Barcha turdagi kompyuter xizmatlarini taklif qilamiz


Barometrik nivelirlash haqida ma’lumot bering


Download 488.85 Kb.
bet6/37
Sana21.11.2023
Hajmi488.85 Kb.
#1792882
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   37
9. Barometrik nivelirlash haqida ma’lumot bering
Barometrik nivelirlash – nivelirlashni barometr va termometr asboblari yordamida bajarsa ham bo‗ladi, bunda joydagi nuqtaning havo bosimi va harorati farqlariga asoslaniladi. Buni quyidagi
misolda ko‗rib chiqish mumkin: B nuqtada turib havo bosimini barometr bilan, haroratini termometr bilan o‗lchaymiz. Bunda B1=712,2 mm; t=+20,2 0C. So‗ngra B2 nuqtaga borib, u yerda ham havo bosimi va haroratini o‗lchaymiz. B2-=710,0; t=19,4 0C. Bu o‗lchangan ma‘lumotlar quyidagi formulada aniqlanadi.
10. Nivelirlash va uning turlarini yozing
Topografik kartalarda har bir ob‘yektning planli holati va uning balandligi nivelirlash yo‗li bilan aniqlanadi. Unda bir nuqtaning balandligi ma‘lum bo‗lsa, qolgan nuqtalarning balandligini o‗lchash va hisoblash yo‗llarini aniqlash nivelirlash deyiladi. Nivelirlash ishlatiladigan asboblari va nivelirlanadigan
joylar aniqlik natijalari bo‗yicha geometrik, trigonometrik, barometrik va boshqa turlarga bo‗linadi. Nivelirlash ishlari davlatlarning tayanch nuqtalarini aniqlashda, joylarda turli xo‗jalik ishlarini olib borishda (yo‗llar, kanallar, inshootlar qurishda), topografik plan olishda, syomka nuqtalarini belgilashda ishlatiladi, nivelirlash asosida joylarning profillari tuziladi.
11. Nivelir va uning turlarini yoritib bering
Aniqligi bo‗yicha nivelirlar 3 turga bo‗linadi: yuqori aniqlikdagi nivelirlar – N-05, N-05K (Rossiya), raqamli nivelirlar Dshnsh 11t, Dshnsh 21 (Germaniya), NA 2002, NA 2003 (Shveytsariya);
aniq nivelirlar – N-3, 2N-3, N-3k, 2N-3kl (Rossiya), Nq-30, Nq-50 (Germaniya), Kernlevel-20 va 24 (Shveytsariya); texnik nivelirlar – N-10, 2N-10kl (Rossiya).


12. Topografik kartalarning varaqlarga bo‘linishi va nomenklaturasini tushuntirish
Maxsus o‗lchov asboblari yordamida, aerofotos‘yomka va kartografik usulda tuzilgan yirik masshtabli kartalarga topografik kartalar deyiladi. Topografik kartalar geografik kartalardan ob‘yekt
va voqeilikni tasvirlash usullari, egallagan maydoni, masshtablari bilan farqlanadi. Topografik kartalarda masofalar hamma joyda bir xilda kichraytirilib tushiriladi va har bir ob‘yekt maxsus shartli
belgilar bilan tasvirlanadi. Topografik kartalar xalq xo‗jaligining turli tarmoqlarida qo‗llaniladi hamda mayda masshtabli geografik kartalarni tuzish uchun asos bo‗ladi.



Download 488.85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling