Barkamol avlod – Vatanning baxti sog‘lom avlod uchun


Download 373.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/5
Sana05.11.2017
Hajmi373.01 Kb.
#19476
1   2   3   4   5

19

Oq yomg‘ir

tortib, eng tuban nuqtagacha doira bo‘ylab 

harakatlanar ekan, faqat bir mazmunda 

tovush beradi – Xudoga tasbeh aytadi. 

Mana vujud qolipining “xoja”si ko‘ngil 

(ruh, jon)ning g‘ayb dunyosida anglagan 

hikmati. Vujud ga qiyoslaganda nihoyatda 

ulkan ko‘rinadigan, mohiyatan, inson 

uchun yaratilgan, inson mavjudligi bois 

mazmun kasb etgan samovot, undagi 

barcha sir-sinoatlar-u temir nizom ostida-

gi harakatlar alal oqibat bir narsa – Olloh-

ni zikr qilish bilan sharaf topadi.

Jannat bo‘yini hidlagan, malakut ola-

mini sayr qilgan, to‘qqiz osmonni kezib, 

badan mulki shahristoniga tushishga 

shaylanayotgan ko‘ngil anglagan eng mu-

him va so‘nggi hikmat esa ma’rifatulloh 

edi: 


Borchasida zikru sujud angladi, 

Ma’rifatullohg‘a shuhud angladi... 

ya’ni barcha yaratilmishda Yaratganni 

zikr etish va Unga itoatni ko‘rdi. Ollohga 

yaqinlik saodati shu ekaniga guvoh bo‘ldi. 

Ko‘ngil (ruh, jon) mana shu haqiqatni 

anglagandan keyingina tanaga kiradi. 

So‘ngra uning “vujud shahristoni” – tana-

da tuygan hayratlari ta’rifi keladi. Ko‘ngil-

ning aql, xotira va besh sezgi bilan muno-

sabatlari, vujudni tashkil etuvchi to‘rt 

unsur (suv, olov, havo, tuproq), tanadagi 

barcha a’zolar, bularning vazifalari xusu-

sida so‘z yuritiladi. Ammo bu bobdagi 

qat’iy xulosa ham “Qod arafa Robbahu”, 

ya’ni “o‘zini anglaganning Ollohga yaqin 

bo‘lish”idir. 

Maqolaning boshida keltirilgan to‘rt 

satr haqiqatini anglash uchun hazrat Na-

voiyning inson haqidagi ushbu xulosasi-

dan kelib chiqish lozim. Ya’ni Yerning 

cheksiz samovot markazida turishi unda 

butun maxluqotning “sharifi” inson yas-

hayotganidan, odam ulug‘ ligi esa uning 

Ollohga naqadar yaqinligidandir. 

Alqissa, Navoiy badiiy tafakkuri asos-

larini to‘g‘ri anglasakkina, uning jahon 

mutafakkirlari aro tutgan maqomini his 

eta olishimiz, asarlari qatida pinhon sa-

moviy haqiqatlardan bahramand bo‘lishi-

miz mumkin.

Uzoq JO‘RAQUlOV, 

filologiya fanlari nomzodi,  

O‘zMU dotsenti.

TAFAKKUR 

GULSHANI

Idrok – bu bir zumda fikrlash.



(Abdulla Ahmad Muhammad Ali)

Tarbiyalashda eng asosiysi, tarbiyachi-

ning kimligidir.

(D. Pisarev)

Tarbiyachi amaldor emas, agar u amal-

dor bo‘lsa, tarbiyachi emas.

(K. Ushinskiy)

Kishidagi eng buyuk va eng benazir 

xislat – rahm qilish va kechira olish qobili-

yatidir.


(Aleksandr Dyuma)

Tarbiya – baxtda bezak, baxtsizlikda hi-

moya.

(Aristotel)

Bilim bilan saodat yo‘li ochiladi, shunga 

ko‘ra, ilmli bo‘l, baxt yo‘lini izla.

(Ahmad Yugnakiy)

Tarbiya – buyuk ne’mat, u kishi taqdiri-

ni belgilaydi.

(Belinskiy)

Ilm – xazina, mehnat uning kaliti.



(Buast)

Tarbiya qobiliyatni yaratmaydi, uni fa-

qat o‘stiradi.

(Volter)

Do‘st – yomon kuningda, mard – jangda, 

halol – qarz to‘lashda, ayol – kambag‘allik-

da, qarindoshlar – kasal yotganingda bili-

nadi.

(Hind hikmati)

Do‘st – sizning to‘g‘ringizdagi hamma 

narsani bilsa ham sizni yaxshi ko‘radigan 

kishi.


(Jon Auler)

Do‘stga sotqinlik – kechirib va oqlab bo‘l-

maydigan jinoyat.

(Lope de Vega)

“Hikmatlar shodasi” kitobidan olindi.



Sog‘lom avlod uchun

 | 


7

 | 


2014

20

Ma’naviy olam

Hozirgi globallashuv jarayonlari jadalla-

shayotgan bir davrda yoshlarda axborot ma-

daniyatini shakllantirish muhim ahamiyat 

kasb etmoqda. Bizningcha, yoshlarda axborot 

madaniyatini hosil qilishda katta avlod vakil-

larining ma’naviyatiga tayanish zarur. Chunki 

yoshlarning ma’naviy yuksalishida oiladagi 

bobo va buvilarning dunyoqarashi katta ta’sir 

kuchiga ega. Agar bola hayot haqidagi ma’lu-

motlarning 70 foizini 5 yoshigacha olishini 

nazarda tutsak, axborot madaniyati shaklla-

nishining ilk manbayi – bu, oila ekanligi 

yaqqol namoyon bo‘ladi. Oilada bolaning ax-

borot madaniyatini qaror toptirish uchun, av-

valo, ota-ona har jihatdan namunaviy o‘rnak 

bo‘lishi kerak. Ya’ni ota-ona ilmiy, ratsional, 

mantiqiy tafakkur tarziga ega bo‘lsa, bolaning 

har bir savoliga aniq va to‘liq javob bera oladi. 

Natijada, bolada ishonchli va asosli axborot 

shakllanadi. 

Barkamol inson shaxsini tarbiyalashda kat-

ta, o‘rta va yosh avlod ma’naviyati o‘rtasidagi 

uyg‘unlikka erishish muhimdir.

Katta avlod vakillari sharqona axloq-odobi 

bilan farzandiga o‘rnak bo‘lishi yoshlarda 

to‘g‘ri axborot madaniyatining shakllanishida 

asos zamin bo‘lib xizmat qiladi. 

Hozirgi paytda globallashuv jarayonlari-

ning kuchayib borayotganligi, “ommaviy ma-

daniyat”ning shiddat bilan tarqalishi, ma’na-

viyatimizga yot bo‘lgan turli guruh va oqim-

larning o‘smir yoshlar ongini zaharlab, o‘zla-

riga og‘dirib olishga harakat qilayotganligi bar-

chamizni sergak torttiradi.

Shu bois O‘zbekistonda yoshlarni barkamol 

inson etib tarbiyalash davlat siyosati darajasi-

ga ko‘tarilgan. Yurtboshimiz tomonidan 2014- 

yilning “Sog‘lom bola yili” deb nomlanishidan 

asosiy maqsad – yosh avlodni har tomonlama 

yetuk inson qilib voyaga yetkazi shidir. Shu-

ningdek, davlatimiz tomonidan mamlakati-

mizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli 

islohotlar yuksak ma’naviyatli, mustaqil va 

erkin fikrlaydigan, zamonaviy ilm-fan yutuq-

larini puxta o‘zlashtirgan har tomonlama sog‘-

lom va barkamol avlodni ulg‘aytirishga qara-

tilgan. 


Xalqimiz azal-azaldan kattaga hurmat, ki-

chikka izzat tamoyili asosida yashab keladi. 

Shu sabab munosabatlarda yoshi kattalarga 

alohida ehtirom ko‘rsatiladi. Katta yoshli 

odamlarning fikr-mulohazalari jamoaviy qa-

ror qabul qilishda asos bo‘lib kelgan. Keksalar 

zimmasiga ajdodlarga xos turmush tarzi, 

ma’naviyat, madaniyatni yosh avlod tafakku-

riga singdirishdan iborat ijtimoiy mas’uliyat 

yuklangan. Yurtboshimizning “Yuksak ma’-

na viyat – yengilmas kuch” kitoblarida aytilga-

nidek, ma’naviyat inson tarbiyasining asosi 

bo‘lsa, katta avlod ana shu jarayonni amalga 

oshirishda harakatlantiruvchi kuch hisoblanadi. 

“Ma’naviyat sohasidagi ishlarimizning piro-

vard maqsadi, – deb ta’kidlaydi Yurtboshimiz, – 

imon-e’tiqodi butun, irodasi baquvvat, erkin 

fuqaro ma’naviyatini shakllantirishdir. Ya’ni 

mustaqil dunyoqarashga ega, ajdodlarimiz-

ning bebaho merosi va zamonaviy tafakkuriga 

tayanib yashaydigan barkamol shaxs – komil 

insonni tarbiyalashdan iborat.”

Ma’lumki, o‘zbek oilalarida bobolar va bu-

vilardan iborat katta avlod hamda yosh avlod 

vakillari birga istiqomat qilishadi. Farzandlar-

ga ota-onalar odatda tazyiqiy ta’sir ko‘rsatadi-

lar. Ularning aytganlarini farzandlari so‘zsiz 

bajarishlarini talab etadilar. Bobolar va buvilar 

esa tarbiyaviy masalalarda yoshlarga ko‘proq 

tavsiyaviy yondashadilar. Nevaralari aytgan 

ishni qilmagan bo‘lsa ham jahllariga erk ber-

maydilar. Sabr-toqat bilan eng to‘g‘ri xulosa-

ning farzandlarda tabiiy tarzda shakllanishini 

kutadilar.

Farzandlar ota-onalarning me’yoridan ortiq 

mehr-muhabbat ko‘rsatishiga ko‘nikib qoladi. 

Ota-onalar farzandlariga berilgan mehrning 

javobini boshqalarga emas, balki aynan o‘zla-

riga qaytishini anglamagan holda kutadilar. 

Natijada farzandlar va ota-onalar o‘rtasida 

nizoli vaziyat va uning maqbul yechimini topa 

olmaslik holati yuzaga kelmoqda. Ta’kidlash 

joizki, hozirgi vaqtga qadar ota-onalarning 

VORISIYLIK  AN’ANALARI

VA  JAMIYAT


Sog‘lom avlod uchun

 | 


7

 | 


2014

21

o‘z farzandlariga nisbatan me’yorsiz mehr 

ko‘rsatishi yoki ortiqcha tazyiq o‘tkazishining 

tarbiyaviy jarayonga salbiy ta’siri masalalari 

yetarli darajada ilmiy o‘rganilmagan. Mazkur 

jarayonda katta avlod vakillari, ya’ni bobolar 

va buvilarning roli kattadir. 

Odatda, katta avlod va yoshlar o‘rtasida 

dunyoni anglash, hayotga bo‘lgan munosabat 

masalasida ikki xil yondashuv shakllanib qo-

layotganligi bahs qilinadi. Bu masala, ayniqsa, 

G‘arb dunyosida juda dolzarb bo‘lib, yoshlar 

va kattalar bir-biridan ma’naviy jihatdan be-

gonalashib qolayotganliklari bir xalq turmush 

tarzida ikki xil yondashuv, ikki xil talqin, bir-

birini inkor etuvchi, mohiyatan qarama-qarshi 

ikki madaniy ehtiyojlar asosida yashash odatiy 

holga aylanganligi jiddiy muammodir. Buning 

tub ildizlari ikki katta ijtimoiy asosga borib 

taqaladi. Ya’ni bir tomondan ommaga ko‘rsa-

tilayotgan ommaviy mafkuraviy ta’sirning 

davlat va jamoatchilik nazoratidan tamoman 

chetda ekanligi, ommaviy axborot vositalari, 

televideniya, reklama va, ayniqsa, internet 

orqali axloqiy buzuqlik, kosmopolitizm, gedo-

nizm, ma’naviy tubanlik, surbetlikning yosh-

lar uchun ijtimoiy maqbul hayotiy pozitsiya 

sifatida keng targ‘ib etilayotganligi bo‘lsa, ik-

kinchi jihati kattalar va yoshlar ma’naviyati 

o‘rtasida ming yillik vorisiylik an’analarining 

barham topib borayotganligidir. Vorisiylik 

an’analari buzilsa, har qanday jamiyat ham 

ichdan nuray boshlaydi. Kattalar va yoshlar 

dunyoqarashi o‘rtasida ijtimoiy bog‘liqlik da-

rajasi yuqori, ya’ni konsensus holatida bo‘lsa, 

jamiyatdagi hayot tarzi tinch, osuda va maro-

miy kechadi. Agar kattalar va yoshlarning si-

yosiy, madaniy, axloqiy va moddiy qarashlari 

o‘rtasida farq katta bo‘lib, odamlararo ijtimoiy 

bog‘liqlik zaif bo‘lsa, ya’ni kompromiss holati 

shakllanganda, jamiyat o‘zaro qarama-qarshi-

liklar, konfliktlar arafasida bo‘ladi. Agar jami-

yatdagi ana shu zaif bog‘liqlik, ya’ni kompro-

miss holati ham buzilsa, jamiyatda ijtimoiy 

zo‘riqishlar kuchayadi, konfliktlar yuz bera 

boshlaydi. Shu boisdan ham hozirgi paytda 

dunyoning ko‘pgina davlatlarida yuz berayot-

gan janjal-to‘polonlar sabablarini aholining 

turli tabaqalari, kattalar va yoshlar o‘rtasida 

vorisiylikning buzilganligi, bir millat vakillari 

ichida o‘zaro tushunish holatining barham 

topganligi, dunyoqarashlar, didlar, saviyalar-

ning turlicha bo‘lib shakllanib qolganligidan 

izlash joizdir.

Katta avlod vakillari, xususan, bobolar va 

buvilarning ma’naviy qadriyatlarni yoshlar 

ongiga singdirish uchun quyidagilarni tizimli 

tarzda amalga oshirish zarur:

– ota-onalar, bobo-buvilarning farzandlar 

bilan bo‘ladigan kundalik muloqot vaqtlarini 

ko‘paytirishga e’tibor qaratish;

– maktab, kollej va litseylardagi, 

shuningdek, oliy ta’lim muassasa-

laridagi dars mash g‘ulotlari payti-

da bilim va tarbiya uyg‘unligiga 

erishish; 

– maktab, kollej va litseylarda, 

OTMlarida turli yosh vakillari ish-

tirokida adabiyot, san’ 

at, fan va 

madaniyatga oid ma’rifiy tadbirlar-

ni muntazam ravishda o‘tkazib 

borish hamda ajdodlar merosini 

e’zozlash, xalqimiz ma’naviy me-

rosini to‘liq o‘zlashtirish maqsadi-

da turli xil tanlovlar, viktorinalar, 

sog‘lom raqobat asosidagi muso-

baqalarni tizimli tarzda tashkil 

etish maqsadga muvofiqdir.

Bektosh ISROIlOV, 

Toshkent to‘qimachilik va  

yengil sanoat 

instituti dotsenti.

Ma’naviy olam

BOBO-BUVI VA O'SMIRLAR, 

NABIRALAR


Sog‘lom avlod uchun

 | 


7

 | 


2014

22

Ibn Sino darsxonasi

Inson salomatligi to‘g‘risida so‘z yuritilgan-

da, albatta kasallik mavzusi qo‘shiladi. Ilmiy-

ommabop tilda kasallik, xastalik – tashqi va 

ichki muhitning zararli ta’siri natijasida orga-

nizm faoliyatining yomonlashishi, mehnat 

qobiliyatining vaqtincha yoki butunlay buzi-

lishi deb izohlanadi. Quyida so‘z yuritiladigan 

gijja kasalliklari ham bundan mustasno emas.

Gijjalar – odam va hayvon organizmida ka-

sal lik qo‘zg‘atuvchi tekinxo‘r chuvalchanglar 

(gelmintlar)  sanaladi. Ular paydo qiladigan 

kasalliklar esa gelmintozlar deb yuritiladi.

Gijjalarning hozirda 250 dan ortiq turi aniq-

langan. Ularning biologik xususiyatlariga qa-

rab, bu kasallik geogelmintoz, biogelmintoz 

va aloqadagi gelmintozga ajratiladi.

Keling, ularni birma-bir ko‘rib chiqamiz. 

Ammo dastlab quyidagilarni bilib olmoq lo-

zim.

Gijja yashaydigan a’zolar tibbiy tilda shu 



gijjaning “xo‘jayini” deb yuritiladi. U shu yer-

da tuxum qo‘yish yoki lichinka tug‘ish orqali 

ko‘payadi. lichinka yashaydigan organizm 

esa oraliq xo‘jayin sanaladi. Biogelmintozlar – 

bu, kasallik qo‘zg‘atuvchi tayoqcha rivojlani-

shi jarayonining bir qismi odam organizmiga 

o‘tib, ikkinchi bir qismi esa bir yoki bir necha 

oraliq a’zodan o‘tgandan so‘ng yuquvchi gijja 

kasalligidir.

Geogelmintozlar kelib chiqishida esa kasal-

lik qo‘zg‘atuvchi gijja rivojlanishi jarayonining 

bir qismi odam organizmida bo‘lib o‘tadi. Ja-

rayonning ikkinchi qismi tuproqda o‘tgandan 

so‘ng, invaziya – organizmga tarqalishi sodir 

bo‘ladi.

Kontaktli gelmintozlar – gijjalarning rivojla-

nish jarayonida yetilgan yoki deyarli yetilgan 

holatda ajralib chiqib, boshqa odamga bevosi-

ta yuqish oqibatida hosil bo‘ladigan gijja ka-

salligi.


Gijjalar turli a’zolarda – asosan ingichka va 

yo‘g‘on ichak bo‘shlig‘ida, vena, limfatik to-

mirlarda, jigarda, o‘t pufagida yashaydi va 

ko‘payadi.

Bir odamda bir vaqtning o‘zida bir necha 

xil gijja turi yashashi mumkin. Ularning har 

bir turi o‘ziga xos kasallik alomatini bersa-da, 

ularning asosida allergik, mexanik, tekin xo‘r-

lik va immuniologik ta’sirlar yotadi. Xo‘sh, bu-

lar qanday ta’sirlar?

XATARLI GELMINTLAR

(Mavzuga qaytib)



(Davomi 26-betda)

Sog‘lom avlod uchun

 | 


7

 | 


2014

23

Ta’limdagi yangilanish ta’lim jarayoni or-

qali o‘zini o‘zi rivojlantira oladigan erkin, faol 

va mustaqil shaxsni shakllantirishni ko‘z da 

tutadi. 

Respublikamiz ta’lim tizimidagi islohotlar-

dan ko‘zlangan asosiy maqsad har tomonlama 

barkamol va sog‘lom avlodni shakllantirish-

dir. Shu sabab ta’lim-tarbiyani bolaning yosh-

ligidanoq talab darajasida tashkil qilish va 

olib borish zarurligi masalasiga alohida e’tibor 

qaratilmoqda. Zero, donolar “Yoshlikda olin-

gan bilim toshga o‘yilgan naqshdir” deb bejiz 

aytishmagan.

O‘quvchi shaxsining ta’lim jarayoniga mos-

lashishi o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lib, 

u bir qator psixologik omillar bilan uzviy 

bog‘liq. Ta’kidlash joizki, o‘quvchilarning ta’-

lim jarayoniga muvaffaqiyatli moslashishi o‘zi-

ga xos xarakterga ega. Xususan, ta’lim jarayo-

nidagi murakkab topshiriqlar tizimi va shaxs-

ning ijtimoiy-psixologik jihatdan o‘quv faoli-

yatiga yetukligi moslashishida asosiy omildir. 

Shu nuqtayi nazardan, maktab ta’ 

limiga 

mos lashishning psixologik xususiyatlarini o‘r-



ganish hozirgi kunda dolzarb bo‘lib qol moqda. 

Maktabga endi chiqqan bola hali o‘quv fa-

oliyatini egallanmagani uchun mustaqil o‘qiy 

olmaydi. Bolaning maktab hayotidagi birinchi 

kunlarida asosan o‘qituvchi faol harakat qila-

di. O‘qituvchi o‘quvchilar oldiga biror maqsad 

qo‘yadi va bu maqsadga erishish yo‘llarini, 

masalalarni yechish usullarini o‘zi ko‘rsatib 

beradi. O‘quvchilari faoliyatini nazorat etib 

baholaydi, asta-sekinlik bilan o‘quvchi o‘quv 

faoliyatini egallay boradi. O‘quv faoliyati ki-

chik maktab yoshidagi o‘quvchilarning yetak-

chi faoliyati bo‘lib, u quyidagi asosiy belgilari 

bilan tavsiflanadi: birinchidan, u orqali bosh-

qa yangi faoliyatlar yuzaga keladi, ikkinchi-

dan, bu shunday faoliyatki, uning asosida 

shaxsiy, psixik jarayonlar shakllanadi va ri-

vojlanadi. Uchinchidan, bola shaxsida bo‘la-

digan juda ko‘p o‘zgarishlar ana shu faoliyatga 

bog‘liqdir. O‘quv faoliyati ta’lim olishning 

turli davrlarida – maktab, litsey, kollej, oliy 

o‘quv yurtlari va boshqa o‘quv muassasalari-

da hatto ulardagi o‘qitish tugaganidan so‘ng 

ham davom etadi, chunki ta’lim insonning 

butun hayoti davomida rivojlanib boruvchi 

uzluksiz jarayondir. O‘quvchini har tomonla-

ma rivojlantirish uchun o‘quv faoliyatini qan-

day qilib to‘g‘ri bosh qarish lozim? degan savol-

ga javob topish lozim. Rus psixologi A.N. le-

ontyev inson faoliyatining psixik va amaliy 

shakllari mavjud ekanligini ta’riflab, bola ongi 

aynan faoliyatlarni (o‘qish, o‘yin va mehnat) 

amalga oshirish jarayonida rivojlanadim de-

gan g‘oyani ilgari suradi.

Shu bois, bolaning maktab ta’limiga tay-

yorligi va uning moslashganlik darajasi unda 

o‘qishga nisbatan ijobiy munosabat shaklla-

nishiga olib keladi. 

O‘quvchilarning ta’limga moslashganlik 

darajasini o‘rganish uchun “Bolalarning mak-

tab ta’limiga moslashishini aniqlash” metodi-

kasidan foydalaniladi. Bu metodika bolada 

maktab ta’limiga moslashish qanday kechi-

shini aniqlashga imkon berdi. 



Kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarning 

ta’limga moslashish xususiyatlari 

Sinaluv-


chilar

Yuqori O‘rta

Past

Moslash-


magan

30 nafar


22%

48%


18%

12%


  

  

  



  

 

Tadqiqot natijalariga ko‘ra, sinaluvchilar-



ning 22 foizi maktab ta’limiga yuqori darajada 

moslashish xususiyatiga ega ekanligi ma’lum 

bo‘ldi. Bu ulardagi shaxsiy xususiyatlar, bilish 

jarayonlari, hissiy-irodaviy sohalarning yosh-

ga bog‘liq rivojlanishi bilan belgilanadi. Bola-

ning maktab ta’limiga tayyorligi unda maktab-

ga nisbatan ijobiy munosabat mavjudligi bilan 

bog‘liq. O‘qish faoliyatining dastlabki natija-

lari birinchi sinf o‘quvchisini boshqa materi-

MOSLASHUVNING   

PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI 

Tarbiya tadqiqotlari


Sog‘lom avlod uchun

 | 


7

 | 


2014

24

allarni egallash sari yetaklaydi. O‘qish faoliya-

tidagi dastlabki mehnat mahsuli shodlik, qu-

vonch va lazzatlanish  his-tuy g‘usini  keltirib 

chiqaradi. Hatto ayrim o‘quv chilar u yoki bu 

obyektni, mavzuni bir necha marotaba o‘qish-

ni ham yoqtiradilar. O‘qish faoliyatiga nisba-

tan qiziqish, moyillik keyinchalik predmetning 

mazmuniga qiziqishni vujudga keltirib qol-

may, balki bilim olish ehtiyojini ham tug‘dira-

di, qolaversa, unda o‘qish motivlarini tarkib 

toptiradi. Shuningdek, ta’limga yuqori daraja-

da moslashganlik boladagi bilish faolligi va 

mantiqiy fikrlash ko‘lami me’yorida ekanligi-

dan dalolat beradi. Ma’lumki, yoshga bog‘liq 

psixik funksiyalar bola shaxsida jadal rivojla-

nadi. Shuning bilan birga bolalarning ta’limga 

moslashganligining asosini ulardagi ixtiyoriy 

diqqatning rivojlanganligi va aqliy ishchanlik-

ning yuqoriligi tashkil qiladi. 

Maktab ta’limiga o‘quvchilarning moslash-

ganlik darajasi o‘quv dasturini o‘zlashtirish 

ko‘rsatkichlari, faoliyat jarayonida mustaqil 

ishlash ko‘nikmasining mavjudligi bilan belgi-

lansa, o‘z navbatida mayda qo‘l motorikasi-

ning takomillashuvi, yozuv malakasining tar-

kib topganligi hamda bolada eshitish, ko‘rish, 

so‘z mantiqining rivojlanganligi moslashuv-

ning oson va tez kechishiga yordam beradi. 

Sinaluvchilarning 48 foizida mak tab ta’limi-

ga moslashganlik darajasi o‘rtacha ko‘rsatkich-

ga ega bo‘lib, bu qayd etilgan sifat va xususi-

yatlar ularda nisbatan kamroq rivojlanganligi 

bilan izohlanadi. Shuningdek, sinaluvchilar-

ning 18 foizida moslashish darajasi past 

ko‘rsatkichdaligi ma’lum bo‘ldi. Bu ularda 

shaxsiy xususiyatlar, aqliy faoliyat ta’lim jara-

yoniga mos holda rivojlanmaganligini ko‘rsa-

tadi. 

Ta’lim ham o‘ziga xos murakkab jarayon. 



Sinaluvchilarning 12 foizi bu murakkab jara-

yonga moslashmaganligi ularda kechayotgan 

psixik inqiroz, psixikaning to‘la yetilmaganli-

gi, shaxslararo munosabatlarning to‘g‘ri yo‘l-

ga qo‘yilmaganligi bilan bog‘liq. Ayniqsa, 

o‘quvchilarda muloqot malakasini tarkib top-

maganligi ta’lim jarayoniga moslashishni qi-

yinlashtiruvchi omillardan biri hisoblanadi. 

Metodika natijasi bilish faolligining ortishi, 

shaxsiga xos sifat va xususiyatlarning tarkib 

topganligi bolalarda maktab ta’limiga mosla-

shishning asosiy omili degan to‘xtamga keli-

shimizga asos bo‘ladi. 

Marat TOJIBOYEV, 

Azamat YO‘lDOSHEV,

Nizomiy nomidagi TDPU o‘qituvchilari.



Tarbiya tadqiqotlari

Sog‘lom avlod uchun

 | 


7

 | 


2014

25

lavhamiz qahramoni Dilnora Yusufaliye-

va 2014-yilda kimyo fani bo‘yicha Moskva 

shahrida o‘tkazilgan olimpiadaning bronza 

medali sovrindori. Shu ta’rifning o‘ziyoq 

uning mehnatsevar, zehnli, tirishqoq va 

ilmga chanqoqligini isbotlab turibdi. Dilnora 

shaxsiyati xususida yana bir yuksakroq tav-

sif borki, u bu qizning katta-katta muvaffaqi-

yatlari hali oldinda ekanligi, kelajagi porloq 

bo‘lajagi va eng muhimi uning chinakam 

insoniylik tamoyillarini dildan his qilib 

ulg‘ayishi, shakllani 

shidan darak beradi. 

Dilnora fe’lidagi bu muhim fazilat uning ki-

tobxonligi, kitobsevarligidir. Shifokorlar oi-

lasida tug‘ilgan Dilnora ota-onasi ortidan er-

gashib kimyo, biologiya kabi fanlarga oid 

kitoblarni titkilashdan charchamas, aksincha 

ulardan zavq topar edi.

Dilnoraning kimyo va biologiya fanlariga 

bo‘l 


gan qiziqishi uni Toshkent pediatriya 

tibbiyot instituti qoshidagi Yunusobod aka-

demik litseyiga boshlab keldi. Dilnoraning 

muhim yutug‘i shundaki, u o‘z sohasiga oid 

kitoblarni faqat ona tilida emas, balki rus, 

nemis, ingliz tillarida ham mutolaa qila ola-

di. Bu esa unga sohaviy bilimini oshirishda 

juda qo‘l keladi. Albatta, bu tillarni chuqur 

egallashda unga yordam bergan muhim omil 

uning – kitobsevar va mehnatsevarligi, qola-

versa, oilada yaratilgan ma’naviy-ma’rifiy 

muhit edi. G‘arb olimlari fikriga ko‘ra, oilaviy 

kutubxonasida 500 dan ortiq kitob bo‘lgan 

bolalar, albatta, kitobga muhabbatli bo‘lib 

ulg‘ayar ekanlar. Qahramonimizning bu bo-

rada ham omadi kelgan edi. Ota-onasi far-

zandlarining har biriga alohida e’tibor qara-

tib, qanday kitob o‘qiyotganini kuzatib bo-

rardi. Dilnoraning onasi Gulnora Yusufaliye-

vaning xotirlashicha, kenja qizi ki chikligida 

opasi bilan “do‘xtir-do‘xtir” o‘ynar, bundan 

tashqari  ertak  e shitishni,  ertak  to‘qish ni  ham 

yaxshi ko‘rgan. Boshlang‘ich sinflik pallalari-

da turli hikoyalar o‘qib, she’rlar mashq qila 

boshlagan. 

– Dilnoraning kattagina shaxsiy kutubxo-

nasi bor. Oilaviy kutubxonamizda ko‘proq 

kasbga oid kitoblar jamlangan. Dilnoraning 

kutubxonasida esa asosan badiiy kitoblar 

bor. U kechalari allamahalgacha shu kitob-

larni o‘qib o‘tirishni odatga aylantirgan, 

– deydi Gulnora Yusufaliyeva.

Mana shu tunlardagi bedor mutolaasevar-

lik sabab bo‘lsa kerak, o‘qituvchilaridan 

Dilnora haqida so‘rasangiz ishonch bilan: 

“Uning qiziqishlari biologiya  yoki kimyo 

bilan cheklanmagan. Undan jahonning qay 

burchagidagi adib yo shoir haqida so‘rasan-

giz bemalol o‘z fikrini bildira oladi, muhimi 

KITOBGA  

MUHABBAT – 

ILMGA  


SADOQAT

Download 373.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling