Barcha turdagi kompyuter xizmatlarini taklif qilamiz


Ellipsoid yuza va Geoid tushunchalariga izoh bering


Download 488.85 Kb.
bet4/37
Sana21.11.2023
Hajmi488.85 Kb.
#1792882
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   37
5. Ellipsoid yuza va Geoid tushunchalariga izoh bering
Yerning tabiiy yuzasi turli past-balandliklar: botiqlar, tekisliklar, pasttekisliklar, tog‗lar, daryolar, ko‗llar va boshqalardan iborat. Yerning tabiiy yuzasi topografik yuza deb yuritiladi. Bu yuza
geometrik-matematik model jihatidan murakkab bo‗lib, undagi barcha nuqtalarning balandligi yerning umumiy shakliga nisbatan olinadi. Yerning umumiy shakli okean suvlarining tinch holatdagi
sathini fikran davom ettirishdan hosil bo‗lgan yumaloq shakl geoid (yunoncha ―yerning ko‗rinishi‖ ma‘nosini bildiradi) deb qabul qilingan. Geoid – deb atashni 1873 yili nemis fizigi I.B.Listing
(1808–1882) taklif etgan. Geoid shakl hamma joyda bir xil bo‗lmasdan, yerdagi jinslarning joylashishi va zichligiga qarab o‗zgaradi, shuning uchun u ellipsoid shaklga o‗xshaydi.


Ellipsoid – asosiy o‗q aniq ifodalangan, ekvatorial simmetriya tekisligi mavjud, meridional tekisliklar ham aniq ifodalangan.Yerning bu ko‗rinishi oliy geodeziyada koordinatalarni hisoblashda,
kartografik proyeksiyalarni tuzishda ishlatiladi. Ellipsoidning yarim o‗qlari orasidagi farq 21 km, katta yarim o‗q – 6378,16 km, kichik yarim o‗q – 6356,77 km, ekstsentrisitet – 1/298,25 ni tashkil qiladi


6. Oriyentirlash va oriyentirlash burchaklarini yoriting
Joyda plan olishda, burchak o‗lchash ishlarini bajarishda nuqtaning o‗rni gorizontal yoki atrofdagi predmetlarga qarab aniqlanadi. Joyda boshlang‗ich deb qabul qilingan nuqta yoki
chiziqqa nisbatan o‗z o‗rnini aniqlashga orientirlash (lotincha ―oriens‖ sharq ma‘nosini bildiradi) deyiladi. O‗lchash ishlarini olib borishda joydagi predmetlarga (quyosh, oy va yulduzlar, relyef,
daraxt, imorat va boshqalar) qarab gorizont tomonlarini aniqlash mumkin. Kompas kashf etilganga qadar gorizont tomonlari ko‗pincha quyoshga qarab sharqqa nisbatan aniqlangan. Kompas ishlatila boshlagandan keyin (shimol, sharq, g‗arb, janub) magnit qutbi yordamida aniqlanadigan bo‗ldi Plan olishda yo‗nalishlar
oralig‗idagi burchaklar o‗lchanadi, bu burchaklar orientirlashburchaklari deyiladi. Geografik kengklik (φ) va geografik uzoqlik(λ) burchaklari bilan aniqlanadi. Yerning markaziga tushirilgan chiziq bilan ekvator tekisligi orasida hosil bo‗lgan burchak (φ) geografik kenglik, bosh meridian tekisligi bilan biror P nuqtadan o‗tkazilgan meridional tekislik orasida hosil bo‗lgan burchak (λ) geografik uzoqlik deb ataladi.



Download 488.85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling