Barcha fandan imtihon javoblarini yuklab olish uchun telegram kanalimizga obuna bo‘ling!


Barcha fandan imtihon javoblarini yuklab olish uchun telegram kanalimizga obuna bo‘ling!


Download 0.58 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/40
Sana22.04.2023
Hajmi0.58 Mb.
#1378295
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   40
Bog'liq
9-sinf Tarix imtihon javoblari 2023

Barcha fandan imtihon javoblarini yuklab olish uchun telegram kanalimizga obuna bo‘ling!
demokratik tartibga qarshi oligarxiya tartibini yoklab chiqdi. O’rtadagi qarama-qarshilik butun 
Yunoniston uchun halokatli bo’lgan Peloponnes urushini (miloddan avvalgi 431-404) keltirib 
chiqardi. Urushda mag’lubiyatga uchragan Afina o’zining Yunonistonda tutgan yetakchilik 
mavqeini yo’qotdi. 
3. “Ultimatum” atamasiga izoh bering. 
Ultimatum (lot. ultimus — eng oxirgi, soʻnggi) — xalqaro huquqda biron masala yuzasidan 
bir davlat hukumatining boshqa davlat hukumati oldiga diplomatik hujjatda yoki ogʻzaki 
shaklda bayon qilingan, hech qanday bahs yoki eʼtirozga oʻrin qoldirmaydigan qatʼiy talabi; 
U. qoʻygan hukumat agar bu talab koʻrsatilgan muddatda bajarilmasa muayyan choralar 
koʻrishini bildiradi. 
6- BILET 
1. Oltin Oʻrda xonligi haqida maʼlumot bering. 
Oltin oʻrda, Joʻji ulusi 13-aning 40-yillari boshida Joʻjixonning oʻgʻli Botuxon (1238—1255) 
tomonidan asos solingan davlat. 
1224-yil
 Joʻji ulusi 
Xorazm
, Shimoliy Kavkazdan iborat edi. 
1236—40 yillarda 
Botuxonning
 yurishlari natijasida Volga bulgʻorlari yurti, Dashti Qipchoq, 
Qrim, Gʻarbiy Sibir, Oltin Oʻrdaga qoʻshib olindi. Rus knyazlari Oltin Oʻrdaga qaram boʻlib, 
xiroj toʻlab turganlar. Rus manbalarida bu davlat Oltin Oʻrda, Sharq manbalarida Joʻji ulusi 
deb atalgan. Oltin Oʻrda markazi Botuxon davrida Quyi Volgada, Saroy Botu edi. Berkaxon 
(1255—66) davrida Saroy Berkaga koʻchirildi. Oltin Oʻrda oldin moʻgʻul qoniga qaram boʻlib, 
Botuning inisi Berka davrida mustaqillikka erishdi. Saroy Botu, Saroy Berka, 
Urganch
, Sudak, 
Qofa (Feodosiya), Azoq savdo markazlari edi. Oltin Oʻrdani xon boshqargan. Zarurat 
tugʻilganda qurultoy chaqirilgan. Davlat ishlari bilan beklarbegi shugʻullangan. Devon 
ishlarini vazir boshqargan. Soliq yigʻish dorugʻa ixtiyorida boʻlgan. Zarur paytlarda bosqoqlar 
joʻnatilgan. Yana quyidagi mansab va amallar boʻlgan: alpaut (zodagon), tuman, tumanbegi, 
elchi, bosqoq, devon bitikchisi, tamgʻach (boj yigʻuvchi), tirnoqchi (tarozi-bon), shusunchi 
(taʼminotchi), yurtchi (meʼmor), yoʻl arachi (yoʻl noziri), tutqovul (qorovul), koʻpirchi, 
kemachi, yomchi, ovchi.

Download 0.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   40




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling