3. “Manifest” atamasiga izoh bering.
Manifest (lotincha) - hukumatning muhim voqea munosabati bilan xalqqa qilgan yozma
murojaati, qonun kuchiga teng hujjat.
20-BILET
1. Qadimgi Xorazm va Kushon podsholigini oʻzaro taqqoslang.
Kushon podsholigi — oʻrta osiyo va shimoliy hindistondagi qadimiy davlat (milodiy 1—3-
asrlar). Milodiy 1-asrning 1-yarmi yohud oʻrtalarida yuechjilar tasarrufidagi Kushon
mulkining yuksalishi natijasida vujudga kelgan.
Kushon podsholigi davrida janglar tez-tez boʻlib turishi natijasida mamlakatda harbiy asir-
qullar miqdori oshib borgan.
Xitoy
va
Parfiya
bilan kurash olib borayotgan Kushon podsholigi
Yaqin Sharqda hukmron boʻlish uchun Parfiya bilan urushayotgan
Rimning
ittifoqchisi edi.
Biroq savdo manfaatlari bu davlatlarni oʻzaro yaqinlashtirgan. „Buyuk ipak yoʻli“ boʻylab
xalqaro savdoning rivojlanishi uchun qulay sharoit yaratilgan. Sharqda — Sharqiy
Turkistonning qoʻshib olingan shaharlar—vohalari orqali Xitoy bilan, jan.da — kushonlarga
tobe Shim. Hindiston bilan, gʻarbda — dengiz yoʻli bilan, Misr orqali yoki quruqlikdagi yoʻl
bilan Eron orqali Oʻrta dengiz havzasidagi Rim imperiyasi shaharlari bilan, shimolda Xorazm
va Uralboʻyi orqali Sharqiy Yevropa bilan savdo qilingan. Janubiy Oʻzbekistondan kushonlar
davriga oid 100dan ziyod shahar va qishloq harobalari aniqlangan. Bu davrda shahar va
qishloq oʻzaro mustahkam aloqada boʻlgan: har 1 shahar atrofida koʻplab mayda qishloqlar
joylashgan.
2. Amir Nasrulloxon haqida maʼlumot bering.
Nasrullaxon (1806-1860) — Buxoro amiri (1826-1860), mang’itlarlardan Amir Haydarning
o’g’li. Otasining hukmronligi davrida Qarshida hokimlik qilgan. Amir Haydar vafotidan so’ng
hokimiyat uchun kurashlarda akalari amir Husayn (1797-1826) va amir Umar (1826-yil )ni
oradan ko’tarib, Buxoro taxtiga o’tiradi (1826). Nasrullaxon o’z hukmronligi davrida islom
shariati ko’rsatmalariga qat’iy amal qilgan. Nasrullaxon jasur va dovyurak kishi bo’lganligi
bois unga "bahodir", "botir" unvonlari berilgan. Nasrullaxon davlat hokimiyatini
mustahkamlash maqsadida urug’ va qavm boshliqlari bo’lgan ko’plab amaldorlarni quyi
tabaqalardan chiqqan yosh va g’ayratli kishilar bilan almashtirdi. 1837-yilda harbiy sohada
Do'stlaringiz bilan baham: |