Barkamol avlod – Vatanning baxti sog‘lom avlod uchun
Download 373.01 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- TAFAKKUR GULSHANI
- Kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarning ta’limga moslashish xususiyatlari
- MOSLASHUVNING PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI Tarbiya tadqiqotlari
- Tarbiya tadqiqotlari Sog‘lom avlod uchun | 7
19 Oq yomg‘ir tortib, eng tuban nuqtagacha doira bo‘ylab harakatlanar ekan, faqat bir mazmunda tovush beradi – Xudoga tasbeh aytadi. Mana vujud qolipining “xoja”si ko‘ngil
hikmati. Vujud ga qiyoslaganda nihoyatda ulkan ko‘rinadigan, mohiyatan, inson uchun yaratilgan, inson mavjudligi bois mazmun kasb etgan samovot, undagi barcha sir-sinoatlar-u temir nizom ostida- gi harakatlar alal oqibat bir narsa – Olloh- ni zikr qilish bilan sharaf topadi. Jannat bo‘yini hidlagan, malakut ola- mini sayr qilgan, to‘qqiz osmonni kezib, badan mulki shahristoniga tushishga shaylanayotgan ko‘ngil anglagan eng mu- him va so‘nggi hikmat esa ma’rifatulloh edi:
Borchasida zikru sujud angladi, Ma’rifatullohg‘a shuhud angladi... ya’ni barcha yaratilmishda Yaratganni zikr etish va Unga itoatni ko‘rdi. Ollohga yaqinlik saodati shu ekaniga guvoh bo‘ldi. Ko‘ngil (ruh, jon) mana shu haqiqatni anglagandan keyingina tanaga kiradi. So‘ngra uning “vujud shahristoni” – tana- da tuygan hayratlari ta’rifi keladi. Ko‘ngil- ning aql, xotira va besh sezgi bilan muno- sabatlari, vujudni tashkil etuvchi to‘rt unsur (suv, olov, havo, tuproq), tanadagi barcha a’zolar, bularning vazifalari xusu- sida so‘z yuritiladi. Ammo bu bobdagi qat’iy xulosa ham “Qod arafa Robbahu”, ya’ni “o‘zini anglaganning Ollohga yaqin bo‘lish”idir. Maqolaning boshida keltirilgan to‘rt satr haqiqatini anglash uchun hazrat Na- voiyning inson haqidagi ushbu xulosasi- dan kelib chiqish lozim. Ya’ni Yerning cheksiz samovot markazida turishi unda butun maxluqotning “sharifi” inson yas- hayotganidan, odam ulug‘ ligi esa uning Ollohga naqadar yaqinligidandir. Alqissa, Navoiy badiiy tafakkuri asos- larini to‘g‘ri anglasakkina, uning jahon mutafakkirlari aro tutgan maqomini his eta olishimiz, asarlari qatida pinhon sa- moviy haqiqatlardan bahramand bo‘lishi- miz mumkin. Uzoq JO‘RAQUlOV, filologiya fanlari nomzodi, O‘zMU dotsenti.
Idrok – bu bir zumda fikrlash. (Abdulla Ahmad Muhammad Ali) Tarbiyalashda eng asosiysi, tarbiyachi- ning kimligidir.
Tarbiyachi amaldor emas, agar u amal- dor bo‘lsa, tarbiyachi emas.
Kishidagi eng buyuk va eng benazir xislat – rahm qilish va kechira olish qobili- yatidir.
(Aleksandr Dyuma) Tarbiya – baxtda bezak, baxtsizlikda hi- moya.
Bilim bilan saodat yo‘li ochiladi, shunga ko‘ra, ilmli bo‘l, baxt yo‘lini izla.
Tarbiya – buyuk ne’mat, u kishi taqdiri- ni belgilaydi.
Ilm – xazina, mehnat uning kaliti. (Buast) Tarbiya qobiliyatni yaratmaydi, uni fa- qat o‘stiradi.
Do‘st – yomon kuningda, mard – jangda, halol – qarz to‘lashda, ayol – kambag‘allik- da, qarindoshlar – kasal yotganingda bili- nadi.
Do‘st – sizning to‘g‘ringizdagi hamma narsani bilsa ham sizni yaxshi ko‘radigan kishi.
(Jon Auler) Do‘stga sotqinlik – kechirib va oqlab bo‘l- maydigan jinoyat.
“Hikmatlar shodasi” kitobidan olindi. Sog‘lom avlod uchun |
7 |
2014 20 Ma’naviy olam Hozirgi globallashuv jarayonlari jadalla- shayotgan bir davrda yoshlarda axborot ma- daniyatini shakllantirish muhim ahamiyat kasb etmoqda. Bizningcha, yoshlarda axborot madaniyatini hosil qilishda katta avlod vakil- larining ma’naviyatiga tayanish zarur. Chunki yoshlarning ma’naviy yuksalishida oiladagi bobo va buvilarning dunyoqarashi katta ta’sir kuchiga ega. Agar bola hayot haqidagi ma’lu- motlarning 70 foizini 5 yoshigacha olishini nazarda tutsak, axborot madaniyati shaklla- nishining ilk manbayi – bu, oila ekanligi yaqqol namoyon bo‘ladi. Oilada bolaning ax- borot madaniyatini qaror toptirish uchun, av- valo, ota-ona har jihatdan namunaviy o‘rnak bo‘lishi kerak. Ya’ni ota-ona ilmiy, ratsional, mantiqiy tafakkur tarziga ega bo‘lsa, bolaning har bir savoliga aniq va to‘liq javob bera oladi. Natijada, bolada ishonchli va asosli axborot shakllanadi. Barkamol inson shaxsini tarbiyalashda kat- ta, o‘rta va yosh avlod ma’naviyati o‘rtasidagi uyg‘unlikka erishish muhimdir. Katta avlod vakillari sharqona axloq-odobi bilan farzandiga o‘rnak bo‘lishi yoshlarda to‘g‘ri axborot madaniyatining shakllanishida asos zamin bo‘lib xizmat qiladi. Hozirgi paytda globallashuv jarayonlari- ning kuchayib borayotganligi, “ommaviy ma- daniyat”ning shiddat bilan tarqalishi, ma’na- viyatimizga yot bo‘lgan turli guruh va oqim- larning o‘smir yoshlar ongini zaharlab, o‘zla- riga og‘dirib olishga harakat qilayotganligi bar- chamizni sergak torttiradi. Shu bois O‘zbekistonda yoshlarni barkamol inson etib tarbiyalash davlat siyosati darajasi- ga ko‘tarilgan. Yurtboshimiz tomonidan 2014- yilning “Sog‘lom bola yili” deb nomlanishidan asosiy maqsad – yosh avlodni har tomonlama yetuk inson qilib voyaga yetkazi shidir. Shu- ningdek, davlatimiz tomonidan mamlakati- mizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar yuksak ma’naviyatli, mustaqil va erkin fikrlaydigan, zamonaviy ilm-fan yutuq- larini puxta o‘zlashtirgan har tomonlama sog‘- lom va barkamol avlodni ulg‘aytirishga qara- tilgan.
Xalqimiz azal-azaldan kattaga hurmat, ki- chikka izzat tamoyili asosida yashab keladi. Shu sabab munosabatlarda yoshi kattalarga alohida ehtirom ko‘rsatiladi. Katta yoshli odamlarning fikr-mulohazalari jamoaviy qa- ror qabul qilishda asos bo‘lib kelgan. Keksalar zimmasiga ajdodlarga xos turmush tarzi, ma’naviyat, madaniyatni yosh avlod tafakku- riga singdirishdan iborat ijtimoiy mas’uliyat yuklangan. Yurtboshimizning “Yuksak ma’- na viyat – yengilmas kuch” kitoblarida aytilga- nidek, ma’naviyat inson tarbiyasining asosi bo‘lsa, katta avlod ana shu jarayonni amalga oshirishda harakatlantiruvchi kuch hisoblanadi. “Ma’naviyat sohasidagi ishlarimizning piro- vard maqsadi, – deb ta’kidlaydi Yurtboshimiz, – imon-e’tiqodi butun, irodasi baquvvat, erkin fuqaro ma’naviyatini shakllantirishdir. Ya’ni mustaqil dunyoqarashga ega, ajdodlarimiz- ning bebaho merosi va zamonaviy tafakkuriga tayanib yashaydigan barkamol shaxs – komil insonni tarbiyalashdan iborat.” Ma’lumki, o‘zbek oilalarida bobolar va bu- vilardan iborat katta avlod hamda yosh avlod vakillari birga istiqomat qilishadi. Farzandlar- ga ota-onalar odatda tazyiqiy ta’sir ko‘rsatadi- lar. Ularning aytganlarini farzandlari so‘zsiz bajarishlarini talab etadilar. Bobolar va buvilar esa tarbiyaviy masalalarda yoshlarga ko‘proq tavsiyaviy yondashadilar. Nevaralari aytgan ishni qilmagan bo‘lsa ham jahllariga erk ber- maydilar. Sabr-toqat bilan eng to‘g‘ri xulosa- ning farzandlarda tabiiy tarzda shakllanishini kutadilar. Farzandlar ota-onalarning me’yoridan ortiq mehr-muhabbat ko‘rsatishiga ko‘nikib qoladi. Ota-onalar farzandlariga berilgan mehrning javobini boshqalarga emas, balki aynan o‘zla- riga qaytishini anglamagan holda kutadilar. Natijada farzandlar va ota-onalar o‘rtasida nizoli vaziyat va uning maqbul yechimini topa olmaslik holati yuzaga kelmoqda. Ta’kidlash joizki, hozirgi vaqtga qadar ota-onalarning VORISIYLIK AN’ANALARI VA JAMIYAT
Sog‘lom avlod uchun |
7 |
2014 21 o‘z farzandlariga nisbatan me’yorsiz mehr ko‘rsatishi yoki ortiqcha tazyiq o‘tkazishining tarbiyaviy jarayonga salbiy ta’siri masalalari yetarli darajada ilmiy o‘rganilmagan. Mazkur jarayonda katta avlod vakillari, ya’ni bobolar va buvilarning roli kattadir. Odatda, katta avlod va yoshlar o‘rtasida dunyoni anglash, hayotga bo‘lgan munosabat masalasida ikki xil yondashuv shakllanib qo- layotganligi bahs qilinadi. Bu masala, ayniqsa, G‘arb dunyosida juda dolzarb bo‘lib, yoshlar va kattalar bir-biridan ma’naviy jihatdan be- gonalashib qolayotganliklari bir xalq turmush tarzida ikki xil yondashuv, ikki xil talqin, bir- birini inkor etuvchi, mohiyatan qarama-qarshi ikki madaniy ehtiyojlar asosida yashash odatiy holga aylanganligi jiddiy muammodir. Buning tub ildizlari ikki katta ijtimoiy asosga borib taqaladi. Ya’ni bir tomondan ommaga ko‘rsa- tilayotgan ommaviy mafkuraviy ta’sirning davlat va jamoatchilik nazoratidan tamoman chetda ekanligi, ommaviy axborot vositalari, televideniya, reklama va, ayniqsa, internet orqali axloqiy buzuqlik, kosmopolitizm, gedo- nizm, ma’naviy tubanlik, surbetlikning yosh- lar uchun ijtimoiy maqbul hayotiy pozitsiya sifatida keng targ‘ib etilayotganligi bo‘lsa, ik- kinchi jihati kattalar va yoshlar ma’naviyati o‘rtasida ming yillik vorisiylik an’analarining barham topib borayotganligidir. Vorisiylik an’analari buzilsa, har qanday jamiyat ham ichdan nuray boshlaydi. Kattalar va yoshlar dunyoqarashi o‘rtasida ijtimoiy bog‘liqlik da- rajasi yuqori, ya’ni konsensus holatida bo‘lsa, jamiyatdagi hayot tarzi tinch, osuda va maro- miy kechadi. Agar kattalar va yoshlarning si- yosiy, madaniy, axloqiy va moddiy qarashlari o‘rtasida farq katta bo‘lib, odamlararo ijtimoiy bog‘liqlik zaif bo‘lsa, ya’ni kompromiss holati shakllanganda, jamiyat o‘zaro qarama-qarshi- liklar, konfliktlar arafasida bo‘ladi. Agar jami- yatdagi ana shu zaif bog‘liqlik, ya’ni kompro- miss holati ham buzilsa, jamiyatda ijtimoiy zo‘riqishlar kuchayadi, konfliktlar yuz bera boshlaydi. Shu boisdan ham hozirgi paytda dunyoning ko‘pgina davlatlarida yuz berayot- gan janjal-to‘polonlar sabablarini aholining turli tabaqalari, kattalar va yoshlar o‘rtasida vorisiylikning buzilganligi, bir millat vakillari ichida o‘zaro tushunish holatining barham topganligi, dunyoqarashlar, didlar, saviyalar- ning turlicha bo‘lib shakllanib qolganligidan izlash joizdir. Katta avlod vakillari, xususan, bobolar va buvilarning ma’naviy qadriyatlarni yoshlar ongiga singdirish uchun quyidagilarni tizimli tarzda amalga oshirish zarur: – ota-onalar, bobo-buvilarning farzandlar bilan bo‘ladigan kundalik muloqot vaqtlarini ko‘paytirishga e’tibor qaratish; – maktab, kollej va litseylardagi, shuningdek, oliy ta’lim muassasa- laridagi dars mash g‘ulotlari payti- da bilim va tarbiya uyg‘unligiga erishish; – maktab, kollej va litseylarda, OTMlarida turli yosh vakillari ish- tirokida adabiyot, san’ at, fan va madaniyatga oid ma’rifiy tadbirlar- ni muntazam ravishda o‘tkazib borish hamda ajdodlar merosini e’zozlash, xalqimiz ma’naviy me- rosini to‘liq o‘zlashtirish maqsadi- da turli xil tanlovlar, viktorinalar, sog‘lom raqobat asosidagi muso- baqalarni tizimli tarzda tashkil etish maqsadga muvofiqdir. Bektosh ISROIlOV, Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti dotsenti.
BOBO-BUVI VA O'SMIRLAR, NABIRALAR
Sog‘lom avlod uchun |
7 |
2014 22 Ibn Sino darsxonasi Inson salomatligi to‘g‘risida so‘z yuritilgan- da, albatta kasallik mavzusi qo‘shiladi. Ilmiy- ommabop tilda kasallik, xastalik – tashqi va ichki muhitning zararli ta’siri natijasida orga- nizm faoliyatining yomonlashishi, mehnat qobiliyatining vaqtincha yoki butunlay buzi- lishi deb izohlanadi. Quyida so‘z yuritiladigan gijja kasalliklari ham bundan mustasno emas. Gijjalar – odam va hayvon organizmida ka- sal lik qo‘zg‘atuvchi tekinxo‘r chuvalchanglar
kasalliklar esa gelmintozlar deb yuritiladi. Gijjalarning hozirda 250 dan ortiq turi aniq- langan. Ularning biologik xususiyatlariga qa- rab, bu kasallik geogelmintoz, biogelmintoz va aloqadagi gelmintozga ajratiladi. Keling, ularni birma-bir ko‘rib chiqamiz. Ammo dastlab quyidagilarni bilib olmoq lo- zim. Gijja yashaydigan a’zolar tibbiy tilda shu gijjaning “xo‘jayini” deb yuritiladi. U shu yer- da tuxum qo‘yish yoki lichinka tug‘ish orqali ko‘payadi. lichinka yashaydigan organizm esa oraliq xo‘jayin sanaladi. Biogelmintozlar – bu, kasallik qo‘zg‘atuvchi tayoqcha rivojlani- shi jarayonining bir qismi odam organizmiga o‘tib, ikkinchi bir qismi esa bir yoki bir necha oraliq a’zodan o‘tgandan so‘ng yuquvchi gijja kasalligidir. Geogelmintozlar kelib chiqishida esa kasal- lik qo‘zg‘atuvchi gijja rivojlanishi jarayonining bir qismi odam organizmida bo‘lib o‘tadi. Ja- rayonning ikkinchi qismi tuproqda o‘tgandan so‘ng, invaziya – organizmga tarqalishi sodir bo‘ladi. Kontaktli gelmintozlar – gijjalarning rivojla- nish jarayonida yetilgan yoki deyarli yetilgan holatda ajralib chiqib, boshqa odamga bevosi- ta yuqish oqibatida hosil bo‘ladigan gijja ka- salligi.
Gijjalar turli a’zolarda – asosan ingichka va yo‘g‘on ichak bo‘shlig‘ida, vena, limfatik to- mirlarda, jigarda, o‘t pufagida yashaydi va ko‘payadi. Bir odamda bir vaqtning o‘zida bir necha xil gijja turi yashashi mumkin. Ularning har bir turi o‘ziga xos kasallik alomatini bersa-da, ularning asosida allergik, mexanik, tekin xo‘r- lik va immuniologik ta’sirlar yotadi. Xo‘sh, bu- lar qanday ta’sirlar? XATARLI GELMINTLAR (Mavzuga qaytib) (Davomi 26-betda) Sog‘lom avlod uchun |
7 |
2014 23 Ta’limdagi yangilanish ta’lim jarayoni or- qali o‘zini o‘zi rivojlantira oladigan erkin, faol va mustaqil shaxsni shakllantirishni ko‘z da tutadi. Respublikamiz ta’lim tizimidagi islohotlar- dan ko‘zlangan asosiy maqsad har tomonlama barkamol va sog‘lom avlodni shakllantirish- dir. Shu sabab ta’lim-tarbiyani bolaning yosh- ligidanoq talab darajasida tashkil qilish va olib borish zarurligi masalasiga alohida e’tibor qaratilmoqda. Zero, donolar “Yoshlikda olin- gan bilim toshga o‘yilgan naqshdir” deb bejiz aytishmagan. O‘quvchi shaxsining ta’lim jarayoniga mos- lashishi o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lib, u bir qator psixologik omillar bilan uzviy bog‘liq. Ta’kidlash joizki, o‘quvchilarning ta’- lim jarayoniga muvaffaqiyatli moslashishi o‘zi- ga xos xarakterga ega. Xususan, ta’lim jarayo- nidagi murakkab topshiriqlar tizimi va shaxs- ning ijtimoiy-psixologik jihatdan o‘quv faoli- yatiga yetukligi moslashishida asosiy omildir. Shu nuqtayi nazardan, maktab ta’ limiga mos lashishning psixologik xususiyatlarini o‘r- ganish hozirgi kunda dolzarb bo‘lib qol moqda. Maktabga endi chiqqan bola hali o‘quv fa- oliyatini egallanmagani uchun mustaqil o‘qiy olmaydi. Bolaning maktab hayotidagi birinchi kunlarida asosan o‘qituvchi faol harakat qila- di. O‘qituvchi o‘quvchilar oldiga biror maqsad qo‘yadi va bu maqsadga erishish yo‘llarini, masalalarni yechish usullarini o‘zi ko‘rsatib beradi. O‘quvchilari faoliyatini nazorat etib baholaydi, asta-sekinlik bilan o‘quvchi o‘quv faoliyatini egallay boradi. O‘quv faoliyati ki- chik maktab yoshidagi o‘quvchilarning yetak- chi faoliyati bo‘lib, u quyidagi asosiy belgilari bilan tavsiflanadi: birinchidan, u orqali bosh- qa yangi faoliyatlar yuzaga keladi, ikkinchi- dan, bu shunday faoliyatki, uning asosida shaxsiy, psixik jarayonlar shakllanadi va ri- vojlanadi. Uchinchidan, bola shaxsida bo‘la- digan juda ko‘p o‘zgarishlar ana shu faoliyatga bog‘liqdir. O‘quv faoliyati ta’lim olishning turli davrlarida – maktab, litsey, kollej, oliy o‘quv yurtlari va boshqa o‘quv muassasalari- da hatto ulardagi o‘qitish tugaganidan so‘ng ham davom etadi, chunki ta’lim insonning butun hayoti davomida rivojlanib boruvchi uzluksiz jarayondir. O‘quvchini har tomonla- ma rivojlantirish uchun o‘quv faoliyatini qan- day qilib to‘g‘ri bosh qarish lozim? degan savol- ga javob topish lozim. Rus psixologi A.N. le- ontyev inson faoliyatining psixik va amaliy shakllari mavjud ekanligini ta’riflab, bola ongi aynan faoliyatlarni (o‘qish, o‘yin va mehnat) amalga oshirish jarayonida rivojlanadim de- gan g‘oyani ilgari suradi. Shu bois, bolaning maktab ta’limiga tay- yorligi va uning moslashganlik darajasi unda o‘qishga nisbatan ijobiy munosabat shaklla- nishiga olib keladi. O‘quvchilarning ta’limga moslashganlik darajasini o‘rganish uchun “Bolalarning mak- tab ta’limiga moslashishini aniqlash” metodi- kasidan foydalaniladi. Bu metodika bolada maktab ta’limiga moslashish qanday kechi- shini aniqlashga imkon berdi. Kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarning ta’limga moslashish xususiyatlari Sinaluv-
chilar Yuqori O‘rta Past Moslash-
magan 30 nafar
22% 48%
18% 12%
Tadqiqot natijalariga ko‘ra, sinaluvchilar- ning 22 foizi maktab ta’limiga yuqori darajada moslashish xususiyatiga ega ekanligi ma’lum bo‘ldi. Bu ulardagi shaxsiy xususiyatlar, bilish jarayonlari, hissiy-irodaviy sohalarning yosh- ga bog‘liq rivojlanishi bilan belgilanadi. Bola- ning maktab ta’limiga tayyorligi unda maktab- ga nisbatan ijobiy munosabat mavjudligi bilan bog‘liq. O‘qish faoliyatining dastlabki natija- lari birinchi sinf o‘quvchisini boshqa materi-
Sog‘lom avlod uchun |
7 |
2014 24 allarni egallash sari yetaklaydi. O‘qish faoliya- tidagi dastlabki mehnat mahsuli shodlik, qu- vonch va lazzatlanish his-tuy g‘usini keltirib chiqaradi. Hatto ayrim o‘quv chilar u yoki bu obyektni, mavzuni bir necha marotaba o‘qish- ni ham yoqtiradilar. O‘qish faoliyatiga nisba- tan qiziqish, moyillik keyinchalik predmetning mazmuniga qiziqishni vujudga keltirib qol- may, balki bilim olish ehtiyojini ham tug‘dira- di, qolaversa, unda o‘qish motivlarini tarkib toptiradi. Shuningdek, ta’limga yuqori daraja- da moslashganlik boladagi bilish faolligi va mantiqiy fikrlash ko‘lami me’yorida ekanligi- dan dalolat beradi. Ma’lumki, yoshga bog‘liq psixik funksiyalar bola shaxsida jadal rivojla- nadi. Shuning bilan birga bolalarning ta’limga moslashganligining asosini ulardagi ixtiyoriy diqqatning rivojlanganligi va aqliy ishchanlik- ning yuqoriligi tashkil qiladi. Maktab ta’limiga o‘quvchilarning moslash- ganlik darajasi o‘quv dasturini o‘zlashtirish ko‘rsatkichlari, faoliyat jarayonida mustaqil ishlash ko‘nikmasining mavjudligi bilan belgi- lansa, o‘z navbatida mayda qo‘l motorikasi- ning takomillashuvi, yozuv malakasining tar- kib topganligi hamda bolada eshitish, ko‘rish, so‘z mantiqining rivojlanganligi moslashuv- ning oson va tez kechishiga yordam beradi. Sinaluvchilarning 48 foizida mak tab ta’limi- ga moslashganlik darajasi o‘rtacha ko‘rsatkich- ga ega bo‘lib, bu qayd etilgan sifat va xususi- yatlar ularda nisbatan kamroq rivojlanganligi bilan izohlanadi. Shuningdek, sinaluvchilar- ning 18 foizida moslashish darajasi past ko‘rsatkichdaligi ma’lum bo‘ldi. Bu ularda shaxsiy xususiyatlar, aqliy faoliyat ta’lim jara- yoniga mos holda rivojlanmaganligini ko‘rsa- tadi. Ta’lim ham o‘ziga xos murakkab jarayon. Sinaluvchilarning 12 foizi bu murakkab jara- yonga moslashmaganligi ularda kechayotgan psixik inqiroz, psixikaning to‘la yetilmaganli- gi, shaxslararo munosabatlarning to‘g‘ri yo‘l- ga qo‘yilmaganligi bilan bog‘liq. Ayniqsa, o‘quvchilarda muloqot malakasini tarkib top- maganligi ta’lim jarayoniga moslashishni qi- yinlashtiruvchi omillardan biri hisoblanadi. Metodika natijasi bilish faolligining ortishi, shaxsiga xos sifat va xususiyatlarning tarkib topganligi bolalarda maktab ta’limiga mosla- shishning asosiy omili degan to‘xtamga keli- shimizga asos bo‘ladi. Marat TOJIBOYEV, Azamat YO‘lDOSHEV, Nizomiy nomidagi TDPU o‘qituvchilari. Tarbiya tadqiqotlari Sog‘lom avlod uchun |
7 |
2014 25 lavhamiz qahramoni Dilnora Yusufaliye- va 2014-yilda kimyo fani bo‘yicha Moskva shahrida o‘tkazilgan olimpiadaning bronza medali sovrindori. Shu ta’rifning o‘ziyoq uning mehnatsevar, zehnli, tirishqoq va ilmga chanqoqligini isbotlab turibdi. Dilnora shaxsiyati xususida yana bir yuksakroq tav- sif borki, u bu qizning katta-katta muvaffaqi- yatlari hali oldinda ekanligi, kelajagi porloq bo‘lajagi va eng muhimi uning chinakam insoniylik tamoyillarini dildan his qilib ulg‘ayishi, shakllani shidan darak beradi. Dilnora fe’lidagi bu muhim fazilat uning ki- tobxonligi, kitobsevarligidir. Shifokorlar oi- lasida tug‘ilgan Dilnora ota-onasi ortidan er- gashib kimyo, biologiya kabi fanlarga oid kitoblarni titkilashdan charchamas, aksincha ulardan zavq topar edi. Dilnoraning kimyo va biologiya fanlariga bo‘l
gan qiziqishi uni Toshkent pediatriya tibbiyot instituti qoshidagi Yunusobod aka- demik litseyiga boshlab keldi. Dilnoraning muhim yutug‘i shundaki, u o‘z sohasiga oid kitoblarni faqat ona tilida emas, balki rus, nemis, ingliz tillarida ham mutolaa qila ola- di. Bu esa unga sohaviy bilimini oshirishda juda qo‘l keladi. Albatta, bu tillarni chuqur egallashda unga yordam bergan muhim omil uning – kitobsevar va mehnatsevarligi, qola- versa, oilada yaratilgan ma’naviy-ma’rifiy muhit edi. G‘arb olimlari fikriga ko‘ra, oilaviy kutubxonasida 500 dan ortiq kitob bo‘lgan bolalar, albatta, kitobga muhabbatli bo‘lib ulg‘ayar ekanlar. Qahramonimizning bu bo- rada ham omadi kelgan edi. Ota-onasi far- zandlarining har biriga alohida e’tibor qara- tib, qanday kitob o‘qiyotganini kuzatib bo- rardi. Dilnoraning onasi Gulnora Yusufaliye- vaning xotirlashicha, kenja qizi ki chikligida opasi bilan “do‘xtir-do‘xtir” o‘ynar, bundan tashqari ertak e shitishni, ertak to‘qish ni ham yaxshi ko‘rgan. Boshlang‘ich sinflik pallalari- da turli hikoyalar o‘qib, she’rlar mashq qila boshlagan. – Dilnoraning kattagina shaxsiy kutubxo- nasi bor. Oilaviy kutubxonamizda ko‘proq kasbga oid kitoblar jamlangan. Dilnoraning kutubxonasida esa asosan badiiy kitoblar bor. U kechalari allamahalgacha shu kitob- larni o‘qib o‘tirishni odatga aylantirgan, – deydi Gulnora Yusufaliyeva. Mana shu tunlardagi bedor mutolaasevar- lik sabab bo‘lsa kerak, o‘qituvchilaridan Dilnora haqida so‘rasangiz ishonch bilan: “Uning qiziqishlari biologiya yoki kimyo bilan cheklanmagan. Undan jahonning qay burchagidagi adib yo shoir haqida so‘rasan- giz bemalol o‘z fikrini bildira oladi, muhimi KITOBGA MUHABBAT – ILMGA
SADOQAT Download 373.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling