdiqlangan Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim oluvchilar bilimini
nazorat
qilish
va
baholashning
reyting
tizimi
to‘g‘risidagi
nizomning muqaddimasi quyidagi mazmundagi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
«Qonun hujjatlariga muvofiq o‘quv jarayoni modul tizimiga asoslangan
oliy ta’lim muassasalarida ta’lim oluvchilar
bilimini nazorat qilish va
baholashning o‘ziga xos xususiyatlari O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta
maxsus ta’lim vazirligi bilan kelishilgan holda tegishli oliy ta’lim muassasasi
tomonidan belgilanishi mumkin.».
2. Ushbu qo‘shimcha O‘zbekiston Respublikasi
Vazirlar Mahkamasi
huzuridagi Davlat test markazi, Xalq ta’limi
vazirligi, Sog‘liqni saqlash
vazirligi, Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi,
Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya
texnologiyalari davlat
qo‘mitasi, «O‘zbekiston temir yo‘llari» DAK, Davlat soliq qo‘mitasi,
O‘zbekiston Badiiy akademiyasi,
Tashqi ishlar vazirligi, Navoiy kon-
metallurgiya kombinati bilan kelishilgan.
3. Mazkur buyruq O‘zbekiston Respublikasi
Adliya vazirligida davlat
ro‘yxatidan o‘tkazilishi lozim hamda rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran
kuchga kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: