Barkamol avlod – Vatanning baxti sog‘lom avlod uchun
Download 390.42 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Diyor Imomxo‘jayev (jurnalist)
11 |
2015 7 Inson va jamiyat boshlab bugungi kunga qadar Yerdagi qor va muz qoplami 15 foizga qisqardi. Albatta, bu birikki yil suvning ko‘p bo‘li shi, yomg‘irlar ning teztez yog‘ishiga olib keladi. Ammo ular erib bitgandan so‘ngchi? Yaqin yillarda iqlim isishining oldini olish uchun havodagi karbonot angidrid miqdorini 0,035 foizgacha tushirish lozim. Buning u chun har birimiz bir qancha qoidalarga amal qilsak bas. Eng muhimi, atrofmuhitning ifloslani shini kamaytirish va iqlim o‘zgarishini to‘xta tish uchun qazilma yo qil g‘idan foydalanishni kamaytirish kerak. Bunga energiyani yanada tejamli sarflash orqali erishish mumkin. Av valo, elektr quvvatini, ichimlik suvini tejang. Ayrim hisobkitoblarga ko‘ra, biz energiya is te’molini ikki baravar qisqartirishimiz mum kin va bu qisqartirish hayotimizning sifatiga salbiy ta’sir ko‘rsatmaydi. Darhaqiqat, ko‘pgi na lampochkalar behuda yonadi. Axir yo rug‘lik hech kimga kerak bo‘lmaganida lam pochkani o‘chirib qo‘yish mumkinku! Biz qanday lampochkalarni ishlatamiz? Ular te jamlimi? Hozirgi kunda energiyani bir necha baravar kam sarflaydigan lampochkalar bor va ular sotuvda mavjud. Biz o‘z turarjoyimiz ni isitamiz. Bunday isitish qay darajada sama rali? Agar uyimizda shiftda ham, eshiklarda ham bitta oynali romlar o‘rnatilgan, romlarda tirqishlar bor bo‘lsa, uyimizni qancha isitmay lik, u baribir ma’lum darajada isimaydi. Xo‘sh, bunda qancha yonilg‘i isrof bo‘ladi? Xonado ningizga elektr toki bilan ishlaydigan maishiy texnika vositalari sotib olayotganda uning elektr tejamkorligiga e’tibor bering. O‘z xona doni ngizni isitayotganingizda ko‘proq quyosh nuridan foydalanib, uydagi issiqlikni asrang. Ozon qatlamiga bevosita ta’sir ko‘rsatuvchi bosim bilan ishlaydigan maishiy predmetlar, dezodarantlar, havo tozalagichlar kabi vosita larni ishlatishdan voz keching. BMTning Iqlim o‘zgarishi bo‘yicha huku matlararo ekspertlar guruhining fikricha, iq limdagi o‘zgarishlar dunyoning barcha okean va qit’alaridagi tabiiy tizimlarda sezilarli o‘zgarishlarga sabab bo‘lmoqda. 2016yildan 2035yilga qadar sayyoramizda harorat taxmi nan 0,7 daraja, 2081yilga borib esa, 1986 2005yillardagi ko‘rsatkichga nisbatan qiyos laganda, qariyb 2 darajaga ko‘tarilishi kutil moqda. Natijada doimiy muzliklarning erish jarayoni tezlashib, okeanlar sathi yuksaladi. Xususan, 2081–2100yillarda ummon suvlari sathi 1986–2010yillardagiga nisbatan 0,58 dan 0,98 metrgacha ko‘tariladi. Bu esa, o‘z navba tida, toshqinlar ko‘payishiga, yer ko‘chkilari va eroziyaga, baliqlar hamda quruqlikdagi jonzotlarning palapartish migratsiyasiga sa bab bo‘ladi. Iqlim o‘zgarishi oziqovqat xavfsizligiga ham salbiy ta’sir ko‘rsatmasdan qolmaydi. Hi sobkitoblardan kelib chiqib, 2050yilga bo rib, makkajo‘xori, guruch va bug‘doy yetishti rish hajmi 25 foizgacha qisqarishi bashorat qilinmoqda. O‘zbekiston Respublikasi BMTning iqlim o‘zgarishi bo‘yicha konvensiyasini ratifikatsi ya qilgan. Ushbu konvensiya ijrosi yuzasidan yurtimizda qator tadbirlar amalga oshiril moqda. Ishlab chiqarishga ekologik sof mexa nizmlarni tatbiq etish, avtomashinalarni eko logik sof yoqilg‘iga o‘tkazish, qishloq xo‘jali gida tejamkor texnologiyalarni qo‘llash, muqobil energiya manbalaridan foydalanish kabi vazifalar shular jumlasidandir. Davlati miz rahbarining 2013yil 1martdagi “Muqobil energiya manbalarini yanada rivojlantirish choratadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni bu bo radagi islohotlarning mantiqiy davomi bo‘ldi, deyish mumkin. Vazirlar Mahkamasining “20132017yillarda O‘zbekiston Respublika sida atrofmuhit muhofazasi bo‘yicha hara katlar dasturi to‘g‘risida”gi qarori asosida at rofmuhitga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgan issiq lik gazlari emissiyasini kamaytirish, neft, gaz, kimyo, energetika korxonalarini rekonstruksi ya qilish, ekologik sof energiya manbalaridan foydalanishni rivojlantirish bo‘yicha qator lo yihalar amalga oshirilmoqda. Shuningdek, 2013yilning 27dekabrida O‘zbekiston Res publikasining “Ekologik nazorat to‘g‘risida”gi qonuni qabul qilindi. Mamlakatimizda maz kur muammoning oldini olish va oqibatlariga tayyor turish borasida amalga oshirilayotgan ishlari hali yetarli cha emas. Avvalo, mazkur ekomuammo xususida aholi xabardorligini oshirish, yoshlar o‘rtasida, xususan, ta’lim muassasalarida iqlim o‘zgarishi va uning oqi batlari xususida tushuntirish ishlarini olib bo rish lozim. Nargis QOSIMOVA, jurnalist.
Sog‘lom avlod uchun |
11 |
2015 8 EZGU TUYG‘ULARNI SO‘ROQLAB… Ruhiyat manzili Axloq – xulqlar majmuyi, xulq esa ezgulik yoki yomonlikning muayyan bir insonda na moyon bo‘lish shaklidir. Shunday ekan, har bir xulq ezgulik va oliyjanoblikning yoki yo monlik va badbinlikning timsoli bo‘lib namo yon bo‘ladi. Inson dunyoga kelganda yaxshi yoki yomon xulqli bo‘lib tug‘ilmaydi. Uning axloqan shakllanishida ham ijtimoiy, ham oi laviy tarbiyaning o‘rni muhim. Zero, bu jara yonda hamma narsa, eng avvalo, tarbiyaga borib taqaladi. Abdulla Avloniy “Tarbiya – yo hayot, yo mamot, yo najot, yo halokat, yo sa odat, yo falokat masalasidur”, deganda mut laq haq edi. Sharq xalqlari adabiyoti tarixiga nazar tashlar ekanmiz, undagi asarlarning aksariyat qismida axloqiyta’limiy qarashlar bayon etil ganini ko‘ramiz. Jumladan, Kaykovusning “Qobusnoma”, Yusuf Xos Hojibning “Qutad g‘u bilig”, Ahmad Yugnakiyning “Hibat ul haqoyiq”, Ahmad Yassaviyning “Hikmatlar”, Nosir Xisravning “Saodatnoma”, Shayx Sa’ diyning “Guliston” va “Bo‘ston”, Abdurahmon Jomiyning “Bahoriston”, Alisher Navoiyning “Mahbub ulqulub”, Ahmad Donishning “O‘g‘il larga nasihat” kabi asarlarini misol qilib kelti rish mumkin. Sharqona tafakkur va ma’naviyat haqida so‘z yuritganda odatda uni G‘arb tafakkuri va ma’naviyatiga qiyoslashadi. Sharq tafakkuri din va tasavvufga, G‘arb tafakkuri esa falsafa ga tayanishi aytiladi. Yana Sharq adabiyoti ning ruh adabiyoti ekanligi, unda polifoniya ning kuchliligi ta’kidlanadi. “Sharq – nafsga dushman, G‘arb – nafsga do‘st” deb tavsif beradi Sharq allomalari. “Avesto”da ezgu fikr, ezgu so‘z, ezgu amal – pindori nek, guftori nek, kirdori nek, ya’ni o‘ylaring, gaplaring, qilayotgan ishlaring bir bo‘lsin, degan g‘oya ilgari suriladi. Azaldan xalqimizda bola axloqiga alohida e’tibor berilgan. Farzand tarbiyasi haqida so‘z ketar ekan, Sharqda bolani tarbiyalash ona qornidayoq boshlanadi va umrining oxiriga qadar davom etadi, degan purma’no fikrlar asrlar bo‘yi yashab kelmoqda. Sharq adabiyo tida insonda ikki reallik mavjudligi, ya’ni tash qi – zohiriy va ichki – botiniyga bo‘linishi ta’kidlanadi. Asosiy murakkablik esa botinda namoyon bo‘ladi, chunki unda aql, nafs, ruh, ko‘ngil haqida so‘z boradi. Zohiru botinni birdek anglab yetguvchi olimlar esa bir asrda 45 nafar tug‘iladi, degan edi Jomiy hazratlari. Sharqona axloqodob qoidalarining XX asr boshlarida Abdulla Avloniy tomonidan “Tur kiy guliston yoxud axloq” asarida bayon eti lishi o‘sha davr o‘zbek ma’rifatchiligi uchun noyob hodisa bo‘ldi. Bu asar bugungi kunda ham o‘z ahamiyatini yo‘qotmagan. Aksincha, bugungi globallashuv, davlatlar va millatlar aro integratsiya jarayonida, ommaviy madani yat xurujlari kuchaygan bir davrda bu kabi asarlarga botbot murojaat qilmoq, ularni qunt bilan o‘rganmoq yoshlarimiz tarbiyasi uchun juda zarur. Avloniyning ushbu asari 64 bobdan iborat bo‘lib, har bir bob ta’limtarbi ya masalasiga bag‘ishlangan va biri ikkinchi sini to‘ldirib boradi. Muallif kishilarning xulqiga qarab ikki guruhga: biri yaxshi, ikkin chisi esa yomon xulqli kishilarga ajratadi. In songa xos bo‘lgan fatonat (aqllilik), nazofat (ozodalik, pokizalik), sa’y va g‘ayrat, riyozat (mehnat), shijoat, qanoat, ilm, sabr, hilm (halimlik, yumshoqlik), intizom, miqyosi nafs, vijdon, vatanni sevmak, haqqoniyat, nazari ibrat, iffat, hayo, idrok va zako, hifzi lison, iqtisod, viqor, xavf va rajo (ollohdan qo‘rqmoq va umidvor bo‘lmoq), itoat, haq shunoslik, xayrixohlik, munislik, sadoqat, adolat, muhabbat, oliyhimmat, avf kabi ijobiy xususiyatlarning hammasini “yaxshi xulqlar” nomi ostida beradi. “Yomon xulqlar” sarlav hasida esa g‘azab, shahvat, jaholat, razolat, safohat (buzuqlik), hamoqat (ahmoqlik), ato lat (yalqovlik), xasosat (ta’magirlik, pastkash lik), raxovat (g‘ayratsizlik), anoniyat (takab burlik), adovat, namimat (chaqimchilik), g‘iybat, haqorat, jibonat (qo‘rqoqlik), hasad, kizb (yolg‘onchilik), nifoq (munofiqlik), ta’ma, zulm kabi qusurlarni sanab, ularga tavsif berib o‘tadi. Yuqorida keltirilgan yaxshi va yomon xulqlarning ayrimlarining arxaik atamalari allaqachon leksikamizdan chiqib ketgan bo‘lsada, ularning lingvistik muqobil
Sog‘lom avlod uchun |
11 |
2015 9 Ruhiyat manzili lari, ular anglatgan tushunchalar hayotimizda ko‘p uchraydi. Masalan, fatonat, nazofat, hilm, nazari ibrat, hifzi lison, viqor, rajo, munislik kabi leksemalarni nutqimizda faol qo‘llamasakda, ular anglatgan ma’no va tu shunchalar dolzarbligini yo‘qotmagan. Ayniq sa, “hifzi lison” atamasi har bir millatning o‘z ona tili va adabiyotini saqlamoq va asramoqni anglatar ekan, bunday ijobiy fazilatni bugungi kunda farzandlarimizda tarbiyalamoq vazifa mizdir.
Avloniy kishilarning ham ijobiy, ham sal biy xulqlarini bayon qilib, kitobxonni mulo haza yuritishga undaydi. Yozuvchi “bu sana gan yomon xulqlarning fanoliklarini, yuqorida keltirib o‘tilgan yaxshi xulqlarning go‘zalligini insof muvozanati ila o‘lchab, vijdon muhoka masi ila tahqiqlab, yaxshilarini tanlab amal qilmak, yomonlarini anglab hazar qilmak lo zimdur”, deydi. Shu o‘rinda ijobiy fazilatlar ning bugungi kunda “urf” emasligi, eng muhi mi, tuyg‘ularning bu kabi zavoli xususida hech kim qayg‘urmayotganligini kuyunib yozgan sevimli shoirimiz Abdulla Oripovning “Tuy g‘ular” she’ridagi ustoz xulosasini keltirib o‘t moqchimiz:
Xulosa o‘rnida shuni aytish lozimki, bu gun yosh avlodning tarbiyasiga va ma’naviy kamolotiga, axloqiy jihatlariga yanada jiddiy roq ahamiyat berishimiz lozim. Shaxs tarbiya sida Sharq adabiyotining mumtoz namunala riga, tasavvuf ta’limoti ilgari surgan g‘oyalarga tayanishimiz lozim. Sharqona axloqodob qoi dalari axloqiyta’limiy faoliyatimizda asos bo‘l mog‘i kerak. Zero, biz ko‘zlayotgan komillik ning birinchi sharti axloqiy go‘zallikka erishish bo‘lsa, ikkinchi jihati – nafsni yengib, ruhni tarbiyalash. Biz ana shularni o‘zimizga ham, farzandlarimizga ham singdirishimiz kerak. Adabiyotshunos olim Ibrohim Haqqulov ta’ kidlaganidek: “Aqliy idrok bilan anglangan narsaga ilm deyiladi, qalb bilan mu shohada etish esa ma’rifatdir. Ilm sohibi olim, ma’rifat sohibi orifdir.” Shunday ekan, xalqning o‘zini tanishi, G‘arb dunyosidagi ma’naviy xastalik lar, xulqiy bo‘ronlarga uchramasligi uchun ta’lim jarayonida sharqona axloqodob, ma’ naviyat asoslarini yosh avlodga singdirish fa oliyatimizning mazmunmohiyatiga aylani shi lozim. O‘z navbatida, bu bugungi kunning dolzarb muammosi hisoblangan ruhan sog‘ lom avlodni tarbiyalash borasidagi insoniy burchimiz hamdir.
Sevara MAHMUDOVA, O‘zbekiston Davlat san’at va madaniyat instituti dotsenti, filologiya fanlari nomzodi. Sog‘lom avlod uchun |
11 |
2015 10 ZAMONAVIY TA’LIM YOSHLAR NIGOHIDA Ta’lim istiqbollari Berdiyeva Dilnavoz (O‘zMU magistri, bioximik): – Ta’lim haqida so‘z ketar ekan, eng avva lo, bu jarayondan belgilangan maqsadga be vosita to‘xtalib o‘tsak. Ta’lim jarayonidan asosiy maqsad ilmni – ta’lim materiallarini o‘quvchitalabalarga optimal darajada, opti mal sharoitlarda singdira olish hisoblanadi. “Optimal darajada” dedik, bu iboraning ma’ nosi bir qadar chuqur. Optimal darajada bilim berish deganda o‘quvchitalabalarga maksi mal holatda bilim berish, talab qilish va mu vaffaqiyatga erishish nazarda tutiladi. Bunga bevosita ta’lim metodlarining o‘rnida qo‘llani lishi orqali erishiladi. Hozirgi kunda elektron ta’lim tizimi rivojlanib, an’anaviy vositalardan voz kechilmoqda. Zamonaviy, noan’anaviy usullardan foydalangan holda darslar tashkil etilmoqda. Bu ayniqsa, ijtimoiy asosdagi dars lar uchun juda samarali. Birin chidan, darsda talabaning faol ishtiroki xotiraga shu bilim va ko‘nikmaning mustahkam o‘rnashi shiga sa bab bo‘lsa, ikkinchidan, talabada darsga nis batan qiziqish ortmoqda. Ammo shunday ho latlar borki, bunday vaziyatda an’anaviy ta’lim tizimidan foydalanmaslik mantiqsizlik, nazarimda. Ayni paytda ko‘plab mamlakatlar ta’lim tizimida doskadan foydalanilmayapti. Lekin tabiiy va aniq fanlar ta’lim jarayonida doskadan foydalanmasdan mavzuni talabaga to‘liq tushuntirib bo‘lmaydi. Aniq fanlarga oid darslarda mantiqiy xotiraga asoslangan bilim olish jarayoni muhim hisoblanadi. Shu sabab dan, an’anaviy ta’lim jarayoniga xos element larni to‘la siqib chiqarish mumkin emas. Mantiqan o‘ylaganda bu joiz ham emasdek ko‘rinadi. O‘quv tajribamdan shu xulosaga keldimki, bizning bilimimiz yevropalik yoshlar, talaba lar bilimidan aslo kam emas. Ta’lim jarayonini tashkil etish haqida ham xuddi shu gapni ay tish mumkin. Ikki yilcha avval Ispaniya davlati Granada universitetida ta’lim olib qaytdim. Bu yerda barcha darslar modul tizimi asosida olib boriladi. Hech qaysi dars davomida dos kadan foydalanilmagan, ammo biokimyo shunday sohaki, unga oid darsni doskasiz ta savvur qila olmaysiz. Misol tariqasida, DNK dagi buzilishlarni tushuntirishning o‘zim ish tirok etgan ikki xil uslubi haqida gapirmoqchi man. Xorijdagi tahsil davomida bizga shu mavzuga oid darsni biologiya fanlari doktori Maria Johanson zamonaviy ta’limga asosla nib, slayd va video asosida tushuntirgan. Doskadan foydalanmagan. Video va slaydlar orqali menda va ko‘pgina talabalarda vaqtin chalik xotira shakllangan. Masalan, qayerda reparatsiya ketayotganini, turini tushunamiz, ko‘z oldimizga DNKdagi bog‘ning uzilishi ke ladi, ammo qaysi bog‘ va qaysi sababdan uzilishini bilmaymiz, bilsak ham yodimizdan ko‘tarilgan. Chunki slaydlar izohlanib, og‘zaki tushuntirilgan, jarayon amaliy ko‘rsatib beril magan. Demak, bu yerda faqat tasavvur xoti rasini muvaffaqiyat sifatida e’tirof etsa bo‘ladi. Bugungi davra suhbatimiz yoshlarimizning zamonaviy ta’lim haqidagi muloha- zalari atrofida kechadi. Bunday mavzuni tanlashimizning sababi esa ta’lim tizimi- ning tobora yangi qiyofaga ega bo‘layotgani, jadal rivojlanayotganidir. Deyarli kunda-kunora tizimga yangi bir amaliyotning tatbiq etilayotganiga guvoh bo‘lib turibmiz. Bu fikrlar butun jahondagi joriy ta’lim jarayonlariga taalluqlidir. Yangilanishlarning sifat va samarasi bir tomondan o‘qituvchi mehnati, malaka- si bilan bog‘liq. Qolaversa, ta’lim oluvchilarning istak xohishi ham bu jarayonni yo‘naltiruvchi kuchga ega. Shunday ekan, yurtimizda zamonaviy ta’limni tashkil etish jarayoni yoshlarimiz ehtiyoji va talablariga qay darajada mos kelmoqda. Ular zamonaviy ta’lim (bu o‘rinda oliy ta’lim nazarda tutilmoqda) qiyofasini qanday tasavvur qiladi? Quyida suhbatdoshlarimiz fikrlari vositasida mamlakatimizdagi zamonaviy ta’lim qiyofasi chizgilarini nazardan o‘tkazamiz. Sog‘lom avlod uchun |
11 |
2015 11 Ta’lim istiqbollari O‘zbekiston Milliy universiteti biologiya fanlari professori, doktor Surayyo Dolimova esa bu darsni doskadan foydalangan holda tushuntirgan. Ya’ni DNKning buzilgan qism lari formulalarini yozib, qayerda qaysi bog‘ uzilishi va qaysi reparatsiyaning turi ekanligi ni doskaga yozib bergan. Va har birimizdan DNK reparatsiyasining hamma turini yodlab olishimizni talab qilgan. Bu orqali bizda man tiqiy xotira shakllangan, ya’ni qaysi bog‘ uzi lishi evaziga yoki qo‘shilishi sabab qaysi repa ratsiya vujudga kelishini yozib bera olamiz. Jarayonning organizmda kechish holatini maksimal darajada tushuntirish imkoniga ega miz. Bu esa o‘quv jarayonining to‘liq muvaf faqiyatini belgilaydi. Demak, optimal darajada darsni tashkil qilishda tanlangan metod eng katta ahamiyat ga ega, muhimi bilim va ko‘nikmani amaliyot da ham qo‘llay olish hisoblanadi. Mavzuning turiga qarab dars o‘tish uslubini tanlay olish juda muhim. Hozirgi kunda O‘zbekistonda ta’lim tizi miga qaratilayotgan e’tibor, modul tizimining barcha universitetlarda qo‘llanilayotgani kela jakda bilimi yetuk kadrlarning yetishishiga ishonch uyg‘otadi. Diyor Imomxo‘jayev (jurnalist): – Ta’lim berishning zamonaviy usullari dan keng foydalanish talaba va o‘qituvchilar uchun faqatgina qulaylik yaratibgina qolmay, ularning bilim va ko‘nikmalarini shakllantirish da ham muhim omildir. O‘zbekistondagi ta’lim tizimi anchagina murakkabligi bilan ajralib turadi. Ammo bu ning samarasi xalqaro fan olimpiadalardagi ijobiy natijalarda namoyon bo‘lmoqda. Bizda fanlar chuqur o‘rgatiladi va xorijda tahsil olish jarayonida seziladiki, o‘zbekistonlik talabalar fanlarni nazariy o‘zlashtirish va umuman bilim lilik darajasida chet el talabalaridan qolish maydi. Xursand qiladigan tomoni, 12 yillik maj buriy ta’lim faqatgina savod chiqarish uchun gina xizmat qilmay, bir qator fanlardan dast labki tasavvurlarga ega bo‘lish yo‘lida muhim asosdir. Aniq va gumanitar fanlarning bir nech tasi maktab programmasidan joy olgani sabab faqatgina o‘rta maxsus ta’lim bilan cheklangan o‘zbekistonlik o‘quvchida ham o‘rta cha bi limga ega bo‘lish imkoniyati bor. Ta’lim jarayonini zamonaviylashtirish va axborot texnologiyalarining so‘nggi yutuqlari dan foydalanish amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘lishda muhim ahamiyat kasb etadi. Ko‘p hollarda talabalarimizda nazariy bilim bilan cheklanib, ularni amaliyotga tatbiq etishda qiyinchilikka duch keladigan holatlar bordek tuyuladi. Laboratoriya xonalarining yetish masligi, oliy o‘quv yurtlarining yetarli daraja da kompyuterlashtirilmagani, ayrim universi tetlarda xorijiy talabalar yoki o‘qituvchilarning haddan tashqari kam ekanligini muammo si fatida ko‘rsatgan bo‘lardim. Talabalar alma shish dasturi yanada kengroq tatbiq etilsa, turli mamlakatlardan tashrif buyurgan iqti dorli talabalar o‘zlari bilan bir qator yangilik lar olib kirishadi. Bizda esa talabalarning xo rijda tahsil olishga bo‘lgan ishtiyoqlari ancha katta va ular haminqadar imkoniyatlardan foy dalanib kelishmoqda. Zamonaviy ta’limda axborot resurs mar kazining to‘liq kompyuterlashtirilishi, talaba larga leptop, planshet, internet kabilardan er kin foydalanish imkoniyatining yaratilishi, masofaviy ta’lim uchun sharoitlarning bo‘lishi juda muhim. O‘zim tahsil olgan xalqaro jur nalistika fakulteti dastlab tashkil etilganida, bo‘lajak xalqaro jurnalistlar 10 ta tildan birini tanlab olish imkoniyatiga ega edi. Fakultetda xorijiy kafedralar ham faoliyat yuritgan bo‘lib, ular talabalarning bilim darajasi oshishida alohida rol o‘ynardi. Bizda ta’lim berish sifati ancha yaxshi. Ammo moddiy texnik baza, umuman jarayon haqida gap ketganida qator ishlarni amalga oshirish kerakligi ko‘rinadi. Ko‘p hollarda ta’ limga eng ko‘p yo‘nalayotgan qatlam abituri yentlar bo‘lib qolayotgani, oliy o‘quv yurti ta labasiga aylangan abituriyentda esa harakat kamayib ketayotgani ko‘zga tashlanadi. Bun dan shunday xulosa kelib chiqadiki, abituri yentlar o‘qishga kirish uchungina ter to‘kisha di, uni qay tariqa tamomlash haqida chuqur o‘ylab ko‘rishmaydi. Bu esa malakasiz kadr larning sun’iy ko‘payishiga olib kelishi mum kin. Menimcha, asosiy masala o‘qishga qan Sog‘lom avlod uchun |
11 |
2015 12 Ta’lim istiqbollari day kirish emas, uni qay sifatda yakunlash bo‘lishi ancha foydali. Bunda oliy ta’limni ko‘pchilik olishi va faqatgina saralab olingan larigina o‘qishni yakunlab, diplomli bo‘lishini tushunsa bo‘ladi. Download 390.42 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling