Barcha yo’nalishlar uchun “Hayot faoliyati xavfsizligi” fanidan “yakuniy nazorat” savollari variantlari


Mehnatni muhofaza qilishga oid talablarga rioya etilishi ustidan davlat va jamoatchilik nazoratini amalga oshirish


Download 0.62 Mb.
bet25/80
Sana05.01.2022
Hajmi0.62 Mb.
#209174
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   80
Bog'liq
HFX fanidan YN savollari 1

3. Mehnatni muhofaza qilishga oid talablarga rioya etilishi ustidan davlat va jamoatchilik nazoratini amalga oshirish.

Mehnatni muhofaza qilishga oid talablarga rioya etilishi ustidan davlat nazorati va tekshiruvi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tasdiqlaydigan nizomga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining mehnat bo‘yicha davlat texnik inspektorlari tomonidan amalga oshiriladi.

Mehnatni muhofaza qilishga oid talablarga rioya etilishi ustidan davlat nazorati va tekshiruvi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa davlat organlari tomonidan ham amalga oshiriladi. Bular jumlasiga quyidagi davlat organlarini kiritish mumkin:

- O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi va Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi;

- O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining Yong‘in xavfsizligi bosh boshqarmasi;

- “Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasi;

- “O‘zdavenergonazorat” - elektr energetikada nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasi;

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi va Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi havo, suv va tuproqni ifloslantirishdan ogohlantirish, shovqin va titrashni yo‘qotish, korxonalarda sanitariya holati talab darajasida bo‘lishni ta’minlash (harorat, nisbiy namlik, yoritilganlik va h.k.) ishlarni nazorat qiladi. Jumladan kasb kasalliklari kelib chiqishini oldini oladi.

O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining yong‘in xavfsizligi bosh boshqarmasi yong‘inlarni oldini olish prafilaktikasi va unga qarshi tadbirlarni, o‘t o‘chirish vositalarining holatini, yong‘in haqida xabar berish vositalarining ishini nazorat qiladi.

Sanoatgeokontexnazorat” Davlat inspeksiyasi bug‘ qozonlarining to‘g‘ri ishlashini, bosim ostida ishlaydigan idishlarni, yuk ko‘tarish texnikalari (ko‘tarma kranlar, liftlar), ekskavatorlar, gaz uskunalari, magistral quvurlar ishini, korxonalardagi ionlashtiruvchi manbalar xolati, ionlashtiruvchi manbalar va portlovchi moddalarni ishlatish, saqlash va tashish ishlarini nazorat qiladi.

O‘zdavenergonazorat” davlat inspeksiyasining asosiy vazifalari:

- elektr energiyasi, issiqlik energiyasi oqilona va samarali ishlab chiqarilishi, uzatilishi, iste’mol qilinishini va ko‘mirdan foydalanilishi yuzasidan davlat nazoratini amalga oshirish;

- elektr energiyasini, issiqlik energiyasini ishlab chiqarishda, uzatishda, iste’mol qilishda va ko‘mirdan foydalanishda xavfsizlikni ta’minlashga yo‘naltirilgan oldini olish chora-tadbirlari amalga oshirilishini nazorat qilish;

- elektr energiyasi, issiqlik energiyasini ishlab chiqarish, uzatish, iste’mol qilish va ko‘mirdan foydalanish sohasida zarur normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish.



Kasaba uyushmalari va xodimlarning boshqa vakillik organlari mehnatni muhofaza qilish sohasida vakillikni, shuningdek xodimlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishni amalga oshiradi.

Kasaba uyushmalari va xodimlarning boshqa vakillik organlari, shuningdek xodimlarning o‘zi mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha vakil etgan shaxslar quyidagi huquqlarga ega:

- tashkilotlarning rahbarlaridan va boshqa mansabdor shaxslaridan mehnat sharoitlari va muhofazasi to‘g‘risida, shuningdek ishlab chiqarishdagi barcha baxtsiz hodisalar hamda kasb kasalliklari haqida axborot olish;

- ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarni va kasb kasalliklarini tekshirishda ishtirok etish;

- xodimlarning hayoti va sog‘lig‘iga xavf tug‘ilgan hollarda ishlarni to‘xtatib turish, shuningdek mehnatni muhofaza qilishga oid talablarning buzilishlarini bartaraf etish to‘g‘risida ish beruvchiga takliflar kiritish;

- mehnatni muhofaza qilish holatini o‘rganish, ish beruvchilarning jamoa shartnomalari va kelishuvlarida nazarda tutilgan mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha majburiyatlari bajarilishini nazorat qilish;

- ishlab chiqarish ob’ektlarini va ishlab chiqarish vositalarini sinash hamda foydalanishga qabul qilish bo‘yicha komissiyalar ishida mustaqil ekspert sifatida ishtirok etish, tibbiy-mehnat ekspert komissiyasi majlislarida ishtirok etish;

- mehnatni muhofaza qilish masalalari bo‘yicha texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar va normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqishda ishtirok etish;

- mehnatni muhofaza qilishga oid talablarni buzganlikda, ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalar faktlarini yashirganlikda aybdor shaxslarni javobgarlikka tortish to‘g‘risidagi talablar bilan tegishli organlarga murojaat qilish;

- mehnat vazifalarini bajarishi bilan bog‘liq holda mayib bo‘lishi yoki sog‘lig‘ining boshqacha tarzda shikastlanishi tufayli yetkazilgan zararning o‘rni qoplanishi uchun hamda xodimlarning sog‘lig‘i va mehnati muhofaza qilinishiga bo‘lgan huquqlari cheklangan boshqa hollarda xodimning huquqlarini himoya qilib sudga murojaat etish;

- mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlari, jamoa shartnomalarida va kelishuvlarida nazarda tutilgan majburiyatlar buzilganligi, shuningdek mehnat sharoitlarining o‘zgarishi bilan bog‘liq mehnat nizolarini ko‘rib chiqishda ishtirok etish.

Mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha vakil etilgan shaxsga o‘z zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarishi uchun har haftada kamida ikki soat ish vaqti ajratiladi va bu vaqt uchun ish joyi (lavozimi) bo‘yicha o‘rtacha oylik ish haqi saqlanadi.

Kasaba uyushmalari va xodimlarning boshqa vakillik organlari mehnatni muhofaza qilish sohasida ijtimoiy sheriklikni amalga oshiradi, bosh kelishuvlar, tarmoq va hududiy (mintaqaviy) jamoa kelishuvlari, jamoa shartnomalari tuzishi mumkin.

Kasaba uyushmalari va xodimlarning boshqa vakillik organlari, shuningdek xodimlarning o‘zi mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha vakil etgan shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.

Ish beruvchi xodimning o‘z mehnat vazifalarini bajarishi bilan bog‘liq holda mayib bo‘lishi, kasb kasalligiga chalinishi yoki sog‘lig‘ining boshqacha tarzda shikastlanishi tufayli uning hayoti va sog‘lig‘iga o‘zi yetkazgan zararning o‘rnini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda to‘liq hajmda qoplashi shart.


Download 0.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   80




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling