Barcha fandan imtihon javoblarini yuklab olish uchun telegram kanalimizga obuna bo‘ling!
Download 0.58 Mb. Pdf ko'rish
|
9-sinf Tarix imtihon javoblari 2023
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2022-2023-o‘quv yili uchun 1- BILET 1. Gʻarbiy Turk va Sharqiy Turk xoqonligini oʻzaro taqqoslang.
Barcha fandan imtihon javoblarini yuklab olish uchun telegram kanalimizga obuna bo‘ling! Barcha fandan imtihon javoblarini yuklab olish uchun telegram kanalimizga obuna bo‘ling! 9-SINF TARIX FANIDAN IMTIHON JAVOBLARI 2022-2023-o‘quv yili uchun 1- BILET 1. Gʻarbiy Turk va Sharqiy Turk xoqonligini oʻzaro taqqoslang. Sharqiy Turk xoqonligi. O‘rta Osiyoning Turk xoqonligi tarkibida bo‘lishi o‘sha davr davlatchilik tarixi, ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy hayot uchun muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. Avvalo, Turk xoqonligi juda katta hududlardagi turkiy qabilalarning birlashuvi va jipslashuviga keng imkoniyatlar yaratib, O‘rta Osiyodagi ayrim turkiy xalqlar shakllanishiga asos soldi. Yana bir ahamiyatli tomoni shundaki, avval Turk xoqonligi, keyin esa G‘arbiy turk xoqonligining qudratli va ko‘chmanchilarga xos shiddatli harbiy tashkiloti, Sug‘diylarning bevosita aralashuvi tufayli olib borgan diplomatik siyosati Xitoy, Vizantiya va Eronning O‘rta Osiyo ilk o‘rta asrlar davri xalqlari va elatlariga nisbatan olib borayotgan tajovuzkorlik siyosati yo‘liga mustahkam to‘siq qo‘ydi. Bepoyon dasht va cho’l hududlarida, serhosil va sersuv vohalarda tashkil topgan ulkan davlat birlashmalari kattagina hududlardagi shaharlar, hunarmandchilik, madaniyat, savdo-sotiq va o‘zaro aloqalarning rivojlanishi uchun keng imkoniyatlar ochib berdi. Masalaning yana bir eng muhim tomoni shundaki, Turk xoqonligi mavjudligi davr - ko‘chmanchilar madaniyati insoniyat sivilizatsiyasining o‘z yo‘nalishi va jihatlariga ega bo‘lgan o‘ziga xos va betakror tarmog‘i bo‘lib, o‘troq aholi madaniyati bilan aralashib, uyg‘unlashgan madaniyat paydo bo‘lishi davri bo‘ldi. G’arbiy Turk xoqonligi. 563-567 yillar davomida Istami yabg‘u qo‘shinlari eftaliylar davlatiga ketma-ket zarbalar berib uning hududlarini, ya’ni hozirgi O‘rta Osiyo va Kaspiy dengizigacha bo‘lgan erlarni egallashga muvaffaq bo‘ladi. Buning oqibatida Eftaliylar davlati qulaydi. Turk xoqonligi O‘rta Osiyo erlarini ishg‘ol etgach, uning hududlari bevosita Eron chegarasiga tutashadi. Dastlab xoqonlik Eron bilan yaxshi qo‘shnichilik, savdo-sotiq aloqalarini o‘rnatishga intiladi. Eron shohi Xusrav 1 Anushirvonga turk malikasi uzatiladi, Eronga elchilar yuboriladi. Biroq Turk xoqonining Eronga ikki bor yuborgan elchilari faoliyati muvaffiyatsiz chiqqach, Eronning turklar bilan murosaga bormasligi , uning qat’iy dushmanligi ro‘yirost ma’lum bo‘ladi. Buning boisi Eron shohining O‘rta Osiyo hududlariga da’vogarligida edi. Bu esa, shubhasiz, bir necha bor xoqonlikning Eron bilan urushlar olib borishiga sabab bo‘ladi. Istami qo‘shiqlari Eron shohi Xisrav I ni engadi, Eron shohlari Turk xoqonligiga 400 ming Vizantiya tillasi hajmida tovon to‘lash majburiyatini olishga majbur bo‘ladi. Mug‘anxon va uning avlodlari g‘arbda Qora dengizgacha bo‘lgan hududlarni zabt etib o‘zlariga bo‘ysundiradilar. Turk xoqonligi 568-569 yillarda o‘sha davrning qudratli davlati-Vizantiya bilan iqtisodiy va savdo-sotiq aloqalarini o‘rnatishga intilib, so‘g‘d savdogari Maniax boshchiligidagi elchilarni u erga yuboradi. Elchilar imperator Yustinian II qabulida bo‘ladi. Shundan so‘ng Vizantiyannig Zemarx boshliq elchilari xoqonlik davlatiga keladi. Bu esa shu davlatlar o‘rtasida o‘zaro ishonch va savdo-tijorat munosabatlarini o‘rnatishda muhim ahamiyat kasb etgan deyishga asos beradi. Turk hoqonligida boshqaruv tartiblari haqida gap borganda shuni ta’kidlash kerakki, Turk hoqonlari O‘rta Osiyo hududlariga hukmronlik qilsa-da, biroq o‘zlari bu hududga ko‘chib kelmadilar. Ular Ettisuv va boshqa hududlardagi markaziy qarorgohlarida qolib, bo‘ysungan hududlarni mahalliy hukmdorlar orqali boshqarib, ulardan olinadigan soliq-o‘lponlar va to‘lovlar bilan kifoyalanganlar. Bundan ko‘rinadiki, Turk xoqonligi davrida bu hududdagi Download 0.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling