Barkamol avlod – Vatanning baxti sog‘lom avlod uchun
Download 390.42 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- USHBU SONDA: USHBU SONDA: 8-dekabr – O‘ZbekISTON reSPUbLIkaSI kONSTITUTSIyaSI qabUL qILINgaN kUN
- Ta’LIm ISTIqbOLLarI Zamonaviy ta’lim yoshlar nigohida .........................................10 SOg‘LOm bOLa – SOg‘LOm keLajak
- ShaXS kamOLOTI Texnologiyalar asrida o‘smirlar ruhiyati .................................16 IZLaNgaNga ImkON keNg
- IbN SINO darSXONaSI Varikoz kasalligi xavflimi .....................................................25 faN va ZakOvaT
- Respublikasi Konstitutsi- yasi qabul qilingan kun TO‘RTINCHI BET: Obuna – 2016
- Konstitutsiyasi qabul qilingan kun
Barkamol avlod – Vatanning baxti SOG‘LOM AVLOD UCHUN Ilmiy-tarbiyaviy, ommabop, bezakli oylik jurnal
“Sog‘lom avlod uchun” jurnali O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 13-aprel 127-sonli qaroriga asosan “Maktabgacha tarbiya” jurnali negizida tashkil etilgan. 1996-yil yanvardan chiqa boshlagan. MUASSISLAR: O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, “Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya fondi JAMOATCHILIK KENGASHI: Svetlana INAMOVA Tatyana KARIMOVA Ulug‘bek INOYATOV Abdulla ORIPOV BOSH MUHARRIR: Muftillo YUSUPOV TAHRIR HAY’ATI: Tillaniso ESHBOYEVA (mas’ul kotib) Shomirza TURDIMOV Sabohat MIRDJALILOVA Malohat A’ZAMOVA Manzilimiz: 100000. Toshkent shahri, Buyuk Turon ko‘chasi, 41. Telefon 233-18-92 (faks), 233-31-53. E-mail: jlsaumt@mail.ru www.jlsau.uz O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligi tomonidan 2007-yil 3-yanvarda 0102- tartib raqami bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan. Jurnal maketi tahririyatning matbaa bo‘limida tayyorlandi. Biror maqola yoki undan parcha ko‘chirib bosil- ganda “Sog‘lom avlod uchun” jurnalidan olindi” deb izohlash shart. Tahririyat nuqtayi nazariga mos kelmagan maqolalar tahlil etilmaydi va egalariga qaytarilmaydi. Navbatchi muharrir: Nilufar Murodova Musahhih: Nargiza Normaxmatova Jurnalda M.Amin, M.Nurinboyev, B.Rizoqulov olgan suratlardan foydalanildi. Bosmaxonaga 2015-yil 5-dekabr kuni topshirildi. Ofset usulida chop etildi. Qog‘oz bichimi A-4. Qog‘oz hajmi 4,0 bosma taboq. Nashriyot hisobida 3,8 bosma taboq. Adadi 3552 nusxa. ____-buyurtma. “KOLORPAK” MCHJ bosmaxonasida chop etildi. Toshkent shahar, Elbek ko‘chasi, 8-uy.
Sog‘lom avlod uchun |
11 |
2015 2 KONSTITUTSIYAMIZ – FAXRIMIZ!
Har bir davlat huquq tizimida ko‘plab qonunlar mavjud bo‘ladi. Biroq ular orasi da eng asosiysi sifatida e’tirof etiladigani Konstitutsiyadir! Hayotimizning barcha jabhalarida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarning asosiy maqsadi mamlakatimizda demokratik huquqiy dav lat qurish va kuchli fuqarolik jamiyatini shakllantirishdir. Bundan 23 yil avval qa bul qilingan Bosh Qomusimiz muhim va zifalarni hayotga tatbiq etishda va oldi mizga qo‘ygan maqsad sari og‘ishmay borishda mustahkam asos bo‘lib xizmat qilmoqda. Mamlakat ichki va tashqi siyo satini yuritish, demokratiya hamda ijtimo iy adolatni ta’minlash, inson huquqman faatlarini himoya qilishda shu davlatning asosiy bosh qonuni – Konstitutsiyasi mu him ahamiyatga ega. Prezidentimiz Islom Karimov rahbarli gidagi Konstitutsiyaviy komissiya tomoni dan ikki yil davomida ishlab chiqilgan va ikki yarim oy davomida umumxalq muho kamasida bo‘lgan Bosh Qomusimizning loyihasiga 1991yil 31avgustda qabul qi lingan “O‘zbekiston Respublikasining Dav lat mustaqilligi asoslari to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy qonun asos qilib olindi. Konstitutsiya inson huquq va erkinligini, xalq manfaatlarini himoya qiluvchi Asosiy qonun sifatida e’tirof etilar ekan, umum xalq muhokamasiga qo‘yilishi tabiiydir. Konstitutsiyamizning ilk loyihasi matbuot da e’lon qilinganda xalqimiz tomonidan olti mingdan ziyod takliflar bildirildi va ulardan hamda jahon konstitutsiyaviy taj ribasidan keng foydalanildi. Yurtboshimiz O‘zbekiston Respublika sining Konstitutsiyasi qabul qilinganining 22 yilligiga bag‘ishlangan ma’ruzasida “Kons titutsiyamizda belgilab berilgan aso siy maqsadlarimiz barchamizga yaxshi ma’ lum, ya’ni Bosh qomusimiz bozor iqtisodi yotiga asoslangan mustaqil demokratik davlat qurish, inson manfaatlari, huquq va erkinliklari, qonun ustuvorligi va mamlaka timiz barcha fuqarolari uchun qonun oldida tenglik tamoyili ta’minlanadigan fuqarolik jamiyatini shakllantirishning mus tahkam poydevorini yaratib berdi”, – deb ta’kidla gan edi. Yurtimizda mustaqillikdan so‘ng inson erki, uning huquqlari qonun bilan himo yalandi. Konstitutsiyamiz qabul qilinishi bilan ijtimoiy va davlat qurilishidagi mu nosabatlar hamda milliy qonunchiligimiz ning barcha sohalarini tartibga soluvchi aniq huquqiy mexanizm vujudga keldi. Konstitutsiyaga hurmat Vatanga, xalqqa bo‘lgan sadoqat ifodasidir. Bu esa jamiyat hayotining mezoni bo‘lgan Konstitutsiyani chuqur va har tomonlama o‘rganishni, uning ma’nosiga yetib borib, amaliy hayo timizning doimiy qo‘llanmasiga aylantirish ni taqozo etadi. Shu ma’noda Konstitutsi yani o‘rganish borasida Prezidentimiz 2001yil 4yan varda “O‘zbekiston Respub likasi Konstitutsiyasini o‘rganishni tashkil etish to‘g‘ risida”gi Farmoyishi qabul qilin di. Farmoyishga binoan Konstitutsiyamiz maktabgacha ta’lim muassasalari, mak tablar, akademik litsey va kollejlar, oliy o‘quv yurtlarida ham o‘rganiladi. Shu maq sadda ko‘p lab darslik, risola va maxsus qo‘llanmalar nashr etildi. Asosiy Qonunimizda qonun ustuvorli gi mustahkamlab qo‘yilgan hamda bironta ham qonun yoki boshqa normativhuquqiy hujjat Konstitutsiyaga zid bo‘lishi mumkin emasligi qat’iy ko‘rsatib o‘tilgan. Darha Sog‘lom avlod uchun |
11 |
2015 3 8-dekabr – O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun qiqat, qonun ustuvor bo‘lgan davlatdagina barqarorlik bo‘ladi, fuqarolarning huquq lari to‘laqonli ta’minlanadi. Konstitutsiya mizda ko‘zda tutilgan huquq va erkinliklar xalqaro huquqning umume’tirof etilgan prinsiplariga to‘la mos keladi. 1948yilda qabul qilingan Inson huquqlari Umumja hon Deklaratsiyasida ko‘zda tutilgan inson huquqlari ham Konstitutsiyamizda mus tahkamlab qo‘yilganligi fikrimiz isbotidir. Xususan, har bir insonning yashash huquqi, erkinligi va shaxsiy daxlsizligi qonuniy kafolatlangan. Shuningdek, Kons titutsiyada hech kim qiynoqqa solinishi, zo‘ravonlikka, shafqatsiz yoki inson qadr qimmatini kamsituvchi boshqa tarzdagi tazyiqqa duchor etilishi mumkin emasligi, hech kimda uning roziligisiz tibbiy yoki ilmiy tajribalar o‘tkazilishi mumkin emas ligi, har kim o‘z sha’ni va obro‘siga qilin gan tajovuzlardan, shaxsiy hayotiga ara lashishdan himoyalanishi belgilab qo‘yil gan. Shuningdek, hech kim qonun nazar da tutgan hollardan va tartibdan tashqari birovning turarjoyiga kirishi, tintuv o‘t kazishi yoki uni ko‘zdan kechirishi, yozish malar va telefonda so‘zlashuvlar sirini osh kor qilishi mumkin emas. O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi Respublika hududi da bir joydan ikkinchi joyga ko‘chish, O‘z bekiston Respublikasiga kelish va un dan chiqib ketish huquqiga ega. Bundan tashqari, Bosh Qonunimizda fikrlash, so‘z va e’tiqod, vijdon erkinligi, axborot izlash, olish va uni tarqatish huquqi kabi o‘nlab huquqlarimiz ham mustahkamlab qo‘yil gan.
Konstitutsiyamizda siyosiy huquqlari miz kafolatlanganligi esa fuqarolarning o‘z qonuniy manfaatlarini ro‘yobga chiqa rish borasida, shuningdek, jamiyat va dav lat ishlarida ishtirok etishda siyosiy faolli gini ta’minlashga xizmat qiladi. Asosiy Qo nunimizda fuqarolarning jamiyat va davlat ishlarini boshqarishda bevosita ham da o‘z vakillari orqali ishtirok etish, kasaba uyushmalariga, siyosiy partiyalarga va boshqa jamoat birlashmalariga uyu shish, ommaviy harakatlarda ishtirok etish, shu ningdek, davlat organlariga, muassasalari Sog‘lom avlod uchun |
11 |
2015 4 8-dekabr – O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun ga yoki xalq vakillariga ariza, taklif va shikoyatlar bilan murojaat qilish hu quqlari siyosiy huquq sifatida mustahkamlangan ligini alohida ta’kidlash joiz. Bundan tash qari, Konstitutsiyaga ko‘ra, har bir shaxs mulkdor bo‘lishga haqli. Bu mulk chilikning turli shakllariga asoslangan bozor iqtisodi yoti rivojlanishi va barqarorligini ta’min lashga xizmat qiladi, albatta. Shu bilan birga, har bir shaxsning mehnat qilish, er kin kasb tanlash, qariganda, mehnat la yoqatini yo‘qotganda, shuningdek, boquv chisidan mahrum bo‘lganda va qonunda nazarda tutilgan boshqa hollarda ijtimoiy ta’minot olish, malakali tibbiy xizmatdan foydalanish, bilim olish hamda ilmiy va texnikaviy ijod erkinligi, madaniyat yutuq laridan foydalanish hu quqi kafolatlangani respublikamizda barcha fuqarolarning manfaatlari millati, tili, dini, boshqa xusu siyatlaridan qat’i nazar teng himoya qilin ganligi ifodasidir. O‘zbekiston ham ko‘p millatli davlat hisoblanadi. Yurtimizda 130 dan ziyod millat va elat vakillari bu mubo rak zaminni o‘z Vatani deb biladi. Millatla raro totuvlik va hamjihatlik – umumbasha riy qadriyat. U muayyan jamiyatda yashab, yagona maqsad yo‘lida mehnat qilayotgan turli millat va elat vakillari ahilligining ma’ naviy asosini mustahkamlaydi, shu hu duddagi tinchlik va barqarorlikning, ta raqqiyotning kafolati bo‘lib xizmat qiladi. Konstitutsiyamizga rivojlangan davlat lar ilg‘or tajribasidan kelib chiqib bugungi kunga qadar bir qator o‘zgartirish va qo‘ shimchalar kiritildiki, bu davlat hokimiyati va boshqaruvini yanada takomillashtirish ga xizmat qildi. Jumladan, 2014yil 16ap reldagi “O‘zbekiston Respublikasi Konsti tutsiyasining ayrim moddalariga o‘zgarti rish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘ risida (32, 78, 93, 98, 103 va 117mod dalarida)”gi Qonunga asosan O‘zbekiston Respublika sining fuqarolari jamiyat va davlat ishlarini boshqarishda bevosita hamda o‘z vakillari orqali ishtirok etish huquqiga egadirlar. Bunday ishtirok etish o‘zinio‘zi boshqa rish, referendumlar o‘t kazish va davlat or ganlarini demokratik tarzda tashkil etish, shuningdek, davlat organlarining faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini rivojlanti rish va takomillashtirish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Davlat organlarining faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirish tartibi qonun bilan belgilanadi. Bosh Qomusimizdagi ushbu o‘zgarti rish va qo‘shimchalar hokimiyat va bosh qaruv tizimini yanada demokratlashtirish, “Kuchli davlatdan – kuchli fuqarolik jami yati sari” prinsipi bosqichmabosqich amal ga oshirilishini ta’minlash, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining davlat hokimiyati organlari tizimidagi roli ni, ichki va tashqi siyosatning strategik vazifalarini amalga oshirishdagi huquq va vakolatlarini kengaytirish, Vazirlar Mah kamasi hamda ijro etuvchi organlar faoli yati ustidan qonun chiqaruvchi oliy organ ning, hokimiyat vakillik organlarining na zorat funksiyalarini kuchaytirish, shuning dek, hukumatning, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining mamlakatni ijti moiyiqtisodiy rivojlantirish vazifalarini ro‘ yobga chiqarish borasidagi mas’uliyati ni oshirish maqsadida kiritildi. Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, Bosh Qomusimiz jahonda amaldagi eng demok ratik Asosiy Qonunlardan biri bo‘lib, dav latimiz va jamiyatimizning rivojlanishi, demokratik islohotlar jadalligi va samara dorligini oshirish maqsadida o‘zaro ham korlik qilish uchun barcha huquqiy sharo itlarni yaratib bermoqda. Huquqiy davlat va demokratik jamiyat barpo etilayotgan respublikamizda hayotimizning barcha ji hatlarini tartibga solib turuvchi qonunlar shubhasiz juda muhim. Bosh Qonunimiz – Konstitutsiya esa bu borada mustahkam himoya, eng yuksak qonun sifatida xizmat qilaveradi. Anvar RO‘ZIYEV, Navoiy viloyati Adliya boshqarmasi boshlig‘i. Sog‘lom avlod uchun |
11 |
2015 5 Inson va jamiyat “Velosipedda kelajak sari” loyihasi doira sida Vetnamdan Fransiyaga sayohat qilgan global iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashish fa ollari Saymon Nelson va Nguen Ngan O‘zbe kistonda bo‘lib, o‘z taassurotlarini so‘zlab be rish di:
Mazkur maqola orqali keng jurnalxonlar auditoriyasini iqlim o‘zgarishlari mohiyati bi lan bir qadar tanishtirishni, xabardorligini o shirishni maqsad qildik. Global iqlim o‘zgarishi – XXI asrning aso siy muammolaridan biri. Insoniyatning ta raqqiyotga erishish yo‘lida tabiatga nisbatan e’tiborsizlik bilan munosabatda bo‘lishi atrof muhitdagi muvozanatning izdan chiqishiga sabab bo‘lmoqda. Atmosferada issiqlik gazlari haddan tashqari ko‘p miqdorda to‘planishi dunyo miqyosidagi barqaror iqlim jarayonla rining o‘zgarishiga olib kelmoqda. Ularning bunday g‘ayritabiiy ko‘payishi inson faoliyati, chunonchi: energiya ishlab chiqarishda, kim yo sanoatida va boshqa ishlab chiqarishlarda neft, gaz va ko‘mirdan me’yoridan ortiq foy dalanilishi natijasida yuz berayotir. Miqdori yildanyilga ko‘payib borayotgan asosiy issiq lik gazlari oksidlangan gaz va metan bo‘lib, ma’lumki, metan tabiiy gazning asosiy ele menti hisoblanadi. Ushbu gazlar atmosferada to‘planib, sayyoraning qizigan sirti taratuvchi ortiqcha issiqlik kosmosga tarqalishiga yo‘l qo‘ymaydi va atmosferaning isishiga sabab bo‘ladi. Iqlim o‘zgarishi sababi hisoblangan issiq xona gazlari: – suv bug‘i; – karbonat angidrid (CO 2 ); – metan (CH 4 ); Sog‘lom avlod uchun |
11 |
2015 6 Inson va jamiyat – azot oksidi (N 2 O);
– gidroftoruglerodlar (GFU); – perftoruglerodlar (PFU); – oltingugurt geksaftoridi (SF 6 ). Yer o‘z yuzasidagi infraqizil nurlarni fazo ga qayta chiqarmaslik xususiyatiga ega. Ular yerni issiq “ko‘rpa”ga o‘rab, issiqxona sama rasini beradi va Yerdagi haroratni saqlab tura di. Mazkur jarayon Yerdagi tiriklikni ta’min laydi. Issiqxona gazlarisiz Yer hozirgidan tax minan 30 daraja sovuqroq bo‘lar edi. Ammo afsuski, inson faoliyati natijasida atmosferaga yuqorida keltirib o‘tilgan gazlar chiqaril moqda. Raqamlarga e’tibor beradigan bo‘lsak, bir kunda dunyoda 9 milliard litr neft yoqili shiga guvoh bo‘lamiz. Buning natijasida ha vodagi CO 2 ning miqdori yiliga 30 foizga ortib bormoqda. Uning oqibatlari esa xatarli. Haro rat oshishi natijasida muzliklar eriydi. Okean suvining harorati va fizik xossalari, okean oqimlari, mazkur oqimlarga bog‘liq bo‘lgan mamlakatlarda iqlim, global gidrologik sikl va iqlimni yaratuvchi global jarayonlar o‘zgara di. Oqibatda yog‘ingarchiliklar amplitudasida katta o‘zgarishlar yuz berib, u o‘ta ko‘p yog‘in yog‘ishi yoki umuman yog‘masligi bilan belgi lanadi, qurg‘oq chilik va toshqinlar soni ko‘pa yadi, tabiiy ofatlar – tornado, tayfunlar, sellar, ko‘chkilar yuz beradi. Bir qarash da bu uncha qo‘rqinchli bo‘lib tuyulmasligi mumkin. Ammo Yerdagi harorat yana 5 darajaga ko‘tarilsa, barcha jarayonlar orqaga qaytarib bo‘lmaydi gan tus oladi va sayyoramizdagi har qanday hayotga jiddiy xavf tug‘diradi. Insonning bio logik tur sifatida yashab qolish masalasi kun tartibidan o‘rin oladi. Ayni shu sababli bu muammo olamshumul ahamiyat kasb etadi. 1995yilda ishlab chiqarilgan avtomobillar 2010yildagiga nisbatan 38 marta ko‘p zaharli gazlarni atmosferaga chiqaradi. Yirik shahar lardagi avtomobil sanoat va gaz tutunlaridan yiliga 400 ming odam halok bo‘lib, minglab odamlar turli kasalliklarga chalinadi. Ovqat tayyorlash uchun yopiq xonalarda yoqilgan olovdan yiliga 2 millionga yaqin odam zahar lanib o‘ladi. Dunyodagi har 8o‘lim havoning ifloslanishi bilan bog‘liq. Katta avtomobil yo‘li yoqasida yashayotgan bolalar autizmga ko‘p roq chalinadi. Kimyo zavodlari mavjud hu dudlar aholisining o‘rta cha umri 10 yilga qisqarmoqda. Iqlim o‘zgarishi muammosi O‘zbekistonga ham o‘z ta’sirini ko‘rsatmay qolmaydi. Sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan oqibatlar qatorida quyidagilarni ko‘rsatish mumkin: – suv resurslari taqchilligining kuchayishi; – o‘rtacha haroratning oshishi; – yog‘ingarchiliklarning notekis taqsimla nishi; – yog‘ingarchiliklarsiz qurg‘oqchilik uzoq davom etishi va ko‘p miqdorda yog‘ingarchi lik bo‘lishi; – qishloq xo‘jaligida yetishtirish uchun maqbul ekinlar tarkibi butunlay o‘zgarishi; – harorat rejimi kuchayishi natijasida aho li salomatligi bilan bog‘liq muammolar ko‘pa yishi; – o‘simliklar va hayvonlarning aksariyat turlari yashaydigan areallar qayta taqsimla nishi, demak, ekologik jarayonlar, beriladigan mahsulotlar va bajariladigan funksiyalar tub dan o‘zgarishi; – sahrolashish jarayonlarining kuchayishi, yashash va xo‘jalik yuritish mumkin bo‘lgan yerlar kamayishi; – iqtisodiyot sektorlari ta’sirining to‘liq qayta taqsimlanishi va boshqalar. Albatta, iqlim o‘zgarishi natijasida ko‘ri lishi mumkin bo‘lgan zararni hali hech kim hisoblagani yo‘q. Xo‘sh, inson faoliyati iqlim o‘zgarishiga qanday ta’sir ko‘rsatadi? Avvalo, bu avtomobillardan chiqayotgan zaharli gaz lar, neft, gaz, ko‘mir va o‘tinni yoqish oqiba tida ajraladigan CO 2 , atmosferadagi aerozollar, sement sanoati hisobiga bo‘ladi. Shuningdek, dehqonchilik, ozon qatlamining yupqalashi shi, chorvachilikning rivoji, o‘rmonlarning kesilishi ham iqlim o‘zgarishiga ta’sir ko‘rsa tadi. Mutaxassislarning fikriga ko‘ra, 1901– 2012yillarda o‘rtacha global harorat Selsiy bo‘yicha 0,89 darajaga ko‘tarilgan. Bu 1400 yil mobaynidagi eng yuqori ko‘rsatkichdir. Xavotirli tomoni shundaki, bu jarayon davom etishi bashorat qilinmoqda. Ya’ni 2016–2035
yillarda sayyoramizda havo harorati yana 0,3–0,7 darajaga ko‘tarilishi ehtimoldan xoli emas. Buning oqibatida yaqin o‘n yillikda ha vo keskin sovub ketishi, qish chillasida haro rat 20–30 daraja issiqqa ko‘tarilishi, yozda esa havoning sovub ketishini kuzatish mumkin. Eng achinarlisi, issiqxona effekti tufayli tog‘ lardagi muzliklar zahiralarining erishi natija sida ichimlik suvi kamayib boradi. 1960 yildan Sog‘lom avlod uchun |
Download 390.42 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling