Barkamol avlod – Vatanning baxti sog‘lom avlod uchun
Download 373.01 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ta’lim istiqbollari Sog‘lom avlod uchun | 7
- Ilm-fan ufqlari Sog‘lom avlod uchun | 7
- Ta’limda yangi axborot-kommunikatsion texnologiya (AKT)
- Shaxs kamoloti Sog‘lom avlod uchun | 7
Ta’lim istiqbollari Sog‘lom avlod uchun |
7 |
2014 7 Agar ta’limning gumanitar tamoyillariga rioya etilsa, bolani bir paytning o‘zida ham tarbiya obyekti, ham subyekti deb tasdiqlash noto‘g‘ri. Bola o‘ziga ta’lim subyekti sifatida qarashi mumkin. Ilgari ta’lim tizimi shunday tuzilgan ediki, hatto yuqori sinf o‘quvchilari va talabalar o‘qituvchining o‘z shaxsiyatini ko‘rsatish, pedagogik dastur-u rejalarni amalga oshirish vositasiga aylangandi. Ta’lim jarayonida erkinlikka yo‘naltirilgan insonparvarlik pedagogikasi ta’lim faoliyati- ning barcha subyektlari, vositalari va maq- sadlari uyg‘unlashuviga olib boradi. Bunday pedagogika tarbiya va pedagog, bola hamda guruh mohiyati ifodasi hisoblanadi. Ta’lim obyekti esa faqat ta’lim materiali bo‘lishi mumkin. Yangilanayotgan jamiyat o‘z a’zolari o‘r- ta sida birgalikda harakatlanish, hamkorlik, bag‘ rikenglik, o‘zaro yordamga asoslangan yangi munosabatlarni shakllantiradi. Ijtimoiy munosabatlarning bu qadriyatlari ta’lim jara- yonida o‘z ifodasini topishi zarur. O‘qituvchi bolalarga nisbatan mehr va ishonch bilan yondashsa, o‘quvchilar esa o‘z qobili- yatlari, qiziqishlarini amalda erkin ko‘r sata olsalar, o‘qituvchi o‘quvchilarning har qan- day vaziyatda o‘qish yoki hayotiy masalala- riga oid qiyin vazifalarni hal etishda yaqin do‘stiga aylanadi. Hamkorlikdagi pedagogika o‘zaro tushu- nish, ishonch, bir-birini qo‘llab-quvvatlash- ni, ijodiy hamkorlikka tayyorgarlikni yuzaga keltiradi va yoshlarning asl qadriyatlarni ang- lashi hamda tan olishini ta’minlaydi. Ta’lim jarayonida jismoniy, psixologik, ij- timoiy xavfsizlikni ta’minlovchi va yoshlarda o‘zini hamda boshqalarni himoya qilish qo- biliyatini shakllantirishga yo‘naltirilgan cho- ralar tizimini yaratish lozim. Albatta, bu bolani butun muammolar va qiyinchiliklardan qurshab turadigan sun’iy sharoit yaratish degani emas. Pedagogik hi- moya o‘quvchining butun qobiliyatini rag‘- batlantirish, o‘z-o‘zini tahlil qilish va nazorat qila olishini rivojlantirish asosida hayotdagi og‘ir vaziyatlardan chiqish usullarini izlash jarayonida amalga oshiriladi. Bu ijtimoiy-pe- dagogik, psixologik yordam, huquqiy himoya va maslahat yo‘nalishlarida himoyalanish- ning maxsus usullari hamda tarbiya texnolo- giyasini ishlab chiqish va tatbiq etishni na- zarda tutadi. Shaxsning jamiyatga, ijtimoiy hayotga ki- rib borishi murakkab va ko‘p bosqichli jara- yon. Bir tomondan u shaxsga jamiyatning faol va teng huquqli a’zosi sifatida ishlashiga Ta’lim istiqbollari Sog‘lom avlod uchun |
7 |
2014 8 imkoniyat yaratuvchi ma’lum bir qadriyatlar tizimini (me’yor, namunalar, bilim, tasav-
tomondan, bu shaxsiy ijtimoiy tajribaga ega bo‘lish va o‘zini faol sur’atda qayta qurish jarayonidir. Maktabgacha ta’lim bolalarning ma’naviy- axloqiy tarbiyasi uchun shart-sharoit yara- tish, maktabgacha ta’lim muassasalari va oi- laviy tarbiyaning turli ko‘rinishlari uchun xilma-xil dasturlarni tanlash imkoniyatini ta’minlash, maktabgacha ta’limning barcha masalalari bo‘yicha malakali maslahat xiz- matini olish, bolalarni maktabda muntazam ta’lim olishga tayyorlashni ko‘zda tutadi. Umumiy o‘rta ta’limning yangi tuzilmasi o‘quvchilarning intellektual va axloqiy qud- ratini ochib berishga, xususan, o‘z imkoni- yati, qobiliyatiga muvofiq ta’limga farqlan- gan yondashuvni tatbiq etishga yo‘naltiril- gandir. Ta’lim oluvchilarni kasbiy yo‘naltirish va psixologik-pedagogik tashxislar markazlari iqtidorli bolalar, yoshlarni aniqlash, keyingi ta’ lim yo‘nalishini to‘g‘ri, ongli tanlash, o‘quv chilarning doimiy o‘zgaruvchan meh- nat bozori hamda ta’lim xizmatiga bo‘lgan mosla shishlarini ta’minlashi kerak. Ta’lim vazifalaridan biri – avlodlarni birlash- tirishdir. Har bir ta’lim jarayoni ishtirok chi- sining o‘zini o‘zi baholashi va birgalikda fa- oliyat yuritishi uning asosiy xususiyatidir. Dunyoga va o‘ziga o‘zining munosabatini o‘zlashtirish orqali bola ijtimoiy munosabat- lar tizimida o‘z o‘rnini topish, o‘zini faol na- moyon qilish, o‘zini boshqalar bilan, jamiyat, dunyo bilan qiyoslash imkoniyatiga ega bo‘ladi. Shu sababli o‘zaro foydali tamoyillar va me’yorlar zamonaviy ta’lim mazmuniga kiri- tilishi lozim. Ularni pedagogik vosita sifatida qayta anglash – bu pedagogikani shaxsni rivoj- lantirish qadriyatlariga yo‘naltirishning aniq yo‘lidir. Mazkur tamoyillar hamda me’yor- larni o‘zlashtirish pedagog va bolalarning birgalikdagi harakati orqali amalga oshiriladi. Bu ta’lim makonini kengaytirishga imkon yaratadi, o‘zlashtirish dinamikasi esa boy munosabatlarni yaratishga yordam beradi. Foydali hamkorlik ham ta’lim qadriyati sanaladi. Masalan, hamkorlik tajribasi turli xil o‘yinlar, treninglar, model yoki loyihali o‘qish da o‘zlashtiriladi. Pedagog ma’lum bir vaziyatlarda tarbiyalanuvchiga nisbatan o‘z yondashuvini belgilashi kerak bo‘lganda hamkorlikdan shaxslararo munosabatlarni rivojlantirish mexanizmi sifatida ham foyda- lanishi mumkin. Mazkur holatda bu pedagog uchun shaxsga va kasbga oid muhim vazifa bo‘lib qolishi kerak. Qadriyatlar nafaqat insonning shaxs sifati- da shakllanishiga, milliy va umuminsoniy fazilatlarni saqlab qolishgagina emas, ta’lim tizimida yetuk mutaxassis tayyorlashga ham katta ta’sir ko‘rsatuvchi o‘ta muhim omil sanalishi ko‘p yillik tajribalarda aks etib tu- ribdi. Shu bois, ta’lim tizimidagi qadriyatlar ijobiy natijalar berishi shubhasizdir. Faxriddin JONIYEV, Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti katta o‘qituvchisi. Ta’lim istiqbollari Sog‘lom avlod uchun |
7 |
2014 9 Bolaning o‘z-o‘zini rivojlantirish, o‘zini ko‘r- satishga qaratilgan turli faoliyat turlarini shakllantirish usullari qo‘shimcha ta’limdagi texnologiyalar yordamida amalga oshirilayap- ti.
Zamonaviy pedagogik texnologiyalarni bi- lish, ularning ichidan keraklilarini tanlay olish – o‘qituvchining samarali faoliyati garovidir. Boshlang‘ich ta’limdagi pedagogik texnolo- giyalar murakkab pedagogik-psixologik masa- lalar yechimini nazarda tutadi. Xususan, bola- ni mustaqil ta’lim olishga, atrofdagilar bilan muomala qilishga, o‘z mehnati samarasini oldindan rejalashtirish va baholash, muvaf- faqiyatsizlik hamda qiyinchiliklar sababini aniqlagan holda ularni yengishga o‘rgatish shular jumlasidan. Qo‘shimcha ta’lim tizimi turli- tuman peda- gogik faoliyatni amalga oshirish uchun barcha imkoniyatlarga ega. Bu tizim bolalarning indi- vidual qobiliyatlari, ehtiyojlari hamda qi- ziqishlari, aqliy, jismoniy, madaniy, ijtimoiy rivojlanish xilma-xilligini hisobga olgan holda, ta’lim jarayonini tashkil etish imkonini beradi.
O‘yinli texnologiyalar o‘quvchilarni faol- lashtiruvchi vositalarga ega. Uning asosida jamoatchilik tajribasini o‘zlashtirishga qaratil- gan pedagogik o‘yin yotadi. “O‘yinli texnologiya” tushunchasi turli pe- dagogik o‘yinlar shaklidagi rang-barang peda- gogik jarayonni tashkil etish usullarini qamrab oladi. Bu ko‘rinishdagi mashg‘ulotlar darsda o‘yin usullari va o‘yinli vaziyatlar yordamida amalga oshiriladi. O‘quvchilar faoliyati kichik yoshdagi o‘quvchilarni o‘qitish jarayonida o‘yin hamda o‘yin harakatidan ijodiy foydala- nish asosiga qurilmog‘i lozim. Zero, o‘yin o‘quvchilarning yosh bilan bog‘liq ehtiyojlari- ga to‘la mos keladi. Dars shaklidagi mashg‘ulotlar davomida o‘yin usullari va harakatlarini amalga oshirish quyidagi asosiy yo‘nalishlar bo‘yicha amalga oshiriladi: • tarbiyaviy maqsad o‘quvchilar oldiga o‘yin vazifasi shaklida qo‘yiladi; • o‘quv faoliyati o‘yin qoidalariga bo‘ysun- diriladi; • o‘quv materiali uning vositasi sifatida qo‘llaniladi. O‘quv faoliyatiga tarbiyaviy vazi- fani o‘yin vazifasiga almashtiruvchi musobaqa shaklida kiritiladi; • tarbiyaviy vazifaning muvaffaqiyatli ba- jarilishi o‘yin natijasi bilan bog‘lanadi. O‘yin texnologiyalaridan foydalanish payti- da quyidagi shartlarga amal qilish kerak: – o‘yin darsning o‘quv-tarbiyaviy maqsad- lariga mos kelishi lozim; – bolalar uchun qiyinchilik tug‘dirmasligi kerak;
– darslarda o‘yinlardan foydalanish me’- yo rini saqlay bilish talab etiladi. Pedagogik o‘yin quyidagi belgiga ega: o‘qi- tish maqsadi asoslangan, aniq ko‘rinishdagi va bilishga yo‘naltirilganligi bilan izohlanadi. Zamonaviy pedagogika ham o‘yinning aha- miyatini alohida ta’kidlab o‘tadi. O‘yin bolani faoliyatga undaydi. Uning jamoatchilikdagi mavqeyini ko‘taradi. l. Vigotskiyning ta’rifiga ko‘ra, “o‘yin – bu, bolaning ichki ijtimoiylas- huvi makoni, ijtimoiy tartiblarni o‘zlashtirish vositasi”. Pedagogik o‘yinning quyidagi turlari mav- jud:
– faoliyat turiga ko‘ra (jismoniy, intellektu- al, mehnat, ijtimoiy, psixologik); – pedagogik jarayon mazmuniga ko‘ra (ta’limiy, nazorat qiluvchi, rivojlantiruvchi, reproduktiv, ijodiy, kommunikativ va hoka- zo); – o‘yin talablariga ko‘ra (sujetli, rolli, taqli- diy va hokazo); – o‘yin muhitiga ko‘ra (predmetli va pred- metsiz, stolda o‘ynaladigan, xonada o‘ynala- digan, ko‘chada o‘ynaladigan, kompyuter o‘yinlari va hokazo). O‘yin texnologiyalari maqsadlarini quyida- gi turlarga bo‘lish mumkin: TA’LIMDA ZAMONAVIY TEXNOLOGIYALAR
Sog‘lom avlod uchun |
7 |
2014 10 Ilm-fan ufqlari – didaktik: dunyoqarashni kengaytirish, ma’lum bilim va ko‘nikmalarni rivojlantirish; – tarbiyaviy: mustaqillikka, hamkorlikka, muomala qilishga o‘rgatish; – rivojlantiruvchi: shaxsiy xislatlarni rivoj- lantirish; – ijtimoiy: jamiyat normalari va qadriyatla- ri bilan tanishtirish, muhit sharoitlariga mos- lashtirish. O‘yinga kirishib ketish qobiliyati yosh bilan bog‘liq emas, ammo o‘yinlarni o‘tkazish uslu- bi mazmuni va xususiyatlari yoshga bog‘liq. O‘yinli texnologiyalarni pedagoglar turli yoshdagi o‘quvchilar bilan ishlash davomida qo‘llaydilar. Bu texnologiyalar bolalarga o‘zini anglash, hayotda mustaqil qaror qabul qilish imkoniyatini beradi. Ta’limda yangi axborot-kommunikatsion texnologiya (AKT) Yangi axborot kommunikatsion texnolo- giya – bu, maxsus texnik axborot vositalarini qo‘llovchi texnologiya (EHM, audio, kino, vi- deo). Kompyuterdan foydalanuvchi ta’limni ifo- dalovchi eng ma’qul termin – bu, axborot-kom- munikatsion texnologiya. Ta’limdagi kommu- nikatsion texnologiyalar (AKT) ta’lim oluv- chiga kompyuter vositasida axborot tayyorlash va uzatish imkonini beradi. Ushbu texnologiya quyidagi maqsadlarda amalga oshiriladi: I. Singuvchi texnologiya sifatida (alohida mavzu, bo‘limlar bo‘yicha kompyuterdan foy- dalanish). II. Monotexnologiya sifatida (butun ta’lim, o‘quv jarayonini boshqarish, shu jumladan, diagnostikaning barcha ko‘rinishlari, monito- ring kompyuter vositasida amalga oshi- riladi). Yangi axborot texnologiyalarining aso- siy maqsadlari: – axborot bilan ishlash ko‘nikmalari- ni shakllantirish, muloqotga kirishish qobiliyatlarini rivojlantirish; – “Axborot jamiyati” shaxslarini tay- yorlash;
– bolaga o‘zlashtirsa bo‘ladigan hajm- dagi o‘quv materialini taqdim etish; – bolalarda tadqiqot malakasini shakl- lantirish, maqbul qaror qabul qilish qo- biliyatini o‘stirish. Hisoblash texnikasi taraqqiyoti das- turlashgan ta’lim rivojini taqozo etdi. Inson tafakkuri rivojlanishining qonuniyatla- rini tadqiq etish natijalari muammoli ta’limni rivojlantirishga olib keldi. O‘qitishga qo‘yila- digan zamonaviy talab uni texnologik asosda tashkil etishdan iborat. Tezkor va samarali o‘qitish uchun yuqori darajada realistik interaktiv o‘qitish texnologi- yalari va tizimlari zarur bo‘ladi. Innovatsion interaktiv texnologiyalar yor- damida turli tajribalarni samaraliroq, ko‘rgaz- mali shaklda o‘tkazish imkoniyati tug‘ildi. Masalan, u yoki bu tajribalarni o‘tkazish uchun real laboratoriya shart emas. Ularning kompyuter modellarini yaratib, interaktiv muhitda ular bilan istalgan amalni bajarish- ning o‘zi kifoya. Maxsus ko‘nikmalarni hosil qilishda foydalaniladigan turli trenajyorlar kompyuter texnologiyalarining yorqin misoli bo‘la oladi. Kompyuter trenajyorlari ko‘plab sohalarda qo‘llanilmoqda. Ular u yoki bu harakatlarga ishlov berish uchun sarflanadigan vaqt va re- surslarni tejaydi. Bularning hammasiga zamonaviy multime- dia va interaktiv texnologiyalar vositasida erishish mumkin. Ular yordamida virtual olamda real vaziyat va obyektlar qad rostlay- di. Zamonaviy multimedia texnologiyalari an’anaviy ta’lim metodlaridan ko‘ra ko‘proq samara berishi mumkin. Avtomatlashgan o‘qitish tizimlari interaktiv ta’lim tizimlari bi- lan chambarchas bog‘liq. Nigora ABDURAHMONOVA, FVPKQTMOI o‘qituvchisi. Sog‘lom avlod uchun |
7 |
2014 11 Internet haqida so‘z borganda, ba’zi odam- lar salbiy fikr bildiradilar. Zero, illat izlaganga illatdir dunyo, hikmat izlaganga hikmatdir dunyo! Internet – saviyali insonlarni yanada yuksaltiradi, tubanlikka moyil insonlar esa undan qabih maqsadlarda foydalanadi. Internetning salbiy jihatlari oqibatlari haqi- da ko‘p gapirildi. Endi internetning bizga ya- ratayotgan imkoniyatlari ulkan, ijobiy jihatlari ham bisyor ekanligi haqida fikr yuritib ko‘ray- lik.
Internet imkoniyatlari, yutuqlari haqida so‘z borganda, avvalo, yurtimizda yosh soha hi- soblanmish fuqarolik jurnalistikasiga to‘xtalib o‘tish maqsadga muvofiq. Bilimli inson inter- netda o‘z bilimini boshqalar bilan baham ko‘rishi, iqtidorlilar esa o‘z iqtidorlarini na- moyon qilishi, o‘z “men”ini ko‘rsatishi, “imij”- ini yaratishi mumkin. Buning uchun internet- da Google kompaniyasining Blogger, Word- Press.com, liveJournal, Rambler kabi bepul xizmatlari mavjud. Yurtimizda endi rivojlanib kelayotgan bloggerlik – nafaqat yoshlarga, bal- ki o‘rta va katta yoshdagilarga ham o‘z ustida ishlash, boshqa blogger-yozuvchilar bilan aloqa o‘rnatish, ular ijodidan, fikr-mulohaza- laridan bahramand bo‘lish, o‘zining yangi bir qirrasini kashf etib, uni rivojlantirishda mu- him ahamiyat kasb etmoqda. Bundan tashqa- ri, bloggerlik internet auditoriyasi saviyasining yuksalishiga ko‘maklashadi, internetga sarfla- nadigan bo‘sh vaqtga mazmun kiritadi. “Sa- lom, qalaysiz”, “Qayerdansiz”, “Qayerda o‘qiy- siz” kabi umrni “egovlovchi” behuda chatlar o‘rnini bloglar muhokamasi, mazmunli suh- batlar egallaydi. “Blog nima”, “Blogger kim” degan savollarga shunday javob berish mum- kin: blog–internet foydalanuvchilarining shax- siy hududidir. Unda blogger, ya’ni blog egasi istalgan mavzu yuzasidan o‘z mulohazasini xohlagan ko‘rinishda bayon qiladi. Bloglar shaxsiy kundalik shaklida ham yoki yangilik- lar sahifasi tarzida ham yuritilishi mumkin. Bloggerlik – auditoriyani fikrlashga undaydi, dunyoqarashini boyitadi. Bloglar muhokama- si blogga munosabat bildirayotganlarning ham shaxsiy mulohazasini bayon qilish uchun imkon beradi. Shuningdek, bloggerlik loqayd- likning oldini oladi, jamiyatda sodir bo‘layot- gan voqea-hodisalarga befarq qaramaslikni, munosabat bildirishni shakllantiradi. O‘z qa- rashlariga ega bo‘lishga turtki beradi. Aytish mumkinki, bloggerlik rivojlangani sari internet auditoriyasi saviyasi ham ma’ nan yuksalib bo- radi.
Bugungi kunda internet har qanday soha mutaxassislari uchun foydali mediamakondir. Biror soha mutaxassisi ijtimoiy tarmoqda, blogi yoki shaxsiy saytida o‘z bilimlari, ijod namunalari va faoliyatini yoritib borishi blog yoki saytni kuzatib boruvchilar, o‘quvchilar orasida turli takliflarni yuzaga keltiradi, ham o‘zini rivojlantirishga, ham o‘zgalar fikri va tanqidlaridan xulosa chiqarishga imkon yara- tadi. Bir so‘z bilan aytganda, internet kommu- nikatsiya vazifasini doim qoyilmaqom o‘taydi. Internet tuhfa etgan eng katta imkoniyat- lardan yana biri – elektron kutubxonalar, de- yish mumkin. Elektron kutubxonalar vaqti- mizni, quvvatimizni tejaydi: kutubxonaga bo- rib-qaytish, kitobni javonma-javon izlash yo ki navbatda turish uchun vaqt, yo‘lkira sarfla- maymiz. Bularga ketadigan vaqt va kuchimiz- ni qidiruv tugmachasini bosib, kerakli kitobni o‘qishga sarf etamiz xolos. Elektron kutubxo- nalar orqali kamroq kuch sarf etib, ko‘proq natijaga erishish mumkin. Nafaqat elektron kitoblar, balki audio va interfaol kitoblar ham yaratilmoqda. Masalan, ziyonet.uz portalida elektron darsliklar va o‘quv qo‘llanmalar,
iy adabiyot durdonalari hamda audio ko‘rinish- dagi kitoblarni topib o‘qish mumkin. Xorijiy saytlarda esa hatto interfaol, ya’ni videolavha, INTERNET– IMKONIYATLAR KALITI Shaxs kamoloti Sog‘lom avlod uchun |
7 |
2014 12 Shaxs kamoloti mavzuli testlar va animatsiyali rasmlar bilan boyitilgan kitoblar ham anchagina. Internet chet tillarini o‘rganishga “majbur- laydi”. Internet olamidagi aksariyat saytlar, hatto UzNet hududidagi saytlar ham kamida ikki tilda yuritiladi. Shuningdek, xorijiy axbo- rotlar oqimi juda keng. Dunyo yangiliklaridan “qaynoq nuqta”da turib boxabar bo‘laman, degan inson til bilishga majbur. Virtual olamga kirishingiz bilan undagi har bir qadamingiz til bilishingiz shart ekanini eslatib turadi va til o‘rganishingizda ko‘mak beradi. Masalan, ijtimoiy tarmoqlarni olaylik. Unda ingliz, rus tilini o‘rgatuvchi sahifalar bir talay. Biz faqatgina foydali narsalarni izlasak- kina, foyda ko‘ramiz, agar aksini izlasak, yuqorida ta’kidlanganidek, “o‘rgimchak to‘ri- ning” faqat illatlarinigina ko‘ra olamiz. Misol uchun, Facebook ijtimoiy tarmog‘idan ingliz tilini rivojlantirishda, targ‘ib qilishda foydala- nish mumkin: ingliz tili grammatikasini o‘rga- tuvchi test savollari bilan boyitilgan sahifalar- ga a’zo bo‘lish (“Ingliz tilini o‘rganamiz - https: //www.facebook.com/ingliztili.uz”, “English- Life.uz - https://www.facebook.com/englishli- fe.uz”, “Learn English - https://www.facebook. com/groups/rebeen/”, “IELTS to success - https: / / w w w . f a c e b o o k . c o m / g r o u p s / 221295557989912/”) va ingliz tili ona tilisi hi- soblangan do‘stlarimiz bilan suhbatlashish – biz uchun amaliyot vazifasini o‘taydi. Katta mablag‘ sarf etib, qo‘chimcha dars olish o‘rniga oldimizdagi imkoniyatlardan unumli darajada foydalanishning o‘zi ham katta sa- mara beradi. Internet – bevosita aloqa qilish imkoniyati- ni taqdim etadi. Barchamizga ma’lumki, ko‘p- lab shoir va yozuvchilarimiz (Xurshid Davron – https://www.facebook.com/Khurshid.davron Khurshid Davron (Xurshid Davron Kutubxo- nasi), Anvar Obidjon - https://www.facebook. com/anvar.obidjon, Amirqul Karimov – https:// www.facebook.com/amirkul.karimov, Amir Xudoyberdi – https://www.facebook.com / amir.xudoyberdi va boshqalar) ijtimoiy tar- moqlarga a’zo. Tarmoqlarda hatto shoir-yo- zuvchilar muhiti ham shakllanib ulgurgan. Ular o‘z ijodlarini muxlislari e’tiboriga havola etib boradilar. Ustozlik maqomiga ega bo‘lgan insonlar ijodidan bahramand bo‘lib borish, ijodlariga o‘z fikr-mulohazalarimizni bildirish, ular bilan muloqotda bo‘la olishimiz mumkin. Bu yoshlarning adabiyotga, san’atga bo‘lgan qiziqishi ortishiga, o‘zlari ham shu insonlar- dan qiyos olib, hayotda qanday ya shash ke- rakligini anglashlariga ko‘mak beradi. Ijtimoiy tarmoqlarga a’zo bo‘lishning yax- shi taraflaridan biri – foydalanuvchilarda hushyorlik kuchayadi, plyuralizm – ko‘p fikr- lilik shakllanadi. Do‘stlashgan insonlarimiz- ning yozmalari orqali ular qanday fikrlayotga- nini, o‘y-xayollarini bilish va shu orqali jami- yat qatlamlarini kuzatib, tahlil etib borish imkoniyati mavjud. Biz axborotni nafaqat yangiliklar saytlaridan, balki omma jam bo‘l- gan ijtimoiy tarmoqlar orqali ham olamiz. Buning foydali jihati shundaki, yangiliklar saytlari bir mavzu borasida tanganing ikki ta- rafini ko‘rsata olsa, omma jam bo‘lgan tar- moqlarda xuddi o‘sha masala yuzasidan tan- ganing biz bilmagan qirralariga duch kelishi- miz hech gap emas, ya’ni bir-biridan keskin farq qiluvchi yuzlab rang-barang fikr-muloha- zalarni uchratish mumkin. Ba’zan shunday holatlar bo‘ladiki, yozilgan maqola va xabar- lardan ko‘ra, uning ostidagi kommentariyalar qiziqarliroq, kengroq, batafsilroq bo‘ladi. Qu- yidagi guruh va saytlarda xuddi shu holatni kuzatish mumkin:
Download 373.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling