Barkamol avlod – Vatanning baxti sog‘lom avlod uchun


Download 373.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/5
Sana05.11.2017
Hajmi373.01 Kb.
#19476
1   2   3   4   5

Potrebitel.Uz – https://www.facebook.

com/groups/Potrebitel.Uz/;



Voditeli Tashkenta - https://www.facebo-

ok.com/groups/voditeli/;



 Obshestvenniy  kontrol  – https://www. 

facebook.com/groups/526649844131216/;



Obshepit v Tashkente - chto/pochem? – 

https://www.facebook.com/groups/obs-

hepit/;

UzBloggerlar  – https://www.facebook.

com/groups/uzblogger/; 



Professional va havaskor tarjimonlar – 

h t t p s : / / w w w . f a c e b o o k . c o m / g r o u p s / 

438868872860349/.

Virtual olamda masofaviy ta’lim, onlayn 

kurslar keng yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, dunyo-

ning narigi chekkasidagi o‘quv markazlari bi-

lan kelishuv asosida faoliyat olib borish imko-

niyatlari ko‘paymoqda. Ta’lim muddati tuga-

gach, diplomlar yoki sertifikatlar elektron 

tarzda jo‘natiladi. Masalan, Coursera.org – 

https://www.coursera.org/;


Sog‘lom avlod uchun

 | 


7

 | 


2014

13

Shaxs kamoloti

EdX – https://www.edx.org/;

Udemy – https://www.udemy.com/;

Lingualeo – http://lingualeo.ru/;

busuu – http://www.busuu.com/enc/; 

TED  – http://www.ted.com/ kabi saytlar 

orqali onlayn kurslarda o‘qish, ishtirok etish 

mumkin.

***


Shubhasiz, internet yoshlar hayotida mu-

him o‘rin tutadi. Ilk marotaba internetni 

o‘rgangan yillari yoshlarning aksariyati uning 

salbiy oqibatlaridan holi bo‘lmaydi: asosan 

vaqtlari ijtimoiy tarmoqlarda, behuda chatlar-

da o‘ta boshlaydi. Shu zaylda davom etayot-

gan kunlarning birida ular o‘zlariga savol be-

radilar: “Umrimning oxirigacha shunday ya-

shaymanmi endi? Internet menga nima ber-

yapti? Nimalarni topdim-u, nimalarni yo‘qot-

dim?” qabilidagi savollarga javob izlay bosh-

laydilar. Qarasalar, deyarli hech nimaga erish-

maganlar, ammo yo‘qotganlari bisyor... Ular-

ning orasida bebaho vaqtlari, Alloh tomonidan 

tuhfa etilgan umrlarining gullagan yillari bor 

edi. Ko‘zlari ochilgach, yo‘qotganlarini ortga 

qaytarishning imkoni yo‘qligini, ammo inter-

netsiz ham faoliyatlari mavjud bo‘lmasligini, 

bundan keyin internet bilan boshqacha mu-

nosabatda bo‘lish lozimligini anglay boshlay-

dilar. Yosh avlodning har bir vakili ushbu 

davrni bosib o‘tadi. Kun kelib, chatlardan 

charchaydilar va yuqoridagi savollarni o‘zlari-

ga beradilar.

“Internet – dunyo ichidagi dunyo. Uning 

qay ko‘chasiga kirish insonning salohiyatiga 

bog‘liq”, degan edi ustozlardan biri. Haqiqat-

da, kirayotgan saytimizning darajasi bizning 

saviyamiz bilan o‘lchanadi. Dono xalqimiz-

ning “Yuzing qiyshiq bo‘lsa, oynadan o‘pka-

lama”, degan naqli ham mavzu mazmunini 

ochib bera oladi.

Har bir inson o‘zida internetdan foydala-

nish madaniyatini shakllantirmas ekan, mu-

ammolar oqimi kuchaygandan kuchayavera-

di, internet ayblanaveradi. Aslida, barcha 

muammo O‘ZIMIZDA! Yoshlarimizda mafku-

raviy immunitetni shakllantirsak, internetdan 

foydalanish madaniyatini o‘rgatsak, internet – 

ular uchun imkoniyatlar kalitiga aylanadi.

Gulruxsor XUDAYBERDIYEVA.


Sog‘lom avlod uchun

 | 


7

 | 


2014

14

Hayotni suvsiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. 

Suv sanoat korxonalari, qishloq xo‘jalik ekin-

lari, xalq xo‘jaligining barcha tarmoqlari 

uchun eng zarur omillaridan biridir. Suv in-

sonning sihat-salomatligini saqlashda, ayniq-

sa, katta ahamiyat kasb etadi. Ma’lumki, inson 

tanasining 65 % i suvdan iborat. Shuning uchun 

ham odam ko‘p miqdorda suv yo‘qotsa, halok 

bo‘ladi.


Hozirgi davrda dunyo aholisi soni kundan 

kunga o‘sib bormoqda, bu esa o‘z navbatida 

aholining toza ichimlik suviga bo‘lgan ehtiyo-

ji oshishiga olib keladi. Shu o‘rinda bir ha qi-

qatni e’tiborga oilishimiz zarurki, hozir yer 

yuzida million yillar oldin bo‘lganidek, 40000 

km³ chuchuk suv mavjud. lekin dunyo aholi-

si 1820-yili 1 milliard bo‘lgan bo‘lsa, hozir 6 

milliarddan oshib ketdi. Shunga qaramasdan 

zavodlar, sanoat korxonalaridan chiqayotgan 

chiqindi suvlar toza ichimlik suvining iflosla-

nishiga olib kelmoqda. Bundan tashqari aholi 

o‘rtasida toza ichimlik suvidan oqilona foyda-

lanmaslik, suvga turli xil chiqindilarni tash-

lash natijasida toza ichimlik suvi zaxirasi ka-

mayib ketmoqda. Ifloslangan suv tarkibida 

milliardlab bakteriyalar yashaydi va bular 

orasida yuqimli kasalliklar qo‘zg‘atuv chi mik-

roblar ham bo‘ladi. Bular: ichburug‘, gepatit, 

qorin tifi, paratif, diareya, vabo vibrioni kabi 

xavfli kasalliklar bo‘lishi mumkin. Suv havza-

larida vabo vibrioni ko‘paysa, aholi orasida 

vabo tarqalishi mumkin. Oxirgi ma’lumotlar-

ga qaraganda, ichak kasalliklarining kelib 

chiqishida, shuningdek, sariq kasalligi, polio-

miyelit va boshqa kasalliklarning tarqalishida 

suv tarkibidagi viruslarning roli katta ekan. 

Bitta odam 10 daqiqa cho‘milganda tanasidan 

suvga 3 milliard saprofit bakteriya, 100 ming 

ichak tayoqchasi tushadi. Bu mikroblar suvda 

uzoq muddat yashaydi. Bu esa ko‘plab kasal-

liklar kelib chiqishiga sabab bo‘ladi. Bizning 

hududimizda suv orqali tar 

qaladigan ichak 

kasalliklari quyidagi yo‘llar orqali ko‘payadi: 

70 % ichak infeksiyasi kasalliklari hovuz, ariq 

va kanal suvlarini ichish natijasida, 8 %i katta 

ariqlar va kanallarda cho‘milish, 5 %i iflos-

SUV VA INSON 

SALOMATLIGI



Dolzarb muammo

(Davomi 16-betda)

Sog‘lom avlod uchun

 | 


7

 | 


2014

15

Vatannoma

YURT 


MEHRI –  

G‘ALABA 


GAROVI 

Sportda erishilgan g‘alaba nafaqat sportchi-

ning nomini, balki uning Vatanini ham dun-

yoga tanitib, nufuzini oshiradi. Aytish mum-

kinki, bugun dunyo sportida O‘zbekiston o‘z 

o‘rnini topgan mamlakatlar qatoridan joy ol-

gan. Xalqaro musobaqalarda erishgan yutuq-

lari bilan allaqachon jiddiy raqib sifatida tan 

olingan. Bu bejiz emas, albatta.

Xalqaro miqyosdagi sport musobaqalarida 

ishtirok etish hamda g‘alabaga erishish uchun 

sportchi uzoq va katta tayyorgarlik ko‘rgan 

bo‘lishi kerak. Shu bois, mamlakatimizda bo-

lalar sportini rivojlantirish, sog‘lom turmush 

tarzini shakllantirish, buning uchun zarur 

shart-sharoitlar yaratib berish maqsadida keng 

ko‘lamli islohotlar amalga oshirib kelinmoqda. 

Barpo etilgan zamonaviy sport majmualari, 

suv havzalari, sun’iy qoplamali maydonchalar 

kelajak egalarining ilk qadamlariga zamin 

bo‘lib xizmat qilmoqda. 

Yurtimizda “Umid nihollari”, “Barkamol 

avlod” va “Universiada” kabi uch bosqichli 

sport musobaqalari muntazam o‘tkazib kelin-

moqda. Bunday noyob tizimning amaldagi 

samaralarini bugun o‘zbekistonlik sportchi-

larning xalqaro musobaqalarda erishayotgan 

yutuqlari ham yaqqol ko‘rsatib turibdi. Bolalar 

sportini rivojlantirishga qaratilgan islohotlar 

dunyo miqyosida ham yuksak darajada e’tirof 

etilib, endilikda O‘zbekiston tajribasi ular to-

monidan katta qiziqish bilan o‘rganilmoqda. 

Ma’ lumki, Kadrlar tayyorlash milliy dasturida 

yoshlarni ommaviy sportga jalb etish masala-

siga alohida e’tibor qaratilgan. Shu o‘rinda 

ta’kidlashimiz lozimki, yosh avlodning har 

tomonlama sog‘lom bo‘lib ulg‘ayishida joylar-

da tashkil etilayotgan turli sport musobaqalari 

hamda tadbirlari muhim ahamiyat kasb et-

moqda. Keyingi yillarda yoshlar orasida fut-

bol, boks, tennis, stol tennisi, shaxmat, suzish, 

badiiy gimnastika, mini futbol va boshqa 

sport turlariga bo‘lgan qiziqish kuchaymoqda. 

Ishonchimiz komilki, mana shunday ulkan 

imkoniyatlar og‘ushida voyaga yetayotgan 

yoshlar kelajakda qaysi sport turi bo‘lishidan 

qat’i nazar, qit’a, jahon chempionati yoxud 

olimpiada o‘yinlari bo‘ladimi, kuchlilar safi-

dan hamisha joy olaveradi. 

Eng quvonarlisi, mamlakatimiz sportchila-

rining xalqaro sport maydonlarida erishayot-

gan yutuqlari va muvaffaqiyatlari doimo xal-

qimiz olqishida, davlatimiz e’tiborida bo‘lib 

kelmoqda. 

Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligi-

da o‘zbek kurashi dunyo sport arenasiga olib 

chiqildi. Hozirda “O‘zbek kurashi” bo‘yicha 

jahon birinchiligi musobaqalari o‘tkazilib ke-

linmoqda. O‘zbekcha “kurash”, “halol”, “yon-

bosh” so‘zlari dunyoning ko‘plab millatlari 

tilida jaranglamoqda. Vatandoshlarimiz olim-

piyada o‘yinlari hamda xalqaro musobaqalar, 

jahon birinchiliklarida turli medal va sovrinli 

o‘rinlarga musharraf bo‘lmoqdalar. 

Respublikamizda o‘tgan yillar mobaynida 

jismoniy tarbiya va sportdagi islohotlarni chu-

qurlashtirish, amaliyot bilan nazariyani mu-

vofiqlashtirish, yangi pedagogik texnologiya 



Sog‘lom avlod uchun

 | 


7

 | 


2014

16

Vatannoma

uslub 


larini takomillashtirish maqsadida 

ko‘p lab ilmiy-amaliy anjumanlar o‘tkazil-

di. 

Davlatimizning mohir sportchilarga 



hamda xalqimizning g‘olib farzandlariga 

ko‘rsatib kelayotgan e’tibor va g‘amxo‘rligi 

yoshlar qalbida jismoniy tarbiya darslari, 

sport mash g‘ulotlariga bo‘lgan qiziqish va 

ishtiyoqni kuchaytiradi. 

Shu o‘rinda g‘alabalarimiz solnomasiga 

qis 

qacha nazar tashlaymiz. Mustaqilligi-



mizning daslabki yillari vatandoshimiz 

 

l. Cheryazova qishki Olimpiyada o‘yinlari-



ning oltin medalini olishga musharraf 

bo‘ldi. XXVII yozgi Olimpiyada o‘yinlarida 

andijonlik charm qo‘lqop ustasi M. Abdul-

layevning Olimpiyada o‘yinlari chempioni 

bo‘lishi, vatanimizga oltin medal bilan 

qaytishi sport borasidagi ilk islohotlar sa-

marasi, desak mubolag‘a bo‘lmaydi.

Afina Olimpiadasida O‘zbekiston dele-

gatsiyasi umumjamoa hisobida 34-o‘ringa 

ko‘ ta rilishga muvaffaq bo‘ldi. Erkin kuras-

hchimiz Artur Taymazov Olimpiadaning 

oltin medaliga sazovor bo‘lgan bo‘lsa, 

uning safiga yunon-rum kurashi bo‘yicha 

Aleksandr Doktoroshvili ham qo‘shildi. 

Erkin kurash turida Magomed Ibragimov 

kumush, charm qo‘lqop ustalari O‘tkirbek 

Haydarov va Bahodirjon Sultonovlar bron-

za medali sohibi bo‘lishdi. Umuman olgan-

da, grek zaminida o‘tkazilgan musobaqalar 

hamyurtlarimizning tajribalari tobora oshib 

borayotganidan dalolat berardi. 

2008-yil Pekin Olimpiada o‘yinlarida 

O‘z bekiston delegatsiyasidan Rishod Sobi-

rov dzyudo bo‘yicha uchinchi o‘rinni, 

trampolinda Yekaterina Xilko bronza me-

dalini oldilar. Sport gimnastikasida Anton 

Fokin bronza medali sohibiga aylandi. 

london Olimpiadasida ham Artur Tayma-

zov oltin medal sohibi bo‘ldi. 

Sportchilarimizning xalqaro musobaqa-

larida erishayotgan har bir g‘alabasi ortida 

ularning iqtidori bilan birga yaratilgan 

shart-sharoitlar, katta sa’y-harakatlar tu-

ribdi. Xalqaro musoboqalarda O‘zbekiston 

bayrog‘ining g‘a laba nishoni sifatida ko‘ta-

rilishi har bir vatandoshimizda ham g‘urur, 

iftixor uyg‘otadi. Albatta, bu bizning, bu-

tun O‘zbekistonning g‘alabasidir!

Mansur XODJAYEV.

langan quduq suvlarini iste’mol qilish oqiba-

tida paydo bo‘ladi. Bunday kasalliklar gohida 

yetarlicha zararsizlantirilmagan vodoprovod 

suvlarini ichishdan ham yuqishi mumkin. 

Aholini gigiyena talablariga javob beradi-

gan toza ichimlik suvi bilan ta’minlash uning 

salomatligini muhofaza qilishning asosiy 

omillaridan hisoblanadi. Bu borada O‘zbe-

kiston hukumati tomonidan juda katta tad-

birlar amalga oshirilmoqda.

Aholini markazlashgan toza ichimlik suvi 

bilan ta’minlashning rivojlanishi ichimlik 

suviga nisbatan talabnigina emas, shuning-

dek, suv manbalariga nisbatan ham talabni 

oshirib yubordi va suvga oid Davlat stan-

dartlarini ishlab chiqishni taqozo etadi. Suv 

sifatini standartlash suv iste’moli tufayli ke-

lib chiqadigan kasalliklarning oldini olish 

imkonini beradi. Aholini toza ichimlik suvi 

manbalari bilan ta’minlashga katta ahamiyat 

beriladi. Avvalo, tanlanadigan suv manbala-

ri davlat standartlariga sifat jihatdan to‘g‘ri 

kelishi yoki yaqin bo‘lishi maqsadga muvo-

fiqdir.

Ichimlik suvi sog‘liqni saqlash vazirligi 



tomonidan ishlab chiqilgan Davlat standarti 

talablariga javob berishi kerak. Binobarin, 

suvning sifatini standartlash sog‘liqni saq-

lash muassasalarining doimo diqqat marka-

zida bo‘lishi lozim. Davlat standarti bo‘yicha 

suvning epidemiologik xavfsizligini ta’min-

lash uchun bevosita ko‘rsatgichlar 1m/l 

suvdagi saprofit mikroblar soni va ichak ta-

yoqchasi guruhi bakteriyalarining koliindek-

sidan foydalaniladi. Yangi Davlat standarti 

suvning kimyoviy tarkibiga 20 ta ko‘rsatgich 

kiritgan, ularning aksariyati suvning tabiiy 

tarkibida bo‘lib, ayrimlari suvning sifatini 

yaxshilash maqsadida unga ishlov berishda 

vodoprovod inshootlarida qo‘shiladi. 

Inson salomatligida suvning ahamiyati 

be 

qiyos ekan. Demak, biz ona tabiatimiz 



suvni qanday sof, musaffo qilib yaratgan 

bo‘lsa, xuddi shundayligicha saqlashimiz 

inson salomatligi va tabiat musaffoligi uchun 

zarur. 


Farhod ESHBOYEV,

O‘zMU biologiya-tuproqshunoslik  

fakulteti 3-kurs talabasi.

(Davomi. Boshi 14-betda)


Sog‘lom avlod uchun

 | 


7

 | 


2014

17

Jahon badiiy tafakkurining “katta adabi-

yot” deb nomlashga loyiq asarlari negizida 

odam qaydan keldi, nima uchun yashaydi, 

qayoqqa ketadi, degan zohiran turlicha ifoda-

lanadigan, mohiyatan yagona muammo mav-

jud bo‘ladi. Asl adabiyot namunalari mana 

shu ulkan muammo yechimi anglangan nuq-

tada kesishadi, umumlashadi. Aynan shu ji-

hati bilan umuman adabiyot deb ataladigan, 

ammo tub asoslariga ko‘ra, peshanasiga “so‘z 

vodiylarida adashish” qismati bitilgan asarlar-

dan farq qiladi. Shu bois ham asl adabiyot 

namunasi o‘ta kamyob, uni anglash va talqin-

lash esa mashaqqatli bo‘ladi. Bobomiz Alisher 

Navoiy asarlari mana shunday asl adabiyot 

silsilasidagi bosh bo‘g‘in, desak mubolag‘a 

bo‘l maydi.

“Hayrat ul-abror” dostonining “Debocha” 

qismida shunday baytlar keladi:



Ayladi sokin kurai xokni, 

Soyir etib davrai aflokni.

 Toki muhit o‘rnig‘a aflok erur,

 Markazi oning kurai xok erur...

Ushbu to‘rt satrdan bir qarashda butun 

koinot Yer atrofida harakatlanadi, borliqning 

markazi “kurai xok” (Yer shari), degan ma’no 

anglashiladi. Ayni qarash jahon falsafasida 

turli mazmun va shakllarda ko‘p bora qayd 

etilgan. “Astronomiya” darsliklarida bunga 

Galiley nazariyasi, deya ta’rif beriladi. Agar 

biz keltirilgan satrlar talqinini faqat shu bilan 

cheklaydigan bo‘lsak, bu borada yagona, ya’ni 

Navoiy borliq-koinotni falsafiy tushunish 

da 


geleotsentrik nazariyaga tayangan, degan xu-

losaga ega bo‘lamiz. Bunday xulosaning o‘zi-

yoq Navoiy dahosini ta’kidlagandek, uni jahon 

mutafakkirlari maqomiga tenglashtirgandek 

bo‘ladi go‘yo...

Voqean, Navoiy rostdan ham shunday de-

moqchimi? Uning bu masalaga murojaat qili-

shidan maqsadi nima? Bu satrlar nega aynan 

“Xamsa”ning bosh dostoni – “Hayrat ul-ab-

ror”ning kirish qismi – debochasida keltiril-

gan? Umuman, Navoiy asarlarida “debocha”lar 

qanday o‘rin tutadi? Ularni mazkur savollar 

negizida tushunmoqchi bo‘lsak, satrlar maz-

munini o‘zgacharoq talqin etish ehtiyoji paydo 

bo‘ladi. Zotan, Navoiy debochalarida asarning 

tub konsepsiyasi, ijodkor estetik ideali aks 

etadi. Shu ma’noda “Hayrat ul-abror”ni “Xam-

sa” deb nomlanmish yaxlit badiiy-estetik ti-

zimning dasturi, uning “debocha”sini esa shu 

dasturning asosi deb qarash lozim. 

Holbuki, ushbu bobda Olloh yaratgan bor-

liq-koinot, yer-u osmon to‘g‘risida so‘z yurita-

yotgan Navoiy nazari moddiy dunyo tasvir 

talqiniga qaratilmagan. Shoirning asl maqsadi 

bu emas. Balki borliq-mavjudot, ularning be-

misl san’at bilan yaratilgani, yagona nizom 

ostida harakatlanishi, Yer va koinot aro ko‘-

rinmas rishtalar haqida bahs etishdan murod, 

avvalo, Xoliq qudratini mushohada qilish, ik-

kinchidan, barcha maxluqotning “sharif”i – 

inson haqida so‘z yuritishdir. 

Ganjing aro naqd faravon edi, 

Lek boridin g‘araz inson edi... 

Ya’ni  borliqning yaratilishidan murod in-

son edi. Aks holda bu cheksiz koinot yaratil-

masdi. Shuning uchun ham Navoiy talqiniga 

ko‘ra, koinot markazida o‘ta ulkan sayyoralar 

emas, aynan Yer turadi. Zotan, unda inson 

yashaydi. Ilohiy nizomga ko‘ra, chek-chegara-

siz koinot zarra yanglig‘ inson uchun xizmat 

qiladi. Bunda moddiyat mezonlari ojiz qoladi. 

Shuning uchun ham inson ko‘ngli borliq koi-

notdan ko‘ra ulkanroq. Barcha yaralmish unga 

jo bo‘ladi. Navoiy aytmoqchi: 



Solik ani arshi muallo dedi,

So‘fi ani olami kubro dedi.

Ayni nazohatda bu olam jahon,

Borcha jahon ahli ko‘zidin nihon.

Ka’baki, olamning o‘lub qiblasi,

Qadri yo‘q andoqki ko‘ngul ka’basi –

Ya’ni Ollohni tanish, o‘zni topish yo‘liga 

endi kirgan(solik)lar ko‘ngilni yuksak arshga 

qiyosladilar. Haq yo‘lida maqom topgan(so‘fiy)

lar esa uni “olami kubro” – katta olam, deb 

“AYLA BASIRAT KO‘ZI 

BIRLA NAZAR...”

Oq yomg‘ir


Sog‘lom avlod uchun

 | 


7

 | 


2014

18

atadilar. Bu olam shu qadar ulkan va pokiza 



(shaffof)ki, uni ahli dunyo ko‘rishga ojiz. Bu-

tun olamlar qiblasi bo‘lgan Ka’batulloh ham 

uning oldida qadrsiz. Chunki Ka’ba bor-yo‘g‘i 

yaratilmish uchun sajdagoh. Ko‘ngil esa Xo-

liqning jilvagohidir. 

Aslida bu ham Yaratganning ilm-u hikmati, 

san’atidan bir nishona, xolos. Xo‘sh, shunday 

ekan, ko‘ngilning bu qadar buyuk maqom tu-

tishi nimadan? 

Bu savolga “Hayrat ul-abror”ning XVII – 

XX boblaridan javob topamiz. XVII bob “Ko‘n-

gul ta’rifidakim...” deb boshlanadi va unda 

ko‘ngilning (bu o‘rinda Navoiy jon, ruhni na-



zarda tutadi) ta’rif-u tavsifi keladi. Bu bobdan 

so‘ng ko‘ngilning yo‘qlik zimistonidan qutu-

lib, yorug‘ olamga chiqqani, undagi ajoyibot-

lar oldida hushini yo‘qotgudek bo‘lgani, bu 

olam sirini bilish ishtiyoqida o‘rtangani haqida 

gap ketadi. Faqat ko‘ngil o‘zining ojizligiga 

iqror bo‘lib, ko‘p sajda va tavallolar qilgandan 

keyingina parda ortidan Yaratganning nidosi 

eshitiladi. 

Ko‘ngilning birinchi hayrati shu hukm-nido 

bilan boshlanadi. Yaratgandan ko‘ngilga “...

qo‘pu sayr ayla bu gulshan sori”, degan nido 

keladi. Bu gulshan, ya’ni jannatni sayr etib 

yurgan ko‘ngil “Sidratul muntaho” (maxluqot 



olamining chegarasi)ga boshi yetgan, har biri 

ko‘k gumbaziga ustun, soyasida quyosh par-

varish topayotgan darxtlarni, turfa gul-u 

maysalar, sayroqi bulbullar, xiromon yurgan 

tovuslaru qirg‘ovullar, “oina rang” hovuzlarni 

ko‘rib lol bo‘lib qoladi: /Topmadi sarrishtani 



chun fikrati, /Hayrat uza qildi g‘ulu hayrati... 

Kalavaning uchini topa olmay, hayratiga hay-

rat qo‘shiladi. Ko‘ngilning keyingi sayohati 

malakut – farishtalar olamiga edi. U (ko‘ngil) 



/Ruh qanoti bila toyir bo‘lub... ya’ni ruh qano-

ti bilan qushdek parvoz etib, cheksiz falak 

uzra bir yulduz misol sayrga chiqadi. To‘qqiz 

falakni kezadi.

Shundan so‘ng navbati bilan to‘qqiz osmo-

ning ta’rif-u tavsifi keladi. Ko‘ngil bu olamlar-

ni birma-bir sayr qiladi. Jannatu malakut, sa-

movot va burjlardagi mukammallik, go‘zallik 

va qat’iy nizomni ko‘rib hayratga tushadi. Har 

safar ko‘ngil, hayrati haddi a’losiga yetgan 

nuqtada, bir nido eshitadi, boqiy bir hikmatni 

anglaydi. “Sirri haqiqatdin” saboq oladi. Ya’ni 



“Kim, ne durur hayrati befoyda,

Sanga bu hayrat ila ne foyda.

 Sirri haqiqatdin o‘lub bahravar,

 Ayla basirat ko‘zi birla nazar.”

Dur kibi yetgach qulog‘iga bu so‘z,

Nuri hidoyat bila ochti chu ko‘z.

Foxtadin qumriyu bulbulgacha,

 Balki shajar yafrog‘idin gulgacha.

Barchasi Qayyumig‘a zokir edi,

Har bir Aning shukrig‘a shokir edi...

Botin  (iymon)  nigohi bilan qaraganda bu 

mavjudotlarning birortasi hayratlanishga arzi-

maydi. “Sirri haqiqat” shundaki, bularning 

barchasi abadiy Qayyum zotni zikr etishi, U 

bergan ne’matlarga shukr keltirishi sabab shu 

maqomda turibdi. Asl hayrat shunda.

To‘qqiz osmon aro sayrga chiqqan ko‘ngil 

samovotda mavjud har bir yaralmishning Ya-

ratganga tasbeh aytayotganini ko‘radi. 



Halqa bo‘lub javhari ulviy xirom,

Xotam anga nuqtai sifliy maqom.

Hay’ati gah doira monand o‘lub,

Savt anga tasbehi Xudovand bo‘lub...

Yuksak halqada maqom tutgan javhardan 



Oq yomg‘ir

Sog‘lom avlod uchun

 | 


7

 | 


2014

Download 373.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling