Xorazmda mavjud ashula turkumlari. Qabul qildi: obidov donyor
Download 1.52 Mb.
|
O'XMI
- Bu sahifa navigatsiya:
- XORAZMDA MAVJUD ASHULA TURKUMLARI. QABUL QILDI: OBIDOV DONYOR BAJARDI: RAJAPOVA KOMILA
- Xorazmda ashulachilik san’ati
- Savti Suvoralar turkumi
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI URGANCH DAVLAT UNIVERSITETI SAN'ATSHUNOSLIK FAKULTETI MUSIQA TA'LIMI YO'NALISHI 171-GURUH TALABASI RAJAPOVA KOMILANING O’ZBEK XALQ MUSIQA IJODI FANIDAN MUSTAQIL ISHI MAVZU: XORAZMDA MAVJUD ASHULA TURKUMLARI. QABUL QILDI: OBIDOV DONYOR BAJARDI: RAJAPOVA KOMILA URGANCH 2020 YIL. REJA: ASHULA VA SUVORA HAQIDA. XORAZM ASHULACHILIK SAN’ATI. “FERUZ” TURKUMI. Ashula – yakka xonanda yoki xonandalar guruhiga mo’ljallangan, mumtoz o’zbek musiqa merosida markaziy o‘rin egallagan ashula yo‘li. Asosan lirik ruhdagi g‘azal va she’rlar zaminida yuzaga keladi. Ashulalar soz (doyra, dutor, tanbur), ansambl jo‘rligida yoki jo‘rsiz ijro etiladi. Ashula o‘zbek musiqa folklorida katta o’rin egallagan qo‘shiq janridan kuy diapazonining kengligi, shaklan rivojlanganligi, mavzu va mazmuni teranligi bilan farqlanadi. Ashulaning badiiy mazmunida barmoq vaznidagi she’rlardan foydala-nilsada, aruz vaznidagi g‘azal va she’riy shakllar asosiy o‘rin tutadi. Ashulaning ichki tuzilishi ham turlichadir. Barmoq vazniga asoslangan ashulalar ko’proq "band-naqarot" shakli kurinishida bo‘lsa, g‘azallarga bitilgan ashulalar tuzilishi nisbatan murakkab va rivojlangandir. Odatda, bunday ashulalarning kuylari quyi pardalardan boshlanib o‘rta va yuqori pardalarida rivojlanadi, so‘ngra dastlabki turg‘un tovushda nihoyasiga yetadi. Ashulalar o‘ziga xos avjlariga ega. Ashula janri tarixi uzoq o‘tmishga borib taqaladi: ko‘pincha professional musiqachi (bastakor hofiz)lar ijodiyotining mahsuli bo‘lib, bizgacha og‘zaki ravishda yetib kelganligi tufayli qator ashulalar ko‘plab variantlarga ega. Ashulaning eng rivojlangan mukammal ko‘rinishlari Buxoro va Xorazm maqomlarining nasr (ashula) yo‘llari, Toshkent va Farg‘ona vodiysida keng tarqalgan maqom yo‘llari, katta ashula janrida namoyon bo‘lgan. Ashulalarda o‘zbek xalqining ruhi, harakteri, ma’naviy dunyosi o‘zining badiiy yetuk va to‘laqonli ifodasini topgan. Suvora (fors. — otliq) — 1) Shashmaqomning Buzruk maqomi asosida yaratilgan kuy va ashulalar. Suvoraning ashula yoʻli oddiy 2/4 takt oʻlchovidagi doira usulida ijro etiladi. Suvoraning yana 3 xili (suvora 1, 2, 3) mashhur cholgʻu kuylaridir. Suvora 1 Buxoro Irogʻidagi soqiynomanutt varianti boʻlib, unda "Zebo pari" avji tushirib qoldirilgan. Uning 2 va 3kismlari 6/8 va 3/4 oʻlchovlaridagi usullar joʻrligida ijro etiladi. 2 va 3 suvoralar surnay yoʻllaridandir; 2) Xorazmda mashhur boʻlgan maqom ashula yoʻllari va mumtoz ashulalar turkumi. Maqomlarda asosiy shoʻʼbalardan keyin oʻrin olgan suvoralar 13/4 oʻlchovidagi murakkab usullarga asoslangan. Shuningdek, oddiyroq (6/8, 3/4, 3/8) takt oʻlchovidagi (keksa ustozlar aytishicha — otning yoʻrgʻa yurishidan hosil boʻlgan ritmik tuzilmaga asoslangan) murakkab shaklli S. ashula yoʻllari ham xalq orasida keng tarqalgan. Ular 7 ta yirik ashula turkumlariga birlashgan boʻlib, har bittasida 2 tadan Savt va Ufarlar mavjud: "Suvora" ("Tani" yoki "Ona Suvora"), "Chapandozi suvora" ("Tojik Suvora"), "Yakparda Suvora", "Xushparda Suvora", "Qajhang Suvora", K. Otaniyozov yaratgan "VI— Suvora" va H. Boltayev ijodiga mansub "Qorchmoniy Suvora"lar. Suvoralar sheʼriy matnida koʻproq tasavvuf mavzuidagi muhammaslar qoʻllanilgan. Xorazmda xonandalarning ijodiy musobaqa (diyralishma)lari suvoralar ijrosiga asoslangan. Polvon Duzchi, Sheroziy, H. Boltayev, K. Otaniyozov, J.Sultanov, R. Jumaniyozov, F. Davletov va boshqa Slarning moxir ijrochilaridir. Suvora yoʻllaridan M. Yusupov, A. Otajonov, S. Hayitboyev kabi kompozitorlar foydalanishgan. Xorazmda ashulachilik san’ati ravnaq topgan bo‘lib, ashulachilarni xalq orasida ko‘proq «go‘yanda» deb ataydilar. Ashula janrining muhim jihatlari shundan iboratki, u asosan mumtoz she’riyat namunalariga asoslanadi. Kuy-ohanglari esa qo‘shiq va laparlarga nisbatan keng rivojlangan bo‘lib, ovoz ko‘lami (diapazoni) bir oktava va undan ortiq bo‘ladi. Xorazmda «Suvora» nomi bilan ma’lum va mashhur ashula turkumlari mavjud. «Suvora» so‘zi fors-tojikcha bo‘lib, otliq ma’nosini bildiradi. Ustozlar «Suvora» ashula yo‘llarini «ot tuyog‘idan hosil bo‘ladigan turli ritmik tuzilmadagi usullar va ularga asoslangan kuylar» ni ifodalaydi, deb ta’kidlaydilar. Xorazm Suvoralari Navoiy, Mashrab, Nodira, Ogahiy, Munis, Avaz O‘tar, Bedil kabi shoirlarning she’rlari asosida aytiladi. Xorazmda «Suvora» ijrochilarining didalishma yoki diydalashma deb yuritiladigan o‘ziga xos musobaqalari o‘tkazib turiladi. Bunday musobaqada qatnashayotgan bir necha ashulachining har biri dastlabki (birinchi) ashulachi taklif etgan ashula kuyi asosiga yangi she’rlar bog‘lab, navbatma-navbat kuylaydilar. Bu ijodiy vazifani yuqori mahorat bilan bajargan ashulachi didalishma musobaqasida g‘olib bo‘lib chiqadi. «Suvora»larning mashhur ijrochilari qatorida Hojixon Boltayev, Madrahim Yoqubov (Sheroziy), Komiljon Otaniyozov, Otajon Xudoyshukurov kabi ijrochilarning nomlari alohida hurmat bilan tilga olinadi. Xorazmda Suvora ashula yo‘llarining ikki turkumi mashhur bo‘lib, ular quyidagicha nomlar bilan ataladi: 1. O‘n ikki Suvoradan iborat Savti Suvoralar turkumi. Bu turkumdagi har bir Suvora rim raqami bilan belgilanadi. Masalan, Savti Suvora I, Savti Suvora II, Savti Suvora III, Savti Suvora IV, Savti Suvora V va hokazo. Mazkur turkumdagi barcha Suvoralar 6/8 o‘lchov vaznidagi doyra usullari bilan ijro etiladi. 2. Suvoralarning yana bir turkumini yilik shaklli suvoralar majmuasi tashkil etadi. Bu Suvoralar turkumidagi har bir Suvoralarning maxsus nomi bo‘lib, ular Suvora, Chapandozi Suvora, Yakparda Suvora, Xushparda Suvora, Kajhang Suvora kabi ataladi. Bu Suvoralarda 6/8, 3/4, 3/8 ritm o‘lchovlari va ularga muvofiq doyra usullari qo‘llanadi. Download 1.52 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling