Barcha yo’nalishlar uchun “Hayot faoliyati xavfsizligi” fanidan “yakuniy nazorat” savollari variantlari
O‘zbekiston Respublikasi Mehnat Kodeksi mazmun va mohiyati
Download 0.62 Mb.
|
HFX fanidan YN savollari 1
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mehnat kodeksi
3. O‘zbekiston Respublikasi Mehnat Kodeksi mazmun va mohiyati.
Yurtimizda amal qilinayotgan mavjud kodekslar, huquqiy-normativ hujjatlar orasida aynan “Mehnat kodeksi” faoliyat turidan qat’iy nazar barcha korxona-tashkilotlarda mehnat qilayotgan, buning ortidan oila, ro‘zg‘or tebratayotgan ishchi-xodimlar manfaati hamda huquqlarini himoya qiladi. Mehnat kodeksni bilish, unga amal qilgan holda ish yuritish eng avvalo, korxona-tashkilotlarda mehnat unumdorligini, samaradorligini oshirilishiga xizmat qiladi. Mehnat kodeksi - mehnat haqidagi qonunlarining muayyan tizimga solingan majmuidir. U mehnat toʻgʻrisidagi asosiy qonun hujjatlaridan biri hisoblanadi. Mulkchilikning barcha shaklidagi korxonalar, muassasalar va tashkilotlarda, shuningdek, ayrim fuqarolar ixtiyorida mehnat shartnomasi (kontrakt) boʻyicha ishlayotgan jismoniy shaxslarning mehnatga oid munosabatlari mehnat toʻgʻrisidagi qonunlar va boshqa huquqiy hujjatlar bilan tartibga solinadi. Amaliyotda mehnatga oid munosabatlarni tartibga solishda boshqa normativ hujjatlar, ayrim hollarda Xalqaro mehnat tashkilotining konvensiyalari va xalqaro shartnomalarning qoidalari ham qoʻllaniladi. Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va xalqaro huquqiy normalar va standartlarga muvofiq ravishda ishlab chiqilgan. Oʻzbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi 1995 yil 21 dekabrda qabul qilinib, 1996 yil 1 apreldan amalga kiritilgan. 2 qism: umumiy va maxsus qism, 16 bob va 294 moddadan iborat. Umumiy qism 4 bobdan iborat bo‘lib, 56 moddani o‘z ichiga oladi. Umumiy qismda mehnat qonunchiligining umumiy qoidalari, mehnat sohasidagi davlat boshqaruvi, mehnat haqidagi qonun hujjatlarining qoʻllanish doirasi, mehnatga oid munosabatlarning subʼyektlari, ularning huquq va burchlari, xodimlar va ish beruvchilarning vakilligi, jamoa shartnomalari va kelishuvlari bayon etilgan. Maxsus qism 12 bobdan iborat bo‘lib, 238 moddani o‘z ichiga oladi. Mehnat kodeksining maxsus qismi ishga joylashtirish; mehnat shartnomasi (kontrakt); ish vaqti; dam olish vaqti; mehnatga haq toʻlash; kafolatli toʻlovlar va kompensatsiya toʻlovlari; mehnat institutizomi; mehnat shartnomasi taraflarining moddiy javobgarligi; mehnatni mu-hofaza qilish; ayrim toifadagi xodimlarga beriladigan qoʻshimcha kafolat va imtiyozlar; mehnat nizolari; davlat ijtimoiy sugʻurtasi masalalarini oʻz ichiga oladi. Mehnat kodeksining asosiy vazifasi xodimlar, ish beruvchilar, davlat manfaatlarini eʼtiborga olgan holda, mehnat bozorining samarali ishlashiga, haqqoniy va xavfsiz mehnat shart-sharoitlarini, xodimlarning mehnat huquqlari va sogʻligʻi himoya qilinishini taʼminlashga, mehnat unumdorligining oʻsishiga, ish sifati yaxshilanishiga, shu asosda barcha aholining moddiy va madaniy turmush darajasi yuksalishiga koʻmaklashadi.
Ishlab chiqarishda ayollar va yoshlar mehnatidan foydalanishda ular organizmning o‘ziga xos anatomik - fiziologik xususiyatlarini hisobga olish kerak. O‘smirlik davrining asosiy o‘ziga xosligi barcha hayotiy funksiyalarning keskin rivojlanishi, tananing quvvat va jismoniy o‘sishidadir. Bu yoshda skelet suyaklari va mushaklarning jadal o‘sishi biriktiruvchi apparatlarning bo‘shligi, mushaklarning tez toliqishi, nafas, qon aylanishi va oshqozon-ichak sistemasi ishidagi tez-tez o‘zgarishlar kuzatiladi. Shuning uchun balog‘at yoshiga yetmagan (16-18 yosh) o‘smirlar uchun ish xaftasi 36 soatga, 15 yoshdagilar uchun 24 soatga qisqartirilgan. Ularni dam olish kunlari, ish vaqtidan tashqari ishlarga va kechasi smenadagi ishlarga jalb qilish ta’qiqlangan. Ularni og‘ir ishlarda va og‘ir yuklarni ko‘tarishda ishlatilmaydi. Ularni ishga olinayotganda albatta tibbiy profilaktik ko‘rikdan o‘tkaziladi. Ayollar organizmining anаtomik-fiziologik o‘ziga xosligi ayrim noxush ishlab chiqarish sharoitlarida ginekologik kasalliklarning kelib chiqishiga va zurriyotiga ta’sir qilishi mumkin. Ayollar sog‘lig‘iga ayniqsa og‘ir va mashaqqatli ish, asabiy zo‘riqish va ishning monotonligi noxush ta’sir qiladi. Shuning uchun ishlovchi ayollarga yuklarni ko‘tarish va tashish me’yorlanadi, tungi smenalarda ular mehnatidan foydalanish cheklanadi, va shunga o‘xshash boshqa yengilliklar yaratiladi. Ayollar organizmi, ayniqsa homiladorlik paytida, nozik bo‘lgani uchun ularni ma’lum muddatga og‘ir va zararli mehnat sharoitlari bilan bog‘liq bo‘lmagan yengil ishlarga o‘tkaziladi, navbatdan tashqari ishlarga qo‘yilmaydi. Shuni ta’kidlash lozimki “Mehnat kodeksi”ning XI bobi (187-199 moddalar) ayollar, XII bobi (200-211 moddalar) yoshlar mehnati muhofazasiga bag‘ishlangan. Mehnat kodeksining 220-moddasi nogironlar mehnatini muhofaza qilishning qo‘shimcha choralari to‘g‘risida bo‘lib, unda ish beruvchi belgilangan minimal ish joylari hisobidan ish joylariga ishga joylashtirish tartibida mahalliy mehnat organi tomonidan yo‘llangan nogironlarni ishga qabul qilishi shart.
Download 0.62 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling