145
2. Portfolioning turini aniqlash (o‘qituvchi berishi yoki ta’lim oluvchi o‘z
xohishiga ko‘ra tanlab olishi mumkin).
3. Portfolioni topshirish muddati va uning ustida ishlash vaqti:
mashg‘ulotlarda, mustaqil ish davrida, uy vazifalarini tayyorlash paytida.
4. Ruknlarning umumiy soni, ulardan bajarilishi shart bo‘lganining soni.
5. Baholash mezonlari.
6. Baholash usullari.
Portfolioni baholash shakllari
Faqat portfolio ustida ishlash jarayoni va xarakteri baholanadi;
portfolioning ma’lum qismlari berilgan mezonlar bo‘yicha
baholanadi (masalan, bajarilishi shart bo‘lgan ruknlar);
hamma ruknlar baholanadi, umumiy baho o‘rtacha
arifmetik sifatida chiqariladi;
oldindan aniqlangan mezonlar bo‘yicha portfolioning oxirgi
varianti baholanadi;
na faqat portfolioning o‘zi, balki uning taqdim qilish sifati ham
baholanadi;
portfolio baholanmaydi, o‘quvchi portfolioning ayrim qismlarini
yakuniy o‘quv mashg‘ulotida yoki nazorat ishida taqdim qiladi.
Baholash mezonlari
Odatda baholash mezonlari ta’lim oluvchilar bilan birgalikda aniqlanadi,
lekin faqat o‘qituvchi taklif qilishi ham mumkin. Mezonlarni to‘plash o‘quv
fanining
xususiyatlariga, uni o‘zlashtirish maqsadlariga, o‘qitish
sharoitlariga va
boshqalarga bog‘likdir. Lekin har qanday holatda ham tahlil qilishning quyidagi
mezonlarni qabul qilish tavsiya qilinadi:
zarur ruknlar va xulosalarning mavjudligi;
ishlarni amalga oshirishda ilmiy tadqiqot usullaridan foydalanish holati;
mazmunining "shaxsiy bog‘liqligi»;
rasmiylashtirish sifati;
146
ta’lim oluvchining o‘ziga portfolioning foydaliligi kabilar.
Baholashning usullaridan biri “YaKUN” modeli deb nomlanib u quyidagicha
bo‘ladi:
Do'stlaringiz bilan baham: