Barakaуev m., Shamsiyev а., G’oyibnazarova g


Yakuniy bahoning to‘rtta darajasi


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet79/88
Sana20.11.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1788385
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   88
Bog'liq
7.Matematika o\'qitish metodikasi

Yakuniy bahoning to‘rtta darajasi 
O‘quv portfoliosini yakuniy baholash nuqtai nazaridan quyidagi to‘rt darajali 
tizimni tavsiya qilish mumkin. 
Eng yuqori daraja. Bunday portfolioning mazmuni ruknlar va baholash 
mezonlarini har tomonlama o‘z ichiga qamrab oladi. 
Amaliy masalalarni yechishda ta’lim oluvchining katta kuch sarflaganligi, 
muloqot ko‘nikmalarining shakllanganligi va o‘z-o‘zini xolisona baholashning 
aniq ko‘rsatkichlarning ko‘rinib turganligi namoyon bo‘ladi. Portfolioning 
mazmunida va uni ifodalashda yangilik va ijodkorlik namoyon bo‘ladi.
Yuqori daraja. Portfolioning bu darajasi ta’lim oluvchining chuqur bilimga 
va ko‘nikmalarga ega ekanligini ko‘rsatadi, lekin oldingi darajadan farqli 
ravishda, bu darajada zarur bo‘lmagan bo‘limlarning ba’zi bir qismlari bo‘lmasligi 
mumkin, shu bilan birga mazmunidagi yangiliklar va ijodkorligi yetarli darajada 
ifodalanmagan. 
O‘rtacha daraja. Ushbu portfolioda asosiy e’tibor dasturlashtirilgan 
bilimlar va ko‘nikmalar shakllanish darajasiga beriladi. Ijtimoiy ko‘nikmalarning 
rivojlanishi, yuzaki o‘z-o‘zini tahlil qilish va o‘z-o‘zini baholashning asoslari 
yetarli darajada mavjud emas. Portfolioni ifodalashda aniqlik va yangililik yo‘q. 
Past daraja. Bu portfolio bo‘yicha bilimlar va mahoratlar haqida 
tushunchalarni shakllantirish qiyindir. Unda har xil bo‘limlardan bir-biriga 
bog‘lanmagan vazifalar, to‘liq bajarilmagan vazifalarning va grafik 


148 
tashkilotchilarni bajarilishining namunalari, o‘z-o‘zini kuzatish kundalik daftarlari 
va boshqalar berilgan. Bunday portfolio bo‘yicha o‘qishdagi rivojlanishni 
aniqlash qiyin. 
Ilova-7 
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2009 yil 
14 avgustdagi 286-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   88




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling