Barkamol avlod – Vatanning baxti sog‘lom avlod uchun
Ja’far Shamsiyev (Toshkent Xalqaro Vest
Download 390.42 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qulaylik – umurtqani asraydi
- Tushlik uchun muvozanat
- Elektron vositalar va jismoniy harakat
- Yaxshi o‘rnak bo‘lishning ahamiyati
- Javoblar Eksperimental guruh Nazorat guruhi
- Shaxs kamoloti Sog‘lom avlod uchun | 11
- Eksperimental guruh Nazorat guruhi
Ja’far Shamsiyev (Toshkent Xalqaro Vest minster universiteti talabasi): – Menimcha, dunyoda ideal ta’lim tizimi ning o‘zi bo‘lmasa kerak. Har qanday zamo naviy ta’lim jarayonida o‘ziga yarasha kam chilik va nuqsonlar mavjud. Shunga qaramay, hozirda dunyo davlatlari minimal kamchilik larga ega ta’lim tizimi sari intilmoqda. Jumla dan, O‘zbekistonda ham zamon talablariga javob bera oladigan sifatli ta’lim tizimini shakllantirishda talaygina ishlar amalga oshi rilmoqda. Mamlakatimizda dunyoning mash hur universitet va instituti filiallari faoliyat ko‘rsatmoqda. Ularda darslar rus, ingliz va boshqa bir qator tillarda olib boriladi. Ko‘p tillilik zamonaviy ta’limning muhim sifati, desam xato bo‘lmaydi. Ko‘pchilik zamonaviy ta’limni faqatgina eng so‘nggi texnologik vosi talar (leptop, planshet, elektron kitoblar, smartfonlar)dan foydalanadigan jarayon tar zida tasavvur qiladi. Ammo bu ta’limning sa marali bo‘lishiga hech kim kafolat bermaydi. Shular asosida zamonaviy ta’lim borasidagi tushunchalarimni tasvirlaydigan bo‘lsam: – turli mamlakatdagi ta’lim tajribalari umumlashtiriladigan, turli millat vakillari ta’ lim olib, o‘z navbatida, ta’lim berib, fikr al mashadigan o‘quv muassasalari zamonaviy ta’limni tashkil etishning eng yaxshi yo‘lidir; – to‘liq elektronlashtirilgan kutubxonalar (bosib chiqarilgan kitoblar bilan birga ular ning elektron ko‘rinishi mavjudligi va dunyo ning ommabop elektron kutubxonalariga ula nish imkoniyati); – baholash tizimida talabaning o‘qituvchi uchun anonimligi; – talaba uchun qulay leksiya soatlari kabi larni tashkil etish zamonaviy ta’lim tizimini shakllantirishda asos bo‘ladi. Masalan, Tosh kent Xalqaro Vestminster universitetida ma’ lum bir fandan bir xil mavzuda kunning turli soatlarida ma’ruzalar bo‘lib o‘tadi. Bu esa ta laba o‘ziga qulay vaqtda va mavzuni tushun may qolgan taqdirda xohlagan soatdagi leksi yaga kirib o‘tirish imkonini beradi. Charos DO‘STMATOVA va Husnora RO‘ZMATOVA tayyorladi.
Sog‘lom avlod uchun |
11 |
2015 13 O‘QUVCHI SALOMATLIGI FORMULASI Sog‘lom bola – sog‘lom kelajak Otaonalar farzandlarining birorbir foy dali ish bilan band bo‘lishlari yoki sho‘xlik qilmaslik yo‘llarini izlab ko‘rishdan ko‘ra, jismonan sog‘lom bo‘lishlari uchun ko‘proq qayg‘uradilar. Bolalarning kun tartibida ta’ lim, aniqrog‘i maktab asosiy o‘rin egallaydi. Kun tartibining esa jismoniy salomatlik va ruhiy kayfiyatga bevosita aloqasi bor. Bola larning maktabda qanday o‘qishini ta’min lovchi bir qator tashkiliy ishlar borki, ular o‘quvchining salomatligiga o‘z ta’sirini o‘t kazadi. Maktab bolalarda turlicha taassurot qol diradi. Ba’zi bolalar sinfxonaga kirsa o‘zini yaxshi his qiladi, ba’zilari esa tashvishga tu shadi yoki stress paydo bo‘lishi mumkin. Har bir o‘quvchining maktabda yaxshi o‘qishdan tashqari, katta tanaffusda tushlik qilish, darslik va o‘quv qurollari bilan to‘la sumkani ko‘tarish kabi umumiy yumushlari bor. Bu narsalar ham o‘quvchilarning sog‘li giga ta’sir o‘tkazadi. Natijada bu muammo lar bolaning o‘quv ko‘rsatkichi pasayishiga olib kelishi mumkin. Quyida ularning salo matliklariga oid bir nechta foydali maslahat larni keltirib o‘tamiz. Bular bolalarning yaxshi holatda bo‘lishi va yaxshi o‘qishiga yordam beradi.
Maktab o‘quvchisini o‘quv sumkasisiz (ryugzak) tasavvur qilib bo‘lmaydi. O‘quv qu rollari solingan og‘ir sumka bola salomat ligiga ta’sir qilishi mumkinligiga ko‘pincha e’tibor beravermaymiz. O‘quvchining og‘ir sumka ko‘tarishi noqulaylik, charchash, mu shak og‘rig‘i va belning past qismidagi mu shak hamda suyak og‘riqlariga sabab bo‘ladi. Shuning uchun bolaga sumka tan lashda alohida e’tibor qaratish zarur. Ular injiqlik qilib chiroyli sumka olishni istashsa da, uni tanlayotganda bir necha omillarni hisobga olish lozim. Ayni paytda o‘quvchi salomatligi u chun oyoq kiyim ham qulay bo‘lishi kerak. To‘g‘ri tanlangan sumka foydalanuvchi gavdasidan keng va uzun bo‘lmaydi. Tasma va kitoblar tanaga bot masligi uchun sumkani bo‘shroq qo‘ygan ma’qul. U yelkadan besh santimetr pastda belgacha bo‘lishi kerak. Sumkani yelkaga taqqanda, uning ikkala tasmasi og‘irlikning gavdaga teng taqsimlanishini ta’minlaydi. Sumkaning og‘irligi o‘quvchi umumiy tana og‘irligining 10 foizidan oshmasligi lozim, deya ta’kidlashadi mutaxassislar. Ba’zi sum kalarda belidan bog‘laydigan belbog‘i ham bo‘lib, u yelkalarga og‘irlikni to‘g‘ri taqsim laydi.
O‘quvchining o‘z vaqtida va to‘g‘ri ov qatlanishi ularning sog‘ligida ham, fanlarni o‘z lashtirishida ham muhim rol o‘ynaydi. Ochlik o‘quvchining o‘quv ko‘rsatkichi yo mon lashi shiga olib keladi. Shuningdek, sog‘ lom bola nosog‘lom bolaga qaraganda dars larni yaxshi o‘zlashtiradi. Sog‘lom, tartibli ovqatlanish o‘quvchilarning fanlarni yaxshi o‘zlashtirishi uchun juda muhimdir. Yosh bolalar ko‘p hollarda non mahsu lotlarini (bulochka, pecheniye) nimagadir botirib yeyishni xush ko‘radi va bu ularga qiziqarli tuyuladi. Bunday yeguliklar odatda shirin va xushbo‘ylashtirilgan bo‘ladi. Ma salan, meva bo‘ lakchalari kam yog‘li yogurt yoki yeryong‘oq yog‘iga botirilishi mumkin. Gar chi, ba’zi bolalar har kun bir xil narsa yeyish ni rad qilmasada ularga tushlik uchun turli xil ovqatlar tayyorlash lozim. Tushlik uchun ovqat tanlash va tayyorlashda bola larning o‘zlari bevosita ishtirok etishlari ularning foydali taomlarni o‘rganishlarini
Sog‘lom avlod uchun |
11 |
2015 14 Sog‘lom bola – sog‘lom kelajak ta’ min laydi. Bundan tashqari, bolalar o‘zlari tanlagan va tayyorlanishida ish tirok etgan ovqatni sevib iste’mol qiladilar.
Hech kimga sir emas, uyqu maktab bo lasi uchun juda zarur. Chunki ular darslarini bajarish, ta’lim olish kabi mashg‘ulotlarda kerakli energiyani uyqudan oladi. O‘z nav batida, aynan uyqu stressning yomon oqi batlaridan himoya qiladi. Ko‘pchilik bolalarda yozgi ta’tildan ke yin maktabga qaytish og‘ir kechadi. Ayniq sa, yangi maktabda o‘qishni boshlaganda va hech kimni tanimagan paytda hayajon va xavotir hissi kuchayadi. Kanada davlatining Konkordiya universiteti tadqiqotchilari o‘t kazgan tajribada yaxshi uyquning bolalar dagi kortizol darajalariga ta’sirini o‘rganish di. Kortizol – tanadagi yurak qon tomirlari, moddalar almashinuvi va immunitet tizimini tartibga soluvchi modda hisoblanadi. Ushbu modda noxush holatlarda yuzaga keladigan stress bilan kurashish uchun organizmdan ishlab chiqariladi. Biroq haddan ziyod ko‘p kortizol organizmda yurak xastaligi va kuch li depressiya kabilarga sabab bo‘lishi mumkin.
Tadqiqot mualliflaridan biri Jinshia Lay yaxshi uyquga quyidagicha ta’rif beradi: “Uyquni o‘rganuvchi mutaxassislar uyqu muddati uyqu sifatidan farqli ekanligiga urg‘u beradi. Tuni bilan umuman uyg‘on masdan qo‘rqinchli tushlar ko‘rmasdan, bosinqiramasdan, xurrak otmasdan, apnoe sindromisiz (uyquda vaqtivaqti bilan nafas olishni to‘xtatish) va ertalab o‘zini yaxshi his qilish uyquning sifatli kechganiga misol bo‘ladi.” Tajriba uchun 8–18 yoshdagi 220 nafar bolaning kortizol darajalari o‘rganib borildi va ularning otaonalari bilan so‘rov noma o‘tkazildi. Shu narsa aniqlandiki, si fatsiz uyqu stress vositasida kortizol daraja siga salbiy ta’sir o‘tkazar ekan. “Bolaning muntazam 8–9 soat uxlashi yaxshi uyqu hi soblanadi. Bola imkon qadar bir vaqtda ux lashi va uyg‘onishi, uxlayotganda yonida turli elektron qurilmalari, elektron o‘yin choqlar, telefon bo‘lmasligi kerak”, – deydi tadqiqotchi. Elektron vositalar va jismoniy harakat Bola turli sabablarga ko‘ra asabiylashsa, ularga turli video o‘yinlar yoki televizor ko‘rib dam olishga ruxsat berish kerak, lekin ekran qarshisida ko‘p vaqt o‘tkazish ham ularning salomatligiga salbiy ta’sir ko‘rsata di. Yuqorida qayd etilganidek, uxlashga yotishdan avval elektron vositalardan foy dalanish uyqu sifatini pasaytiradi. Tadqiqot larda keltirilishicha, agar o‘smir yoshidagi bolalarning uyquga ketishi uchun bir soat dan ziyod vaqt ketayotgan bo‘lsa, ular mak tabdan tash qarida elektron vositalardan foy
dalanishga to‘rt soatdan ko‘proq vaqt sarflagan, deb taxmin qilish mumkin. Ikki yoshdan oshgan bolalar uchun ish lab chiqarilgan umumiy tavsiyalarga ko‘ra, ular ekran qarshisida bir kunda ikki soatcha vaqt o‘tkazishi mumkin. Kompyuter, televi Sog‘lom avlod uchun |
11 |
2015 15 Sog‘lom bola – sog‘lom kelajak zor va smartfon kabi elektron vositalardan foydalanish uchun sarflangan vaqt bolaning tana va aqliy salohiyatiga foydali bo‘lgan jismoniy mashg‘ulotlar o‘rnini egallashiga yo‘l qo‘y maslik lozim. Televizor qarshisida haddan ziyod ko‘p vaqt o‘tkazish bolaning maktabda o‘ta to‘polonchiga aylanish xavfi ni oshiradi. Shu bilan birga, katta yoshdagi ayollar ning salomatligini baholagan tadqiqotchilar insonning o‘smirlik davrida shug‘ullangan jismoniy mashg‘ulotlari kelajakda saraton va boshqa og‘ir kasalliklarga chalinishlari ning oldini oladi, degan xulosaga kelgan. Bolalarning sog‘lom bo‘lishlariga ko‘ mak lashishdagi faollik birgalikda oilaviy vaqt o‘tkazish uchun ham yaxshi fursat bo‘lishi mumkin. Jumladan, agar maktab u qadar uzoq bo‘lmasa, uydan maktabgacha bolalar bilan birga piyoda borish ham bunga misol bo‘la oladi. Ma’lumotlarga ko‘ra, tele vizorni o‘chirib qo‘yib, birga oilaviy ovqat lanish ham ijobiy xulqatvorning shakllani shiga ta’sir ko‘rsatadi. Shuningdek, ekran qarshisida o‘tkaziladigan vaqtni qisqartirish va jismoniy mashg‘ulotlar bilan shug‘ulla nish borasida otaonalar o‘z farzandlariga o‘rnak bo‘lishi lozim. Otaonasining televizor qarshisida soat lab vaqt sarflashlarini tabiiy hol deb biladigan bolalarda jismoniy mash g‘ulotlar bilan shu g‘ullanish istagining shakl lanishi qiyin kechadi. Agar otaona ekran qarshisidagi vaqtini qisqartirib, ko‘proq jis moniy harakat qilsa, farzandi ham xuddi shunday yo‘l tutadi.
Mazkur yakuniy fikr yana bir tegishli dalilga tayanadi: salomatlikka doir sanab o‘tilgan barcha ko‘rsatmalar shaxsning yo shidan qat’i nazar o‘ta muhim ahamiyatga ega.
Bolalar bilan bir qatorda katta yoshlilar ham qulay sumkalar, sog‘lom va ozuqaga boy taomlar orqali salomatligiga g‘amxo‘rlik qilgan bo‘ladilar. Ushbu ko‘rsatmalarga ota ona sifatida rioya qilish sizni bola uchun nafaqat namunaviy shaxs, balki yanada sog‘ lom kishiga aylanishingizga sabab bo‘ladi. “Pozitiv psixologiya” jurnalida chop etilgan tadqiqot ishida qayd etilishicha, bo lalarni katta qilishda jonkuyar, biroq kam roq psixologik nazorat qiluvchi otaonalar kelajakda baxt va qoniqish hissiga erishadi. Garchi otaonalar farzandlarining qiziqish lari, istaklarini samimiy qabul qilishga moyil bo‘lsada, bolalarning hissiyotlarini inobat ga olishda o‘ta ehtiyotkor bo‘lishi lozim. Sog‘lom yegulik bo‘l sada, bolaga umuman yoqmaydigan taom tayyorlab berish uning o‘ksinishiga va sog‘lom turmush tarziga asoslangan boshqa tadbirlarga nisbatan sal biy munosabat uyg‘onishiga sabab bo‘lishi mumkin.
Maktab davri bola hayotining eng baxtli onlariga aylanishi lozim. Ularning ham jis monan, ham ruhan sog‘lom bo‘lishlariga ko‘maklashish kelgusidagi ko‘plab muam molarning osonlik bilan oldini olish demak dir.
Nazokat IBRAGIMOVA. Sog‘lom avlod uchun |
11 |
2015 16 TEXNOLOGIYALAR ASRIDA O‘SMIRLAR RUHIYATI Inson fe’latvorining shakllanishi asosan, bolalik va o‘smirlik davrida yuzaga keladi. Unga oila, bog‘cha, maktab va keyingi ta’lim muassa salari bilan birga boshqa bir qator vositalar ta’sir ko‘rsatadi. Odamzot fikrlovchi oliy mavjudot ekan aynan shu omil, ya’ni fikr uyg‘otuvchi ax borot va ma’lumotlar katta ta’sir ko‘rsatadi. Bu gungi axborot asrida yoshlar hayotining ajralmas qismiga aylanib borayotgan internet bu borada yetakchi o‘rin egallaydi. Internetning ijobiy va salbiy tomonlari to‘g‘risida matbuotda ko‘pgina fikrlar bildirildi. “Har qanday tayoqning ikki to moni bor” deyiladi yapon maqollaridan birida. “Atomni bunyod etib, hayron o‘zing, hayron o‘zing” deydi mashhur shoirimiz bir she’rida. Ya’ni insoniyat kashf etayotgan, ixtiro qilayot gan har qanday narsani o‘z ravnaqi, farovonligi, ma’naviy kamoloti uchun xizmat qildirishi lo zim. Internet tezkor, ko‘proq ma’lumotga ega bo‘lish uchun qulay, ammo undan inson ruhiya ti, ma’naviyatining inqiroziga olib borishdan ju da ehtiyot bo‘lish lozim. Bu birinchi galda, ay niqsa, ruhiyatning ayni shakllanish bosqichida bo‘lgan o‘smir yoshlarga tegishli. Psixologiyada “agressiya”, ya’ni tajovuzkor lik tu shunchasini bir guruh tadqiqotchilar salbiy xulqatvor modeli sifatida baholashsa, boshqa bir guruh tadqiqot chilar xulqatvorning ijobiy tomonlari mavjud, degan fikrni ilgari surishadi. Tajovuz va tajovuzkorlik tushunchalarini birbi ridan ajratib tahlil qilish lozim. Tajovuz, bu odamlar va odamlar guruhiga nisbatan jismoniy va ruhiy zarar yetkazishga qaratilgan individual yoki jamoaviy xattiharakatlar majmui hisobla nadi. Tajovuzkorlik esa shaxsning nisbatan bar qaror xususiyati bo‘lib, u tajovuzga tayyorgarlikni ifodalash bilan birga dush manlik asosida boshqa larning xulqatvori, xattiharakatini qabul qilish va tushunish ga moyillikni anglatadi. Psixolog olimlar A.Bass va I.Dark tomoni dan tajovuzkor xulqatvorning quyidagi shakl lari ajratib ko‘rsatilgan. 1. Jismoniy tajovuzkor – boshqa bir odam ga qarshi jismoniy kuch ishlatishni ifodalaydi; 2. Verbal tajovuz – salbiy his tuyg‘ularni og‘zaki tarzda ifodalanishi (haqorat qilish, tah did qilish); 3. Bilvosita tajovuz – boshqa shaxsga qara tilgan g‘iybat, piching ko‘rinishida yashirin tarzda olinadigan alam, hech kimga yo‘naltiril magan nafrat (yer tepish, baqiribchaqirish); 4. Negativizm – mavjud qonunqoidalarga shunchaki qarshi chiqishdan tortib, ular bilan kurashishgacha bo‘lgan reaksiyalar (voqelikka nisbatan salbiy munosabatda bo‘lish, hamma narsani inkor etish); 5. Jizzakilik – jizzakilikka moyillik, arzi magan narsalarga lovullab ketish, keskinlik, qo‘pollik qilish; 6. Gumon – ishonchsizlikka nisbatan mo yillik, atrofdagilardan shubhalanish, ular bilan ehtiyotkorona munosabatda bo‘lish, atrofdagi larga zarar yetkazishi mumkin degan o‘y bilan yashash; 7. Ranj – butun olamdan yoki kimdandir alamzadalik, xayolan yoki chindan ham keltiril gan iztirobdan g‘azablanish, atrofdagilarga nisba tan nafrat va hasadning namoyon bo‘lishi; 8. Autoagressiya – atrofmuhit o‘rtasidagi munosabatlarda kuzatiladigan aybdorlik hissi, o‘ziga qarshi qaratilgan xattiharakat (o‘zini ayblash, men shundoqman, men bundoqman deb ich etini yeyish). Tadqiqotlar natijasiga ko‘ra, tajovuzkorligi yuqori o‘quvchilar eksperimental guruhni va agressivligi pastroq o‘quvchilar esa nazorat gu ruhini tashkil etishar ekan. Har ikkala guruh o‘quvchilari bilan tadqiqot uchun o‘tkazilgan so‘rovnoma natijalari quyidagi jadvalda aks et tirilgan. So‘rovnoma “Televizordagi qaysi kanallarni ko‘proq tomosha qilasiz?” degan savol bilan boshlanadi. Natija esa quyidagicha: Javoblar Eksperimental guruh Nazorat guruhi “Navo”
17,4% 10,2%
“Dunyo bo‘ylab” 6,4%
35,4% “Yoshlar” 8,4% 30,2%
“Kino markaz” 67,8%
14,2% Jadvalda aks etgan ko‘rsatkichlardan bilib olishimiz mumkinki, tajovuzkor o‘quvchilar “Kino markaz”, nazorat guruhi o‘quvchilari esa “Dunyo bo‘ylab” kanalini sevib tomosha qilar ekan.
Shaxs kamoloti Sog‘lom avlod uchun |
11 |
2015 17 Shaxs kamoloti Navbatdagi bosqichda “Qanday filmlarni sevib tomosha qilasiz?” degan savol berilgan va quyidagicha javob olindi. Javoblar Eksperimental guruh Nazorat guruhi Jangari va qo‘rqinchli filmlar 57,4%
0,2% Avtobiografik filmlar 26,4%
35,4% Muhabbat haqidagi filmlar 6,1%
10,2% Komediya filmlar 10,1% 54,2%
Jadvalda tajovuzkor o‘quvchilar jangari va qo‘rqinchli filmlarni, nazorat guruhi sinaluvchi lari esa komediya filmlarni sevib tomosha qili shar ekan. Uchinchi bosqichda “Internetda qaysi sayt lardan ko‘proq foydalanasiz?” degan savolga quyidagicha javob oldik.
oxo.uz
10,4% 20,2%
kinolite.uz 46,4%
12,4% kinopoisk.ru 36,1% 12,2%
odnoklassniki.ru 7,1%
55,2% Yuqoridagi jadvalda tajovuzkor o‘quvchila rimiz ko‘proq kinolite.uz saytidan foydalanish lari, agressiv bo‘lmagan o‘quvchilar esa odno klassniki.ru saytiga ko‘proq murojaat qilishlari ko‘rinib turibdi. “Qanday o‘yinlarni ko‘proq o‘ynaysiz?” de gan savol esa quyidagicha natijani berdi. Javoblar Eksperimental guruh Nazorat guruhi Need for speed 10,1% 13,2%
Counter strike, Dota 46,4%
15,4% Serius sam GTA 37,4% 17,2%
Zuma, FiFA Pro Evolution soccers 6,1% 54,2%
Ko‘rsatkichlardan ko‘rishimiz mumkinki, tajovuzkor bo‘lmagan o‘quvchilar ko‘proq qi ziqarli va sport o‘yinlari bilan mashg‘ul bo‘lishar ekan.
So‘rovnomaning so‘nggi savoli “Mobil tele foningizdagi qanday kuylarni sevib tinglaysiz?” edi. Unga quyidagi javoblar olindi.
Mumtoz kuylar 1,4% 26,2%
Rok musiqa 52,4%
21,4% Jaz musiqa 10,1% 28,2%
Rep musiqa 36,1%
24,2% Yuqoridagi jadvalda tajovuzkor o‘quvchilar ko‘proq rok musiqani, agressiv bo‘lmagan o‘quvchilar esa jaz musiqani yoqtirishining gu vohi bo‘ldik. Darhaqiqat, bugun televideniyemiz orqali efirga uzatilayotgan milliy mentalitetimizga yot bo‘lgan xorijiy seriallar bolada agressivlik hola tini keltirib chiqarib, xattiharakatlari, xarakteri, xulqida film qahramonlariga taqlid qilishi, iden tifikatsiyalashi natijasida zo‘ravonlik, tajovuz orqali barcha narsaga erishish mumkin, degan noto‘g‘ri tasavvur paydo bo‘lishiga olib kel moqda. Bu o‘smirlarning ijtimoiy dezadaptatsi yasiga sabab bo‘lib agressiv xulqatvor shaklla rini namoyon qilishi aniqlandi. Tajovuzkor xulqatvor shakllarini psixolo gik tuzatish quyidagi metodlar va yo‘nalishlar orqali amalga oshiriladi. O‘yinlar, tajovuzkor xulqatvorli bolalarni o‘zi ko‘nikkan muhit va sharoitdan boshqa muhit va guruhga chiqarib yuborish, ijodiy qobiliyatini namoyon etish, ag ressiyani ijtimoiy ma’qullangan faoliyatga subli matsiya qilish (mehnat, jamoatchilik ishlari, ijti moiy faoliyatlar jumladan, o‘zidan katta yoki kichiklarga yordam berish) va hamkorlik qilish malakalarini talab etuvchi mashg‘ulotlar jumla dan, sportga sublimatsiya qilish (futbol, basket bol) orqali bartaraf etilishi mumkin. Biz barchamiz farzandlarimizning kasbhu narli, bilimli bo‘lishi bilan bir qatorda, avvalo ma’naviyati, ruhiy olami barkamol bo‘lishini is taymiz. Ularga asrlar davomida shakllangan, chin inson qilib tarbiyalashga xizmat qiladigan o‘lmas qadriyatlarimizni singdirishga harakat qilamiz. Ham jismoniy, ham ma’naviy yetuk in son oilaning, elyurtning faxri sanaladi. O‘smir yoshlar ma’naviy olami, ruhiyatini asrash, ko millik sari ulg‘ayish yo‘lida himoyalash har biri mizning oliy burchimizdir. G. ALIMOVA, Nizomiy nomidagi TDPUning Psixologiya kafedrasi katta o‘qituvchisi. I. ALIMOVA, Nizomiy nomidagi TDPU talabasi.
|
ma'muriyatiga murojaat qiling