Barkamol avlod – Vatanning baxti sog‘lom avlod uchun


Download 379.06 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/5
Sana08.09.2017
Hajmi379.06 Kb.
#15238
  1   2   3   4   5

 

Barkamol avlod –

Vatanning baxti

SOG‘LOM 

AVLOD UCHUN

Ilmiy-tarbiyaviy, ommabop, 

bezakli oylik jurnal

11 (223)-son, 2014-yil, noyabr

“Sog‘lom avlod uchun” jurnali 

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar 

Mahkamasining 1995-yil 13-aprel 

127-sonli qaroriga asosan 

“Maktabgacha tarbiya” jurnali 

negizida tashkil etilgan. 1996-yil 

yanvardan chiqa boshlagan.

MUASSISLAR:

O‘zbekiston Respublikasi 

Xalq ta’limi vazirligi,

“Sog‘lom avlod uchun” 

xalqaro xayriya fondi

JAMOATCHILIK 

KENGASHI:

Svetlana INAMOVA

Tatyana KARIMOVA

Ulug‘bek INOYATOV

Abdulla ORIPOV

Gulnora YO‘LDOSHEVA

BOSH MUHARRIR:

Muftillo YUSUPOV

TAHRIR HAY’ATI:

Hidoyat OLIMOVA

(mas’ul kotib) 

Shomirza TURDIMOV

Sabohat MIRDJALILOVA

Malohat A’ZAMOVA

Manzilimiz: 100000. Toshkent shahri,

Buyuk Turon ko‘chasi, 41.

Telefon 233-18-92 (faks), 233-31-53.

E-mail: jlsaumt@mail.ru

www.jlsau.uz

O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligi 

tomonidan 2007-yil 3-yanvarda 0102- 

tartib raqami bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan.

Jurnal maketi tahririyatning matbaa 

bo‘limida tayyorlandi.

Bosilayotgan materiallardagi ma’lumotlar, dalil 

va raqamlarning to‘g‘riligi uchun mualliflar 

javobgardirlar. Tahririyat nuqtayi nazariga mos 

kelmagan maqolalar tahlil etilmaydi va egalariga 

qaytarilmaydi.

Navbatchi muharrir: Adolat Nurullayeva 

Musahhih: Gulhayo Naimova

Jurnalda M.Amin, M.Nurinboyev, 

B.Rizoqulov olgan suratlardan foydalanildi.

Bosmaxonaga 2014-yil 9-dekabr kuni  

topshirildi. Ofset usulida chop etildi.  

Qog‘oz bichimi A-4. 

Qog‘oz hajmi 4,0 bosma taboq.  

Nashriyot hisobida 3,8 bosma taboq.  

Adadi 4909 nusxa. 1702-buyurtma.

"SANO-STANDART" MCHJda chop etildi. 

100069, Toshkent, Shiroq ko‘chasi, 100-uy.

USHBU SONDA:

USHBU SONDA:

8-dekabr – O‘zbekistOn respublikasi 

kOnstitutsiyasi qabul qilingan kun

Konstitutsiya: huquqlar, erkinliklar va burchlar ........................2

ilm-fan ufqlari

Stomatologiya taraqqiyot bosqichida .........................................4

fOnd faOliyatidan

Sog‘lom avlod – sog‘lom kelajak ..............................................6

shaxs kamOlOti

Huquqiy madaniyatni shakllantirish omillari ............................9

Onalar maktabi

Onalarning yoqimli simfoniyasi yoxud betakror sinov ..............11

salOmatlik Olami

Diabet... hukm degani emas! ..................................................13

yOshlar va jamiyat

Hayot izlanishdan iborat ........................................................15

spOrt – sOg‘lik garOvi

Sog‘lom turmush – muhim yumush ........................................17

tarbiya tadqiqOtlari

Nutq buzilishi qanday bartaraf etiladi? ...................................19

mutaxassis maslahati

Duduqlanish: sabab va oqibatlari ...........................................21

ibn sinO darsxOnasi

Yana vitaminlar haqida..........................................................23

mushtariy minbari

Internet va tarbiya .................................................................25

falsafiy mushOhadalar

Bir soatlik umr...  ...................................................................26

ruhiyat manzili

Bolalikning beg‘ubor armonlari ..............................................27

fan va zakOvat

Aloqa va informatika ..............................................................31

BIRINCHI BET:

8-dekabr –  

O‘zbekiston Respublikasi  

Konstitutsiyasi qabul  

qilingan kun

TO‘RTINCHI BET:

Obuna – 2015


Sog‘lom avlod uchun

 | 


11

 | 


2014

2

8-dekabr – O‘zbekiston Respublikasi 

Konstitutsiyasi qabul qilingan kun

Bu yil Konstitutsiyamizning 22 yilligini 

nishonlaymiz. 22 yil. Kishilik jamiyati tarixi 

oldida bu katta fursat emas. Nazarimda, kons-

titutsiya haqida gapirganda, avvalo, uning 

falsafasi, maqsad-muddaosi haqida to‘xtalish 

lozim. Konstitutsiyamizning muqaddimasida-

yoq uning bosh maqsad va vazifalari ko‘rsatil-

gan, deyish mumkin. Unga ko‘ra, O‘zbekiston 

hukumati inson huquqlariga va davlat suvere-

niteti g‘oyalariga sodiqligini tantanali ravishda 

e’lon qilib, hozirgi va kelajak avlodlar oldidagi 

yuksak mas’uliyatini anglagan holda, respub-

lika fuqarolarining munosib hayot kechirish-

larini ta’minlashga intilib, insonparvar de-

mokratik huquqiy davlat barpo etishni ko‘z-

lab, fuqarolar tinchligi va milliy totuvligini 

ta’ minlash maqsadida O‘zbekiston Respubli-

kasining mazkur Konstitutsiyasini qabul qildi.

Aytish mumkinki, O‘zbekiston Konstitutsi-

yasi davlatchiligimizning poydevorini yanada 

mustahkamladi. Tamaddun tarixi isbot qil-

ganki, dunyoda eng katta boylik tinchlikdir. 

Muhtaram Prezidentimiz aytganidek, tinchlik 

uchun kurashmoq kerak. Tinchlik hukm sur-

gan yerda xotirjamlik, bunyodkorlik, yangilik-

ka va yaxshilikka intilish bo‘ladi. Avlodlar aj-

dodlarning eng yaxshi an’analarini davom et-

tiradi.

Yillar o‘tgan sayin bizlarga ana shunday 



yashash va yaratish ishqini bergan Konstitut-

siyamizning, undagi huquqiy me’yorlarning 

nechog‘lik hayotiy ekanligini chuqurroq ang-

lab boraveramiz.

Yaqin o‘tmishdagi talato‘plardan o‘zligini 

yo‘qotmay omon chiqqan xalqimiz bugungi 

imkoniyatlar qadrini yaxshi anglaydi, albatta. 

Modomiki, gap yaratilgan sharoitlar, mus-

taqillik bergan ne’matlar haqida ketar ekan, 

shukronalik haqida to‘xtalish lozim. Barcha 

huquqiy davlatlarda bo‘lgani kabi davlat deb 

atalgan ijtimoiy-siyosiy tuzilma o‘z fuqarosiga 

bir paytning o‘zida ham huquq beradi, ham 

burch yuklaydi. O‘z navbatida, Konstitutsiya-

ning 19-moddasida belgilanganidek, O‘zbe-

kiston Respublikasi fuqarosi va davlat bir-biri-

ga huquqlari va burchlari orqali o‘zaro bog‘liq. 

Aytish mumkinki, davlat va fuqaro o‘zaro 

huquqdor va burchdordir. Deylik, davlat bir-

lamchi tabiiy huquqimiz – yashash huquqiga 

munosib sharoit, eng muhimi, tinchlikni 

barqaror qilib turibdimi, bas, fuqaro ham un-

ga munosib xulq-atvorda bo‘lishi talab etiladi. 

Aks holda, muayyan huquqbuzarlik choralari 

kuchga kiradi. Masalan, tungi vaqtda, ya’ni 

KONSTITUTSIYA:

HUQUQLAR, ERKINLIKLAR VA 

BURCHLAR


Konstitutsiya davlatning qiyofasi va nufuzini belgilab beradi.

Ana shu qonunlar majmui orqali jahon davlatni davlat, millatni 

esa millat sifatida tan oladi.

Asosiy qonunimiz xalq irodasi va shuurini, ijtimoiy ongi va mada­

niy darajasini aks ettiradi, zotan, uning tayyorlanishi va muhokama­

sida butun xalq ishtirok etdi. Konstitutsiya – xalq tafakkuri va ijodi­

ning mahsulidir.

Islom KARIMOV.

Sog‘lom avlod uchun

 | 


11

 | 


2014

3

8-dekabr – O‘zbekiston Respublikasi 

Konstitutsiyasi qabul qilingan kun

soat 23.00 dan 06.00 gacha fuqarolarning 

osoyishtaligi va dam olishini buzganlik uchun 

(ya’ni, baland ovozda qo‘shiq aytish, musiqa 

chalish, shovqin chiqarish) – ma’muriy javob-

garlik belgilangan. 

Yana bir misol: davlat hamma uchun vij-

don erkinligini kafolatlaydi. Har bir inson 

xohlagan dinga e’tiqod qilish yoki hech qaysi 

dinga e’tiqod qilmaslik huquqiga ega. Ammo 

bu boshqalar e’tiqodiga hurmatsizlik qilish, 

uni mensimaslik degani emas.

Yoki bo‘lmasa, Konstitutsiyamizning be-

takror normalaridan biri – “Oila” bobida ota-

onalar o‘z farzandlarini voyaga yetgunlariga 

qadar boqish va tarbiyalashga, ayni vaqtda 

voyaga yetgan, mehnatga layoqatli farzandlar 

o‘z ota-onalari haqida g‘amxo‘rlik qilishga 

majbur ekanliklari belgilangan.

Davlatning asosiy ijtimoiy vazifasi o‘z hu-

dudida ham, uning tashqarisida ham fuqaro-

larini huquqiy himoya qilish va ularga homiy-

lik ko‘rsatishni kafolatlashdir. Kafolat mavjud 

huquq normalariga rioya qilmay, sodir bo‘lgan 

huquqbuzarliklarga nisbatan belgilangan 

sanksiyalarda ham ko‘rinadi. Masalan, Jino-

yat kodeksining “Ota-onani moddiy ta’minlash-

dan bo‘yin tovlash” deb nomlangan 123-mod-

dasiga ko‘ra, “Voyaga yetgan shaxslarning 

mehnatga layoqatsiz va moddiy yordamga 

muhtoj bo‘lgan ota-onani yoki ularning o‘rni-

ni bosuvchi shaxslarni moddiy ta’minlashdan 

bo‘yin tovlashi, ya’ni ularni moddiy jihatdan 

ta’minlash uchun sudning hal qiluv qaroriga 

binoan undirilishi lozim bo‘lgan mablag‘ni 

jami bo‘lib uch oydan ortiq muddat mobayni-

da to‘lamasligi, eng kam oylik ish haqining 

ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki uch 

yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud olti oy-

gacha qamoq bilan jazolanadi”.

Demoqchi bo‘lganimiz, shukronalik hissi 

ham bizlarga ota-bobolarimizdan o‘tgan. O‘zi-

ning ko‘hna o‘tmishi bilan faxrlanish hissi 

ham bizlarga xos. O‘z oilasining, jamoasining, 

do‘stlarining, o‘z yurtining sha’nini, shavkati-

ni – mening sha’nim, mening shavkatim deb 

bilish, amalga oshirilayotgan islohotlarda 

shunchaki kuzatuvchi emas, balki faol fuqa-

rolik pozitsiyasida bo‘lish, O‘zbekiston man-

faatlari – mening manfaatlarim, mening man-

faatlarim – vatanim manfaatlari degan his bi-

lan yashash hammamizga nasib qilsin.

O‘sib kelayotgan yosh avlodimizga Yurt-

boshimiz ta’biri bilan aytganda, ozod va obod 

Vatan qoldiraylik. 

Mirodil BARATOV, 

yuridik fanlari doktori, professor.


Sog‘lom avlod uchun

 | 


11

 | 


2014

4

Ilm-fan ufqlari

Istiqlol yillarida tibbiyot tizimida amalga 

oshirilayotgan o‘zgarishlar, yangilanishlarda 

keng qatlamli aholining birdek ishtiroki, faol-

ligi va mas’uliyati yuqoriligini ko‘rish mum-

kin. E’tiroflisi shundaki, O‘zbekiston tibbiyoti 

bugungi kunda jahon hamjamiyatida o‘z o‘rni 

va mavqeyiga ega bo‘lib bormoqda. Shu o‘rin-

da tibbiyotning barcha sohalarida bo‘lgani 

kabi stomatologiya yo‘nalishida ham samarali 

ishlar olib borilayotganini aytish joiz. Mamla-

katimizda har yili o‘tkaziladigan stomatolog-

larning xalqaro miqyosdagi ilmiy-amaliy anju-

mani, syezd va simpoziumlarida mahalliy so-

ha vakillarining ishtiroki, ilmiy izlanishlari, 

shuningdek, chet tillarda qilgan ma’ruzalari 

xorijiy mutaxassislar e’tiborini o‘ziga tortib, 

sohaning yanada ravnaq topishiga turtki 

bo‘lmoqda. Shunga qaramay, bugungi kunda 

stomatologiya yo‘nalishida o‘z yechimini ku-

tayotgan muammolar ham yo‘q emas. 

Stomatologiya sohasida yagona markazlash-

gan, stomatologiyaning barcha yo‘nalishlari 

bo‘yicha zamon talabiga javob bera oladigan 

yetuk mutaxassis kadrlar tayyorlaydigan 

o‘quv, ilmiy-amaliy, davolash ta’lim markazi-

ning mavjud emasligi, shahar va viloyatlarda 

markazlashgan bolalar stomatologiyasi bo‘yi-

cha profilaktika ishlarini yanada isloh qilish 

hamda rivojlantirish, respublikada yuz-jag‘ 

jarrohligi sohasini yangi pog‘onaga chiqarish 

masalalari shular jumlasidandir. 

2014-yilning 22-iyul kuni O‘zbekiston Res-

publikasi Prezidentining “Toshkent Davlat 

stomatologiya institutini tashkil etish to‘g‘-

risida”gi Qarori qabul qilindi. Bu qarorning 

e’lon qilinishi stomatologiya sohasiga ko‘rsa-

tilayotgan e’tiborning yana bir amaliy ifodasi 

bo‘ldi. Ushbu sohada mehnat qilayotgan, 

uning rivojiga hissa qo‘shayotganlar zimmasi-

ga bu qaror ulkan mas’uliyat yuklaydi va 

yangi ilm dargohi ularga har tomonlama ye-

tuk, yuqori malakali stomatolog kadrlar tay-

yorlashda keng imkoniyatlar eshigini ochib 

beradi. 

Qarorning stomatologiya sohasidagi yuqori 

malakali tibbiyot kadrlarini xalqaro talablar 

va standartlar darajasida tayyorlashni yanada 

takomillashtirish, ta’lim jarayonini tashkil qi-

lishning zamonaviy talablariga mos keladigan 

o‘quv va moddiy-texnik bazasini mustahkam-

lash va rivojlantirish, ilg‘or axborot-kommu-

nikatsiya hamda ta’lim texnologiyalarini joriy 

etish, bo‘lajak stomatolog-mutaxassislarning 

nazariy tayyorgarligini amaliy ko‘nikmalar 

bilan uzviy bog‘lagan holda olib borilishini 

ta’minlash maqsadida qabul qilinganligi qu-

vonarlidir. Ushbu qarorning birinchi bandida 

Toshkent tibbiyot akademiyasining stomato-

logiya fakulteti negizida Toshkent Davlat sto-

matologiya institutini tashkil etish, shuning-

dek, Andijon, Buxoro va Samarqand Davlat 

tibbiyot institutlarining stomatologiya fakul-

tetlari, Toshkent pediatriya instituti Nukus fi-

lialining stomatologiya fakulteti negizida Tosh-

kent Davlat stomatologiya institutining res-

publika mintaqalaridagi filiallarini tashkil etish 

stomatologiya sohasining istiqboldagi yo‘na-

lishlari maqsadli ekanligini ko‘rsatib turibdi. 

Qarorning ikkinchi bandida esa Toshkent 

Davlat stomatologiya institutining maqsad va 

vazifalari, uning asosiy faoliyatlari, kutilayot-

gan natijalar aniq belgilab qo‘yilgan bo‘lib, 

unga ko‘ra: 

– zamonaviy talablarga mos keladigan va 

ilg‘or texnologiyalarni egallagan stomatolog 

kadrlarni va ilmiy mutaxassislarni tayyorlash; 

– stomatologiya, yuz-jag‘ jarrohligi sohasi 

va boshqa yo‘nalishlarda, jumladan, biotex-

nologiyalar, hujayra va regenerativ tibbiyot 

sohalaridagi ilg‘or yutuqlardan foydalangan 

holda ilmiy-amaliy tadqiqotlar hamda ishlan-

malarni amalga oshirish; 

– institut klinikalari va uning filiallarida 

aholiga stomatologiya sohasida yuqori mala-

STOMATOLOGIYA

 

TARAQQIYOT BOSQICHIDA



Sog‘lom avlod uchun

 | 


11

 | 


2014

5

Ilm-fan ufqlari

kali davolash-profilaktika yordamini ko‘rsa-

tish, stomatologik kasalliklar diagnostikasi, 

profilaktikasi va ularni davolashning ilg‘or 

usullarini tatbiq etish; 

– respublikaning oliy tibbiyot ta’limi tizimi-

da stomatologiya sohasi bo‘yicha o‘quv jara-

yonini tashkil etishda zamonaviy ta’lim tex-

nologiyalari asosida axborot va multimediya 

uskunalaridan foydalangan holda ilg‘or xorijiy 

tajribani joriy etish; 

– stomatologiya sohasidagi tibbiyot mu-

taxassislari va o‘qituvchilarini tayyorlash, 

qayta tayyorlash hamda malakasini oshirishni 

tashkil etish mazkur qarorning mazmun va 

mohiyati nechog‘lik zarurat ekanligini ko‘rsa-

tib turibdi.

Toshkent tibbiyot akademiyasi stomatolo-

giya fakulteti negizida tashkil etilgan institutga 

2014–2015-o‘quv yili uchun uchta yo‘nalishda: 

terapevtik stomatologiya, jarrohlik stomatolo-

giyasi va bolalar stomatologiyasi fakultetlariga 

205 nafar talaba qabul qilindi. Ularga 160 dan 

ziyod professor-o‘qituvchilar, fan doktorlari, 

fan nomzodlari dars berib, tibbiyotning sto-

matologiya yo‘nalishi bo‘yicha chuqur bilim 

olishlari, sohaning yetuk vakillari bo‘lishlari 

yo‘lida xizmat qilmoqdalar. Soha vakillarining 

niyat, maqsadlari mushtarak – inson salomat-

ligini muhofaza qilish, o‘sib kelayotgan yosh 

avlodda stomatologik madaniyatni shakllanti-

rish kabi ezgu maqsadlarga qaratilganligi bi-

lan ahamiyatlidir. 

Sog‘lom tishlar – inson salomatligining 

asosiy shartlaridan biridir. Tan olib aytish ke-

rakki, xalqimizda stomatologik madaniyat ta-

lab darajasida emas. Yosh bolalarda, hattoki 

yoshi katta kishilarda ham o‘z sog‘lig‘iga, 

tishlar salomatligiga yetarli ahamiyat beril-

maydi. Shuning uchun institut xodimlarining 

birinchi galdagi vazifasi – odamlarda stomato-

logik madaniyatni shakllantirish, tishlarni 

turli kasalliklardan asrashni yosh avlod ongiga 

bolaligidanoq singdirish, har tomonlama ye-

tuk va sog‘lom avlodni tarbiyalash yo‘lida o‘z 

hissalarini beminnat qo‘shishdan iboratdir.

Nig‘mon XABILOV,

Toshkent davlat stomatologiya instituti 

rektori, tibbiyot fanlari doktori, professor.


Sog‘lom avlod uchun

 | 


11

 | 


2014

6

Fond faoliyatidan

SOG‘LOM AVLOD – 

SOG‘LOM KELAJAK

“Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya 

fondi mustaqil jamoat tashkiloti bo‘lib, 1993-

yil 23-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi 

Prezidenti Islom Karimov Farmoniga binoan 

tashkil topgan. Fondning maqsadi va vazifala-

ri jismonan baquvvat, ma’nan yetuk, ruhan 

tetik farzandlar tarbiyalashni ta’minlash, ona-

lik va bolalikni muhofaza qiluvchi tashkilotlar 

faoliyatini muvofiqlashtirish, oilalarda sog‘ lom 

avlodning tug‘ilishi va tarbiyalanishi uchun 

yuksak mas’uliyat psixologiyasini shakl 

lan 

ti-


rishdan iboratdir.

Fond o‘z maqsadlarini amalga oshirishda 

tibbiy, gumanitar va investitsiya dasturlariga 

tayanmoqda. Bu dasturlar davlat tomonidan 

qo‘llab-quvvatlanyapti. 2002-yilning 3-iyulida 

“Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya fondi, 

O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash 

vazirligi va Germaniyaning “Friedenzdorf In-

terneyshnl” xalqaro xayriya tashkilotlari o‘r-

tasida uch tomonlama hamkorlik shartnomasi 

imzolangan edi. Hamkorlik doirasida, har yili 

Germaniyaning “Friedenzdorf Interneyshnl” 

xalqaro tashkiloti mutaxassislari yurtimizga 

tashrif buyurishib, bemor bolalarni tibbiy 

ko‘rikdan o‘tkazadilar.

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar va-

zirligi ko‘magida bemor bolalar bir yilda 2 

marta, avgust hamda fevral oylarida Germani-

yaning Oberxauzen shahriga davolanish 

uchun olib boriladi va sog‘lomlashtirilgan 

bolalar ota-onalari bag‘riga qaytib kelishadi. 

Ma’lumki, Germaniyaning “Friedenzdorf In-

terneyshnl” xalqaro xayriya tashkiloti O‘zbe-

kiston, Tojikiston, Qir g‘iziston, Afg‘oniston, 

Gruziya, Armaniston va dunyoning boshqa 

ko‘plab davlatlari bilan bemor bolalarni 

sog‘lomlashtirish bo‘ yicha hamkorlik olib bo-

radi. Ularning ko‘p chiligi ehtiyojmand oilalar 

farzandlari va uzoq muddatli bir necha bosqi-

chli operatsiyalarga muhtoj bo‘lgan bemorlar-

dir. 

Shuningdek, 2003–2014-yillar davomida Ger-



maniyaning “Friedenzdorf Interneyshnl” xal-

qaro xayriya tashkilotining moliyaviy ko‘magi 

bilan lab va tanglayning tug‘ma nuqsoni, or-

topedik oyoq va bo‘yinning tug‘ma nuqsonla-

ri, shuningdek, kuyishdan keyingi tananing 

chandiqli kontrakturalari bo‘lgan bemor bola-

lardan jami 4273 nafari respublikamiz klinika-

larida jarrohlik yo‘li bilan sog‘lomlashtirildi 

va ushbu jarayon bugungi kunda davom etti-

rilmoqda. 

Bu bemor bolalar Toshkent tibbiyot akade-

miyasi, Toshkent pediatriya tibbiyot instituti 

klinikasida, Buxoro viloyat ko‘p tarmoqli tib-

biyot markazi, Andijon viloyat bolalar ko‘p 

tarmoqli tibbiyot markazida, Andijon viloyat 

travmatologiya kasalxonasida va Farg‘ona vi-

loyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazla-

rida hamda U. Qurbonov nomli Respublika 

bolalar psixonevrologik kasalxonasida sog‘-

lom lashtirilmoqda. 



Germaniyaning “Friedenzdorf Inter­

neyshnl” tashkiloti yordami bilan Respub­

likamiz klinikalarida operatsiya qilinib 

sog‘lomlashtirilgan bolalar haqida  

ma’lumot

Yillar


Bolalar soni

Jami


4273

2003


40

2004


202

2005


320

2006


340

2007


305

2008


300

2009


359

2010


451

2011


500

2012


506

2013


500

2014


450

Sog‘lom avlod uchun

 | 


11

 | 


2014

7

Fond faoliyatidan

2008-yildan boshlab, bemor bolalarni sog‘-

lomlashtirish, ayniqsa, tug‘ma yurak nuqsoni 

bilan og‘rigan bolalarni davolash maqsadida 

Janubiy Koreyaning JCI, KOFIH, “Save the 

Children” xalqaro tashkilotlari, Pundan Cha, 

Inha, Seul milliy universitetlari bilan aloqalar 

yo‘lga qo‘yildi. Buning natijasida 2008-2014- 

yillar davomida 65 nafar o‘zbekistonlik tug‘ma 

yurak nuqsoni bilan og‘rigan bemor bolalar 

Janubiy Koreya klinikalarida bepul jarrohlik 

yo‘li orqali sog‘lomlashtirildi.

Janubiy Koreyaning “Save the Children” 

xalqaro tashkiloti ko‘magi bilan tug‘ma yurak 

nuqsoni bo‘lgan bemor bolalarni Toshkent 

pediatriya tibbiyot instituti klinikasining kar-

dioxirurgiya bo‘limida operatsiya qilib sog‘-

lomlashtirish yo‘lga qo‘yilgan. “Sog‘lom avlod 

uchun” fondi tomonidan tug‘ma yurak nuqso-

ni bo‘lgan bolalar ro‘yxatga olinib, “Save the 

Children” xalqaro xayriya tashkiloti yordami 

bilan ularning operatsiya qilinishi uchun za-

rur bo‘lgan tibbiy jihozlar (oksigenator va 

uning butlovchi qismlari) bepul yetkazib beri-

ladi. Jumladan, 2012-yildan 2014-yilning bu-

gungi kuniga qadar Respublikamizda 150 na-

far tug‘ma yurak nuqsoni bo‘lgan bolalar 

operatsiya qilindi.


Download 379.06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling