Barkamol avlod – Vatanning baxti sog‘lom avlod uchun
Download 390.42 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- – Uning kelib chiqish sabablari nimalar dan iborat
- – Kasallikning oldini olsa bo‘ladimi
- – Qanday davo usullari mavjud
- Ibn Sino darsxonasi Sog‘lom avlod uchun | 11
- Moziyga qaytib: Arximed usuli
Ko‘cha Adoqsiz jim-jit ko‘chaning Qoqilib ketaman zulmatida. Oyog‘im ostida xazonning tovushsiz olovi. Va yana kimdir ortimdan kelmoqda, bosib xazonni. Men to‘xtayman, to‘xtar u. Yana odimlayman va u ham… Alanglayman — atrof kimsasiz, Atrof zulmat, ko‘rinmas borliq, kimsasiz atrof… va so‘qmoq meni yana boshlab chiqar ko‘chaga ohista boraman allakimning izidan. Qoqilib ketar u qorong‘ulikda Va shivirlar u menga tikilib: “Kimsasiz…” Sog‘lom avlod uchun |
11 |
2015 24 Tuyg‘udagi yog‘dular * * *
Har bir o‘quvchi o‘z navbatida shoir hamdir. Har qanday she’r istalgan nimadir bo‘lishi mumkin. Daqiqalar hech qachon kutmaydi, poeziya esa hech qayerga shosh maydi. So‘zlashayotganda bir gap ikkin chisini yetaklab keladi: suhbatning bosh lanish va tugash nuqtasi bor. She’rda esa birinchi misra mazmunan so‘nggisi, so‘nggisi esa dastlabkisi bo‘lishi mumkin. Poeziya — jarayon deb ataladigan to‘g‘ri chiziqli vaqtga qarshi tura oladigan yago na vosita. * * * She’rni tushunish hammasidan avval uni eshitish bilan bog‘liq. So‘z eshitish orqali qabul qilinadi, ko‘zlar qarshisida gavdalanib, idrok davomida ongga singa di. She’r mutolaasi sukunat bilan yakunla nadi. She’r o‘qish ko‘zlar bilan eshitish, ovozni tinglash demakdir. * * * Zamonaviylik nima degani o‘zi? Eng avvalo, bu terminning ko‘pma’noligini aytish kerak — har bir jamiyat o‘zicha, alohida zamonaviydir. Zamonaviylik ko‘ rinishlari dunyodagi jamiyatlar miqdoriga teng. Zamonaviylik — shartli termin. O‘rta asrlar davri o‘zidan oldingi davrga nisba tan zamonaviyligi shartli bo‘lgani singari. Agar biz o‘rta asrlarga nisbatan zamonaviy bo‘lsak, kelajakdagi zamonaviylikka nis batan bizning davrimiz o‘rta asr sanal maydimi? Agar atama nomi vaqtga bog‘liq bo‘lsa, u “nom” sifatida o‘zini oqlaydimi? Zamonaviylik — g‘oyadir balki, ehtimol sarob yo vaqt tarixi? Xullas, hamma uning ma’nosini izlaydi. Biz zamonaviylik bola larimizmi yoki uni biz yaratamiz? Hech kim buning aniq javobini bilmaydi. * * * Lotin Amerikasi va angloamerikanlar ning kelib chiqishi bir bo‘lmaganidek, ularning adabiyoti yaralishida ham turli farqlar bor. Biz hammasini Yevropadagi tasvir uslubidan boshladik. Lekin ular orolda yashashadi, biz esa yarim oroldan miz. Bu jug‘rofiy, tarixiy va madaniy ma’nodagi ikki noodatiy hudud degani. Ular Angliya va Reformatsiya bilan bog‘ langan, biz esa Ispaniya, Portugaliya va Kontreformatsiya bilan. Rus tilidan Tillaniso Eshboyeva tarjimasi.
Sog‘lom avlod uchun |
11 |
2015 25 VARIKOZ KASALLIGI XAVFLIMI? Ibn Sino darsxonasi – Varikoz kasalligi va uning belgilari haqida to‘xtalib o‘tsangiz? – Varikoz kasalligi oyoqlardagi venalar ning o‘zgarishi bilan (shishib turgan havorang tugunlarning paydo bo‘lishigacha) namoyon bo‘luvchi kasallik. Ko‘p hollarda bachadon, tuxumdon, kichik tos, jinsiy va boshqa organ lar venasida ham ushbu holat kuzatiladi. Ve nalar varikozining eng xavfli oqibati trom boflebit (venalar devorlarining tromb hosil qilgan holda yallig‘lanishi) va tomirlar trom boemboliyasidir (kasallangan tomirning tromb bilan yopilib qolishi). Venoz klapanlar yetish movchiligi, shuningdek, vena devorining tug‘ ma zaifligi ham varikozga olib kelishi mum kin. Kengaygan venalar teri ostidan tuguntu gun (varikoz tugunlar) bo‘lib, bo‘rtib ko‘rinib turadi. Varikoz kasalligining rivojlanishiga quyi dagilar sabab bo‘ladi: – irsiyat; – gormonal o‘zgarishlar (homiladorlik, tug‘uruqlar, tarkibida estrogenlar miqdori ko‘p gormonal kontrasepsiya vositalarini qa bul qilish); – konstitutsiya (kasallikka asosan semiz va bo‘yi baland kishilar chalinadi); – irq (kasallik sariq va qora tanli odamlar da kamdankam holatlarda uchraydi); – hayot tarzi (tomirlarning holatini kuza tib boradigan, harakatda bo‘ladigan kishilarni varikoz chetlab o‘tadi). – Uning kelib chiqish sabablari nimalar dan iborat? – Varikoz paydo bo‘lishining ko‘pgina sa bablari bor. Statistika bo‘yicha, har to‘rtinchi ayolda va har o‘ninchi erkakda bu kasallik ku zatiladi. Asosan, 30–40 yoshdagi kishilarda varikoz ko‘proq uchraydi. Teztez homilador bo‘lish va tug‘ish, ortiqcha vazn, og‘ir jismo niy mehnat, uzoq vaqt tik turib yoki o‘tirib ishlash, og‘ir yuk ko‘tarish va boshqalar shu lar jumlasidan. Oshpazlar, ofitsiantlar, sotuv chilar, sartaroshlar, kosmetologlar, temir chi us talar, yuk tashuvchilar, transport haydovchi lari, hisobchilar kabi turli kasb egalarida vari kozga chalinish xavfi yuqori. Ko‘ pincha, oyoq ning yuza venalari, qizil o‘n gachning shilliq pardasi tagidagi venalar (jigar serrozida), to‘g‘ri ichak venalari (bavosil), urug‘ tizim chasi atrofidagi venalar (varikotsele) kenga yadi. Varikoz kasalligi bir necha bosqichda ke chadi. Boshlanishida bemorlarning shikoyat Inson organizmi shu qadar murakkab tuzilganki, bir a’zoda kuzatilgan xastalik bosh qasiga ham o‘z ta’sirini o‘tkazmay qolmaydi. Shu bois ka- sallik belgilari yuzaga kelishi bilan o‘z vaqtida mutaxassis-shifokorga murojaat qilish lozim. Zero, sog‘lom insongina o‘z maq sadlari sari dadil intilib, ijtimoiy hayotda faol ishtirok etadi. Tibbiyot rivojlanib turli epidemiyalar, kasalliklarga yangicha davo usullari qo‘llanilayotganiga qaramay, insoniyat ulardan hali to‘laligicha xalos bo‘lgani yo‘q. Qon-tomirlarning o‘zgarishi bilan kechuvchi varikoz kasalligi aholi salomatligiga xavf solib turgan omillardan biri hisoblanadi. Mavzu yuzasidan batafsil ma’lumot olish maqsadida oliy toifali shifokor Gulchehra Choriyeva bilan suhbatda bo‘ldik. Sog‘lom avlod uchun |
11 |
2015 26 Ibn Sino darsxonasi lari sof kosmetik tavsifda bo‘ladi (vena qon tomirining teri yuzasida bilinib turishi, tomir larning har xil shaklda bo‘lishi). Keyinchalik jimjimador kengaygan yuza venalar butun oyoq bo‘ylab tarqaladi va kasallik dekompen satsiya (buzilish) bosqichiga o‘tadi, to‘qima larda o‘zgarishlar sodir bo‘ladi. Bemorlarni shish, boldir mushaklaridagi tortishishlar, tungi og‘riqlar qiynaydi. Terining ko‘karishi va qattiqlashuvi ko‘rinishidagi trofik buzilish lar kuzatiladi. Kengaygan venalar oyoqda bo‘lsa, bemor tik turganida yaqqol ko‘zga tashlanadi. Venalar kengaygan joy terisining qon bilan ta’minlanishi buzilishi oqibatida terining shu qismi yupqalashib, rangi o‘zgara di, salga jarohatlanadigan bo‘lib qoladi. Xas talik avj olgan davrda to‘q jigarrang yoki qo‘ng‘ir dog‘lar paydo bo‘ladi, bu tibbiyot tili da — pigmentatsiya deyiladi. Keyinchalik shu joyda trofik yara hosil qilishi mumkin. Oyoq shishib og‘riydi, bemor tez charchaydi, og‘ riq, ayniqsa, uzoq turib qolganda yoki kechga borib kuchayadi. Kasallik zo‘rayganida oyoq battar shishib, yurish qiyinlashadi, borabora bemor oyog‘ini bosolmay qoladi. Venalar kengayishi, ulardan qon oqishining qiyinla shuvi kabi o‘zgarishlar natijasida turli yal lig‘lanish jarayonlari va tromblar paydo bo‘ladi.
– Kasallikning oldini olsa bo‘ladimi? – Ha albatta, bunda vaznni nazorat qilib borish zarur. Qisqa muddat ichida semirish varikozning kechishiga ta’sir qiladi. Yana qu yidagilarga e’tibor qaratish kerak: · qon harakatini siqib qo‘ymaydigan va paxta matosidan tikilgan kiyimlarni ki yish;
· baland poshnali va orqasi ochiq tufli lardan voz kechib, tovonni yaxshi ush lab turadigan poyabzallarni tanlash; · ich qotishiga yo‘l qo‘ymaslik; · agar oyoqlarda ko‘kimtir tomirlar pay do bo‘lgan bo‘lsa, shifokorga murojaat etish kerak. Ular vena yetishmovchili gidan dalolat berishi mumkin; · og‘ir yuklarni ko‘tarmaslik; · tamaki chekmaslik va tetiklashtiradigan ichimliklarni (achchiq qahva, yaxna ichimliklar) ichmaslik. Mutaxassislar ning fikricha, nikotin va kofein tomir lardagi oraliqni qisqartirib, devorlari ning tuzilishini o‘zgartirar ekan; · o‘tirganda yoki yotganda tortishish ku chini yumshatish uchun oyoqlarni bi roz ko‘ tarish kerak; · uzoq vaqt o‘tirmaslik va tik turmaslik; · moyillik bo‘lganda maxsus kolgotkalar ni kiyish. Ular venani yumshoq bosib turgan holda, devorlarini me’yorida ushlab turadi. Ba’zi o‘simliklar venalar tonusini oshirish, vena devorlarini mustahkamlash, yallig‘la nishlarning oldini olish va qon aylanishini yaxshilash xususiyatiga ega. Bular: soxta kashtan, gamamelis, qizil uzum, qizil suvo‘tla ri, ginko biloba, qashqarbeda o‘simliklaridir. Shuningdek, ba’zi mikroelementlar (kobalt, marganes va selen) venalarning tonusini oshi radi. Ularning ta’siri vitaminlaraksiloksidlov chilar (S, E, RR) bilan samaraliroq bo‘ladi. Sportning yugurish, sakrash, tennis, otda yu rish, voleybol va suzish kabi turlari bilan shug‘ullanish ham ijobiy natija beradi. Sog‘lom avlod uchun |
11 |
2015 27 Venalarning varikoz kengayishidan keyin gi asoratlarining oldini olish uchun profilaktik choratadbirlar olib borish zarur. Bularni iloji boricha kasallikning boshlanish davrida amal ga oshirish, o‘z vaqtida shifokorga murojaat qilish hamda u ko‘rsatmalarni bekamuko‘st bajarish lozim. Eng muhimi, qonning bir ma romda aylanishiga to‘sqinlik qiladigan omil larni bartaraf etish zarur. O‘tirib ishlaydigan larga vaqtivaqti bilan oyoqlarni gorizontal holatda uzatib turishi har bir, bir yarim soatda ozgina yurish yoki 10–15 marta oyoq uchida turish tavsiya etiladi. Bunda muskullar qisqa rishi tufayli venoz qon oqimi tezlashib, qon aylanishi yaxshilanadi. Bunday mashqlarni tik turib ishlaydiganlar ham teztez bajarib turishlari lozim. Ishdan keyin yaqinroq maso faga sekin yurib borish oyoqqa ancha dam beradi. Kasal oyoqni tovondan son yarmisiga cha elastik bint bilan o‘rash yoki rezina pay poq kiyish, badantarbiya, davo mashg‘ulotla ri, yengil gimnastika yaxshi natija beradi. Ka sallik zo‘rayib ketganda operatsiya qilinadi, so‘ng bemor 4–6 oygacha shu joyni elastik bint bilan bog‘lab yuradi. Quyoshdan ham o‘zini ehtiyot qilishi kerak.
– Varikozni davolash kasallik bosqichi va shakliga bog‘liq. Venada qon dimlanishi, vari koz kengayishi xastaliklarning oldini olish, oyoqlarda og‘riq va diskomfort hissini kamay tirish uchun quyidagi choratadbirlarni ko‘rish lozim. 1. Qon oqimining yuza venalardagi hara katini kamaytirish uchun ularni qisish kerak. Buning uchun elastik paypoq va kolgotkalar dan foydalaniladi. Paypoq ertalab o‘rindan turmasdan kiyiladi, bunda venalar hali qon bilan to‘lmagan bo‘ladi. 2. Noto‘g‘ri ovqatlanish, mehnat qilish, dam olish, zararli odatlarga ruju qo‘yish (spirtli ichimliklar ichish, tamaki, nos chekish va hokazo), semirib ketish va boshqalar vena larning varikoz kengayishiga olib kelishini unutmang. 3. Quyosh nuri va qattiq uqalash tomiri kengaygan bemor uchun zararli hisoblanadi. 4. Bemor ko‘proq vitaminlarga, mineral moddalarga va mikroelementlarga boy oziq ovqat mahsulotlari: sut, qatiq, tvorog, meva, sabzavot, oshko‘klar, sharbatlar, ayniqsa, an jir, o‘rik, shotut, qulupnay, oshqovoq, tarvuz, bodring, sabzi, karam, qizil lavlagi, yernok (topinambur) iste’mol qilishi foydali. 5. Sabzavotlardan tayyorlanadigan salat larga, marinadlarga bir necha tomchi sirka qo‘ shib tanovul qilinsa, tromblar paydo bo‘ lishidan saqlaydi. 6. Uzoq vaqt tik turish yoki o‘tirish ham oyoqlarda va boshqa a’zolarda qon dimlani shini hosil qiladi. 7. Turgandan yoki o‘tirgandan ko‘ra yur gan yaxshi, chunki yurganda oyoq mushaklari dimlangan qonni ma’lum darajada haydab turadi. 8. Uzoq vaqt bir joyda turib ishlaydigan kishilar oyoqlarini biroz ochib, tovon va oyoq uchini galmagaldan, oyoq kaftini xuddi tikuv mashinasini harakatlantirayotgan kabi hara katlantirishi kerak. 9. Shifokor tavsiyasi bo‘yicha turli maz, kremlardan, tindirma, balzamlardan foydala nish yaxshi natija berib, ular quvvatbaxsh ta’sirdan tashqari og‘riqni qoldiruvchi xususi yatga ham ega. 10. Bir osh qoshiq quruq maydalangan krapiva (gazanda o‘t) barglarini bir stakan (200 gr) qaynagan suv solib, suv hammomida 15 daqiqa ushlang, dokadan o‘tkazing. 1/3 stakandan (65 gr) ovqatdan 15 daqiqa avval kuniga 3 mahal qabul qiling. 11. Karam barglari tuxum oqi bilan ara lashtiriladi. Kechasi kompress shaklida zarar langan joylarga qo‘yiladi. 12. Ishdan keyin yaqinroq masofaga sekin yurib borish oyoqqa ancha dam beradi, ba dantarbiya ham yaxshi naf keltiradi. 13. Oyoqni teztez iliq suvda sovunlab yuvib turish kerak. Suvda yalangoyoq yurish ham qon yurishishini yaxshilaydi va tomirlar da qon to‘xtab qolishini kamaytiradi. Valida ABDUG‘AFFOR qizi suhbatlashdi. Ibn Sino darsxonasi Sog‘lom avlod uchun |
11 |
2015 28 MASHHUR SON HAQIDA ESKI VA YANGI GAPLAR
Matematikada shunday son borki, ushbu sonni mutaxassislar va ayniqsa, geometriya shinavandalari juda “ardoqlashadi”. U haqida ming yillardan buyon butun boshli jildjild kitoblar bitilgan. Ushbu son riyoziyot va han dasa ilmining eng o‘tkir zehnli olimlariniyu, qiziquvchan talabalarini hali hanuz o‘ziga maftun etib kelmoqda. Hatto bu son haqida Gollivudda kinofilm ham ishlangan! Ha mayli, gapni cho‘zmaylik. So‘z – π soni haqida bor moqda. Keling, ushbu maqolamizda biz ham mazkur ajoyib va qiziqarli sonning o‘ziga xos jihatlari haqida fikr alma shinamiz. Har qanday aylananing uzunligi va dia metrining o‘zaro nisbati – doimiy o‘zgarmas son bo‘ladi. Bu oddiy haqiqatni unchalik qiyin bo‘lmagan o‘lchashlar va kuzatuvlar orqali tez ilg‘ash mumkin. Haqiqatan ham, aylana uzunligi va diametrining nisbati – koinot miq yosidagi ulkan aylana, masalan, biror osmon jismi orbitasi bo‘lsin yoki aksincha, ko‘zimiz o‘rganib qolgan odatiy narsalar, masalan – avtomobil g‘ildiragi, yoki kompyuter DVD disklari bo‘lsin, doimo bir xil sonni (constan ta) beradi, ya’ni:
Matematikada aylana uzunligi odatda c bel gisi bilan, diametri esa d bilan belgilanadi. Shun ga ko‘ra, biz yuqoridagi nisbatni c/d=const. ko‘rinishida ham yozishimiz mumkin. Aytga nimizdek, ushbu nisbat, istalgan aylana uchun bir xil sonni beradi va aynan shu nisbat fanda π (yunoncha “pi”) harfi bilan belgilanadi. π ning o‘nlik kasr bo‘yicha yaxlitlangan va ver guldan keyingi dastlabki 50 ta raqami bilan ifodalangan qiymati quyidagi cha: π ≈ 3.141592653589793238462643383279 502884197169399377510... Bu o‘rinda tenglik belgisining to‘lqinsimon ekanligiga e’tibor qaratgan bo‘lsangiz kerak. “≈” belgisi “taqriban teng” ma’nosini anglata di. Asrlar mobaynida olimlar ushbu sonning 3.14 dan keyingi davomiy qismini imkon qa dar aniq ifodalashga urinib kelganlar. Bu bo rada iloji boricha katta aniqlikka erishish u chun barcha zamonlarda eng ilg‘or matema tiklar butun salohiyatlarini ishga solib izlanish gan.
Fanga ma’lum manbalar ichida π haqida qayd etib o‘tilgan eng qadimiysi – eramizdan avvalgi 1650yillarga taalluqli deb hisobla nuvchi, qadimgi Misr papirus qog‘ozidir. “Axmes papirusi” deb nomlanuvchi ushbu manbada “π”ning qiymati 3.16 ga teng deb keltirilgan. Ehtimolki, ushbu papirusdagi yo zuv muallifi yashagan zamondan boshlab, matematiklar orasida, “π”ning verguldan ke yingi xonalarida joylashuvchi raqamlarini aniq topishga bo‘lgan jiddiy urinish va ilmiy raqobat ibtido olgan bo‘lsa kerak. π haqida qayd etilgan “Axmes papirusi”dan keyingi yana bir qadimiy topilma – qadimgi Bobil yod gorliklariga oid sopol bo‘lagi bo‘lib, u taxmi nan eramizdan avvalgi 200yillarga tegishli deb qaraladi. Ushbu sopol yodgorlikda “π”ning qiymati 3.125 ga teng deb keltiriladi. Shaxsi ma’lum bo‘lgan olimlar orasida esa eng birinchilardan bo‘lib Arximed “π” ni aniq hisoblashga uringan. U “π”ni aniqlash ning o‘ziga xos usulini, aytish joizki, tarixda ilk marta, sof matematik usulini ishlab chiqdi. Keling, shunga muvofiq, bu usulni keyingi o‘rinlarda “Arximed usuli” deb ataymiz. Arximed usuli juda murakkab va uzoq bayon qilinadi. Shu sababli uning mohiyatiga qisqacha to‘xtalib o‘tish bilan cheklanamiz. Arximed usuliga ko‘ra, aylanaga, avvalo, biror ko‘pburchakning ichiga chiziladi, keyin esa, shunday ko‘pburchak mazkur aylanaga tashqi chiziladi. Aylana uzunligi ushbu ikki ko‘pburchak diametrlari orasida o‘rtacha qiy
Sog‘lom avlod uchun |
11 |
2015 29 Fan va zakovat matni olishi kerak. Aylana diametri esa birlik sifatida qabul qilinadi. Ko‘pburchaklarning yuzini doimo aniq topishning imkoni bo‘ladi. Aylananing yuzi esa doimo taqribiy qiymat bilan topiladi. Shu tarzda Arximed aylanaga ichki chizilgan ko‘pburchakning burchaklari sonini ketmaket orttirib borish bilan, ularning ko‘rinishini aylana shakliga maksimal yaqin lashtirib boradi. Demakki, yuzalarining qiy mati ham o‘zlariga ichki va tashqi chizilgan aylana yuziga maksimal yaqinlashib boradi. Xullas, shu yo‘sinda Arximed “π”ning qiymati quyidagi nisbat orasida ekanini topadi:
Ya’ni Arximedga ko‘ra, “π” taxminan qu yidagi oraliqda aniqlanadi: 3.140845...< π <3.142857... Arximed hisoblashlarni muntazam 96 bur chakkacha olib borgan deb taxmin qilinadi. Arximeddan keyingi asrlarda, uning ishlab chiqqan usuli mazkur sonni aniqlashtirish uchun asosiy matematik vosita bo‘lib qoldi va deyarli barcha olimlar aynan shu usuldan foydalanishdi. IX asrga kelib esa, Movarounnahr uchun ilmiy yuksalish zamonasi keldi. Buyuk alloma bobokalonimiz Muhammad Muso alXoraz miy asarlarida “π” 3.1416 ko‘rinishida keltirib chiqariladi. “Algebra” va “Algoritm” atamala rining asoschisi bo‘lmish bu zot, shuningdek, olimlar orasida birinchi bo‘lib, murakkab hi soblashlar uchun (masalan, astronomik tad qiqotlar uchun) 3.1416 qiymatni qo‘llash ke rakligini; oddiy kundalik hisob ishlari u chun esa 3.14 qiymat yetarli bo‘lishini ta’kidlaydi. AlXorazmiydan keyin oradan 6 asr o‘tib, Temuriylar davlatida (asosan, Samarqandda) yashab ijod qilib o‘tgan boshqa bir mashhur olim G‘iyosiddin Jamshid alKoshiy “π” uchun verguldan keyingi 16 xona sonni aniq hisoblab chiqqan. Asli eronlik (Koshon shahridan) bo‘l gan bu olim, alloma bobomiz Mirzo Ulug‘bek ning yaqin ilmiy maslakdoshi va Ulug‘bek ra sadxonasidagi yaqin hamkasbi ham bo‘lgan. Shunisi tahsinga loyiqki, yuqorida aytib o‘til gan olimlardan farqli o‘laroq, alKoshiy “π” ni hisoblashda Arximed usulini qo‘llamaydi, balki o‘ziga xos, boshqacha yo‘l tutadi. Al Koshiy 60 lik sanoq tizimidan foydalangan. Afsuski, Temuriylar davridan keyin, ilm fan taraqqiyoti markazi astasekinlik bilan Yevropaga ko‘chib o‘ta boshladi. Biroq Yevro paning eng yetuk olimlari ham uzoq vaqtlar gacha bu borada alKoshiy muvaffaqiyatini takrorlay olishmadi. Chunonchi, buyuk farang matematigi sa naluvchi Fransua Viet ham, “π”ning vergul dan keyingi atigi 9 ta raqamini aniqladi, xolos. Ta’kidlash joizki, Viet ham Arximed usulidan foydalanadi, lekin u favqulodda ulkan ko‘p burchak (393216 tomonli – tasavvur qilish ning o‘zi mushkul) bilan ish ko‘radi va shunga muvofiq, hisoblash amallarini bag‘oyat mu rakkablashtirib yuboradi. Vietning zamondo shi va ayni vaqtda uning ilmiy raqibi bo‘lgan Van Roomen ismli golland matematigi ham Arximed usuliga murojaat qiladi va endi u al Koshiydan biroz o‘zib ketadi. 1593yilda Van Roomen “π”ning verguldan keyingi 16 ta ra qamini aniq topgan. Van Roomendan keyin “π”ning aniq topish ga uringanlar orasida eng katta muvaffaqiyat ga erishgan olim sifatida nemisgolland mate matigi Lyudolf Van Seylen qayd etiladi. U av valiga (1596yilda) “π”ning verguldan keyingi 20 ta raqamini, yana bir necha yil o‘tib esa 35 ta raqamini aniq topgan
Download 390.42 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling