24. Teodolit asbobi haqida ma’lumot bering
Teodolit – burchak o‗lchash asboblari ichida eng murakkabi bo‗lib, u bilan vertikal va gorizontal burchaklar o‗lchanadi. Uning gorizontal va vertikal doiralarida gradusni aniq hisoblash uchun vernerlar o‗rnatiladi va ular 0-3600 li burchaklarni aniq ifodalaydi. Plan olish ishlarida eng ko‗p qo‗llaniladigani taxiometr teodoliti bo‗lib, unda bir vaqtning o‗zida gorizontal va vertikal burchaklar
o‗lchanadi, joyning o‗zida istalgan nuqtaning planli holatini va balandligini aniqlash mumkin
25. Menzula asbobi haqida ma’lumot bering
Menzula (lot. mensula — stolcha) — joyning topografiya plani va haritasini grafik usulda olish uchun dala sharoitida qoʻllaniladigan chizmachilik stolchasi. M. toʻrtburchak shaklli taxtaplanshetdan, taglik hamda shtativ (3 oyoq)dan iborat (rayem). Azimut boʻyicha oriyentirlash uchun planshetni oyoq 3 ning vertikal oʻqi atrofida 360° ga burish mumkin. Planga olish natijasini birdaniga shartli belgilar bilan chizib tasvirlab borish uchun M. taxta planshetiga sifatli chizmachilik qogʻozi (vatman) mahkamlanadi. Unga kipregel yordamida joyning plani chiziladi. Bu plandan harita (ayniqsa, harbiy harita) tuzishda ham foydalaniladi. M. va kipregel bilan bajariladigan topografik sʼyomka menzula sʼyomkasi deyiladi.[1]
26. Ekkyer asbobi haqida ma’lumot bering
Ekker – kichik maydonlarning uncha katta aniqlik talab
qilinmaydigan planlarini olishda qo‗llaniladi. Ekker asbobi joyda
450, 900 va 1350 li burchaklarni o‗lchaydi. Ekkerning oddiy, optik va
plazmali turlari mavjud, shulardan oddiy ekker qo‗llanilishi
jihatidan qulay hisoblanadi. Oddiy ekker – uzunligi 15-20 sm,
qalinligi 1,5-2 sm, eni 2-3 sm bo‗lgan ikkita taxtacha bir-biriga ―+‖
shaklida birlashtiriladi va taxtachalar orasidagi burchak 900 bo‗lishi
lozim (8-rasm). Taxtachalarning to‗rt uchiga 4 dona dioptir (mix)
o‗rnatiladi, ular ham 900 li burchak hosil qilishi kerak. Ushbu asbob
bilan quyidagi ishlar amalga oshiriladi
Do'stlaringiz bilan baham: |