3. “Rabot” atamasiga izoh bering.
Rabot - ichan qal’aning tashqi qismi, ichki qismi shaxriston.
26-BILET
1. Qangʻ davlati haqida fikrlaringizni bildiring.
Qang’ davlati, Qanhxa (qad. xitoy manbalarida Kangkiya, zamonaviy o’qilishda Kangjyuy,
rus adabiyotida Kangyuy) — qadimda Sirdaryoning o’rta havzasida mavjud bo’lgan davlat
(mil. av. 3 — mil. 5-asr o’rtalari). Ayrim adabiyotlarda ushbu davlat aholisi ham uning nomlari
bilan ataladi.K,Shoniyozov likricha, Qang’ sharqda Farg’ona (Davan, Dayyuan), shim.sharqda
Usun (Uysun) davlatlari, shim.-g’arbda Sarisu, g’arbda Sirdaryoning quyi oqimi bilan
chegaradosh bo’lgan. Xitoy manbalariga ko’ra, Qang’ning jan. hududiga hozirgi
O’zbekistonning Samarqand, Buxoro, Shahrisabz, Kattaqo’rg’on va Urganch tumanlari kirgan
bo’lib, uning chegarasi Amudaryoga borib taqaladi. Qang’ davlatining qishki poytaxt
shaharlari Bityan va Sushiye bo’lgan. Mill.avv 3-asrda unga saklar asos solgan.Uning poytaxti
Qang’dez bo’lgan.Xitoy manbalarida bu shahar Bityan deb atalgan.Qang’ davlatining asosiy
shaharlar Sirdaryo sohillari bo’ylab joylashgan.Mill.avv 2-asr oxirida qudratli davlatga
aylandi.Uning hududidan Buyuk Ipak yo’lining shimoliy tarmog’i o’tgan. Uning aholisi
qang’arlar deb atalgan.Milodiy 3-asrda Qang’ davlati parchalanib ketdi.
2. Ismoil I Safaviy haqida maʼlumot bering.
Ismoil I Safaviy(1487— 1524) - Eron shohi (1502 y.dan), Safaviylar davlati asoschisi,
sarkarda, shoir. Qizilboshlilar yordamida Ozarbayjonni (1500—01), Tabrizni(1502) egallab,
o’zini shoh deb e’lon qilgan. Tez orada Eron, Armaniston, Iroq va Movarounnahrning bir
qismini bosib olgan (1503—10). Ismoil I Safaviy davrida Safaviylar davlati ancha
kengaygan.1512 y. Ismoil I Safaviy qo’shinlari Boburga Samarqand taxtini egallashga yordam
beradi. Lekin, 1513 y. boshida o’zbek sultonlari Ubaydulla va Muhammad Temur qo’shinidan
qattiq zarbaga uchradi. Usmonli turklar-bilan bo’lgan urushda Ismoil I Safaviy yengilgach
Do'stlaringiz bilan baham: |