Barcha turdagi kompyuter xizmatlarini taklif qilamiz


Topografik kartalarda madaniy va ma’ishiy obyektlar qanday usullar bilan tasvirlanadi


Download 488.85 Kb.
bet9/37
Sana21.11.2023
Hajmi488.85 Kb.
#1792882
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   37
18. Topografik kartalarda madaniy va ma’ishiy obyektlar qanday usullar bilan tasvirlanadi
Ular asosan obrazli shartli belgilar bilan tasvirlanadi
19. Masshtab va uning turlarini ta’riflang
Masshtab (nem. Ma|3stab, map — oʻlchov va stab — tayoq), miqyos — chizma, plan, aerofotosʼyomka yoki haritadagi nuqtalar orasidagi uzunlikning joydagi masofalar uzunligiga nisbati. Masshtab sonli, chiziqli va koʻndalang boʻladi. Sonli Masshtab kasr yoki nisbat bilan beriladi. Bunda haritadagi 1 sm joyga 1000 sm to'g'ri keladi, demakdir. Chiziqli Masshtab sm larga boʻlingan chiziq bilan koʻrsatiladi. Bu chiziqda haritadagi 1 sm ga joyga necha m yoki km toʻgʻri kelishi koʻrsatib qoʻyilgan boʻladi. Plan va haritada 2 nuqta orasidagi masofani aniq oʻlchash va oʻlchangan masofalarni harita yoki planga tushirish uchun kundalang Masshtab ham ishlatiladi. Kundalang Masshtab baʼzi bir geodezik asboblarda va maxsus lineykalar bilan chizib berilishi mumkin. Geografik haritalarda sonli Masshtab haritadagi bir nuqtaga yoki birorta chiziqqa tegishli boʻladi, qolgan joylardagi uzunliklar xususiy Masshtab asosida aniqlanadi. Geografik haritalardagi masofalar xususiy Masshtab bilan maxsus formula yordamida hisoblab chiqariladi.[1]
20. 1: 1000 000 masshtabli karta varag‘i nomenklaturasini topish ketma-ketligini yozing

21. Geografik koordinatalar sistemasini izohlang
Geografik koordinatalar — yer sathidagi nuqtaning vaziyatini ekvator tekisligi va boshlangʻich meridian tekisligiga nisbatan oʻlchangan kenglik va uzunlik deb ataluvchi burchak qiymatlari. Astronomik va geodezik geografik koordinatalar boʻladi. Referens-ellipsoid sirtida geodezik oʻlchashlar natijasida olingan va hisoblangan kenglik va uzunlik geodezik koordinatalar deyiladi. Ular, odatda, V va J harflari bilan belgilanadi. Astronomik koordinatalar oʻsha nuqtalarning referens-ellipsoid sirtida osmon yoritqichlarini kuzatish orqali aniqlangan koordinatalarga aytiladi. Bu koordinatalar r va u bilan belgilanadi. Geodezik koordinatalar berilgan nuqtadan referens-ellipsoid ustiga tushirilgan normal chizigʻiga bogʻliq, geografik koordinatalar esa oʻsha nuqtadan tushirilgan shovun chizigʻiga nisbatan olinadi. Kengliklar meridian boʻylab ekvatorning har ikki tomoniga qarab 0° dan 90° gacha hisoblanadi va ekvatordan shimolidagi kengliklar shim., janubidagilari — janubiy kengliklar deb ataladi. Mas, Toshkent shahri 4GZS sh.k.da joylashgan. Uzunliklar boshlangʻich meridian 0° dan 360° gacha yoki sharqqa (sharqiy uzunlik), yoxud gʻarbga (gʻarbiy uzunlik) hisoblanadi. Mas, Samarkand shahri 67° shq. u.da joylashgan. Shuningdek, boshlangʻich meridian 0° dan 180° gacha sharqqa va gʻarbga hisoblashda ham qoʻllaniladi. Ular parallellar boʻylab hisoblanadi. Xalqaro kelishuvga muvofiq, London chekkasidagi eski Grinvich astronomik rasadxonasidan oʻtuvchi meridian „boshlangʻich meridian“, „nolinchi meridian“ deb qabul qilingan. Qadimda uzunliklarni oʻlchashda turli joylardan oʻtgan meridianlar — Ferro olari (Kanar orollarida), Parij, Berlin, Rim, Nankin rasadxonalari, Rossiya uchun 19-asrgacha Pulkovo rasadxonasidan oʻtgan meridian bosh meridian qilib olingan. Sharqda Oʻrta asrlarda xarita tuzishda Xoʻjand sh.dan oʻtgan meridianni bosh meridian deb qabul qilinganligi toʻgʻrisida maʼlumotlar bor.[1]

Download 488.85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling