Barcha turdagi kompyuter xizmatlarini taklif qilamiz
Yerning shakli va o‘lchamlari haqida tushuntirish bering
Download 488.85 Kb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3. Geodeziya va topografiyaning boshqa fanlar bilan aloqasi
2. Yerning shakli va o‘lchamlari haqida tushuntirish bering
Yerning umumiy shakli okean suvlarining tinch holatdagi sathini fikran davom ettirishdan hosil bo‗lgan yumaloq shakl geoid (yunoncha ―yerning ko’rinishi‖ ma‘nosini bildiradi) deb qabulqilingan. Geoid – deb atashni 1873 yili nemis fizigi I.B.Listing (1808–1882) taklif etgan. Geoid shakl hamma joyda bir xil bo’lmasdan, yerdagi jinslarning joylashishi va zichligiga qarab o’zgaradi, shuning uchun u ellipsoid shaklga o‗xshaydi. Hozirgi vaqtda yer ellipsoidining elementlari F.N.Krassovskiy va A.A.Izotovlar hisoblab chiqqan va barcha geodezik ishlarda Krassovskiy ellipsoidi asos qilib olingan. Yer – Quyosh tizimidagi uchinchi sayyora bo‗lib, Yerdan Quyoshgacha bo‗lgan masofa 149,6 mln. km ni tashkil qiladi. Yerning orbita bo‗ylab o‗rtacha harakati sekundiga 29,8 km ni, Yer orbitasining uzunligi 940 mln. km ni tashkil qiladi, Yer o‗z o‗qi atrofida 23,43 soatda bir marta aylanib chiqadi. F.N.Krassovskiy ma‘lumotlari bo‗yicha Yerning o‗lchamlari quyidagilar: ekvotorial radius yoki katta yarim o‗q – 6378,245 km; Qutbiy radius yoki kichik yarim o‗q – 6356,863 km; O‗rtacha radius – 6371,110 km; Qutbiy siqiqlik – 1:298 yoki 21,36 km; Ekvatorial siqiqlik – 1:30000 yoki 213 km; Meridian uzunligi – 40008,550 km; Ekvator uzunligi – 40075,696 km; Yer yuzasining maydoni – 510083000 km2; Yerning hajmi – 1,083 x 1012 km. 3. Geodeziya va topografiyaning boshqa fanlar bilan aloqasi Geodeziya – (yunoncha ―geo‖ – yer, ―dio‖ – o‗lchash so‗zlaridan olingan bo‗lib, ―yerni o‗lchash‖ ma‘nosini beradi) yerning shakli va kattaligini o‗lchash, yer yuzasida turli injenerlik, loyihalash ishlari va topografik karta hamda plan olish uchun zarur bo‗lgan geodezik tayanch punktlarini tashkil qilish usullarini, geodezik asboblarning tuzilishini va u bilan ishlash yo‗llarini o‗rgatadi. Geodeziya oliy, quyi va injenerlik geodeziyasiga bo‗linadi: Oliy geodeziya – yerning shaklini, uning o‗lchamlarini aniqlash, kartalar tuzish uchun geodezik nuqtalarni barpo etish maqsadida katta hududlarda olib boriladigan o‗lchash ishlari va ularni tashkil qilish bilan shug‗ullanadi. Quyi geodeziya – yer yuzasining ayrim qismlarini plan, karta va profillarda chizib tasvirlashdagi o‗lchash va geodezik asboblar bilan ishlash usullarini o‗rganadi. Injenerlik geodeziyasi - injenerlik inshootlarining o‗rnini qidirib topish, uni planda, kartada va profilda loyihalashda bajariladigan ishlar bilan shug‗ullanadi. Geodezik ishlar mazmuni va tavsifiga ko‗ra ikki bosqichga bo‗linadi: - zamonaviy, yangi, takomillashgan geodezik asboblardan foydalanib, geodezik dala o‗lchash ishlarini bajarish; - o‗lchash natijalarini hisoblab chiqish, plan va kartalarni grafik tuzish hamda rasmiylashtirish. Mamlakatimizda qishloq xo‗jaligini rivojlantirishda planli-kartografik mahsulotlar katta ahamiyatga ega bo‗lib, yer tuzish tashkilotlari yerdan oqilona foydalanish masalalarini yechishda ulardan eng foydalanadi. Barcha yer toifalarining doimiy hisobini olib borish, yer tuzish loyihalarini ishlab chiqish, yerdan foydalanish hamda almashlab ekish dalalari chegaralarini belgilash, aholi turar joylari, yo‗llar, sug‗orish tarmoqlari va boshqalarni joylashtirishda plan hamda kartalar asos bo‗lib xizmat qiladi. Download 488.85 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling