Barkamol avlod – Vatanning baxti sog‘lom avlod uchun


Uyg‘onish davri. Mechin usuli


Download 390.42 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/6
Sana27.08.2017
Hajmi390.42 Kb.
#14404
1   2   3   4   5   6

Uyg‘onish davri. Mechin usuli

XVI asrdan e’tiboran, Yevropa ilmiy uy­

g‘onish davrining eng yuksak zakovat egalari 

bo‘lgan olimlar ham o‘z ilmiy faoliyatlarida 

“π”ni aniq hisoblash masalasini kun tartibiga 

qo‘ya boshlashdi. Masalan, Gotfrid Leybnis 

va Isaak Nyutonlarning ishlarida bu boradagi 

izlanishlar uchraydi. 

Bu davrda “π” endilikda geometriya sah­

nasidan chiqib, asta­sekin algebra olamiga 

kirib borishga o‘tganini qayd etdik. Nyuton va 

Leybnislar boshlab bergan matematik analiz 

usullarini qo‘llash orqali ulardan keyingi 

olimlar avlodi “π”ni hisoblashda yanada olg‘a 

siljishga erisha boshladilar. Britaniyalik Jon 

Mechin o‘z nomi bilan ataluvchi mashhur tri­

gonometrik formulalarni kashf qildi va ushbu 

formulalar asosida “π”ning verguldan keyingi 

dastlabki 100 ta raqamini hisoblab chiqishga 

muvaffaq bo‘ldi. 

E’tibor bergan bo‘lsangiz, maqolamiz mu­

qaddimasida biz avvaliga aylana uzunligining 

diametriga nisbati doimiy qiymat (≈3.1415) 

ekani va uning yunon alifbosidagi “π” belgisi 



Sog‘lom avlod uchun

 | 


11

 | 


2015

30

Fan va zakovat

bilan ifodalanishini aytib o‘tdik. Tarixiy ma’­

lumotlar keltirish asnosida esa, biz bu sonni 

“π” deb keltira boshladik. Buning sababi 

shuki, Jon Mechinning muvaffaqiyati ma’lum 

qilingan o‘sha 1706­yilgacha matematikada 

mazkur son “π” ko‘rini shida belgilanmas edi. 

Aylana uzunligining diametriga nisbatini 

maxsus belgi bilan ifodalagan ilk asar 1689­yil­

da Iogann Shturm muallifligida chop etilgan 

matematika darsligi bo‘lib, unda mazkur son 

“e” ko‘rinishida belgilanadi. Bu sonning “π” 

ko‘rinishida ifodalanishi esa aynan Jon Me­

chin muvaffaqiyatga erishgan yildan e’tiboran 

urfga kirgan. Faqat bunday belgilashni Me­

chin emas, balki bosh qa bir yetuk matematik – 

Uilyam Jons taklif etgan edi. Jonsning 

1706­yilda chop etilgan “Matematikaga yangi­

dan kirish” asarida ushbu mashhur son o‘zi­

ning hozirgi “ismi”ga ega bo‘ladi. Jonsning 

aynan ushbu yunon harfini tanlashiga sabab, 

uning yunon tilidagi “periferiya” (

περιφέρεια) – 

aylana hamda “perimetron” (

περίμετρος) – pe­

rimetr so‘zlarining bosh harfi ekanligi sabab 

bo‘lgan. π belgisining ilm­fan olamida omma­

lashuviga asosiy sabab esa, bu belgining bu­

yuk matematik olim Leonard Eyler qalamiga 

mansub ko‘p ming adadli matematika kitobla­

rida keng qo‘llanganligi bo‘lgandi. 

Fon Lindeman hafsalani pir qildi

Shu tarzda, hikoya qilganimizdek, maqo­

lamiz qahramoni π uzoq asrlar mo­

baynida jahonning eng yetuk ma­

tematiklari uchun ilmiy faoliyat­

dagi eng asosiy tadqiqot ob­

yektlaridan biri sifatida doimo 

dolzarb bo‘lib keldi. 

Shunisi qiziqki, o‘sha o‘tkir 

matematiklarning aksariyati, qa­

chonlardir kelib π sonining o‘ta 

aniq va inkor qilib bo‘lmas qiy­

mati, ya’ni, verguldan keyingi 

oxirgi raqami albatta topiladi, 

deb ishonishgan. Bejizga biz 

1875­yilga oid so‘nggi natija bilan 

to‘xtalish qilmadik. Chunki garchi to‘la aniq 

bo‘lmagan bo‘lsa ham, o‘sha yilgi Shenksning 

natijasi (707 ta raqam) π ning verguldan ke­

yingi barcha ra qamlarini oxirigacha aniq to­

pishga qaratilgan urinishlar ichida oxirgisi 

bo‘lib qoldi. 1882­yilga kelib, olmon matema­

tigi Fon Lindeman, bunday ishonchning oxiri 

puch ekanini qat’iy matematik uslubda isbot­

lab berdi. Ha, ko‘p 

chilik matematiklarning 

hafsalasini pir qilgan ushbu isbotga ko‘ra, π 

ning “aniq” qiymatini topishning imkoni yo‘q 

va u hech qachon bo‘lmaydi! Sababi π soni 

1761­yilda isbotlanganidek irratsional son 

bo‘libgina qolmay, balki u sonlarning yana bir 

alohida turkumi – transsendent sonlar safiga 

ham kiradi. Bu shuni anglatadiki, π ning aniq 

qiymatini, verguldan keyingi oxirgi raqamga­

cha o‘ta aniqlikda topish borasidagi masalani 

sirkul va chizg‘ich yordamida mutlaqo hal 

qilib bo‘l maydi. Fon Lindeman aynan shuni 

qat’iy isbotlab berdi va π shinavandalarining 

ustiga “muzdek suv quydi”.

Shuncha g‘avg‘o kimga kerak?

Maqolani o‘qib, sizda π ning verguldan 

keyingi raqamlarini imkon qadar aniq hisob­

lash uchun shunchalik jon kuydirish kimga va 

nima uchun kerak, degan savollar albatta 

paydo bo‘lgan bo‘lishi mumkin. Haqiqatan 

ham, π ni shunchalik aniq hisoblashning qan­

day muhim ahamiyati bor? Taassufki, bu sa­

volning jo‘yali aniq javobi yo‘q. π ni imkon 

qadar katta aniqlikda hisoblash urinuvchilar­

ning barchasi aslida kimo‘zarga musobaqala­

shayotgan odamlardir. Aslida, al­Xorazmiy 

bobomiz deyarli bir yarim ming yil avval 

ta’kidlab ketgan fikr ayni haqiqatdir. Ya’ni 

kundalik hisob­kitoblar uchun π=3.14 deb, 

bir oz murakkabroq, masalan, raketa­texnika­

si yoki astronomik hisoblashlar 

uchun esa π=3.141529 deb 

olishning o‘zi yetarli bo‘ladi. 

Ayzek Azimovning asarlaridan 

birida esa quyidagi fikrni ham 

uchratishimiz mumkin: “Agar koi­

notni 80 milliard yorug‘lik yili dia­

metriga ega ulkan sfera deb ta­

savvur qilsak va π ning vergul­

dan keyingi atigi 35 ta raqami 

bilan uning ekvatorial aylanasi­

ni hisoblasak, olgan natijamiz 

haqiqiysidan atigi santimetrning 

milliondan bir ulushida xato bo‘ladi, 

xolos.” Boshqa bir olimlarning fikricha, π ning 

verguldan keyingi atigi 39 xonalik ko‘rinishi 

bilan, bizga hozirda ma’lum koinotning ayla­

nasini, proton diametri o‘lchamidagi xatolik 

bilan aniqlash mumkin ekan.

  

Muzaffar QOSIMOV.



Sog‘lom avlod uchun

 | 


11

 | 


2015

31

Alpomish avlodlari

OLIMPIADAGA YO‘LLANMA NAQD



– O‘g‘lim boksga juda qiziqadi, uni chem-

pion qilib bering, – dedi farzandini boks 

to‘garagiga olib kelgan ota hazilomuz ohang-

da. – Sizni tajribali murabbiy sifatida yaxshi 

bilganimiz uchun ham oldingizga keldik.

– Rahmat. Lekin avval uni bir sinovdan 

o‘tkazaylik, – deya javob qaytardi murabbiy. 

So‘ng bolaning imkoniyatlarini ko‘zdan 

kechirdi: harakatlari chaqqon, raqibni nishon-

ga olishi yaxshi, zarbasi kuchli, muhimi, ishti-

yoqi baland.

– O‘g‘lingizda iste’dod bor, – dedi bo‘lajak 

shogirdining harakatlaridan ko‘ngli to‘lgan 

murabbiy, – boksning sir-u sinoatlarini qunt 

bilan o‘rgansa, mag‘lubiyatdan tushkunlikka 

tushmasa, yutuqlardan mag‘rurlanib ketma-

sa, kam bo‘lmaydi. Barchasi o‘zining sa’y-ha-

rakatlariga bog‘liq. Biz uning mahoratini oshi-

rish uchun qo‘limizdan kelganicha harakat 

qilamiz, bor imkoniyatimizni ishga solamiz.

Taniqli murabbiy Ma’rufjon Ahmedov bi­

lan farg‘onalik umidli bokschi Bektemir Me­

liqo‘ziyevning otasi o‘rtasida kechgan ushbu 

suhbatga ancha yillar bo‘ldi. O‘shanda qilin­

gan ezgu niyat bugun ro‘yobga chiqdi: Bekte­

mir osiyo va jahon chempioni bo‘lib, 2016­yil 

Braziliyaning Rio­de­Janeyro shahrida bo‘lib 

o‘tadigan XXXI yozgi Olimpiada yo‘llanmasini 

qo‘lga kiritdi. 

– Inson hayotda hech bir narsaga osonlik­

cha erishmaydi. Mening ham erishgan yutuq­

larim zamirida, eng avvalo, o´z ustimda ti­

nimsiz ishlaganim, qiyinchiliklardan qoch­

masdan dadil odimlaganim sabab bo‘ldi, deb 

o‘ylayman, – deydi biz bilan suhbatda Bekte­

mir Meliqo‘ziyev. – Yo‘llanmani qo‘lga kiritish 

jarayonida ko‘plab musobaqalarda ishtirok 

etdim. Birinchi musobaqa 2014­yilda bo‘lib 

o‘tgan O‘zbekiston chempionati edi. Unda 

ishtirok etib oltin medalni qo‘lga kiritdim va 

O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi bo‘ldim. Bu 

yutug‘im yo‘llanma olishimdagi muvaffaqi­

yatlarimning debochasi bo‘ldi, desam adash­

mayman. Shundan so‘ng Bolgariyada va Qo­

zog‘istonda o‘tkazilgan boks bo‘yicha xalqaro 

turnirda oltin medalni, 25­avgust va 5­sentabr 

kunlari Tailandning Bangkok shahrida o‘tka­

zilgan Osiyo chempionatida to‘rt nafar raqi­

bimni yengib jahon chempionati yo‘llanmasini 

qo‘lga kiritdim. Mazkur musobaqalar men 

uchun juda murakkab kechdi. Boisi raqibla­

rimning barchasi jahonda tanilgan nomdor 

sportchilardan, shuningdek, osiyo va jahon 

chempionlari hamdir. Osiyo birinchiligi uchun 

bo‘lgan bahsda qozog‘istonlik raqibim bilan 

kechgan kurash oson kechmadi. Uni ham 

yengdim va jahon chempionati yo‘llanmasi 

sohibi bo‘ldim. 

Yildan yilga tajriba va mahoratini toblab 

borayotgan Bektemir uchun nafaqat joriy yil, 

balki o‘tgan 2014­yil ham muvaffaqiyatlarga 

boy yil bo‘ldi, desak mubolag‘a bo‘lmaydi. 

Boisi sportchimiz O‘smirlar terma jamoasida 

ham ko‘plab yutuqlarni qo‘lga kiritgan. Xusu­

san, u Olimpiada yo‘llanmasini qo‘lga kiritish­

ga qadar, yoshlar o‘rtasida o‘tkazilgan osiyo 

va jahon chempionatlarida hamda Xitoyning 

Nankin shahrida o‘smirlar o‘rtasida tashkil 

etilgan II yozgi Olimpiada o‘yinlarida ham 

muvaffaqiyatli ishtirok etib, oltin medallarni 

qo‘lga kiritdi va bu yutuqlar uning qit’alar 

orasida tengsiz ekanligini yana bir karra isbo­

ti bo‘ldi.

– Xalqaro maydondagi ilk muvaffaqiyatim 

2012­yil Ozarbayjonning Boku shahrida tash­

kil etilgan xalqaro turnir edi. O‘sha turnirda 

munosib ishtirok etib, oltin medal sovrindori 

bo‘ldim. Shundan so‘ng Rossiya, Tailand, 

Serbiya, Ozarbayjon kabi davlatlarda o‘tkazil­

gan xalqaro musobaqalarda ham g‘olib va 

sovrindorlar safidan joy oldim. O‘tgan yili esa 

o‘smirlar o‘rtasida o‘tkazilgan II yozgi Olimpia­

da o‘yinlaridagi erishgan yutug‘im esa yurti­

miz bayrog‘ini shohsupaning yuqori pog‘ona­

siga olib chiqdi. Bu men uchun faxr edi. Kel­

gusida ham biz bokschilar yurtimiz bayrog‘ini 

yuksaklarga ko‘tarib, go‘zal va jannatmakon 



Sog‘lom avlod uchun

 | 


11

 | 


2015

32

Alpomish avlodlari

O‘zbekistonning farzandi ekanimizni va bu 

yurtda tengsiz sportchilar bisyor ekanini 

amalda isbotlab beramiz, – deydi, faxr bilan 

Bektemir.

Darhaqiqat, bugun yurtimizda yoshlar­

ning kuchli, sog‘lom, ma’nan va aqlan barka­

mol bo‘lib voyaga yetishlari uchun barcha 

imkoniyatlar yaratilgan. Muhtaram Preziden­

timizning rahnamoligida bolalar sportiga qa­

ratilayotgan e’tibor va g‘amxo‘rlik natijasida 

sportchilarimiz bugun ko‘plab yutuqlarni 

qo‘lga kiritib kelishmoqda. Ayniqsa, uch 

bosqichli – “Umid nihollari”, “Barkamol av­

lod” va “Universiada” sport o‘yinlari katta 

sportga qadam qo‘yishda o‘ziga xos ko‘prik 

vazifasini o‘tayapti. Bektemir ham aynan shu 

musobaqalarda chiniqib toblandi. Yaratilgan 

imkoniyatlardan unumli foydalanib, dunyo 

arenalarida o‘zbek o‘g‘lonlarining jahondagi 

tengdoshlaridan kam emasligini va kam 

bo‘lmasligini isbotlab berdi. 

Qahramonimiz yo‘llanma shartlariga mu­

vofiq joriy yilning 5­8­oktabr kunlari Doha 

shahri (Qatar)da o‘tkazilgan XVIII jahon 

chempionatida ishtirok etdi. Doha ringlarida 

kechgan mazkur chempionatda beshta ring 

bo‘lib o‘tdi. Birinchi jangda gruziyalik raqibini 

nakount hisobida mag‘lubiyatga uchratib, ik­

kinchi ringda fransiyalik ishtirokchi ustidan 

ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritdi. Bu muvaf­

faqiyatlari unga ilhom bag‘ishladi, uchinchi 

va to‘rtinchi ringlarda rossiyalik va irlandiya­

lik raqiblarini ham yengib, final bosqichi ish­

tirokchisiga aylandi. Yarim final uchun kech­

gan jangda qo‘lidagi og‘ir jarohati sabab final 

bosqichida kubalik raqibiga 2:1 hisobida im­

koniyatni boy berdi. Bu hisob uning faoliyati­

dagi ilk muvaffaqiyatsizlik bo‘ldi. 

Ayni paytda Bektemir ustozi Murodjon 

aka bilan birgalikda Farg‘ona viloyatining 

Furqat tumanida tashkil etilgan boks to‘gara­

gida mashg‘ulot olib bormoqda. Ustozining 

o‘gitlariga, ko‘rsatmalariga doimo quloq tutib 

kelgan yosh sportchining birdan bir maqsadi 

– Olimpiadada munosib ishtirok etib, medal­

lari sonini yanada ko‘paytirish va yurtimiz 

dovrug‘ini butun dunyoga taratish.

Maqola tayyorlash asnosida Bektemir bi­

lan suhbatlashar ekanmiz, undagi o‘ziga bo‘l­

gan ishonch, qat’iyat va irodani ko‘rib, bugun 

mamlakatimizda O‘zbekistondek kelajagi bu­

yuk yurtning munosib farzandlari voyaga ye­

tayotganiga yana bir karra amin bo‘ldik. 

Endigina 19 yoshni qarshilagan Bektemir 

Meliqo‘ziyev Mustaqilligimizning 24 yilligi ara­

fasida Prezidentimiz farmoniga ko‘ra, “Shuh­

rat” medali bilan taqdirlandi. Uning kelajakda­

gi yutuqlari bardavom bo‘lishini tilab qolamiz.

Mavluda MELIQULOVA.



Download 390.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling