Barkamol avlod – Vatanning baxti sog‘lom avlod uchun


Download 373.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/5
Sana05.11.2017
Hajmi373.01 Kb.
#19476
1   2   3   4   5

Ta’lim istiqbollari

Sog‘lom avlod uchun

 | 


7

 | 


2014

7

Agar ta’limning gumanitar tamoyillariga 

rioya etilsa, bolani bir paytning o‘zida ham 

tarbiya obyekti, ham subyekti deb tasdiqlash 

noto‘g‘ri. Bola o‘ziga ta’lim subyekti sifatida 

qarashi mumkin.

Ilgari ta’lim tizimi shunday tuzilgan ediki, 

hatto yuqori sinf o‘quvchilari va talabalar 

o‘qituvchining o‘z shaxsiyatini ko‘rsatish, 

pedagogik dastur-u rejalarni amalga oshirish 

vositasiga aylangandi.

Ta’lim jarayonida erkinlikka yo‘naltirilgan 

insonparvarlik pedagogikasi ta’lim faoliyati-

ning barcha subyektlari, vositalari va maq-

sadlari uyg‘unlashuviga olib boradi. Bunday 

pedagogika tarbiya va pedagog, bola hamda 

guruh mohiyati ifodasi hisoblanadi. Ta’lim 

obyekti esa faqat ta’lim materiali bo‘lishi 

mumkin.

Yangilanayotgan jamiyat o‘z a’zolari o‘r-



ta 

sida birgalikda harakatlanish, hamkorlik, 

bag‘ rikenglik, o‘zaro yordamga asoslangan 

yangi munosabatlarni shakllantiradi. Ijtimoiy 

munosabatlarning bu qadriyatlari ta’lim jara-

yonida o‘z ifodasini topishi zarur.

O‘qituvchi bolalarga nisbatan mehr va ishonch 

bilan yondashsa, o‘quvchilar esa o‘z qobili-

yatlari, qiziqishlarini amalda erkin ko‘r sata 

olsalar, o‘qituvchi o‘quvchilarning har qan-

day vaziyatda o‘qish yoki hayotiy masalala-

riga oid qiyin vazifalarni hal etishda yaqin 

do‘stiga aylanadi.

Hamkorlikdagi pedagogika o‘zaro tushu-

nish, ishonch, bir-birini qo‘llab-quvvatlash-

ni, ijodiy hamkorlikka tayyorgarlikni yuzaga 

keltiradi va yoshlarning asl qadriyatlarni ang-

lashi hamda tan olishini ta’minlaydi.

Ta’lim jarayonida jismoniy, psixologik, ij-

timoiy xavfsizlikni ta’minlovchi va yoshlarda 

o‘zini hamda boshqalarni himoya qilish qo-

biliyatini shakllantirishga yo‘naltirilgan cho-

ralar tizimini yaratish lozim. 

Albatta, bu bolani butun muammolar va 

qiyinchiliklardan qurshab turadigan sun’iy 

sharoit yaratish degani emas. Pedagogik hi-

moya o‘quvchining butun qobiliyatini rag‘-

batlantirish, o‘z-o‘zini tahlil qilish va nazorat 

qila olishini rivojlantirish asosida hayotdagi 

og‘ir vaziyatlardan chiqish usullarini izlash 

jarayonida amalga oshiriladi. Bu ijtimoiy-pe-

dagogik, psixologik yordam, huquqiy himoya 

va maslahat yo‘nalishlarida himoyalanish-

ning maxsus usullari hamda tarbiya texnolo-

giyasini ishlab chiqish va tatbiq etishni na-

zarda tutadi.

Shaxsning jamiyatga, ijtimoiy hayotga ki-

rib borishi murakkab va ko‘p bosqichli jara-

yon. Bir tomondan u shaxsga jamiyatning 

faol va teng huquqli a’zosi sifatida ishlashiga 



Ta’lim istiqbollari

Sog‘lom avlod uchun

 | 


7

 | 


2014

8

imkoniyat yaratuvchi ma’lum bir qadriyatlar 

tizimini  (me’yor, namunalar, bilim, tasav-

vur) o‘zlashtirishni o‘z ichiga oladi. Ikkinchi 

tomondan, bu shaxsiy ijtimoiy tajribaga ega 

bo‘lish va o‘zini faol sur’atda qayta qurish 

jarayonidir.

Maktabgacha ta’lim bolalarning ma’naviy-

axloqiy tarbiyasi uchun shart-sharoit yara-

tish, maktabgacha ta’lim muassasalari va oi-

laviy tarbiyaning turli ko‘rinishlari uchun 

xilma-xil dasturlarni tanlash imkoniyatini 

ta’minlash, maktabgacha ta’limning barcha 

masalalari bo‘yicha malakali maslahat xiz-

matini olish, bolalarni maktabda muntazam 

ta’lim olishga tayyorlashni ko‘zda tutadi.

Umumiy o‘rta ta’limning yangi tuzilmasi 

o‘quvchilarning intellektual va axloqiy qud-

ratini ochib berishga, xususan, o‘z imkoni-

yati, qobiliyatiga muvofiq ta’limga farqlan-

gan yondashuvni tatbiq etishga yo‘naltiril-

gandir. 

Ta’lim oluvchilarni kasbiy yo‘naltirish va 

psixologik-pedagogik tashxislar markazlari 

iqtidorli bolalar, yoshlarni aniqlash, keyingi 

ta’ 

lim yo‘nalishini to‘g‘ri, ongli tanlash, 



o‘quv chilarning doimiy o‘zgaruvchan meh-

nat bozori hamda ta’lim xizmatiga bo‘lgan 

mosla shishlarini ta’minlashi kerak.

Ta’lim vazifalaridan biri – avlodlarni birlash-

tirishdir. Har bir ta’lim jarayoni ishtirok chi-

sining o‘zini o‘zi baholashi va birgalikda fa-

oliyat yuritishi uning asosiy xususiyatidir. 

Dunyoga va o‘ziga o‘zining munosabatini 

o‘zlashtirish orqali bola ijtimoiy munosabat-

lar tizimida o‘z o‘rnini topish, o‘zini faol na-

moyon qilish, o‘zini boshqalar bilan, jamiyat, 

dunyo bilan qiyoslash imkoniyatiga ega 

bo‘ladi.

Shu sababli o‘zaro foydali tamoyillar va 

me’yorlar zamonaviy ta’lim mazmuniga kiri-

tilishi lozim. Ularni pedagogik vosita sifatida 

qayta anglash – bu pedagogikani shaxsni rivoj-

lantirish qadriyatlariga yo‘naltirishning aniq 

yo‘lidir. Mazkur tamoyillar hamda me’yor-

larni o‘zlashtirish pedagog va bolalarning 

birgalikdagi harakati orqali amalga oshiriladi. 

Bu ta’lim makonini kengaytirishga imkon 

yaratadi, o‘zlashtirish dinamikasi esa boy 

munosabatlarni yaratishga yordam beradi.

Foydali hamkorlik ham ta’lim qadriyati 

sanaladi. Masalan, hamkorlik tajribasi turli 

xil o‘yinlar, treninglar, model yoki loyihali 

o‘qish da o‘zlashtiriladi. Pedagog ma’lum bir 

vaziyatlarda tarbiyalanuvchiga nisbatan o‘z 

yondashuvini belgilashi kerak bo‘lganda 

hamkorlikdan shaxslararo munosabatlarni 

rivojlantirish mexanizmi sifatida ham foyda-

lanishi mumkin. Mazkur holatda bu pedagog 

uchun shaxsga va kasbga oid muhim vazifa 

bo‘lib qolishi kerak.

Qadriyatlar nafaqat insonning shaxs sifati-

da shakllanishiga, milliy va umuminsoniy 

fazilatlarni saqlab qolishgagina emas, ta’lim 

tizimida yetuk mutaxassis tayyorlashga ham 

katta ta’sir ko‘rsatuvchi o‘ta muhim omil 

sanalishi ko‘p yillik tajribalarda aks etib tu-

ribdi. Shu bois, ta’lim tizimidagi qadriyatlar 

ijobiy natijalar berishi shubhasizdir.

Faxriddin JONIYEV,

Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat

instituti katta o‘qituvchisi.



Ta’lim istiqbollari

Sog‘lom avlod uchun

 | 


7

 | 


2014

9

Bolaning o‘z-o‘zini rivojlantirish, o‘zini ko‘r-

satishga qaratilgan turli faoliyat turlarini 

shakllantirish usullari qo‘shimcha ta’limdagi 

texnologiyalar yordamida amalga oshirilayap-

ti.


Zamonaviy pedagogik texnologiyalarni bi-

lish, ularning ichidan keraklilarini tanlay olish – 

o‘qituvchining samarali faoliyati garovidir. 

Boshlang‘ich ta’limdagi pedagogik texnolo-

giyalar murakkab pedagogik-psixologik masa-

lalar yechimini nazarda tutadi. Xususan, bola-

ni mustaqil ta’lim olishga, atrofdagilar bilan 

muomala qilishga, o‘z mehnati samarasini 

oldindan rejalashtirish va baholash, muvaf-

faqiyatsizlik hamda qiyinchiliklar sababini 

aniqlagan holda ularni yengishga o‘rgatish 

shular jumlasidan.

Qo‘shimcha ta’lim tizimi turli- tuman peda-

gogik faoliyatni amalga oshirish uchun barcha 

imkoniyatlarga ega. Bu tizim bolalarning indi-

vidual qobiliyatlari, ehtiyojlari hamda qi-

ziqishlari, aqliy, jismoniy, madaniy, ijtimoiy 

rivojlanish xilma-xilligini hisobga olgan holda, 

ta’lim jarayonini tashkil etish imkonini beradi.

O‘yinli texnologiyalar

O‘yinli texnologiyalar o‘quvchilarni faol-

lashtiruvchi vositalarga ega. Uning asosida 

jamoatchilik tajribasini o‘zlashtirishga qaratil-

gan pedagogik o‘yin yotadi.

“O‘yinli texnologiya” tushunchasi turli pe-

dagogik o‘yinlar shaklidagi rang-barang peda-

gogik jarayonni tashkil etish usullarini qamrab 

oladi. Bu ko‘rinishdagi mashg‘ulotlar darsda 

o‘yin usullari va o‘yinli vaziyatlar yordamida 

amalga oshiriladi. O‘quvchilar faoliyati kichik 

yoshdagi o‘quvchilarni o‘qitish jarayonida 

o‘yin hamda o‘yin harakatidan ijodiy foydala-

nish asosiga qurilmog‘i lozim. Zero, o‘yin 

o‘quvchilarning yosh bilan bog‘liq ehtiyojlari-

ga to‘la mos keladi. 

Dars shaklidagi mashg‘ulotlar davomida 

o‘yin usullari va harakatlarini amalga oshirish 

quyidagi asosiy yo‘nalishlar bo‘yicha amalga 

oshiriladi:

•  tarbiyaviy  maqsad  o‘quvchilar  oldiga

o‘yin vazifasi shaklida qo‘yiladi;

•  o‘quv faoliyati o‘yin qoidalariga bo‘ysun-

diriladi;

•  o‘quv  materiali  uning  vositasi  sifatida

qo‘llaniladi. O‘quv faoliyatiga tarbiyaviy vazi-

fani o‘yin vazifasiga almashtiruvchi musobaqa 

shaklida kiritiladi;

•  tarbiyaviy vazifaning muvaffaqiyatli ba-

jarilishi o‘yin natijasi bilan bog‘lanadi.

O‘yin texnologiyalaridan foydalanish payti-

da quyidagi shartlarga amal qilish kerak:

–  o‘yin darsning o‘quv-tarbiyaviy maqsad-

lariga mos kelishi lozim;

–  bolalar uchun qiyinchilik tug‘dirmasligi 

kerak;


–  darslarda o‘yinlardan foydalanish me’-

yo rini saqlay bilish talab etiladi.

Pedagogik o‘yin quyidagi belgiga ega: o‘qi-

tish maqsadi asoslangan, aniq ko‘rinishdagi 

va bilishga yo‘naltirilganligi bilan izohlanadi.

Zamonaviy pedagogika ham o‘yinning aha-

miyatini alohida ta’kidlab o‘tadi. O‘yin bolani 

faoliyatga undaydi. Uning jamoatchilikdagi 

mavqeyini ko‘taradi. l. Vigotskiyning ta’rifiga 

ko‘ra, “o‘yin – bu, bolaning ichki ijtimoiylas-

huvi makoni, ijtimoiy tartiblarni o‘zlashtirish 

vositasi”.

Pedagogik o‘yinning quyidagi turlari mav-

jud:


–  faoliyat turiga ko‘ra (jismoniy, intellektu-

al, mehnat, ijtimoiy, psixologik);

– pedagogik jarayon mazmuniga ko‘ra 



(ta’limiy, nazorat qiluvchi, rivojlantiruvchi, 

reproduktiv, ijodiy, kommunikativ va hoka-

zo);

–  o‘yin talablariga ko‘ra (sujetli, rolli, taqli-



diy va hokazo);

– o‘yin muhitiga ko‘ra (predmetli va pred-



metsiz, stolda o‘ynaladigan, xonada o‘ynala-

digan, ko‘chada o‘ynaladigan, kompyuter 

o‘yinlari va hokazo).

O‘yin texnologiyalari maqsadlarini quyida-

gi turlarga bo‘lish mumkin:

TA’LIMDA ZAMONAVIY 

TEXNOLOGIYALAR 

Ilm-fan ufqlari


Sog‘lom avlod uchun

 | 


7

 | 


2014

10

Ilm-fan ufqlari

– didaktik: dunyoqarashni kengaytirish, 

ma’lum bilim va ko‘nikmalarni rivojlantirish;

– tarbiyaviy: mustaqillikka, hamkorlikka, 

muomala qilishga o‘rgatish;

– rivojlantiruvchi: shaxsiy xislatlarni rivoj-

lantirish;

–  ijtimoiy: jamiyat normalari va qadriyatla-

ri bilan tanishtirish, muhit sharoitlariga mos-

lashtirish.

O‘yinga kirishib ketish qobiliyati yosh bilan 

bog‘liq emas, ammo o‘yinlarni o‘tkazish uslu-

bi mazmuni va xususiyatlari yoshga bog‘liq. 

O‘yinli texnologiyalarni pedagoglar turli 

yoshdagi o‘quvchilar bilan ishlash davomida 

qo‘llaydilar. Bu texnologiyalar bolalarga o‘zini 

anglash, hayotda mustaqil qaror qabul qilish 

imkoniyatini beradi.



Ta’limda yangi axborot-kommunikatsion 

texnologiya (AKT)

Yangi  axborot kommunikatsion  texnolo-

giya – bu, maxsus texnik axborot vositalarini 

qo‘llovchi texnologiya (EHM, audio, kino, vi-



deo).

Kompyuterdan foydalanuvchi ta’limni ifo-

dalovchi eng ma’qul termin – bu, axborot-kom-

munikatsion texnologiya. Ta’limdagi kommu-

nikatsion texnologiyalar (AKT) ta’lim oluv-

chiga kompyuter vositasida axborot tayyorlash 

va uzatish imkonini beradi.

Ushbu texnologiya quyidagi maqsadlarda 

amalga oshiriladi:

I. Singuvchi texnologiya sifatida (alohida 



mavzu, bo‘limlar bo‘yicha kompyuterdan foy-

dalanish).

II. Monotexnologiya sifatida (butun ta’lim, 



o‘quv jarayonini boshqarish, shu jumladan, 

diagnostikaning barcha ko‘rinishlari, monito-

ring kompyuter vositasida amalga oshi-

riladi).

Yangi axborot texnologiyalarining aso-

siy maqsadlari:

–  axborot bilan ishlash ko‘nikmalari-

ni shakllantirish, muloqotga kirishish 

qobiliyatlarini rivojlantirish;

–  “Axborot jamiyati” shaxslarini tay-

yorlash;


– bolaga o‘zlashtirsa bo‘ladigan hajm-

dagi o‘quv materialini taqdim etish;

–  bolalarda tadqiqot malakasini shakl-

lantirish, maqbul qaror qabul qilish qo-

biliyatini o‘stirish.

Hisoblash texnikasi taraqqiyoti das-

turlashgan ta’lim rivojini taqozo etdi. 

Inson tafakkuri rivojlanishining qonuniyatla-

rini tadqiq etish natijalari muammoli ta’limni 

rivojlantirishga olib keldi. O‘qitishga qo‘yila-

digan zamonaviy talab uni texnologik asosda 

tashkil etishdan iborat.

Tezkor va samarali o‘qitish uchun yuqori 

darajada realistik interaktiv o‘qitish texnologi-

yalari va tizimlari zarur bo‘ladi.

Innovatsion interaktiv texnologiyalar yor-

damida turli tajribalarni samaraliroq, ko‘rgaz-

mali shaklda o‘tkazish imkoniyati tug‘ildi. 

Masalan, u yoki bu tajribalarni o‘tkazish 

uchun real laboratoriya shart emas. Ularning 

kompyuter modellarini yaratib, interaktiv 

muhitda ular bilan istalgan amalni bajarish-

ning o‘zi kifoya. Maxsus ko‘nikmalarni hosil 

qilishda foydalaniladigan turli trenajyorlar 

kompyuter texnologiyalarining yorqin misoli 

bo‘la oladi.

Kompyuter trenajyorlari ko‘plab sohalarda 

qo‘llanilmoqda. Ular u yoki bu harakatlarga 

ishlov berish uchun sarflanadigan vaqt va re-

surslarni tejaydi. 

Bularning hammasiga zamonaviy multime-

dia va interaktiv texnologiyalar vositasida 

erishish mumkin. Ular yordamida virtual 

olamda real vaziyat va obyektlar qad rostlay-

di.

Zamonaviy multimedia texnologiyalari 



an’anaviy ta’lim metodlaridan ko‘ra ko‘proq 

samara berishi mumkin. Avtomatlashgan 

o‘qitish tizimlari interaktiv ta’lim tizimlari bi-

lan chambarchas bog‘liq. 

Nigora ABDURAHMONOVA, 

FVPKQTMOI o‘qituvchisi.



Sog‘lom avlod uchun

 | 


7

 | 


2014

11

Internet haqida so‘z borganda, ba’zi odam-

lar salbiy fikr bildiradilar. Zero, illat izlaganga 

illatdir dunyo, hikmat izlaganga hikmatdir 

dunyo! Internet – saviyali insonlarni yanada 

yuksaltiradi, tubanlikka moyil insonlar esa 

undan qabih maqsadlarda foydalanadi.

Internetning salbiy jihatlari oqibatlari haqi-

da ko‘p gapirildi. Endi internetning bizga ya-

ratayotgan imkoniyatlari ulkan, ijobiy jihatlari 

ham bisyor ekanligi haqida fikr yuritib ko‘ray-

lik.


Internet imkoniyatlari, yutuqlari haqida so‘z 

borganda, avvalo, yurtimizda yosh soha hi-

soblanmish fuqarolik jurnalistikasiga to‘xtalib 

o‘tish maqsadga muvofiq. Bilimli inson inter-

netda o‘z bilimini boshqalar bilan baham 

ko‘rishi, iqtidorlilar esa o‘z iqtidorlarini na-

moyon qilishi, o‘z “men”ini ko‘rsatishi, “imij”-

ini yaratishi mumkin. Buning uchun internet-

da Google kompaniyasining Blogger, Word-

Press.com, liveJournal, Rambler kabi bepul 

xizmatlari mavjud. Yurtimizda endi rivojlanib 

kelayotgan bloggerlik – nafaqat yoshlarga, bal-

ki o‘rta va katta yoshdagilarga ham o‘z ustida 

ishlash, boshqa blogger-yozuvchilar bilan 

aloqa o‘rnatish, ular ijodidan, fikr-mulohaza-

laridan bahramand bo‘lish, o‘zining yangi bir 

qirrasini kashf etib, uni rivojlantirishda mu-

him ahamiyat kasb etmoqda. Bundan tashqa-

ri, bloggerlik internet auditoriyasi saviyasining 

yuksalishiga ko‘maklashadi, internetga sarfla-

nadigan bo‘sh vaqtga mazmun kiritadi. “Sa-

lom, qalaysiz”, “Qayerdansiz”, “Qayerda o‘qiy-

siz” kabi umrni “egovlovchi” behuda chatlar 

o‘rnini bloglar muhokamasi, mazmunli suh-

batlar egallaydi. “Blog nima”, “Blogger kim” 

degan savollarga shunday javob berish mum-

kin: blog–internet foydalanuvchilarining shax-

siy hududidir. Unda blogger, ya’ni blog egasi 

istalgan mavzu yuzasidan o‘z mulohazasini 

xohlagan ko‘rinishda bayon qiladi. Bloglar 

shaxsiy kundalik shaklida ham yoki yangilik-

lar sahifasi tarzida ham yuritilishi mumkin. 

Bloggerlik – auditoriyani fikrlashga undaydi, 

dunyoqarashini boyitadi. Bloglar muhokama-

si blogga munosabat bildirayotganlarning 

ham shaxsiy mulohazasini bayon qilish uchun 

imkon beradi. Shuningdek, bloggerlik loqayd-

likning oldini oladi, jamiyatda sodir bo‘layot-

gan voqea-hodisalarga befarq qaramaslikni, 

munosabat bildirishni shakllantiradi. O‘z qa-

rashlariga ega bo‘lishga turtki beradi. Aytish 

mumkinki, bloggerlik rivojlangani sari internet 

auditoriyasi saviyasi ham ma’ nan yuksalib bo-

radi.


Bugungi kunda internet har qanday soha 

mutaxassislari uchun foydali mediamakondir. 

Biror soha mutaxassisi ijtimoiy tarmoqda, 

blogi yoki shaxsiy saytida o‘z bilimlari, ijod 

namunalari va faoliyatini yoritib borishi blog 

yoki saytni kuzatib boruvchilar, o‘quvchilar 

orasida turli takliflarni yuzaga keltiradi, ham 

o‘zini rivojlantirishga, ham o‘zgalar fikri va 

tanqidlaridan xulosa chiqarishga imkon yara-

tadi. Bir so‘z bilan aytganda, internet kommu-

nikatsiya vazifasini doim qoyilmaqom o‘taydi.

Internet tuhfa etgan eng katta imkoniyat-

lardan yana biri – elektron kutubxonalar, de-

yish mumkin. Elektron kutubxonalar vaqti-

mizni, quvvatimizni tejaydi: kutubxonaga bo-

rib-qaytish, kitobni javonma-javon izlash yo ki 

navbatda turish uchun vaqt, yo‘lkira sarfla-

maymiz. Bularga ketadigan vaqt va kuchimiz-

ni qidiruv tugmachasini bosib, kerakli kitobni 

o‘qishga sarf etamiz xolos. Elektron kutubxo-

nalar orqali kamroq kuch sarf etib, ko‘proq 

natijaga erishish mumkin. Nafaqat elektron 

kitoblar, balki audio va interfaol kitoblar ham 

yaratilmoqda. Masalan, ziyonet.uz  portalida 

elektron darsliklar va o‘quv qo‘llanmalar, 

ziyouz.com portalidan yozma shakldagi badi-

iy adabiyot durdonalari hamda audio ko‘rinish-

dagi kitoblarni topib o‘qish mumkin. Xorijiy 

saytlarda esa hatto interfaol, ya’ni videolavha, 

INTERNET– 

IMKONIYATLAR KALITI



Shaxs kamoloti

Sog‘lom avlod uchun

 | 


7

 | 


2014

12

Shaxs kamoloti

mavzuli testlar va animatsiyali rasmlar bilan 

boyitilgan kitoblar ham anchagina.

Internet chet tillarini o‘rganishga “majbur-

laydi”. Internet olamidagi aksariyat saytlar, 

hatto UzNet hududidagi saytlar ham kamida 

ikki tilda yuritiladi. Shuningdek, xorijiy axbo-

rotlar oqimi juda keng. Dunyo yangiliklaridan 

“qaynoq nuqta”da turib boxabar bo‘laman, 

degan inson til bilishga majbur.

Virtual olamga kirishingiz bilan undagi har 

bir qadamingiz til bilishingiz shart ekanini 

eslatib turadi va til o‘rganishingizda ko‘mak 

beradi. Masalan, ijtimoiy tarmoqlarni olaylik. 

Unda ingliz, rus tilini o‘rgatuvchi sahifalar bir 

talay. Biz faqatgina foydali narsalarni izlasak-

kina, foyda ko‘ramiz, agar aksini izlasak, 

yuqorida ta’kidlanganidek, “o‘rgimchak to‘ri-

ning” faqat illatlarinigina ko‘ra olamiz. Misol 

uchun, Facebook ijtimoiy tarmog‘idan ingliz 

tilini rivojlantirishda, targ‘ib qilishda foydala-

nish mumkin: ingliz tili grammatikasini o‘rga-

tuvchi test savollari bilan boyitilgan sahifalar-

ga a’zo bo‘lish (“Ingliz tilini o‘rganamiz - https: 



//www.facebook.com/ingliztili.uz”, “English-

Life.uz - https://www.facebook.com/englishli-

fe.uz”, “Learn English - https://www.facebook.

com/groups/rebeen/”, “IELTS to success - https: 

/ / w w w . f a c e b o o k . c o m / g r o u p s / 

221295557989912/”) va ingliz tili ona tilisi hi-

soblangan do‘stlarimiz bilan suhbatlashish – 

biz uchun amaliyot vazifasini o‘taydi. Katta 

mablag‘ sarf etib, qo‘chimcha dars olish 

o‘rniga oldimizdagi imkoniyatlardan unumli 

darajada foydalanishning o‘zi ham katta sa-

mara beradi. 

Internet – bevosita aloqa qilish imkoniyati-

ni taqdim etadi. Barchamizga ma’lumki, ko‘p-

lab shoir va yozuvchilarimiz (Xurshid Davron – 



https://www.facebook.com/Khurshid.davron 

Khurshid Davron (Xurshid Davron Kutubxo-

nasi), Anvar Obidjon - https://www.facebook.

com/anvar.obidjon, Amirqul Karimov – https://

www.facebook.com/amirkul.karimov, Amir 

Xudoyberdi – https://www.facebook.com /

amir.xudoyberdi va boshqalar) ijtimoiy tar-

moqlarga a’zo. Tarmoqlarda hatto shoir-yo-

zuvchilar muhiti ham shakllanib ulgurgan. 

Ular o‘z ijodlarini muxlislari e’tiboriga havola 

etib boradilar. Ustozlik maqomiga ega bo‘lgan 

insonlar ijodidan bahramand bo‘lib borish, 

ijodlariga o‘z fikr-mulohazalarimizni bildirish, 

ular bilan muloqotda bo‘la olishimiz mumkin. 

Bu yoshlarning adabiyotga, san’atga bo‘lgan 

qiziqishi ortishiga, o‘zlari ham shu insonlar-

dan qiyos olib, hayotda qanday ya shash ke-

rakligini anglashlariga ko‘mak beradi. 

Ijtimoiy tarmoqlarga a’zo bo‘lishning yax-

shi taraflaridan biri – foydalanuvchilarda 

hushyorlik kuchayadi, plyuralizm – ko‘p fikr-

lilik shakllanadi. Do‘stlashgan insonlarimiz-

ning yozmalari orqali ular qanday fikrlayotga-

nini, o‘y-xayollarini bilish va shu orqali jami-

yat qatlamlarini kuzatib, tahlil etib borish 

imkoniyati mavjud. Biz axborotni nafaqat 

yangiliklar saytlaridan, balki omma jam bo‘l-

gan ijtimoiy tarmoqlar orqali ham olamiz. 

Buning foydali jihati shundaki, yangiliklar 

saytlari bir mavzu borasida tanganing ikki ta-

rafini ko‘rsata olsa, omma jam bo‘lgan tar-

moqlarda xuddi o‘sha masala yuzasidan tan-

ganing biz bilmagan qirralariga duch kelishi-

miz hech gap emas, ya’ni bir-biridan keskin 

farq qiluvchi yuzlab rang-barang fikr-muloha-

zalarni uchratish mumkin. Ba’zan shunday 

holatlar bo‘ladiki, yozilgan maqola va xabar-

lardan ko‘ra, uning ostidagi kommentariyalar 

qiziqarliroq, kengroq, batafsilroq bo‘ladi. Qu-

yidagi guruh va saytlarda xuddi shu holatni 

kuzatish mumkin: 


Download 373.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling