Barkamol avlod – Vatanning baxti sog‘lom avlod uchun


Download 373.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/5
Sana05.11.2017
Hajmi373.01 Kb.
#19476
1   2   3   4   5

Izlanganga imkon keng

Sog‘lom avlod uchun

 | 


7

 | 


2014

26

Izlanganga imkon keng

bu mavzuda siz bilan muhobasaga kirisha 

oladi”, deyishadi biroz mubolag‘a bilan.

– Kimyo va biologiyaga oid kitoblarni o‘qish 

mening asosiy vazifam. Masalalar yechish, 

laboratoriya ishlarini bajarish, turli o‘sim-

liklar o‘stirish sevimli mashg‘ulotimga ay-

langan. Hikoya, roman, qissalar esa odamni 

boshqa bir olamlarga olib ketadi. Ruhingga 

sokinlik bag‘ishlaydi. Hayot haqida teran-

roq mushohada yuritishga chorlaydi, – dey-

di Dilnora.

Dilnoraning orzu va maqsadlari asosan 

kimyo fani bilan bog‘liq esa-da, undagi 

maqsadlarni ro‘yobga chiqarish istagining 

qan chalik ulkanligi uni badiiy kitoblar, xa-

yoliy qahramonlar bilan yaqin va maslak-

dosh qilib qo‘ygan. Chunki badiiy adabiyot 

deb atalgan saltanatning o‘zi ham u yoki bu 

ko‘rinishda o‘zini dunyoga, o‘ziga isbot 

etish qasdidagi qahramonlar kechmishlari-

dan bunyod bo‘ladi. Dilnora balki o‘zidagi 

bu ehtiyojning mohiyatini hali anglamas, 

biroq uning intilishlari va muvaffaqiyatlari 

fikrimiz dalilidir.

Dilnora shu damgacha qo‘lga kiritgan 

yutuqlarini ham aslida kitobga bo‘lgan mu-

habbatning natijasi, samarasi deb atash 

mumkin. Dilnora shu yili Moskva shahrida 

o‘tkazilgan kimyo bo‘yicha Xalqaro olimpi-

adada bronza medali bilan taqdirlandi. Ho-

zirda akademik litseyning 2-bosqich talaba-

siligini inobatga olsak, ehtimol kelgusi yil u 

oltin medalni olmoqqa ham sazovor bo‘lar. 

Dilnoradagi harakat va g‘ayrat, qiziqishi 

bizda shunday umid uyg‘otadi. Dilnora ke-

lajakda jarroh otasining yoki kardiolog 

onasining izidan borib, yaxshi shifokor 

bo‘lib yetishishiga ishonchimiz komil. Sa-

babi Dilnora izlanuvchan qiz. Qaysi kasbni 

egallamasin, hayotda o‘z yo‘lini topishga 

qodir inson. Tole ham harakat qilganlar, 

intilganlarga yor bo‘lishini dildan o‘tkazib, 

biz uning yo‘li oydin, iqboli porloq bo‘lishi-

ga ishondik.

Ortiqboy ESHONQUlOV,

Toshkent pediatriya tibbiyot instituti qo shi-

dagi Yunusobod akademik litseyi direktori.

Allergik ta’sir to‘qima va hujayralarda 

gijjalarga nisbatan o‘ta sezuvchanlik ho-

lati yuzaga kelishi bilan tavsiflanadi. 

Ya’ni moddalar ta’sirida turli allergik 

o‘zgarishlar sodir bo‘ladi. Bemorning ta-

na harorati ko‘tarilishi, allergik toshma-

lar toshishi, teri qichishishi kabi belgilar 

namoyon bo‘ladi.

Mexanik ta’sir, birinchi navbatda, pa-

razitlar so‘rg‘ichlari, tishlari bilan yopis-

hgan joyida organizm a’zosini jarohat-

lashi, o‘rnashgan joyidagi tana ezilishi 

va to‘qimalarning buzilishi bilan bog‘liq 

bo‘ladi. Oqibatda jarohatlangan a’zoning 

faoliyati buzilishi, shu joydan qon ketishi 

mumkin.


Gijjalarning lichinkalari o‘zlaridan aj-

ratadigan ferment (organik birikma) ta’-

sirida atrofdagi hujayralarda bir qancha 

fermentativ o‘zgarishlar sodir bo‘ladi. 

Oqibatda yallig‘lanish jarayoni yuzaga 

keladi. Gijjalar o‘z xo‘jayinining organiz-

mida tekinxo‘r bo‘lib, tayyor ozuqa 

moddalari hisobiga yashashi bemor salo-

matligiga katta zarar yetkazadi. Odam 

organizmida oziq-ovqat yetishmasligi, 

kamqonlik, avitaminoz rivojlanishiga, 

bolalarning esa nimjon va kasalmand 

bo‘lib o‘sishiga olib keladi.

Rivojlanib borayotgan bu yetishmov-

chiliklar va umuma’zoda sodir bo‘lgan 

murakkab patogenetik jarayonlar sababli 

odam organizmida immunologik reaksi-

ya buziladi. Ayrim gijjalar bevosita orga-

nizmning immunologik reaksiyasini faol 

ravishda buzadi. Natijada gijja kasallik-

lari bilan og‘rigan bemorlarda boshqa 

yuqumli kasalliklar og‘ir kechishi, 

i chak infeksiyalarida bakteriya tashuv-

chilik ortishi kuzatiladi.

O‘zida gijja kasalliklari belgilari borli-

giga gu mon qilgan bemorlar vaqtni boy 

bermay yuqumli kasalliklar shifokoriga 

yoki parazitolog shifokorga murojaat 

etishlarini tavsiya qilamiz.

Mavjuda KARIMOVA,

Toshkent tibbiyot akademiyasi

“Yuqumli va bolalar yuqumli

kasalliklari” kafedrasi dotsenti.

(Davomi. Boshi 22-betda)


Sog‘lom avlod uchun

 | 


7

 | 


2014

27

Ruhiyat manzili

Milliy qadriyatlarga boy tariximiz asrlar 

osha kishilik jamiyatining eng yuksak e’tibori-

da bo‘lgan desak, adashmaymiz. Ijtimoiy-si-

yosiy, adabiy-ma’rifiy sohadagi fanlar bizning 

o‘lkada keng taraqqiy topgan. Ayniqsa, XIV–

XV asrlarga kelib, yuqoridagi fanlar bilan bir 

qatorda xattotlik sohasi ham jadal rivoj topa 

boshlagan. Buyuk xattot vatandoshlarimizdan 

Sultonali Mashhadiy, Abduljamil Kotib, Dar-

vesh Muhammad Samarqandiylarni alohida 

tilga olishimiz mumkin. Navoiy asarlarida esa 

xattotlik san’atining 36 turi qayd etilgani bu 

sohaning qanchalik taraqqiy topganidan dalo-

lat beradi. 

Fan texnologiyalari shiddat bilan rivojlanib 

borayotgan bir paytda “Xattotlik, husnixat 

bugungi kun uchun kerakmi?” degan savol 

tug‘iladi. Haqiqatan ham bugungi kunimiz-

ning hech bir sohasini kompyuter texnologi-

yalarisiz tasavvur qila olmaymiz. Yangi peda-

gogik texnologiyalarga ko‘ra, maktab darslari-

ning aksariyat soatlari ham texnika vositalari 

yordamida olib boriladi. Bundan bir necha 

yillar ilgari maktabda o‘qib yurgan kezlari-

mizda, o‘quvchilar orasida “Kimning xati 

chiroyli?” deb nomlangan ko‘rik tanlovlari 

bo‘lib o‘tardi. Har bir o‘quvchi g‘olib bo‘lishi 

uchun chiroyli yozishga harakat qilardi. 

Biz bir guruh pedagog va psixologlarga 

“Husnixat bugungi texnika asrida ahamiyatli-

mi?” degan savol bilan murojaat qildik.



Umida JIYANBOYEVA, psixolog: 

— Albatta, bugungi kunimizni hech bir so-

ha vakili texnika vositalarisiz tasavvur eta ol-

maydi. Ammo har qanday rivojlangan davrda 

ham husnixat o‘z ahamiyatini yo‘qotmaydi. 

Psixologiyada insonning yozuviga qarab 

uning qanday shaxs ekanini, ayni chog‘da 

qalbidan nima kechayotganini aniqlash mum-

kin. Aytaylik, so‘zlardagi harflar katta-katta 

qilib yozilsa, bu o‘sha insonning yuragi keng, 

samimiyligidan dalolatdir. Harflar jingalak qi-

lib, biroz yonboshga qarab yozilsa, bu roman-

tiklikning belgisi hisoblanadi. Ruchkani qattiq 

bosib yozish o‘sha insonning asabiyligidan 

dalolat bersa, kichik-kichik yumaloq yozadi-

ganlar ichi tor, birovga o‘z hasratini dasturxon 

qilavermaydiganlar sirasiga kirishadi. Yana 

psixologik tadqiqotlar natijasida shu narsa 

aniqlanganki, bolalarning qanchalik chiroyli 

yoki xunuk yozishi ularning ota-onalari yozu-

viga ham bog‘liq. Bu bolaga genetik yo‘l or qali 

o‘tishi fanda isbotlangan. 



Sanoat NURMATOVA, pedagog: 

– Men husnixat qonun-qoidalariga rioya qi-

lib yozish tarafdoriman. Bu ko‘p hollarda 

boshlang‘ich sinf o‘qituvchisiga bog‘liq. Bola 

boshidan nimaga o‘rgatilsa, o‘shanga ko‘nika 

boradi. Insonning yozuvi – ko‘ngil oynasi de-

yishadi, shu sabab har bir o‘quvchimning 

husnixatiga alohida e’tibor qarataman. Shu 

narsani alohida ta’kidlashim joizki, chiroyli 

husnixatga ega bo‘lganlarning barchasi ham 

a’lochi o‘quvchi bo‘lmasligi mumkin, ammo 

ularning hech biri yomon xulq-atvorli inson 

bo‘lib yetishmaydi. Ayrim o‘qituvchilarning 

“Falon o‘quvchining yozuvi boshlang‘ich 

sinflarda yaxshi edi, yuqori sinfga o‘tgandan 

so‘ng o‘zgardi” kabi so‘zlarini eshitib qolamiz 

va aksariyat hollarda bunga ota-onalarni sa-

bab chi qilib ko‘rsatamiz. To‘g‘ri, bu fikrda 

ham jon bor, ko‘p yillik tajribamga suyanib 

YOZUV – 


KO‘NGIL 

OYNASI


Yoxud unutilib borilayotgan an’analar

(Davomi 32-betda)

Sog‘lom avlod uchun

 | 


7

 | 


2014

28

Ot qo‘shilgan to‘rt g‘ildirakli arava ko‘prik 

ustiga kelib to‘xtagach, odamlar o‘z aravala-

ridan tushdilar. Barcha otliqlar, shular qatori 

Deyvs ham otidan tushib, negr bola ortilgan 

arava atrofiga yig‘ilishdi. Deyvs turgan joyida 

ko‘prik tagidagi suv uzra taralib yotgan 

uzun-uzun chiroq nurlarini kuzatib turar, 

boshqa erkaklar esa ustunga arqon bog‘lash 

bilan band edilar, shu payt birdan Deyvs tit-

rab ketdi, ular arqonning bir uchini negr bo-

laning bo‘yni atrofidan bog‘lay boshlashdi. 

Nihoyat tomoshatalab olomon ishlarini 

bitirib, joy-joylariga qaytishdi, Deyvs esa bu 

manzaraga dosh berolmay, yuzini o‘girdi. 

– Aytadigan biron gaping bormi? – shu 

payt olomon orasidan tahdidli bir ovoz yang-

radi. Javob bo‘lmadi. Negr bola jon talvasa-

sida inqillab qiynalar, aftidan u ancha vaqt-

dan buyon behush bo‘lib yotardi. 

Shu vaqt o‘n-o‘n ikki chog‘li kishi ataylab 

kelishib olishganday birgalikda bu zanji ta-

nani havoga baland ko‘tardilar, Deyvs bo‘lsa 

arqonning g‘ichirlagan tovushi ostida majaq-

lanib ketgan kichik jussani dam pastga, dam 

tepaga tushirib – chiqarilishini ko‘rib, ichi 

tuzdek achib ketdi. 

Xira oy yog‘dusida behush vujud xuddi 

kurashmoqchiday bo‘lib ko‘rinar, ammo 

baribir uning zaboni harakatga kelmasdi. 

Deyvs og‘zi keng ochilgan, so‘zsiz-sadosiz 

tanani va nihoyat qimirlashdan to‘xtaganini 

kuzatib turdi. Biroz fursat o‘tgach esa u 

olomonning ketishga shaylanayotganini es-

hitdi, oxiri ular yosh muxbirning bir o‘zini 

xayollari bilan birga yolg‘iz qoldirgancha 

jo‘nab ketishdi. 

Deyvs sukunat ichida, suvga termulgan-

cha qirg‘oq chetiga cho‘k tushib qoldi. Mana 

endi bor dahshat adog‘iga yetdi. Azoblanish 

ham barham topdi. U ortiq vasvasaga tush-

maydi. Mana endi hayot go‘zal va beg‘ubor. 

Bor fojea izsiz yo‘qoldi; oy ham oxiri suv 

i chiga g‘arq bo‘ldi...

Aslida Deyvs Boldvindagi kichkinagina poch-

taga zudlik bilan borib, bo‘lib o‘tgan voqea 

bo‘yicha qo‘shimcha tafsilotlarni yozib yu-

borish bilan shug‘ullansa ham bo‘lardi...

Juda kech bo‘lgandi, biroq ayni damda 

vaqtning, lahzalarning nima ahamiyati bor? 

Hech qanday boshqa muxbir hodisa jarayo-

nida ishtirok etmagach, ertaga voqyeaning 

o‘zidan-da oshirib, ta’sirliroq biror hikoya 

yozish Deyvsning o‘zining ham qo‘lidan ke-

ladi-ku. 

Yosh muxbir to tong yorishgunicha o‘sha 

yerda o‘tiraverdi... Jonsiz negr tanasi esa 

osmonga tikka holda egilib-bukilgancha, qo-

rayib osilib turarkan, ertalabki yengil shaba-

dada xiyol tebranib qo‘yardi. 

Axiyri Deyvs o‘rnidan turib, otiga mindi-

da, yuragi tungi fojeadan g‘am-g‘ussaga to‘l-

gan alfozda Plezent vodiysiga qaytib ketdi. 

Peshingacha bironta poyezd kelmagach, u 

tobora ko‘proq tafsilotlar to‘plab olishga qa-

ror qildi. 



Xizr suvi

QoRAcHA  JeF

 

(hikoya)



Teodor Drayzer, Amerika adibi

Sog‘lom avlod uchun

 | 


7

 | 


2014

29

Xizr suvi

Yana bir kun so‘nggiga yetib, quyosh bo-

tishi bilan u tuyqusdan murdani qayerga olib 

ketilganidan voqif bo‘lmay qolganini esladi. 

Vaholanki u negrning nima maqsadda ortga 

qaytgani-yu, aynan qayerda qo‘lga olinganli-

gi to‘g‘risida ham na bironta ma’lumot bila 

olgandi, va na eshitgandi. Negrning kulbasi 

esa ikki mil narida, qarag‘ay shoxlari soya 

solib turgan yo‘l yoqasiga joylashgandi. 

E shik oldida biroz kalovlanib turgach Deyvs 

yurak yutib eshikni taqillatdi. Hech qanday 

sado bo‘lmagach, u ichkariga bosh suqib 

qaradi. Bu oddiygina bir kulba edi. Andak 

fursat o‘tib, ichkaridagi eshik ochildi va bitta 

qoracha qizcha ostonada paydo bo‘ldi. Deyvs 

bir daqiqa qizchaga tikilib qoldi-da, keyin 

asta so‘radi:

– Jef Ingols yashaydigan uy shumi?

Qiz bosh irg‘ab, “Ha” ishorasini berdi. U 

ko‘zyoshlarini arang tiyib turar, go‘yo mana 

hozir, hozir yig‘lab yuboradiganday bo‘lib 

ko‘rinardi. 

– Jasadni shu yerga olib kelishdimi?

– Ha, janob, – negrlarga xos yumshoq ta-

laffuz bilan javob berdi qizcha. 

– Sen uning singlisimisan?

– Shunday, janob.

– Yaxshi, uning qanday qilib tutib olingani-

ni menga aytib bera olasanmi? U qanday qilib 

va nima maqsadda ortiga qaytib kelgandi?

– Akam peshin paytida kelgandi, soat 

taxminan 2:00da.

– Nima maqsadda? – deb savolini takrorla-

di Deyvs. 

– Bizlarni ko‘rgani kelgandi, – deb javob 

berdi qiz. – Onamizni ko‘rgani kelgandi.

– Shunaqa degin, u yana nimadir istagan-

midi? Shunchaki onasinigina ko‘rib ketish 

uchun kelmagandir, to‘g‘rimi?

– Gapim rost, janob, – deya ta’kidladi 

qizcha, – akam xayrlashgani kelgandi. Ular 

akamni qay paytda tutib ketishganini biz 

bilmay ham qoldik.

Qizchaning ovozi qaltirab chiqdi. 

– Ha, mayli, uning o‘zi qo‘lga tushishidan 

xabari bormidi? – so‘radi Deyvs xayrixohlik 

bilan. 


– Shunday, janob, menimcha xabari bo‘l-

gandi.


Qizcha hamon ma’yus ko‘zlarini yerga 

qadagancha, bosh egib turardi. 

– Yaxshi, u nimadir dedimi?

– U onamni ko‘rgisi kelganini gapirdi, xolos.

– Uning jasadini ko‘rsam bo‘ladimi? – deb 

izn so‘ragan bo‘ldi Deyvs. Qizcha javob be-

rish o‘rniga xuddi yo‘l boshlagan kabi oldin-

ga yurib ketdi. 

– Dafn marosimi qachon bo‘ladi? – yo‘l-

yo‘lakay savol tashladi Deyvs yana. 

– Ertaga.

Shunday deb negr qizcha uni o‘lik yotgan 

xonaga boshlab kirdi. 

Yosh muxbir o‘kirgan faryod qulog‘iga 

kirguncha jasadga tikilib turaverdi. Bu faryod 

zim-ziyo xonani portlatguday bo‘lib yangrab 

ketdi. Birdan uning yuragi aqldan ozgan jinni 

singari dukur-dukur qilib ura boshladi. Deyvs 

avvaliga bu sado ehtimol o‘lik tanadan 

chiqayotganmikan, deya dong qotib qoldi. 

“Oo-o-ohh!” – ovoz tag‘in takrorlandi, bu 

gal Deyvsga bu tovush zorlanib chiqayotgan 

yig‘iday, go‘yo kimdir bo‘zlab-bo‘zlab o‘ki-

rayotganday bo‘lib tuyuldi. Deyvs joni halak 

bo‘lib, tez o‘girilib qaradi-da, nimaningdir 

soyasi kabi bo‘lib ko‘ringan bir ayol vujudiga 

urilib ketguday bo‘ldi. 

“Oh, oh, oh” – endi faryodli ovozning 

o‘zigina qaytalandi. 

Deyvsning hushi boshiga kela boshladi. U 

keksa qora ona huzurida turardi. Ayol ikki 

devor o‘rtasidagi ko‘rimsizgina javon tagida, 

boshini tizzalari orasiga olgancha, butun 

vujudi bilan nihoyasiz g‘urbatga botib o‘ti-

rardi. “Oh, oh, oh” – Deyvs ayolga yaqin 

kelishi bilan u tag‘in nola qila boshladi. 

Deyvs jimgina ortiga chekindi. Uning 

ko‘zlariga yosh quyilib keldi. Yigit zudlik bi-

lan negr bolaning murdasini yopdi-da, xona-

dan chiqib ketdi. 

Tashqarida, oy shu’lasida Deyvs ortiga o‘gi-

rilib qaradi. Butun motamsaro kulba o‘zi ning 

birgina ko‘rimlik jihozi – eshigi bilangina 

shunchalar achinarli bo‘lib ko‘rinardiki! Xona 

burchagida bir o‘zi bo‘zlab o‘tirgan ona – va 

unga “Xayr!” aytish uchun kelgan sho‘rlik 

qoracha Jef! Deyvsning qalbi qayg‘u-hasrat-

dan yorilib ketay dedi. O‘tgan tun, o‘tgan 

fojea, ko‘ngilni parmalab qolgan azob – yosh 

muxbir Deyvs bularning barini o‘z ko‘zlari 

bilan ko‘rib, qalbiga muhrlab qolgandi. 

“Men hammasini yozaman”, deb xitob 

qildi u. “Men hammasini yozaman!”

Ingliz tilidan

 Qandilat YUSUPOVA tarjimasi.


Sog‘lom avlod uchun

 | 


7

 | 


2014

30

Sutemizuvchilar qanday paydo bo‘lgan?

Sayyoramizning o‘simliklar dunyosida yuz 

bergan qadimgi jarayonlar g‘aroyib o‘zgarish-

larga sabab bo‘lgan. Masalan, gullaydigan 

o‘simlik turlari vujudga kelishi bilan sutemi-

zuvchi hayvonlar turi rivojlandi. Bundan 200 

million yil avval dinozavrlar bilan bir paytda 

paydo bo‘lib, kaynazoy erasiga kelgandagina 

yer yuzidagi umurtqalilar orasida ko‘payish, 

rivojlanish jihatidan ustunlik qiladi.

Sutemizuvchilar doimiy ravishda o‘zgarib 

turuvchi hayot sharoitlariga moslasha olgan-

liklari tufayli tez rivojlanishdi. Hozirgacha 

ular umurtqali hayvonlar orasida eng yuqori 

pog‘onada turadi.

Shimpanze – eng aqlli maymun 

Barcha maymunlar ichida odamga har to-

monlama yaqini shimpanze sanaladi. Ko‘p 

yillik tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, shimpan-

zelar ma’lum darajada mantiqan fikrlash qo-

biliyatiga ega. Ular qo‘llari bilan turli buyum-

lardan foydalana olishi mumkin.

Shimpanze murakkab harakatlarni bajarish-

da kerakli vositalarni yasab, uni ishlata oladi. 

Masalan, xum ichidan asalni olishi, yong‘oq 

daraxtini silkitib mevasini tushirishi, termit 

yoki chumolilarni inidan cho‘pga ilintirib 

chiqarib olishi mumkin.

Shimpanzelar Ekvatorial Afrikaning tropik 

o‘rmonlarida yashaydi. Bu hayvonlarning bir-

biri bilan muomalasi ham xuddi odamlarniki-

ga o‘xshab ketadi.

Gorilla nega ko‘ksiga mushtlaydi?

Gorilla eng yirik odamsimon maymun bo‘-

lib, katta gorillaning bo‘yi 2 metrcha, og‘irligi 

300 kg keladi. Ilgari gavdasining kattaligi va 

qo‘rqinchli ko‘rinishi bois u yirtqich va tajo-

vuzkor hayvon sanalgan. Ular vegetarian 

bo‘lib, asosan o‘tlar bilan oziqlanadi. Ular 

boshqa erkak maymunlarga kuchini ko‘rsa-

tish uchun qichqirib, o‘z ko‘kragiga musht-

laydi. 


Kenguruning bolasi nega xaltasida yu-

radi?

Xaltalilar eng qadimgi sutemizuvchilar hi-

soblanadi. Ular ko‘proq Avstraliya, Tasmani-

ya va Yangi Gvineyada yashaydi. Amerikada 

kemiruvchilarga o‘xshab ketadigan xaltali 

hayvon turi – opposum uchraydi.

Bu hayvonlarning sut bezlari bel burmasida – 

xaltalarida joylashgan. Xaltali hayvonlarning 

bolalari to‘liq rivojlanmay tug‘iladi. Ular tu-

g‘ilgach onalarining xaltasiga tirmashib chi-

qib, sut emadi. Mustaqil harakatlanishni bosh-

lagach kenguru bolasi xavf tug‘ilsa, darhol 



Fan va zakovat

Sog‘lom avlod uchun

 | 


7

 | 


2014

31

onasining xaltasiga kirib oladi. Kenguru, koa-

la, vombatlar xaltali hayvonlar sanaladi.

Qanday sutemizuvchilar tuxum qo‘yadi?

Dunyo hayvonot olamida ikki donagina 

sutemizuvchilar tuxum qo‘yish xususiyatiga 

ega: yexidna va o‘rdakburun (utkonos). Ular-

ni ba’zan tuxum qo‘yuvchi sutemizuvchilar 

deb atashadi.



Sher nega hayvonlar podshosi sanaladi?

Yo‘lbarslar, leopard va yaguarlar bilan bir-

ga sher ham Pantera oilasiga mansub. Erkak 

sherlarning boshi va bo‘yni qalin jun bilan 

qoplangan. Aynan shu narsa unga “shoh” 

kabi salobatli ko‘rinish beradi. Odamlar uni 

shu ko‘rinishi va kuchliligi uchun hayvonlar 

podshosi deyishadi.

  

Bu haqida bilasizmi?

Eng chopqir hayvon

Hamma hayvonlardan eng tez chopadigani – 

bu, gepard sanaladi. U soatiga 110 km tezlikda 

yugurishi mumkin. Agar u bir necha yuz 

metrdan so‘ng o‘z o‘ljasini tuta olmasa, quvish-

dan to‘xtaydi. 



Savannadagi hayvonlar hayot tarzi

Savanna tropik o‘rmonlar va cho‘l o‘rtasida 

joylashgan bo‘lib, Afrikaning 40 foiz hududini 

tashkil etadi. Bu yerda o‘t-o‘lanlarning ko‘pligi 

o‘simlikxo‘r hayvonlar va yirtqichlarning ko‘-

payishiga olib kelgan. Ko‘pgina o‘simlikxo‘r 

hayvonlar to‘p-to‘p bo‘lib yasvhaydi. Bu ular-

ning yirtqichlardan himoyalanishiga yordam 

beradi. Poda soni ko‘paygan sari yirtqichlar-

ning hujumi ham kamayadi. Poda bo‘lib ya-

shaydigan hayvonlar sirasiga antiloplarning 

bir necha turi, shuningdek, zebra kabilar kira-

di.

Fil xartumsiz yashay olmaydimi?

Xartum ko‘pgina vazifalarni bajaruvchi or-

gan sanaladi. U ovqatlanish, suv ichish uchun, 

shuningdek, buyumlarni paypaslab ushlash 

va, albatta, hid bilishda ham xizmat qiladi. 

Fillarning oldingi avlodi jussasi kichikroq, 

xartumi esa cho‘zinchoq burunga o‘xshash 

bo‘lgan. Evolyutsiya jarayonida ularning gav-

dasi va tabiiyki, xartumi ham kattalashgan. 

Xartum fillar uchun asosiy ishchi a’zo sanala-

di. Ularning yashashi uchun kuniga bir necha 

o‘n kilogramm ozuqa va 300 litrgacha suv 

kerak bo‘ladi. Shunisi qiziqki, u suvning 100 

litrini ichishga, qolgan 200 litrni cho‘milib 

salqinlanishga sarflaydi.    

 

Itlar chopganda nega tilini chiqaradi? 

Jun bilan qoplangan itlar tanasida ter bez-

lar yo‘q. Ular itlarning tilida joylashgan. Shu 

sababli itlar uzoq payt chopganda tilini chiqa-

rish orqali namlikni bug‘lantiradi. Natijada it 

tanasidagi issiqlik chiqib ketadi.

Jirafaning bo‘yi bejiz uzun emas

Afrika savannalarida yashovchi jirafa sute-

mizuvchi hayvon bo‘lib, bo‘yi 5,5 metrgacha 

yetadi. Katta jirafaning vazni 1000 kg atrofida. 

Uning yaxshi ko‘rgan ozuqasi akatsiya va 

boshqa daraxtlarning tepa qismi sanaladi. 

Olimlarning fikricha, evolyutsiya jarayonida 

ular aynan bo‘yning uzunligi sabab yashab 

qolgan. Bu narsa boshqa o‘txo‘r hayvonlar 

bilan raqobatlashuvda va yirtqichlarni 

uzoqdan ko‘rishda yordam bergan.

Tuyaga o‘rkach nega kerak?

Tuyalar cho‘l va sahro hayvoni sanaladi. 

Ular juda chidamli bo‘lib, uzoq vaqt suvsiz va 

ovqatsiz yashay oladi. Bunga aynan uning 

o‘rkachlari sabab. O‘rkach yog‘dan iborat 

bo‘lib, asosiy kuch-quvvat manbayidir. Bun-

dan tashqari yog‘ ovqat hazm qilish jarayoni-

da ko‘p miqdorda suv ajratib chiqaradi. Tuya-

lardan yuk tashishda, qiyin sahro sharoitida 

yo‘l bosishda foydalaniladi. Ularning bir va 

ikki o‘rkachli turlari mavjud. 

Bilasizmi?

Bizonlar kamayishiga sabab nima?

XIX asr boshida Shimoliy Amerika dashtlari 



(preriyalari)da 50 million atrofida bizonlar 

bo‘lgan. Ular hindular uchun asosiy oziq-

ovqat, kiyim-kechak manbayi bo‘lib, hatto 

mehnat qurollari yasashda ulardan ham foy-

dalanishgan. Bir necha o‘n yil davomida hin-

dularni asosiy yeb-ichish manbayidan mah-

rum qilish uchun bizonlar ayovsiz qirib tash-

langan. Natijada atigi bir necha yuzta bizon 

qolgan. 

Fan va zakovat


Sog‘lom avlod uchun

 | 


7

 | 


2014

32

Fan va zakovat

Hozirda bu hayvonlar himoyaga olin-

gan va qo‘riqxonalarda yashaydi. 

Koala tutqunlikda yasholmaydi

Bu ajoyib hayvon turi tutqunlikda, 

hatto zooparkda ham yashay olmaydi. 

Chunki bu yerda ularga kerakli sharoit 

yaratishning imkoni yo‘q. Koala evkalipt 

daraxtining ayrim turlari bilan oziqlanadi. 

Ular faqat Avstraliyada o‘sadi. 

Koalalar evkaliptning eng baland shox-

lariga kuchli tirnoqlari bilan osilib oladi. 

Ular shu tarzda yoki daraxt tanasini qu-

choqlab uyquga ham ketishadi. 

Ayiqlar faqat asal yeydimi?

Ayiqlar yirtqich sutemizuvchilar qato-

riga kiradi. Ular hamma narsani yeydi. Oq 

ayiq bundan mustasno, albatta. Ayniqsa, 

yovvoyi asalari uyasidan asal olib yeyish-

ni xush ko‘radi. Shuningdek, turli meva-

lar, hatto hasharotlar, chuvalchang va 

kaltakesaklarni ham yeyaveradi. Ularning 

ayrimlari baliq ovlashga juda usta bo‘ladi.

Oq ayiqni sovuqdan nima asraydi?

Oq ayiqlar Shimoliy qutbda yashaydi. 

Qalin oq jun tanasida issiqlik kamayishi-

ning oldini oladi va muz, qorda unchalik 

ko‘zga tashlanmaslikka yordam beradi. 

Terisi ostidagi qalin yog‘ qatlami Arktika-

ning eng past haroratida ham muzlashga 

yo‘l qo‘ymaydi. Ular Shimoliy muz okea-

nida bemalol suzib, tyulen, shimol bug‘usi 

va baliqlarni ovlaydi. 



Ko‘rshapalak tunda qanday uchadi?

Ularning ko‘rish a’zosi juda zaif. Shun-

day bo‘lsa-da hatto qorong‘u tunda ham 

hech narsaga urilmay ucha oladi. Sababi 

shundaki, ko‘rshapalaklar o‘zidan yuqori 

chastotali tovush chiqaradi. Tovush 

ro‘paradagi jismga urilib qaytadi. Ko‘rs-

hapalakka o‘sha jism va ungacha bo‘lgan 

masofa to‘g‘risida ma’lumot yetib keladi. 

Jonli navigatsiya tizimi yordamida 

to‘siqqa urilib ketmaydi. 

Rustam BOYTO‘RA 

tayyorladi.

ayta olishim mumkinki, oiladagi noto‘kislik, 

aytaylik, ota-onaning janjali kabi holatlar 

ham bolaning husnixatiga ta’sir qiladi. Shu 

bilan bir qatorda o‘quvchilar yuqori sinfga 

o‘tganlaridan so‘ng o‘qituvchining tizginidan 

o‘zlarini biroz olib qochishadi. Shu holat sa-

bab yozuvida o‘zgarishlar kelib chiqa bosh-

laydi. Kompyuter vositalari ijtimoiy jarayonga 

chu qur kirib kelayotgan vaziyatda esa bola-

larni qo‘lda yozishga yanada ko‘proq jalb 

etish kerak. Avvalo, bu bolalarni mehnatga 

o‘rgatsa, miyadagi hujayralarning tezroq ri-

vojlanishiga olib kelishi ham afzallik jihatini 

ko‘rsatadi.

Xurshida RAHMONOVA, O‘zMU magis-

tranti:

– Ma’lumotlarga qaraganda, ba’zi chet 

dav latlarda kishilarni yuqori lavozimlarga ta-

yinlashayotganda, ularning husnixatini teks-

hirib ko‘rishar ekan. Bu orqali ishga olinayot-

gan shaxsning ko‘nglidan ayni shu tobda ni-

malar kechayotgani, xarakter xususiyatlariga 

baho beriladi. Farzandlarimizga zamonaviy 

texnologiyalar bilan bir qatorda husnixat qoi-

dalarini ham, yozuvdan qanday foydalanish 

sir-asrorlarini ham o‘rgatish ota-onalarning 

vazifasi. Chunki inson so‘z bilan ayta olmay-

digan ba’zi fikrlarini yozuv, xat orqali ochiq 

ifoda etishi mumkin.

Xulosa o‘rnida aytish joizki, texnika qan-

chalik taraqqiy topmasin, inson ko‘nglining 

nozik nuqtalaridan toshib chiqadigan ko‘ngil 

bitiklari husnixatimizda aks etadi. 



Navbahor RAHMONOVA.

(Davomi. Boshi 27-betda)

Download 373.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling