Barkamol avlod – Vatanning baxti sog‘lom avlod uchun
Uyg‘onish davri. Mechin usuli
Download 390.42 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Fon Lindeman hafsalani pir qildi
- Shuncha g‘avg‘o kimga kerak
Uyg‘onish davri. Mechin usuli XVI asrdan e’tiboran, Yevropa ilmiy uy g‘onish davrining eng yuksak zakovat egalari bo‘lgan olimlar ham o‘z ilmiy faoliyatlarida “π”ni aniq hisoblash masalasini kun tartibiga qo‘ya boshlashdi. Masalan, Gotfrid Leybnis va Isaak Nyutonlarning ishlarida bu boradagi izlanishlar uchraydi. Bu davrda “π” endilikda geometriya sah nasidan chiqib, astasekin algebra olamiga kirib borishga o‘tganini qayd etdik. Nyuton va Leybnislar boshlab bergan matematik analiz usullarini qo‘llash orqali ulardan keyingi olimlar avlodi “π”ni hisoblashda yanada olg‘a siljishga erisha boshladilar. Britaniyalik Jon Mechin o‘z nomi bilan ataluvchi mashhur tri gonometrik formulalarni kashf qildi va ushbu formulalar asosida “π”ning verguldan keyingi dastlabki 100 ta raqamini hisoblab chiqishga muvaffaq bo‘ldi. E’tibor bergan bo‘lsangiz, maqolamiz mu qaddimasida biz avvaliga aylana uzunligining diametriga nisbati doimiy qiymat (≈3.1415) ekani va uning yunon alifbosidagi “π” belgisi Sog‘lom avlod uchun |
11 |
2015 30 Fan va zakovat bilan ifodalanishini aytib o‘tdik. Tarixiy ma’ lumotlar keltirish asnosida esa, biz bu sonni “π” deb keltira boshladik. Buning sababi shuki, Jon Mechinning muvaffaqiyati ma’lum qilingan o‘sha 1706yilgacha matematikada mazkur son “π” ko‘rini shida belgilanmas edi. Aylana uzunligining diametriga nisbatini maxsus belgi bilan ifodalagan ilk asar 1689yil da Iogann Shturm muallifligida chop etilgan matematika darsligi bo‘lib, unda mazkur son “e” ko‘rinishida belgilanadi. Bu sonning “π” ko‘rinishida ifodalanishi esa aynan Jon Me chin muvaffaqiyatga erishgan yildan e’tiboran urfga kirgan. Faqat bunday belgilashni Me chin emas, balki bosh qa bir yetuk matematik – Uilyam Jons taklif etgan edi. Jonsning 1706yilda chop etilgan “Matematikaga yangi dan kirish” asarida ushbu mashhur son o‘zi ning hozirgi “ismi”ga ega bo‘ladi. Jonsning aynan ushbu yunon harfini tanlashiga sabab, uning yunon tilidagi “periferiya” ( περιφέρεια) – aylana hamda “perimetron” ( περίμετρος) – pe rimetr so‘zlarining bosh harfi ekanligi sabab bo‘lgan. π belgisining ilmfan olamida omma lashuviga asosiy sabab esa, bu belgining bu yuk matematik olim Leonard Eyler qalamiga mansub ko‘p ming adadli matematika kitobla rida keng qo‘llanganligi bo‘lgandi.
Shu tarzda, hikoya qilganimizdek, maqo lamiz qahramoni π uzoq asrlar mo baynida jahonning eng yetuk ma tematiklari uchun ilmiy faoliyat dagi eng asosiy tadqiqot ob yektlaridan biri sifatida doimo dolzarb bo‘lib keldi. Shunisi qiziqki, o‘sha o‘tkir matematiklarning aksariyati, qa chonlardir kelib π sonining o‘ta aniq va inkor qilib bo‘lmas qiy mati, ya’ni, verguldan keyingi oxirgi raqami albatta topiladi, deb ishonishgan. Bejizga biz 1875yilga oid so‘nggi natija bilan to‘xtalish qilmadik. Chunki garchi to‘la aniq bo‘lmagan bo‘lsa ham, o‘sha yilgi Shenksning natijasi (707 ta raqam) π ning verguldan ke yingi barcha ra qamlarini oxirigacha aniq to pishga qaratilgan urinishlar ichida oxirgisi bo‘lib qoldi. 1882yilga kelib, olmon matema tigi Fon Lindeman, bunday ishonchning oxiri puch ekanini qat’iy matematik uslubda isbot lab berdi. Ha, ko‘p chilik matematiklarning hafsalasini pir qilgan ushbu isbotga ko‘ra, π ning “aniq” qiymatini topishning imkoni yo‘q va u hech qachon bo‘lmaydi! Sababi π soni 1761yilda isbotlanganidek irratsional son bo‘libgina qolmay, balki u sonlarning yana bir alohida turkumi – transsendent sonlar safiga ham kiradi. Bu shuni anglatadiki, π ning aniq qiymatini, verguldan keyingi oxirgi raqamga cha o‘ta aniqlikda topish borasidagi masalani sirkul va chizg‘ich yordamida mutlaqo hal qilib bo‘l maydi. Fon Lindeman aynan shuni qat’iy isbotlab berdi va π shinavandalarining ustiga “muzdek suv quydi”.
Maqolani o‘qib, sizda π ning verguldan keyingi raqamlarini imkon qadar aniq hisob lash uchun shunchalik jon kuydirish kimga va nima uchun kerak, degan savollar albatta paydo bo‘lgan bo‘lishi mumkin. Haqiqatan ham, π ni shunchalik aniq hisoblashning qan day muhim ahamiyati bor? Taassufki, bu sa volning jo‘yali aniq javobi yo‘q. π ni imkon qadar katta aniqlikda hisoblash urinuvchilar ning barchasi aslida kimo‘zarga musobaqala shayotgan odamlardir. Aslida, alXorazmiy bobomiz deyarli bir yarim ming yil avval ta’kidlab ketgan fikr ayni haqiqatdir. Ya’ni kundalik hisobkitoblar uchun π=3.14 deb, bir oz murakkabroq, masalan, raketatexnika si yoki astronomik hisoblashlar uchun esa π=3.141529 deb olishning o‘zi yetarli bo‘ladi. Ayzek Azimovning asarlaridan birida esa quyidagi fikrni ham uchratishimiz mumkin: “Agar koi notni 80 milliard yorug‘lik yili dia metriga ega ulkan sfera deb ta savvur qilsak va π ning vergul dan keyingi atigi 35 ta raqami bilan uning ekvatorial aylanasi ni hisoblasak, olgan natijamiz haqiqiysidan atigi santimetrning milliondan bir ulushida xato bo‘ladi, xolos.” Boshqa bir olimlarning fikricha, π ning verguldan keyingi atigi 39 xonalik ko‘rinishi bilan, bizga hozirda ma’lum koinotning ayla nasini, proton diametri o‘lchamidagi xatolik bilan aniqlash mumkin ekan.
Muzaffar QOSIMOV. Sog‘lom avlod uchun |
11 |
2015 31 Alpomish avlodlari OLIMPIADAGA YO‘LLANMA NAQD – O‘g‘lim boksga juda qiziqadi, uni chem- pion qilib bering, – dedi farzandini boks to‘garagiga olib kelgan ota hazilomuz ohang- da. – Sizni tajribali murabbiy sifatida yaxshi bilganimiz uchun ham oldingizga keldik. – Rahmat. Lekin avval uni bir sinovdan o‘tkazaylik, – deya javob qaytardi murabbiy. So‘ng bolaning imkoniyatlarini ko‘zdan kechirdi: harakatlari chaqqon, raqibni nishon- ga olishi yaxshi, zarbasi kuchli, muhimi, ishti- yoqi baland. – O‘g‘lingizda iste’dod bor, – dedi bo‘lajak shogirdining harakatlaridan ko‘ngli to‘lgan murabbiy, – boksning sir-u sinoatlarini qunt bilan o‘rgansa, mag‘lubiyatdan tushkunlikka tushmasa, yutuqlardan mag‘rurlanib ketma- sa, kam bo‘lmaydi. Barchasi o‘zining sa’y-ha- rakatlariga bog‘liq. Biz uning mahoratini oshi- rish uchun qo‘limizdan kelganicha harakat qilamiz, bor imkoniyatimizni ishga solamiz. Taniqli murabbiy Ma’rufjon Ahmedov bi lan farg‘onalik umidli bokschi Bektemir Me liqo‘ziyevning otasi o‘rtasida kechgan ushbu suhbatga ancha yillar bo‘ldi. O‘shanda qilin gan ezgu niyat bugun ro‘yobga chiqdi: Bekte mir osiyo va jahon chempioni bo‘lib, 2016yil Braziliyaning RiodeJaneyro shahrida bo‘lib o‘tadigan XXXI yozgi Olimpiada yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. – Inson hayotda hech bir narsaga osonlik cha erishmaydi. Mening ham erishgan yutuq larim zamirida, eng avvalo, o´z ustimda ti nimsiz ishlaganim, qiyinchiliklardan qoch masdan dadil odimlaganim sabab bo‘ldi, deb o‘ylayman, – deydi biz bilan suhbatda Bekte mir Meliqo‘ziyev. – Yo‘llanmani qo‘lga kiritish jarayonida ko‘plab musobaqalarda ishtirok etdim. Birinchi musobaqa 2014yilda bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston chempionati edi. Unda ishtirok etib oltin medalni qo‘lga kiritdim va O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi bo‘ldim. Bu yutug‘im yo‘llanma olishimdagi muvaffaqi yatlarimning debochasi bo‘ldi, desam adash mayman. Shundan so‘ng Bolgariyada va Qo zog‘istonda o‘tkazilgan boks bo‘yicha xalqaro turnirda oltin medalni, 25avgust va 5sentabr kunlari Tailandning Bangkok shahrida o‘tka zilgan Osiyo chempionatida to‘rt nafar raqi bimni yengib jahon chempionati yo‘llanmasini qo‘lga kiritdim. Mazkur musobaqalar men uchun juda murakkab kechdi. Boisi raqibla rimning barchasi jahonda tanilgan nomdor sportchilardan, shuningdek, osiyo va jahon chempionlari hamdir. Osiyo birinchiligi uchun bo‘lgan bahsda qozog‘istonlik raqibim bilan kechgan kurash oson kechmadi. Uni ham yengdim va jahon chempionati yo‘llanmasi sohibi bo‘ldim. Yildan yilga tajriba va mahoratini toblab borayotgan Bektemir uchun nafaqat joriy yil, balki o‘tgan 2014yil ham muvaffaqiyatlarga boy yil bo‘ldi, desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Boisi sportchimiz O‘smirlar terma jamoasida ham ko‘plab yutuqlarni qo‘lga kiritgan. Xusu san, u Olimpiada yo‘llanmasini qo‘lga kiritish ga qadar, yoshlar o‘rtasida o‘tkazilgan osiyo va jahon chempionatlarida hamda Xitoyning Nankin shahrida o‘smirlar o‘rtasida tashkil etilgan II yozgi Olimpiada o‘yinlarida ham muvaffaqiyatli ishtirok etib, oltin medallarni qo‘lga kiritdi va bu yutuqlar uning qit’alar orasida tengsiz ekanligini yana bir karra isbo ti bo‘ldi. – Xalqaro maydondagi ilk muvaffaqiyatim 2012yil Ozarbayjonning Boku shahrida tash kil etilgan xalqaro turnir edi. O‘sha turnirda munosib ishtirok etib, oltin medal sovrindori bo‘ldim. Shundan so‘ng Rossiya, Tailand, Serbiya, Ozarbayjon kabi davlatlarda o‘tkazil gan xalqaro musobaqalarda ham g‘olib va sovrindorlar safidan joy oldim. O‘tgan yili esa o‘smirlar o‘rtasida o‘tkazilgan II yozgi Olimpia da o‘yinlaridagi erishgan yutug‘im esa yurti miz bayrog‘ini shohsupaning yuqori pog‘ona siga olib chiqdi. Bu men uchun faxr edi. Kel gusida ham biz bokschilar yurtimiz bayrog‘ini yuksaklarga ko‘tarib, go‘zal va jannatmakon Sog‘lom avlod uchun |
11 |
2015 32 Alpomish avlodlari O‘zbekistonning farzandi ekanimizni va bu yurtda tengsiz sportchilar bisyor ekanini amalda isbotlab beramiz, – deydi, faxr bilan Bektemir. Darhaqiqat, bugun yurtimizda yoshlar ning kuchli, sog‘lom, ma’nan va aqlan barka mol bo‘lib voyaga yetishlari uchun barcha imkoniyatlar yaratilgan. Muhtaram Preziden timizning rahnamoligida bolalar sportiga qa ratilayotgan e’tibor va g‘amxo‘rlik natijasida sportchilarimiz bugun ko‘plab yutuqlarni qo‘lga kiritib kelishmoqda. Ayniqsa, uch bosqichli – “Umid nihollari”, “Barkamol av lod” va “Universiada” sport o‘yinlari katta sportga qadam qo‘yishda o‘ziga xos ko‘prik vazifasini o‘tayapti. Bektemir ham aynan shu musobaqalarda chiniqib toblandi. Yaratilgan imkoniyatlardan unumli foydalanib, dunyo arenalarida o‘zbek o‘g‘lonlarining jahondagi tengdoshlaridan kam emasligini va kam bo‘lmasligini isbotlab berdi. Qahramonimiz yo‘llanma shartlariga mu vofiq joriy yilning 58oktabr kunlari Doha shahri (Qatar)da o‘tkazilgan XVIII jahon chempionatida ishtirok etdi. Doha ringlarida kechgan mazkur chempionatda beshta ring bo‘lib o‘tdi. Birinchi jangda gruziyalik raqibini nakount hisobida mag‘lubiyatga uchratib, ik kinchi ringda fransiyalik ishtirokchi ustidan ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritdi. Bu muvaf faqiyatlari unga ilhom bag‘ishladi, uchinchi va to‘rtinchi ringlarda rossiyalik va irlandiya lik raqiblarini ham yengib, final bosqichi ish tirokchisiga aylandi. Yarim final uchun kech gan jangda qo‘lidagi og‘ir jarohati sabab final bosqichida kubalik raqibiga 2:1 hisobida im koniyatni boy berdi. Bu hisob uning faoliyati dagi ilk muvaffaqiyatsizlik bo‘ldi. Ayni paytda Bektemir ustozi Murodjon aka bilan birgalikda Farg‘ona viloyatining Furqat tumanida tashkil etilgan boks to‘gara gida mashg‘ulot olib bormoqda. Ustozining o‘gitlariga, ko‘rsatmalariga doimo quloq tutib kelgan yosh sportchining birdan bir maqsadi – Olimpiadada munosib ishtirok etib, medal lari sonini yanada ko‘paytirish va yurtimiz dovrug‘ini butun dunyoga taratish. Maqola tayyorlash asnosida Bektemir bi lan suhbatlashar ekanmiz, undagi o‘ziga bo‘l gan ishonch, qat’iyat va irodani ko‘rib, bugun mamlakatimizda O‘zbekistondek kelajagi bu yuk yurtning munosib farzandlari voyaga ye tayotganiga yana bir karra amin bo‘ldik. Endigina 19 yoshni qarshilagan Bektemir Meliqo‘ziyev Mustaqilligimizning 24 yilligi ara fasida Prezidentimiz farmoniga ko‘ra, “Shuh rat” medali bilan taqdirlandi. Uning kelajakda gi yutuqlari bardavom bo‘lishini tilab qolamiz. Mavluda MELIQULOVA. Download 390.42 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling