121
BBB metodi
(O‘qituvchi tomonidan tayyorlagan BBB tarqatma har bir ta’lim
oluvchiga tarqatiladi va to‘ldirish topshirig‘i beriladi).
Bilaman
Bilib oldim
Bilishni xoxlayman
(Natija slayd asosida tekshiriladi)
Bilaman
Bilib oldim
Bilishni
xohlayman
KLASTER METODI
Klaster - bu
“tutam”, “bog‘lam” degan ma’noni
anglatib, u ma’lum bir
mavzu bo‘yicha erkin va ochiq fikrlashning notekis shaklidir. Bunda
o‘rganilayotgan mavzu yoki ob’ekt to‘g‘risidagi
asosiy tushunchalarga
tayangan holda o‘quvchilar tomonidan bildirilgan g‘oyalar to‘plab boriladi va
shular.
Ta’lim jarayonida klasterlardan o‘rinli va to‘g‘ri foydalanish o‘quvchilarda
bilimlarni faol egallashga bo‘lgan intilishlarini
oshiradi va ularning
o‘rganilayotgan yangi nazariy yoki amaliy materiallar bo‘yicha egallagan
bilimlarini erkin namoyon etishiga yordam beradi.
Matematika fanini o‘qitish jarayonida “Klaster”
metodidan foydalanish
o‘quvchilarda ijodiy va tanqidiy fikrlashni rivojlantirishda muhim o‘rin tutib, u
o‘quvchilarga o‘rganilayotgan mavzu bo‘yicha erkin va ochiq fikr yuritishiga
yordam beradi. Klasterga bo‘lish quyidagicha amalgaoshiriladi:
Klasterni tuzish qoidasi
1. Mavzu yoki mavzuga oid muhim so‘z varaqnin o‘rtasiga yoziladi.
2. Mavzu bo‘yicha yoki berilgan muhim so‘z bo‘yicha esga kelgan o‘zaro
mantiqiy bog‘liq bo‘lgan fikr va g‘oyalar bir so‘z
bilan yozilib ketma-ket
122
joylashtiriladi (bunda so‘zlarning imloviy va boshqa xatolariga e’tibor
berilmaydi).
3. Ajratilgan vaqt tugagunga qadar esga kelgan fikr yoki g‘oyalarni yozish
davom ettiriladi. Agar fikr yoki g‘oya esga kelmasa esga kelgunga qadar biror
narsa rasmini qog‘ozga chizib turish maqsadga muvofiq.
4. Bildirilgan fikr yoki g‘oyalar o‘rtasida mumkin qadar bog‘lanishlar
bo‘lishiga erishishk yerak.
5. Mavzuni o‘zlashtirish bosqichida olingan mao’lumotlardan foydalangan
holda o‘quvchilar topshiriq yechimining mumkin bo‘lgan barcha variantlarini
imkoniyat darajasida ishlab chiqishi talab etiladi (echim variantlari qancha ko‘p
bo‘lsa ko‘zlangan maqsadga erishish imkoniyatlari shuncha yuqori bo‘ladi).
Do'stlaringiz bilan baham: