Barkamol avlod – Vatanning baxti sog‘lom avlod uchun
Download 390.42 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Izlanganga imkon keng Sog‘lom avlod uchun | 11
- (Davomi. Boshi o‘tgan sonlarda)
- Mutolaa Sog‘lom avlod uchun | 11
11 |
2015 18 HAM ILM, HAM TADQIQOT Izlanganga imkon keng Har qanday mamlakatning taraqqiyotini ta’minlab beruvchi asosiy omillardan biri – ilmfandir. Yurtimiz mustaqillikka erishgach, ilmiy izlanishlar bilan shug‘ullanishga keng imkoniyatlar yaratildi. Bunday e’tiborning na tijasini yoshlarimizning xalqaro fan olimpia dalari, tanlovlardagi yutuqlari hamda turli anjumanlardagi ishtirokida ko‘rish mumkin. Talabayoshlarning tadqiqotlar olib bori shi uchun qulay sharoit va tizim yaratgan o‘quv maskanlaridan biri Toshkent farmat sevtika instituti hisoblanadi. Salkam yetmish yil oldin tashkil etilgan institut faoliyati mus taqillik yillarida yanada rivojlandi. Bu ilm maskanida tahsil olayotgan yoshlar sohaning dolzarb muammolari ustida muntazam tad qiqot olib borishi uchun keng imkoniyatlar yaratilgan. Hozirda mazkur institutda uchta – Far matsiya, Sanoat farmatsiyasi, Farmatsevtlar ning malakasini oshirish fakultetlari faoliyat yuritmoqda. Institutning Farmatsiya fakulteti da faoliyat yuritayotgan Ilmiy kengash fakultet oldida turgan dolzarb muammolarni yechish da muhim ahamiyat kasb etadi. Institut professorlari hamda talabalari to monidan turli xil ilmiy tadqiqotlar olib borilib, ularning natijalari ilmiy anjumanlarda taqdim qilib kelinmoqda. Salohiyatli tadqiqotchilar tomonidan respublika va xalqaro miqyosdagi jurnallarda shu paytgacha 500 dan ortiq ilmiy maqolalar chop etilgan. Bir so‘z bilan aytgan da, oliygohda ilmiy izlanish ishlari, bu jara yondagi ustozshogird munosabatlari yaxshi yo‘lga qo‘yilgan. Talabalarning ilmiy tadqiqot ishlariga taj ribali professoro‘qituvchilar rahbarlik qiladi. Ular talabalarning mustaqil ravishda ilmiy iz lanishlar olib borishga, ilmiy adabiyotlar bilan ishlashga va zamonaviy internet ma’lumotla ridan foydalanishga o‘rgatadi. Professoro‘qi tuvchilar, dastavval, talabalarga yaqindan yordam beradilar, so‘ngra izlanuvchilarning mustaqil ish olib borish imkoniyatlari shakl langach, ularning ishlarini nazorat qilishadi. Iqtidorli talabalar ilmiy konferensiyalarda ishtirok etishlari bilan birga o‘zlari bajargan ilmiy tadqiqot ishlarini “Farmatsevtika” jur nalida chop etish imkoniyatiga ham ega. Bu jurnal professoro‘qituvchilar hamda iqtidorli talabayoshlar uchun o‘zaro fikr almashish, yangi g‘oyalarni bo‘lishish maydoniga aylan gan.
Har qanday soha kabi farmatsevtikani ham amaliyotsiz tasavvur qilishning iloji yo‘q. Egallagan nazariy ilmlar amaliy jihatdan o‘z tasdig‘ini topib, shaxsiy tajribadan o‘tkazil gandagina samara bera boshlaydi. Shunday ekan, institut ma’muriyati talabalarning o‘quv ishlab chiqarish amaliyotlariga alohida e’tibor qaratadi. Talabalar o‘quv ishlab chiqarish amaliyotlarini shahar korxonalarida hamda Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanida joylash gan “Dorishunos” o‘quv amaliyot bazasida o‘taydi.
Institutda xalqaro aloqalar ham yaxshi yo‘lga qo‘yilgan. O‘quv dargohi Umumjahon Sog‘liqni saqlash tashkilotining Yevrobo‘limi bilan Markaziy Osiyo davlatlari uchun farmat sevtika ta’limini isloh qilish bo‘yicha maxsus loyiha doirasida Rossiya, Qozog‘iston, Ukrai na, Pokiston, Hindiston, Xitoy oliy o‘quv yurtlari va tashkilotlari bilan hamkorlik qilib kelmoqda. O‘qituvchilarning asl yutug‘i – yoshlar ning ilmga, yangilik qilishga chanqoqligida ko‘rinadi. Zero, yuqorida biz ta’kidlagan ta raqqiyot davomiyligini aynan mana shu inti lish, qiziqish ta’minlab beradi. Izlanuvchan talabalarning o‘zaro fikr almashishlari, yara tuvchanlik ruhini rag‘batlantirish maqsadida institutda tashkil etilgan Talabalar ilmiy jami yati tomonidan har yili may oyida an’anaviy anjuman o‘tkazib kelinadi. Unda bir yil davo mida amalga oshirilgan tadqiqot ishlari ma’ ruza shaklida taqdim qilinadi. Ular orasidan eng yaxshilari tanlab olinib, alohida rag‘bat lantiriladi. Talabalar ilmiy jamiyati rahbari, Farmatsevtika fanlari doktori, professor Hik matilla Zaynutdinov yetakchiligidagi yosh tad qiqotchilar o‘z sohalari bo‘yicha faoliyatini kengaytirib bormoqda. Bundan tash qari, Ja miyatga talabalar orasidan rais ham saylanadi. Institutda ta’limtarbiya hamda ilmiy izla nishlar jarayonining to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilganli gini talabalarning ilmiyamaliy tadqiqotlari dan ham ko‘rsa bo‘ladi. Xususan, o‘quv yurti ning eng faol talabalaridan biri bo‘lgan Zufar
Sog‘lom avlod uchun |
11 |
2015 19 Boboyev 46Xalqaro Mendeleyev Olimpiada sida g‘oliblikni qo‘lga kiritib, Toshkent far matsevtika institutiga imtiyozli ravishda o‘qishga qabul qilingan edi. Hozirda faol tala ba intilishlarining natijasi o‘laroq ta’lim olish bilan birga ilmiy tadqiqot bilan ham shug‘ul lanib keladi. U oltingugurt geli ustida ilmiy tadqiqotlar olib borib, bir necha bor Talabalar ilmiy jamiyatining an’anaviy anjumanlarida faxrli o‘rinlarni egalladi. – Hozirgi kunda oltingugurtning gel dori turini olish texnologiyasini ishlab chiqib, uni tibbiyot amaliyotiga tatbiq etish ustida ish olib boryapmiz, – deydi Zufar Boboyev. – Oltingu- gurt surtmasi uzoq vaqtlardan buyon ishlatila- di. Uni dorixonalarda uchratish mumkin, ammo u gidrofob asosda tayyorlanganligi uchun teriga shimilishi sekin kechadi. Shuningdek, uning teridan yuvilishi qiyin va noxush hidi bor. Oltingugurt geli esa, teriga to‘liq so‘riladi, noxush hidi ham yo‘q. Bundan tashqari, uning ta’siri oltingugurt surtmasiga qaraganda yuqori. Gelning farmakologik xususiyatlarini o‘rganishga taqdim etganmiz. Agarda u mu- vaffaqiyatli o‘tsa, oltingugurt gelini tibbiyotda amalda foydalanish uchun chiqarish mumkin. Ayni paytda antimikrob xususiyatga ega bo‘lgan moddalar sintezi ustida ham ilmiy iz- lanishlar olib bormoqdamiz. Hozirda nikoti- namidning tuzlarini sintez qilib, uning ta’siri- ni o‘rganyapmiz. Harakatdan aslo to‘xtamaydigan bu talaba 20142015o‘quv yilida Talabalar Respublika olimpiadasining respublika bosqichida 1o‘rin ni egalladi. Uning so‘nggi yutuqlaridan yana biri Doridarmon aksiyadorlik kompaniyasi tomonidan ta’sis etilgan “Doridarmon” AK stipendiyasi sohibi bo‘lganligidir. Toshkent farmatsevtika institutida yarati layotgan yangidan yangi dori vositalari ustida ishlash hamda amaliyotga tatbiq etilguniga cha bo‘lgan jarayonlar hammamizga qiziq bo‘lsa kerak. Bu haqda o‘quv yurtining Iqti dorli talabalar bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i, dotsent Gulchehra Malikova so‘zlab berdi.
Ilmfan rivoji, shubhasiz, mamlakat ta raqqiyotiga, elyurt ravnaqiga xizmat qiladi. Kelajak tayanchi bo‘lgan ilmli, iqtidorli yosh larimizning bu yo‘ldagi mehnatlari, yutuqlari ularga yaratilgan keng imkoniyatlar natijasi sifatida bo‘y ko‘rsataveradi. Adolat NURULLAYEVA. Izlanganga imkon keng Sog‘lom avlod uchun |
11 |
2015 20 Mutolaa Ey insonlar orasida tong kabi kumush so chishga o‘rgangan odam, sening mehring qu yosh mehriday umumiydir. Xalq yuziga tong kabi kulib boqasan; elning boshida charx kabi aylanasan. Agar yomg‘ir o‘rniga tosh yog‘sa ham, tog‘dek boshingni yashirmay turasan. Yig‘inda o‘ltirganlar hammasi boshingga tig‘ bilan ursa ham, sham kabi hammaning ko‘zi ni yorita berasan. Tig‘ ko‘ksingni qancha chuqur yorib kirsa, sen sadaf singari shuncha ko‘p sof dur berasan. Zamondan iching qan cha qon yutsa ham mushk kabi muattar bo‘y taratib tura berasan. Sendan naf ko‘rganlar duoyi joningni qilib, sha’ningga qarata: “Yer yuzida yashab yursin!” – deydilar. Kim bo‘l masin seni “Odamlarning eng yaxshisi” deyi shadi. Bu maqtovlarni sen qanday oqlaysan?! Sen insonlarga foyda yetkazishni o‘zingga shior etding; shundan keladigan nafni o‘zing ga yor aylading. Sening xalqqa ko‘rsatgan foydang shakshubhasizdir; lekin bilib qo‘yki, bundan o‘zingga tegadigan naf ko‘proqdir. Bulut agar dengizga bir tomchi tashlagan bo‘l sa, dengiz bu bir qatrani asl durga aylantiradi. Dehqon ko‘chatlarni parvarish qilgani uchun ularning ishi unga gul va meva berishdir. Uy ning shipini ustun ko‘tarib turadi, lekin ship bo‘lmasa, ustunning o‘zi ham qulab tu shadi. Mahbuba qoshini o‘sma qo‘yib bezar ekan, bunda o‘smaning ko‘ngilni olishi qoshga ham bog‘liq. Jononning yuzidagi xol qancha yaxshi bo‘lmasin, uning asosiy go‘zalligi yuzida. Kimki bashqalarga zarar yetkazishni odat qilsa, bundan elga emas, avvalo o‘ziga jabr etgan bo‘ladi. Kimki shishani bosib sindirsa, bundan o‘zining oyog‘i yara bo‘lishini o‘yla maydi. O‘t xashakka tushib, alanga ko‘taradi; uni kuydirib bo‘lib, o‘zi ham o‘chadi. Pashsha odamning bo‘yniga qo‘nib olib, chaqadi, lekin bir shapaloq bilan mahv bo‘ladi. Kapalakni tutaman, deb orqasidan chopgan bola bo‘rkini yerga urib, bosh yalang qoladi. Boyqushni te paman deb qaysi qush qasd qilsa ham, tepgan oyog‘i to‘ppato‘g‘ri tuzoqqa ilinadi. Boy xalqqa zulm qilib, yerga urug‘ eksa, urug‘ni chumoli to‘dalari talab ketadi. Kimki osmonga tosh otsa, u tosh bilan o‘z bopshni yoradi. Zararkunandalik yomonlikning belgisidir; harorat olovning tabiatidandir. Kishi baxtsiz bo‘lsa ham, baxtli bo‘lsa ham bu uning ixtiyo risiz yuz bergan holdir. Mushkni nofa qancha yashirib turmasin, hidi, baribir, uni xalqqa ma’lum qiladi. Kimning tabiatida saxiylik bo‘lsa, boylik va faqirlikning unga farqi yo‘q. Xudo bir odamni yaratilishdan pok qilib yarat gan bo‘lsayu, lekin nopok odamlar uni sev Alisher Navoiy (Davomi. Boshi o‘tgan sonlarda) “HAYRATUL – ABROR” HAYRATLARI (O‘n uchinchi maqolat) Bulutdek foyda keltiruvchi odamlar haqidakim, pe shona teri bilan zebo rayhonlarning boshiga gavharlar sochadilar; yuzlarida bulut orasidagi chaqmoqdek kulgi ko‘rinib turadi; shabnam to‘kilgan chinordek, qo‘llari kafining teri bilan yerga yonboshlagan xasxashaklarni sug‘oradilar; dilining kuyishi chinornikidek rangu ro‘yida oshkor
Sog‘lom avlod uchun |
11 |
2015 21 masa, unga buning ziyoni yo‘q. Mevaning mag‘zi bo‘lgandan keyin uning po‘sti ham bo‘ladi; odamning dushmani ham boladi, do‘sti ham. Jahon yaxshi va yomondan xoli emas, lekin yomon yuzada bo‘ladi, yaxshi – yashirin. Chunki yomon ko‘p, yaxshi oz dey dilar. Muqarrarki, mishmishning yaxshisi ham kam bo‘ladi. Pastkash odamlardan haq so‘zni eshitib bo‘lmaydi; “Qur’on”ni ham dev tilida o‘qib bo‘lmaydi. Tagi yomon odam e’tiborga nolo yiqdir. U hech qachon yaxshini e’tiborga ol maydi. O‘zining yomon fe’lini yaxshi ko‘rgan pastkash, muqarrarki, xalq orasidag‘i yaxshi larni yoqtirmaydi. Odamlarning qilmishlari dan ayb axtargan odamning o‘zining aybsiz bo‘lishi mumkin emas. Hamma narsaga yo mon ko‘z yugurtirgan odam asal o‘rnida ham zahar ko‘radi. Kimning barcha xayollari bu zuq bo‘lsa, to‘g‘ri fikrdagi odamlarning ham masiga hasadchi bo‘ladi. Unday odam oddiy toshni la’l deb biladi; sadafning har qanday siniqlarini inju hisoblaydi. Oddiy nina unga nayzaning uchi, oddiy arqon esa ilon bo‘lib ko‘rinadi. Bunday odam birovning dasturxonida bitta yumaloq patir ko‘rsa, uni osmon sahna sida to‘lin oy deydi. Odamlarning kaftida paydo bo‘lgan qadoqni ko‘rsa, hasad qilib, uni qo‘lida to‘la dur ushlab turibdi deydi. Tun qorong‘iligini tong safosi deb hisoblaydi; boyqush patini humoning pati deb. Odamlar ning (xursandchilikdan) ichgan mayini qon deb biladi; taajjubki, o‘zi ham ichkisi kelib hasrat bilan qon yutadi. Birov yig‘lab, ko‘zi dan dur kabi yosh to‘kayotganini ko‘rsa, qayg‘urib, qildek buralib, kuyib yonadi. Bi rovning zarhal ayvonini ko‘rganda esa o‘sha o‘t bilan o‘z kulbasini kuydiradi. Bir odam gul hidlasa, unga tikan sanchilgandek bo‘ladi; bi rov boda ichsa, uning boshi og‘riydi. Elga shodlik bo‘lsa, uning dardi kuchayadi. Uning joniga mos narsaning o‘zi ham darddir. Naqd boylikning ofati o‘g‘ri bo‘lganidek, yaxshilar hasadgo‘y odamlardan doim ozor tortishadi. Gul yuzta husnu latofatga ega, le kin uning muattar hidi qo‘ng‘izning joniga ofatdir. Iblis tug‘ma ko‘r kabi Xizrni ko‘rmay o‘tib ketadi. Kiyimining zumrad rangi unga zaharli ilon bo‘lib tuyuladi. Quyosh yorug‘lik berib, nur sochib turadi. Ko‘rshapalak buni ko‘r masa, kim aybdor?! Tashna elni suv o‘limdan saqlab qoladi; o‘tga tekkan zamon esa uni o‘chiradi. Jinnining joyi biyobondir. Gulshan esa uning ko‘ziga zindon bo‘lib ko‘rinadi. Quyosh ning javhari pok yaratilgani uchun bulut uning nurini to‘sishga intilsa nima deysan. Porlab turgan gavhar sopol idishning ostiga tushsa, bundan uning qimmatiga putur yetar midi. Arabdan chiqqan payg‘ambar butun borliqni yoritti. Bu Lahab yuzini qora qilib nima qilardi. Ey payg‘ambar so‘zi bilangina shod inson, elga zarar yetkazish xavfidan sen doim ozod sen. Xudo osmon toqini yaratganida uning ichida bu o‘tkinchi dunyoni ham yaratdi. Davr gulshaniga zebu savlat berib, uning har bir gulini quyosh yorita boshladi. Bu chamanni xudo yaratayotgan chog‘da uning asosiy maq sadi inson gulini yaratish edi. Inson jamoasi dagi eng komil odam mashaqqat yukini eng ko‘p ko‘targan odamdir. Kamolot qozongan odamlarning ham eng komili elchilar podshosi Mutolaa Sog‘lom avlod uchun |
11 |
2015 22 Mutolaa Muhammad payg‘ambar edi. Payg‘ambarlik mehri bilan bu kamolotini, kamolot avjidagi bu ulug‘vorligini sening kechangni yoritish uchun chiroq qildi, sening shonsharafingga esa maddohlik etdi. Naf yetkazishni u o‘ziga asosiy o‘lchov qildi. Ko‘rki, bu o‘lchov seni odamlarning eng yaxshisiga aylantirdi. Har tasbeh o‘girilganda, unga sanoxonlik qilardi; u endi senga maddoh va sanoxon bo‘ldi. Sen shunday buyuk martabaning qadrini bil, shunday ulug‘ darajaning shukrini qil. Shukr nimasi? Naf yetkazishni orttir, xayru saxovat kamarini uzun qil. O‘zingda ko‘p bo‘l sa, in’om ber: ko‘p bo‘lmasa, oz berishdan or qilma. Agar qo‘l bilan berib xayr qilish iloji bo‘lmasa, til bilan ham naf yetkazish mum kin. Odamni bir og‘iz yaxshi so‘z bilan xur sand qilish kerak bo‘lgan vaqtda unga xazina bersang ham, u qaramaydi. So‘z bilan el o‘lumdan najot topadi; so‘z bilan o‘luk tan qayta tiriladi. So‘z bilan dinsizlar musulmon bo‘ladi; so‘z bilan hayvon deganing insonga aylanishi mumkin. Bir so‘z bilan qancha balo lar daf bo‘ladi; qancha boylik sochsang ham bunday nafga yetishmaydi. Insonga xos kon ning gavhari, bu – so‘zdir; odamzod gulshani ning mevasi ham shu so‘zdir. Kishilarning so‘z bilan naf yetkazish qo‘li dan kelmasa, loaqal ko‘nglidagi andeshasi yaxshi bo‘lishi kerak. Ko‘ngli odamlarning xursandligidan xursand bo‘lishi lozim; ular ning ko‘ngli noxush bo‘lsa, tashvishiga sherik bo‘lish kerak. Kimning xalq g‘amidan g‘ami bo‘lmasa, haqiqiy odam bo‘lsang, uni odam dema. Birovning o‘limidan sevingan odam yo go‘rkov, yo yuvg‘uvchi, yoki jallod bo‘ladi. Ularning qaysi birini tasavvur etsang ham, tabiating ko‘rki nafrat bilan to‘ladi. Lekin bi rov senga yaxshilik qilmoqchi bo‘lsa, so‘z bi lan senga jon bag‘ishlamoqchi bo‘lsayu, lekin gap bilan buni ifodalay olmasa, yaxshilikni tilga olganining o‘zi kishi tab’iga osoyish bag‘ishlaydi. Xudo seni shunday nodir qilib, dunyodagi odamlarga naf keltiruvchi qilib yaratdi. Kimki uning shu amriga mansub bo‘lsa, barcha ki shilar ko‘ngliga ham yoqqan bo‘ladi. Ikki dunyoning taxti bilan toji bir tomonu bu bir tomon, – bilib qo‘y! Bu sifatdan yaxshi sifatni topish qiyin. Lekin bundan ham yaxshi bir ish bor. Bu – birovga bir narsa berib, undan olishni odat qilmaslik; naf keltirishu, lekin birovdan naf qidirmaslik; berish ishini doim xotirda saqlab, berib, bir narsa olishni o‘ylamaslik. Bulut topganini xalqning ustidan sochdi. Shuning uchun xudo uni osmonga xo‘jayin qilib qo‘ydi. Chumoli odamlar sochgan narsani terishga odatlangani uchun uning ishi go‘rga tirik kirib chiqish bo‘ldi. Gul o‘zining kumush yaproqla rini odamlar ustidan sochgani uchun xudo unga yangidanyangi barg, g‘uncha ato qiladi. U sochgan narsani shamol olib yiqqani uchun doim darbadar bo‘lib, xoru zor. Shisha ham o‘zidagi gulobni odamlar yuziga sepgani u chun uni avaylab tokchaning ustida saqla shadi. Supurgining odati ham yig‘ish, to‘plash bo‘lib, uning eshik orqasida xorzor bo‘lib yotishi bunga bir dalildir. Sanamlarning zulf lari doim mushk tarqatib turgani sababli ular quyoshdek yuzning tepasidan o‘rin olganlar. Chin diyorining mushki o‘zi qora tuprog‘day bir narsa. Sunbul uning isidan is olgani uchun boshoqchiday boshi quyi. Bundan ham baland yana bir martaba bor. Unga yo‘l topish yuksaklik belgisidir. Qanday in’om bo‘lmasin uni ochiq yuz bilan berish, achchiq bodani shirin so‘z bilan tutish kerak. Saxovat ko‘rsatgan kishi muomalada ham xa to qilmasa, u bir yo‘la ikkita in’om bergan bo‘ladi. Tosda turgan mevalar dilga yoqsa ham, ammo ustidagi gullar unga qo‘shimcha bezakdir. Mahbubaning husni qancha go‘zal bo‘lmasin, lekin odamlarning ko‘nglini u yoqimli muomala bilan oladi. Oltin tojning ziynati bo‘lsa ham, ammo uning ustidagi dur ni hech narsaga taqqoslab bo‘lmaydi. Das turxondagi xushbo‘y taom qancha yaxshi bo‘lmasin, ustiga qand sepilsa, yana ham xushroq bo‘ladi. Kimki bunday axloq bilan ish tutar ekan, unga birov jafo qilsa, buning uchun u intiqom olmaydi. Har qanday dilg‘ashlikni xursandlik ka qabul qiladi, birov qancha jafo qilsa, vafo bilan javob beradi. Bunday odamni insonlar ning insoni deb, haqiqiy odamlarning eng yaxshisi deb bil. Uni odamgarchilikni to‘la egallagan, yuz kishining odamgarchiligi qo‘li dan keladigan deb tushun! Sog‘lom avlod uchun |
11 |
2015 23 SHE’R VA SHOIRLIK HAQIDA Tuyg‘udagi yog‘dular She’rni tushuntirish mumkin emas, u tushuniladi. * * *
Pinhon va jim sevgan shoirning yagona najoti bu — so‘z! * * * She’r so‘zlar ojizligi oldidagi tush kunlikdan tug‘iladi. Bu bilan u she’r sukunatining buyuk qudrati oldida bosh eggan bo‘ladi. * * *
Har bir odam hayotining qaysidir daqiqasida o‘zini yolg‘iz his etadi. Mohiyatan olganda inson hamisha yolg‘iz. O‘tmishda birga bo‘lganlari miz bugun bizdan yiroqda, bugun biz bilan bo‘lganlar esa kelajagimizga begona. Mana, hayot nimadan ibo rat?!
Yolg‘izlik – insoniyat hayotining teran ma’nosi. Faqat insongina o‘zini yolg‘iz his qiladi va faqat ugina bosh qalarsiz yasholmaydi. * * * She’r faryod va sukunat o‘rtasida gi tirqishni yorib chiqadi. * * *
O‘quvchi tinglayotgan, o‘qiyotgan she’r, albatta, uni nimagadir undashi lozim.
Oktavio Pas — Meksikalik yozuvchi, shoir. 1990- yil adabiyot yo‘nalishida Nobel mukofotiga sazo- vor bo‘lgan. Uning Meksika tarixi va xalqining xa- rakteriga bag‘ishlangan “Yolg‘izlik labirinti” asari dunyo ki tob xonlari orasida juda mashhur. Download 390.42 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling