Barkamol avlod – Vatanning baxti sog‘lom avlod uchun


Download 390.42 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/6
Sana27.08.2017
Hajmi390.42 Kb.
#14404
1   2   3   4   5   6

Ko‘cha

Adoqsiz jim-jit ko‘chaning

Qoqilib ketaman zulmatida.

Oyog‘im ostida xazonning  

 

 

  tovushsiz 

olovi.

Va yana kimdir

   

ortimdan kelmoqda,

   

 

bosib xazonni.

Men to‘xtayman, to‘xtar u.

Yana odimlayman va u ham…

Alanglayman — atrof kimsasiz,

Atrof zulmat, ko‘rinmas borliq,

   

kimsasiz atrof…

va so‘qmoq meni yana

   

boshlab chiqar ko‘chaga

ohista boraman

   

allakimning izidan.

Qoqilib ketar u qorong‘ulikda

Va shivirlar u menga tikilib:

“Kimsasiz…”

Sog‘lom avlod uchun

 | 


11

 | 


2015

24

Tuyg‘udagi yog‘dular

* * *


Har bir o‘quvchi o‘z navbatida shoir 

hamdir. Har qanday she’r istalgan nimadir 

bo‘lishi mumkin. Daqiqalar hech qachon 

kutmaydi, poeziya esa hech qayerga shosh­

maydi. So‘zlashayotganda bir gap ikkin­

chisini yetaklab keladi: suhbatning bosh­

lanish va tugash nuqtasi bor. She’rda esa 

birinchi misra mazmunan so‘nggisi, 

so‘nggisi esa dastlabkisi bo‘lishi mumkin. 

Poeziya — jarayon deb ataladigan to‘g‘ri 

chiziqli vaqtga qarshi tura oladigan yago­

na vosita. 

* * *

She’rni tushunish hammasidan avval 



uni eshitish bilan bog‘liq. So‘z eshitish 

orqali qabul qilinadi, ko‘zlar qarshisida 

gavdalanib, idrok davomida ongga singa­

di. She’r mutolaasi sukunat bilan yakunla­

nadi. She’r o‘qish ko‘zlar bilan eshitish, 

ovozni tinglash demakdir.

* * *

Zamonaviylik nima degani o‘zi? Eng 



avvalo, bu terminning ko‘pma’noligini 

aytish kerak — har bir jamiyat o‘zicha, 

alohida zamonaviydir. Zamonaviylik ko‘­

rinishlari dunyodagi jamiyatlar miqdoriga 

teng. 

Zamonaviylik — shartli termin. O‘rta 



asrlar davri o‘zidan oldingi davrga nisba­

tan zamonaviyligi shartli bo‘lgani singari. 

Agar biz o‘rta asrlarga nisbatan zamonaviy 

bo‘lsak, kelajakdagi zamonaviylikka nis­

batan bizning davrimiz o‘rta asr sanal­

maydimi? Agar atama nomi vaqtga bog‘liq 

bo‘lsa, u “nom” sifatida o‘zini oqlaydimi? 

Zamonaviylik — g‘oyadir balki, ehtimol 

sarob yo vaqt tarixi? Xullas, hamma uning 

ma’nosini izlaydi. Biz zamonaviylik bola­

larimizmi yoki uni biz yaratamiz? Hech 

kim buning aniq javobini bilmaydi.

* * *

Lotin Amerikasi va anglo­amerikanlar­



ning kelib chiqishi bir bo‘lmaganidek, 

ularning adabiyoti yaralishida ham turli 

farqlar bor. Biz hammasini Yevropadagi 

tasvir uslubidan boshladik. Lekin ular 

orolda yashashadi, biz esa yarim oroldan­

miz. Bu jug‘rofiy, tarixiy va madaniy 

ma’nodagi ikki noodatiy hudud degani. 

Ular Angliya va Reformatsiya bilan bog‘­

langan, biz esa Ispaniya, Portugaliya va 

Kontreformatsiya bilan.

Rus tilidan 

Tillaniso Eshboyeva 

tarjimasi.


Sog‘lom avlod uchun

 | 


11

 | 


2015

25

VARIKOZ KASALLIGI XAVFLIMI?



Ibn Sino darsxonasi

– Varikoz kasalligi va uning belgilari 

haqida to‘xtalib o‘tsangiz?

– Varikoz kasalligi oyoqlardagi venalar­

ning o‘zgarishi bilan (shishib turgan havorang 

tugunlarning paydo bo‘lishigacha) namoyon 

bo‘luvchi kasallik. Ko‘p hollarda bachadon, 

tuxumdon, kichik tos, jinsiy va boshqa organ­

lar venasida ham ushbu holat kuzatiladi. Ve­

nalar varikozining eng xavfli oqibati trom­

boflebit (venalar devorlarining tromb hosil 

qilgan holda yallig‘lanishi) va tomirlar trom­

boemboliyasidir (kasallangan tomirning tromb 

bilan yopilib qolishi). Venoz klapanlar yetish­

movchiligi, shuningdek, vena devorining tug‘­

ma zaifligi ham varikozga olib kelishi mum­

kin. Kengaygan venalar teri ostidan tugun­tu­

gun (varikoz tugunlar) bo‘lib, bo‘rtib ko‘rinib 

turadi.

Varikoz kasalligining rivojlanishiga quyi­



dagilar sabab bo‘ladi:

– irsiyat;

– 

gormonal o‘zgarishlar (homiladorlik, 



tug‘uruqlar, tarkibida estrogenlar miqdori 

ko‘p gormonal kontrasepsiya vositalarini qa­

bul qilish);

– konstitutsiya (kasallikka asosan semiz 

va bo‘yi baland kishilar chalinadi);

–  irq (kasallik sariq va qora tanli odamlar­

da kamdan­kam holatlarda uchraydi);

– hayot tarzi (tomirlarning holatini kuza­

tib boradigan, harakatda bo‘ladigan kishilarni 

varikoz chetlab o‘tadi).



– Uning kelib chiqish sabablari nimalar­

dan iborat?

– Varikoz paydo bo‘lishining ko‘pgina sa­

bablari bor. Statistika bo‘yicha, har to‘rtinchi 

ayolda va har o‘ninchi erkakda bu kasallik 

ku zatiladi. Asosan, 30–40 yoshdagi kishilarda 

varikoz ko‘proq uchraydi. Tez­tez homilador 

bo‘lish va tug‘ish, ortiqcha vazn, og‘ir jismo­

niy mehnat, uzoq vaqt tik turib yoki o‘tirib 

ishlash, og‘ir yuk ko‘tarish va boshqalar shu­

lar jumlasidan. Oshpazlar, ofitsiantlar, sotuv­

chilar, sartaroshlar, kosmetologlar, temir chi us­

talar, yuk tashuvchilar, transport haydovchi­

lari, hisobchilar kabi turli kasb egalarida vari­

kozga chalinish xavfi yuqori. Ko‘ pincha, oyoq­

ning yuza venalari, qizil o‘n gachning shilliq 

pardasi tagidagi venalar (jigar serrozida), 

to‘g‘ri ichak venalari (bavosil), urug‘ tizim­

chasi atrofidagi venalar (varikotsele) kenga­

yadi.

Varikoz kasalligi bir necha bosqichda ke­



chadi. Boshlanishida bemorlarning shikoyat­

Inson organizmi shu qadar murakkab tuzilganki, bir a’zoda kuzatilgan 

xastalik bosh qasiga ham o‘z ta’sirini o‘tkazmay qolmaydi. Shu bois ka-

sallik belgilari yuzaga kelishi bilan o‘z vaqtida mutaxassis-shifokorga 

murojaat qilish lozim. Zero, sog‘lom insongina o‘z maq sadlari sari dadil 

intilib, ijtimoiy hayotda faol ishtirok etadi. 

Tibbiyot rivojlanib turli epidemiyalar, kasalliklarga yangicha davo 

usullari qo‘llanilayotganiga qaramay, insoniyat ulardan hali to‘laligicha 

xalos bo‘lgani yo‘q. Qon-tomirlarning o‘zgarishi bilan kechuvchi varikoz 

kasalligi aholi salomatligiga xavf solib turgan omillardan biri hisoblanadi. 

Mavzu yuzasidan batafsil ma’lumot olish maqsadida oliy toifali shifokor 

Gulchehra Choriyeva bilan suhbatda bo‘ldik. 



Sog‘lom avlod uchun

 | 


11

 | 


2015

26

Ibn Sino darsxonasi

lari sof kosmetik tavsifda bo‘ladi (vena qon­

tomirining teri yuzasida bilinib turishi, tomir­

larning har xil shaklda bo‘lishi). Keyinchalik 

jimjimador kengaygan yuza venalar butun 

oyoq bo‘ylab tarqaladi va kasallik dekompen­

satsiya (buzilish) bosqichiga o‘tadi, to‘qima­

larda o‘zgarishlar sodir bo‘ladi. Bemorlarni 

shish, boldir mushaklaridagi tortishishlar, 

tungi og‘riqlar qiynaydi. Terining ko‘karishi 

va qattiqlashuvi ko‘rinishidagi trofik buzilish­

lar kuzatiladi. Kengaygan venalar oyoqda 

bo‘lsa, bemor tik turganida yaqqol ko‘zga 

tashlanadi. Venalar kengaygan joy terisining 

qon bilan ta’minlanishi buzilishi oqibatida 

terining shu qismi yupqalashib, rangi o‘zgara­

di, salga jarohatlanadigan bo‘lib qoladi. Xas­

talik avj olgan davrda to‘q jigarrang yoki 

qo‘ng‘ir dog‘lar paydo bo‘ladi, bu tibbiyot tili­

da — pigmentatsiya deyiladi. Keyinchalik shu 

joyda trofik yara hosil qilishi mumkin. Oyoq 

shishib og‘riydi, bemor tez charchaydi, og‘ riq, 

ayniqsa, uzoq turib qolganda yoki kechga 

borib kuchayadi. Kasallik zo‘rayganida oyoq 

battar shishib, yurish qiyinlashadi, bora­bora 

bemor oyog‘ini bosolmay qoladi. Venalar 

kengayishi, ulardan qon oqishining qiyinla­

shuvi kabi o‘zgarishlar natijasida turli yal­

lig‘lanish jarayonlari va tromblar paydo 

bo‘ladi.


– Kasallikning oldini olsa bo‘ladimi?

– Ha albatta, bunda vaznni nazorat qilib 

borish zarur. Qisqa muddat ichida semirish 

varikozning kechishiga ta’sir qiladi. Yana qu­

yidagilarga e’tibor qaratish kerak:

·  qon harakatini siqib qo‘ymaydigan va 

paxta matosidan tikilgan kiyimlarni ki­

yish;


·  baland poshnali va orqasi ochiq tufli­

lardan voz kechib, tovonni yaxshi ush­

lab turadigan poyabzallarni tanlash;

·  ich qotishiga yo‘l qo‘ymaslik;

·  agar oyoqlarda ko‘kimtir tomirlar pay­

do bo‘lgan bo‘lsa, shifokorga murojaat 

etish kerak. Ular vena yetishmovchili­

gidan dalolat berishi mumkin;

·  og‘ir yuklarni ko‘tarmaslik;

·  tamaki chekmaslik va tetiklashtiradigan 

ichimliklarni (achchiq qahva, yaxna 

ichimliklar) ichmaslik. Mutaxassislar­

ning fikricha, nikotin va kofein tomir­

lardagi oraliqni qisqartirib, devorlari­

ning tuzilishini o‘zgartirar ekan;

·  o‘tirganda yoki yotganda tortishish ku­

chini yumshatish uchun oyoqlarni bi­

roz ko‘ tarish kerak;

·  uzoq vaqt o‘tirmaslik va tik turmaslik;

·  moyillik bo‘lganda maxsus kolgotkalar­

ni kiyish. Ular venani yumshoq bosib 

turgan holda, devorlarini me’yorida 

ushlab turadi. 

Ba’zi o‘simliklar venalar tonusini oshirish

vena devorlarini mustahkamlash, yallig‘la­

nishlarning oldini olish va qon aylanishini 

yaxshilash xususiyatiga ega. Bular: soxta 

kashtan, gamamelis, qizil uzum, qizil suvo‘tla­

ri, ginko biloba, qashqarbeda o‘simliklaridir. 

Shuningdek, ba’zi mikroelementlar (kobalt, 

marganes va selen) venalarning tonusini oshi­

radi. Ularning ta’siri vitaminlar­aksiloksidlov­

chilar (S, E, RR) bilan samaraliroq bo‘ladi. 

Sportning yugurish, sakrash, tennis, otda yu­

rish, voleybol va suzish kabi turlari bilan 

shug‘ullanish ham ijobiy natija beradi.



Sog‘lom avlod uchun

 | 


11

 | 


2015

27

Venalarning varikoz kengayishidan keyin­

gi asoratlarining oldini olish uchun profilaktik 

chora­tadbirlar olib borish zarur. Bularni iloji 

boricha kasallikning boshlanish davrida amal­

ga oshirish, o‘z vaqtida shifokorga murojaat 

qilish hamda u ko‘rsatmalarni bekamu­ko‘st 

bajarish lozim. Eng muhimi, qonning bir ma­

romda aylanishiga to‘sqinlik qiladigan omil­

larni bartaraf etish zarur. O‘tirib ishlaydigan­

larga vaqti­vaqti bilan oyoqlarni gorizontal 

holatda uzatib turishi har bir, bir yarim soatda 

ozgina yurish yoki 10–15 marta oyoq uchida 

turish tavsiya etiladi. Bunda muskullar qisqa­

rishi tufayli venoz qon oqimi tezlashib, qon 

aylanishi yaxshilanadi. Bunday mashqlarni 

tik turib ishlaydiganlar ham tez­tez bajarib 

turishlari lozim. Ishdan keyin yaqinroq maso­

faga sekin yurib borish oyoqqa ancha dam 

beradi. Kasal oyoqni tovondan son yarmisiga­

cha elastik bint bilan o‘rash yoki rezina pay­

poq kiyish, badantarbiya, davo mashg‘ulotla­

ri, yengil gimnastika yaxshi natija beradi. Ka­

sallik zo‘rayib ketganda operatsiya qilinadi, 

so‘ng bemor 4–6 oygacha shu joyni elastik 

bint bilan bog‘lab yuradi.  Quyoshdan ham 

o‘zini ehtiyot qilishi kerak. 

– Qanday davo usullari mavjud?

– Varikozni davolash kasallik bosqichi va 

shakliga bog‘liq. Venada qon dimlanishi, vari­

koz kengayishi xastaliklarning oldini olish, 

oyoqlarda og‘riq va diskomfort hissini kamay­

tirish uchun quyidagi chora­tadbirlarni ko‘rish 

lozim.

1.  Qon oqimining yuza venalardagi hara­



katini kamaytirish uchun ularni qisish kerak. 

Buning uchun elastik paypoq va kolgotkalar­

dan foydalaniladi. Paypoq ertalab o‘rindan 

turmasdan kiyiladi, bunda venalar hali qon 

bilan to‘lmagan bo‘ladi. 

2. Noto‘g‘ri ovqatlanish, mehnat qilish, 

dam olish, zararli odatlarga ruju qo‘yish 

(spirtli ichimliklar ichish, tamaki, nos chekish 

va hokazo), semirib ketish va boshqalar vena­

larning varikoz kengayishiga olib kelishini 

unutmang.

3. Quyosh nuri va qattiq uqalash tomiri 

kengaygan bemor uchun zararli hisoblanadi.

4. Bemor ko‘proq vitaminlarga, mineral 

moddalarga va mikroelementlarga boy oziq­

ovqat mahsulotlari: sut, qatiq, tvorog, meva, 

sabzavot, oshko‘klar, sharbatlar, ayniqsa, an­

jir, o‘rik, shotut, qulupnay, oshqovoq, tarvuz, 

bodring, sabzi, karam, qizil lavlagi, yernok 

(topinambur) iste’mol qilishi foydali.

5. Sabzavotlardan tayyorlanadigan salat­

larga, marinadlarga bir necha tomchi sirka 

qo‘ shib tanovul qilinsa, tromblar paydo bo‘­

lishidan saqlaydi.

6.  Uzoq vaqt tik turish yoki o‘tirish ham 

oyoqlarda va boshqa a’zolarda qon dimlani­

shini hosil qiladi. 

7.  Turgandan yoki o‘tirgandan ko‘ra yur­

gan yaxshi, chunki yurganda oyoq mushaklari 

dimlangan qonni ma’lum darajada haydab 

turadi.

8. Uzoq vaqt bir joyda turib ishlaydigan 



kishilar oyoqlarini biroz ochib, tovon va oyoq 

uchini galma­galdan, oyoq kaftini xuddi tikuv 

mashinasini harakatlantirayotgan kabi hara­

katlantirishi kerak.

9. Shifokor tavsiyasi bo‘yicha turli maz, 

kremlardan, tindirma, balzamlardan foydala­

nish yaxshi natija berib, ular quvvatbaxsh 

ta’sirdan tashqari og‘riqni qoldiruvchi xususi­

yatga ham ega.

10. Bir osh qoshiq quruq maydalangan 

krapiva (gazanda o‘t) barglarini bir stakan 

(200 gr) qaynagan suv solib, suv hammomida 

15 daqiqa ushlang, dokadan o‘tkazing. 1/3 

stakandan (65 gr) ovqatdan 15 daqiqa avval 

kuniga 3 mahal qabul qiling.

11. Karam barglari tuxum oqi bilan ara­

lashtiriladi. Kechasi kompress shaklida zarar­

langan joylarga qo‘yiladi.

12. Ishdan keyin yaqinroq masofaga sekin 

yurib borish oyoqqa ancha dam beradi, ba­

dantarbiya ham yaxshi naf keltiradi.

13. Oyoqni tez­tez iliq suvda sovunlab 

yuvib turish kerak. Suvda yalangoyoq yurish 

ham qon yurishishini yaxshilaydi va tomirlar­

da qon to‘xtab qolishini kamaytiradi.

Valida ABDUG‘AFFOR  qizi suhbatlashdi.



Ibn Sino darsxonasi

Sog‘lom avlod uchun

 | 


11

 | 


2015

28

MASHHUR SON HAQIDA ESKI VA 

YANGI GAPLAR

Fan va zakovat

Matematikada shunday son borki, ushbu 

sonni mutaxassislar va ayniqsa, geometriya 

shinavandalari juda “ardoqlashadi”. U haqida 

ming yillardan buyon butun boshli jild­jild 

kitoblar bitilgan. Ushbu son riyoziyot va han­

dasa ilmining eng o‘tkir zehnli olimlarini­yu, 

qiziquvchan talabalarini hali hanuz o‘ziga 

maftun etib kelmoqda. Hatto bu son haqida 

Gollivudda kinofilm ham ishlangan! Ha mayli, 

gapni cho‘zmaylik. So‘z 

– π soni haqida bor­

moqda. Keling, ushbu maqolamizda biz ham 

mazkur ajoyib va qiziqarli sonning o‘ziga xos 

jihatlari haqida fikr alma shinamiz.

Har qanday aylananing uzunligi va dia­

metrining o‘zaro nisbati – doimiy o‘zgarmas 

son bo‘ladi. Bu oddiy haqiqatni unchalik qiyin 

bo‘lmagan o‘lchashlar va kuzatuvlar orqali 

tez ilg‘ash mumkin. Haqiqatan ham, aylana 

uzunligi va diametrining nisbati – koinot miq­

yosidagi ulkan aylana, masalan, biror osmon 

jismi orbitasi bo‘lsin yoki aksincha, ko‘zimiz 

o‘rganib qolgan odatiy narsalar, masalan – 

avtomobil g‘ildiragi, yoki kompyuter DVD­

disklari bo‘lsin, doimo bir xil sonni (constan­

ta) beradi, ya’ni:

diametr

diametr

aylana uzunligi

aylana uzunligi

= doimiy son

Matematikada aylana uzunligi odatda c bel­

gisi bilan, diametri esa d bilan belgilanadi. Shun­

ga ko‘ra, biz yuqoridagi nisbatni c/d=const. 

ko‘rinishida ham yozishimiz mumkin. Aytga­

nimizdek, ushbu nisbat, istalgan aylana uchun 

bir xil sonni beradi va aynan shu nisbat fanda 

π (yunoncha “pi”) harfi bilan belgilanadi. π 

ning o‘nlik kasr bo‘yicha yaxlitlangan va ver­

guldan keyingi dastlabki 50 ta raqami bilan 

ifodalangan qiymati quyidagi cha:

π ≈ 3.141592653589793238462643383279

502884197169399377510...

Bu o‘rinda tenglik belgisining to‘lqinsimon 

ekanligiga e’tibor qaratgan bo‘lsangiz kerak. 

“≈” belgisi “taqriban teng” ma’nosini anglata­

di. Asrlar mobaynida olimlar ushbu sonning 

3.14 dan keyingi davomiy qismini imkon qa­

dar aniq ifodalashga urinib kelganlar. Bu bo­

rada iloji boricha katta aniqlikka erishish 

u chun barcha zamonlarda eng ilg‘or matema­

tiklar butun salohiyatlarini ishga solib izlanish­

gan. 

Moziyga qaytib: Arximed usuli

Fanga ma’lum manbalar ichida π haqida 

qayd etib o‘tilgan eng qadimiysi – eramizdan 

avvalgi 1650­yillarga taalluqli deb hisobla­

nuvchi, qadimgi Misr papirus qog‘ozidir. 

“Axmes papirusi” deb nomlanuvchi ushbu 

manbada “π”ning qiymati 3.16 ga teng deb 

keltirilgan. Ehtimolki, ushbu papirusdagi yo­

zuv muallifi yashagan zamondan boshlab, 

matematiklar orasida, “π”ning verguldan ke­

yingi xonalarida joylashuvchi raqamlarini 

aniq topishga bo‘lgan jiddiy urinish va ilmiy 

raqobat ibtido olgan bo‘lsa kerak. π haqida 

qayd etilgan “Axmes papirusi”dan keyingi 

yana bir qadimiy topilma – qadimgi Bobil yod­

gorliklariga oid sopol bo‘lagi bo‘lib, u taxmi­

nan eramizdan avvalgi 200­yillarga tegishli 

deb qaraladi. Ushbu sopol yodgorlikda 

“π”ning qiymati 3.125 ga teng deb keltiriladi. 

Shaxsi ma’lum bo‘lgan olimlar orasida esa 

eng birinchilardan bo‘lib Arximed “π” ni aniq 

hisoblashga uringan. U “π”ni aniqlash 

ning 

o‘ziga xos usulini, aytish joizki, tarixda ilk 



marta, sof matematik usulini ishlab chiqdi. 

Keling, shunga muvofiq, bu usulni keyingi 

o‘rinlarda “Arximed usuli” deb ataymiz. 

Arximed usuli juda murakkab va uzoq 

bayon qilinadi. Shu sababli uning mohiyatiga 

qisqacha to‘xtalib o‘tish bilan cheklanamiz. 

Arximed usuliga ko‘ra, aylanaga, avvalo, 

biror ko‘pburchakning ichiga chiziladi, keyin 

esa, shunday ko‘pburchak mazkur aylanaga 

tashqi chiziladi. Aylana uzunligi ushbu ikki 

ko‘pburchak diametrlari orasida o‘rtacha qiy­


Sog‘lom avlod uchun

 | 


11

 | 


2015

29

Fan va zakovat

matni olishi kerak. Aylana diametri esa birlik 

sifatida qabul qilinadi. Ko‘pburchaklarning 

yuzini doimo aniq topishning imkoni bo‘ladi. 

Aylananing yuzi esa doimo taqribiy qiymat 

bilan topiladi. Shu tarzda Arximed aylanaga 

ichki chizilgan ko‘pburchakning burchaklari 

sonini ketma­ket orttirib borish bilan, ularning 

ko‘rinishini aylana shakliga maksimal yaqin­

lashtirib boradi. Demakki, yuzalarining qiy­

mati ham o‘zlariga ichki va tashqi chizilgan 

aylana yuziga maksimal yaqinlashib boradi. 

Xullas, shu yo‘sinda Arximed “π”ning qiymati 

quyidagi nisbat orasida ekanini topadi:

   

        


  

 

 



Ya’ni Arximedga ko‘ra, “π” taxminan qu­

yidagi oraliqda aniqlanadi:

3.140845...< π <3.142857...

Arximed hisoblashlarni muntazam 96 bur­

chakkacha olib borgan deb taxmin qilinadi.

Arximeddan keyingi asrlarda, uning ishlab 

chiqqan usuli mazkur sonni aniqlashtirish 

uchun asosiy matematik vosita bo‘lib qoldi va 

deyarli barcha olimlar aynan shu usuldan 

foydalanishdi. 

IX asrga kelib esa, Movarounnahr uchun 

ilmiy yuksalish zamonasi keldi. Buyuk alloma 

bobokalonimiz Muhammad Muso al­Xoraz­

miy asarlarida “π” 3.1416 ko‘rinishida keltirib 

chiqariladi. “Algebra” va “Algoritm” atamala­

rining asoschisi bo‘lmish bu zot, shuningdek, 

olimlar orasida birinchi bo‘lib, murakkab hi­

soblashlar uchun (masalan, astronomik tad­

qiqotlar uchun) 3.1416 qiymatni qo‘llash ke­

rakligini; oddiy kundalik hisob ishlari u chun 

esa 3.14 qiymat yetarli bo‘lishini ta’kidlaydi. 

Al­Xorazmiydan keyin oradan 6 asr o‘tib, 

Temuriylar davlatida (asosan, Samarqandda) 

yashab ijod qilib o‘tgan boshqa bir mashhur 

olim G‘iyosiddin Jamshid al­Koshiy “π” uchun 

verguldan keyingi 16 xona sonni aniq hisoblab 

chiqqan. Asli eronlik (Koshon shahridan) bo‘l­

gan bu olim, alloma bobomiz Mirzo Ulug‘bek­

ning yaqin ilmiy maslakdoshi va Ulug‘bek ra­

sadxonasidagi yaqin hamkasbi ham bo‘lgan. 

Shunisi tahsinga loyiqki, yuqorida aytib o‘til­

gan olimlardan farqli o‘laroq, al­Koshiy “π” ni 

hisoblashda Arximed usulini qo‘llamaydi, 

balki o‘ziga xos, boshqacha yo‘l tutadi. Al­

Koshiy 60 lik sanoq tizimidan foydalangan. 

Afsuski, Temuriylar davridan keyin, ilm­

fan taraqqiyoti markazi asta­sekinlik bilan 

Yevropaga ko‘chib o‘ta boshladi. Biroq Yevro­

paning eng yetuk olimlari ham uzoq vaqtlar­

gacha bu borada al­Koshiy muvaffaqiyatini 

takrorlay olishmadi.

Chunonchi, buyuk farang matematigi sa­

naluvchi Fransua Viet ham, “π”ning vergul­

dan keyingi atigi 9 ta raqamini aniqladi, xolos. 

Ta’kidlash joizki, Viet ham Arximed usulidan 

foydalanadi, lekin u favqulodda ulkan ko‘p­

burchak (393216 tomonli – tasavvur qilish­

ning o‘zi mushkul) bilan ish ko‘radi va shunga 

muvofiq, hisoblash amallarini bag‘oyat mu­

rakkablashtirib yuboradi. Vietning zamondo­

shi va ayni vaqtda uning ilmiy raqibi bo‘lgan 

Van Roomen ismli golland matematigi ham 

Arximed usuliga murojaat qiladi va endi u al­

Koshiydan biroz o‘zib ketadi. 1593­yilda Van 

Roomen “π”ning verguldan keyingi 16 ta ra­

qamini aniq topgan. 

Van Roomendan keyin “π”ning aniq topish­

ga uringanlar orasida eng katta muvaffaqiyat­

ga erishgan olim sifatida nemis­golland mate­

matigi Lyudolf Van Seylen qayd etiladi. U av­

valiga (1596­yilda) “π”ning verguldan keyingi 

20 ta raqamini, yana bir necha yil o‘tib esa 35 

ta raqamini aniq topgan


Download 390.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling