Barcha fandan imtihon javoblarini yuklab olish uchun telegram kanalimizga obuna bo‘ling!


 Chingizxonning harbiy yurishlari haqida fikr bildiring


Download 0.58 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/40
Sana22.04.2023
Hajmi0.58 Mb.
#1378295
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   40
Bog'liq
9-sinf Tarix imtihon javoblari 2023

2. Chingizxonning harbiy yurishlari haqida fikr bildiring. 
Chingizxon (asl ismi Temujin, Temuchin) (taxminan 1155, Oʻnon daryosi yaqinidagi Delpun 
Boʻldan mavzei — 1227.25.8) — 
Moʻgʻullar davlati
 asoschisi, sarkarda. Moʻgʻul qabilalari 
ittifoqi — qiyotlar sardori Yasugay bahodirning Oʻelun Fujin (xotun)dan tugʻilgan toʻngʻich 


Barcha fandan imtihon javoblarini yuklab olish uchun telegram kanalimizga obuna bo‘ling!
farzandi. 
13 yoshida otasidan yetim qolgan Chingizxon. 27 yil davomida bir qancha urugʻ va qabilalarni 
tayjiutlar atrofida birlashtirish maqsadida harbiy harakatlar olib borgan. 1195—1204 yillarda 
Ch. keraitlar boshligʻi Vanxon Toʻgʻril (Oʻnxon) bilan ittifoqda merkit, nayman, kuralas, 
ikiras, durban, tatar va hokazo qabilalarni boʻysundiradi. Biroq, keyinchalik ular orasiga 
adovat tushgan. 1204 yil Oʻnxon bilan boʻlgan jangda gʻalaba qozongan Ch. xonlik taxtini 
egallaydi. 1206 yil moʻgʻul aslzodalari, noʻyonlari ishtirokida buyuk qurultoyda "chingiz" 
(tengiz — dengiz, okean) unvoni bilan sarafroz etiladi (Ulugʻxon maʼnosida) va barcha qabila, 
urugʻ, elatlarning buyuk xoni deb eʼlon qilinadi. Davlatning ichki va tashqi siyosatini tartibga 
solishda Ch. tomonidan eʼlon qilingan qonunlar toʻplami — yaso (yasoq) muhim rol oʻynaydi. 
Ming kishilik shaxsiy gvardiya hamda yuz ming jangchidan iborat otliq armiyani 
shakllantirgan Ch. Sibirdagi bir nechta qabila va elatlarni (1207), Shimoliy Xitoyni (1211 — 
15), Oʻrta Osiyoni (1219—21), Xuroson, Eronni (1221—24) oʻz tasarrufiga kiritadi. 
Moʻgʻullar tomonidan zabt etilgan hududlar vayron qilingan, aholisi qyrib tashlangan, qullikka 
mahkum etilgan. 1224 yil Ch. Moʻgʻullar davlatini 4 oʻgʻli — Joʻji, Chigʻatoy, Oʻqtoy va 
Tulilarga taqsimlab bergan. Shimoliy Xitoydagi tangut qabilalarining Sisya davlati (10—13-
asrlar)ga qarshi yurish qilgan vaqtida Ch. ogʻir dard tufayli vafot etadi. Uni Moʻgʻulistondagi 
Burxon—Xaldun togʻ etagida dafn etishadi. 

Download 0.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   40




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling