Barcha fandan imtihon javoblarini yuklab olish uchun telegram kanalimizga obuna bo‘ling!


 “Iyeroglif” atamasiga izoh bering


Download 0.58 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/40
Sana22.04.2023
Hajmi0.58 Mb.
#1378295
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   40
Bog'liq
9-sinf Tarix imtihon javoblari 2023

3. “Iyeroglif” atamasiga izoh bering. 
Iyerogliflar (
qadimgi yunoncha
: muqaddas va oʻyiq) — bir soʻz, boʻgʻin yoki tovushni 
ifodalashga xizmat qiluvchi fafik ifoda. Iyerogliflarning eng qadimgisi 
Misr yozuvi
 belgilari 
boʻlib, miloddan avvalgi 4-ming yillik oxirida qoʻllangan. Hozirda 5 mingga yaqin Misr 
iyeroglifi maʼlum. Misr iyerogliflari orasida quyidagilar farqlanadi: 1) bir konsonatli belgilar 
(30 ga yaqin); bular misr tilidagi undosh tovushlarni ifoda etgan; 2) morfemalarni fonetik 
ifodalash uchun ikki va uch konsonantli belgilar; 3) bir butun soʻzni ifodalash uchun 
ideogrammalar; 4) determinatlar — soʻz maʼnosini aniqlashtiruvchi yordamchi (talaffuz 
etilmaydigan) ideografik belgilar. 
 
14-BILET 
1. Ilk oʻrta asrlarda Xorazm davlati. 
Ilk oʻrta (IV—VIII asrlarda) meʼmorlik yanada rivoj topib, qalʼa, qasr va koʻshklar 
(Burgutqalʼa, Uyqalʼa, Qumbosgan qalʼa va boshqalar) kvadrat yoki toʻrtburchak shaklda bino 
qilinib, burchaklari doirasimon burjlar bilan mustahkamlanadi. Bu davrda bunyod etilgan qalʼa 
va koʻshklar orasida meʼmoriy jihatdan, ayniqsa, Teshikqalʼa va Yakka Porson diqqatga 
sazovordir. 
Xorazmda badiiy sanʼat ham rivoj topgan. Ayniqsa, zargarlik (oltin, kumush va jezdan turli 
xil taqinchoqlar: uzuk, bilaguzuk, isirgʻa va boshqalar) ohangarlik va sarrojlik, ohanjoma 
(temir jiba, ot anjomlar) yasalgan, ip va ipakli guldor matolar toʻqilgan. Miloddan avval VI—
V asrlarda roʻy bergan yuksalish milodiy III asr oxiri va IV asr boshida tushkunlikka uchrab, 
xarobaga aylangan qator shaharu qalʼalar V— VI asrlarda yana jonlangan (Kavat qalʼa, 
Guldursun qalʼa, 
Kot
 va b), X asr oxirlarida Shimoliy Xorazmda Urganch shahrining 
ahamiyati ortib, unda qator monumental binolar qad koʻtargan. Binokorlikda paxsa, xom gʻisht 
bilan bir qatorda pishiq gʻishtdan foydalana boshlangan (Koʻhna Urganch; 
Sulton 
Takashning
 maqbarasi, Faxriddin ar-Roziyning maqbarasi va boshqa shular 
jumlasidandir). 

Download 0.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   40




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling