Barkamol avlod – Vatanning baxti
Download 356.36 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ruhiyat manzili Sog‘lom avlod uchun | 12
- Sim-sim Sog‘lom avlod uchun | 12
- Milodiy eraga qachon asos solingan
Shifokor minbari Sog‘lom avlod uchun |
12 |
2013 14 O‘zbekiston va Buyuk Britaniya o‘rtasi da diplomatik munosabat o‘rnatilganiga 21 yil bo‘ldi. Birlashgan Qirollik birinchi lardan bo‘lib O‘zbekiston Respublikasi ning Davlat mustaqilligini tan olishi bilan o‘zaro munosabatlar yanada mustahkam landi.
O‘zbekiston va Angliya davlatlari bilan o‘zaro do‘stona va ijtimoiy, iqtisodiy alo qalarning tobora mustahkamlanishi nati jasida ikki xalqning madaniy hamkorligi ham bo‘y ko‘rsatib bormoqda. Qirollik Universiteti va Buyuk Britaniyadagi ko‘p lab ilm dargohlarida o‘zbek yoshlari tahsil olib qaytmoqdalar. Ingliz mutaxassislari Vatanimizga tashrif buyurib, yurtimiz yosh lari bilan tajriba almashmoqdalar. Buyuk Britaniya va O‘zbekiston teatr ijodkorlari hamkorligida bir necha loyihalar amalga oshirildi. Angliyaning Deream shahrida o‘t kaziladigan “Vzlet” nomli festivalga taklif qilingan O‘zbekiston “Yoshlar” teatri ja moasi “Shoyi iplar” loyihasi bilan ishtirok etib qaytdilar. Dunyo madaniyat markazlaridan biri bo‘lgan London shahrida oltmishdan ortiq davlat va nodavlat teatrlar faoliyat olib borayotgani san’atning bu turiga bo‘lgan e’tibor ifodasidir. Zamonaviy Londonda ikki xil teatr fao liyat yuritadi. Bu an’analarga sodiq qolgan qirollik teatrlari – davlat dotatsiyasi evazi ga yuksak badiiy did va sahna talablariga javob beradigan san’at namunalarini yara tuvchi teatrlar hamda nodavlat va xususiy teatrlardir. Mazkur teatrlarning barchasi muayyan reklama agentligi bilan shartnomaga ega bo‘lib, oylik daromadining ma’lum qismi agentlik hissasi hisoblanadi. Teatrlar o‘z spektakllarining chiptalarini reklama agent ligi ko‘magida oldindan sotib bo‘ladi. Oy ning boshida sotilgan chiptalar spektakl larga tashrif buyurishi kutilayotgan tomo shabinlar sonini aniqlashga yordam beradi. Reklama agentligining vazifasi – spektakl lar chiptalarini sotish, tomoshabinlar tala bini o‘rganish, ulardan takliflar olish, taklif ustida ishlab, amaliyotga tatbiq qilish hamda aholiga tezkor va aniq axborot be rib borishdan iborat. Londondagi xususiy teatrlar rejissor, prodyuser yoki biror reklama agentligining mablag‘i evaziga tashkil etilgan. Spektakl larni sahnalashtirish uchun bar cha xara jatlar mas’ul manfaatdor shaxs tomonidan qoplanadi. Davlat teatrlari va xususiy tomoshagoh lar o‘rtasidagi bu katta raqobat maydoniga muxlislarni jalb qilish, “ushlab qolish” borasida qilinayotgan harakatlar va ular ning ish yuritish jarayonini o‘rganish yan gilanayotgan o‘zbek sahna san’ati uchun dolzarb masaladir. Londondagi Davlat teatrlari orasida bo lalar uchun xizmat qiladigan “Polka” nomli ijodiy jamoaning izlanishlari soha mutaxassislari o‘rtasida turli bahsmuno zaralarga sabab bo‘lmoqda. Sababi, bola lar uchun spektakl yaratishning o‘z tizimi TEATR VA TOMOSHABIN IJROSIDAGI TOMOSHA (londondagi "Polka" teatrining "alla" spektakli olamshumul muvaffaqiyatga erishdi.)
Sog‘lom avlod uchun |
12 |
2013 15 Ruhiyat manzili va talablari bor. “Polka” teatri bu borada yetakchilik qilmoqda. Ular chaqaloqlarni onasi bilan teatrning maxsus spektakliga jalb qilishdan boshlab to 16 yoshli maktab o‘quvchilarigacha yosh tomoshabin sifati da qarashmoqda. Eng jo‘shqin vaqtda dunyoni, borliqni idrok etishga ko‘makla shadigan bu teatr badiiy ijod va estetik tarbiyani o‘z auditoriyasi ongiga sing dirish ga harakat qilmoqda. O‘zbekistonda bolalar uchun mo‘ljallangan teatrlar ikki yo‘na lishda faoliyat olib boradi. Birinchisi, bog‘
cha bolalari va boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun “Qo‘g‘irchoq” teatri bo‘lib, respublikamiz bo‘yicha ushbu yo‘ nalishda o‘ndan ortiq teatrlar faoliyat yu ritmoqda. Ikkinchisi, “Yosh tomoshabin lar” teatri deb nomlangan va u maktab o‘quvchilari uchun xizmat qiladi. Bu ikki yo‘nalish ham o‘z tarixiga, an’analariga va zamonaviy qiyofasiga ega. Akademik lit sey, kollej va institut talabalari uchun esa “Yoshlar” teatri xizmat qilib kelmoqda. Biz yuqorida tilga olgan Londondagi “Polka” teatri an’analar ruhida faoliyat olib borishi bilan o‘zbek teatrlariga o‘x shab ketadi. London shahri Mer (hokim)i homiyligi dagi “Polka” teatri tarixida 1994yilda muhim burilish sodir bo‘ldi. Har tomonla ma mustahkam oyoqqa turib olgan teatr yangi uchta loyihani: – kam ta’minlangan oilalarga bepul chiptalar tarqatish; – shahar maktablarida bepul tomosha lar uyushtirish; – moliyaviy qiyinchiliklar tufayli teatrga kelish imkoniyati yo‘q bo‘lgan aholi qatla mi uchun tomoshani gastrollar, ya’ni joy larda tomosha ko‘rsatish shaklida uyushti rishni amalga oshirdi. Teatr yangi loyiha asosida 30 ming nafar maktab o‘quvchilariga xizmat ko‘rsatish dasturini amalga oshirganligi uchun davlat tomonidan qo‘llab quvvatlandi va mamla katning “Vivyen Dufild” teatr mukofotiga sazovor bo‘ldi. Bolalarga ko‘rsatilgan xizmat davlat to monidan e’tirof etilgan vaqtdan boshlab “Polka” teatri bilan Britaniyaning taniqli yozuvchilari ijodiy hamkorlik qila boshla di. Shu asosda teatrning repertuari yanada boyidi. Natijada, 2001yilga kelib, teatr repertuarida yangi yozilgan asarlar asosi dagi spektakllar vujudga keldi. 2002yilda tayinlangan teatrning uchin chi badiiy rahbari Anni Vuud ijodiy jamo aning butun Britaniya bo‘ylab va chet mamlakatlarda o‘z tomoshalari va qo‘g‘ir choqlari bilan xizmat qilishiga katta e’tibor qaratdi. U sahnalashtirgan “Qizil pufakcha va Marta” spektakli Amerikaning ko‘chma teatrlariga uyushtirilgan gastrol safarida iliq kutib olindi. Bugungi kunda teatr yuqori badiiy savi yaga erishdi va Angliya san’at kengashi, London hukumat assotsiatsiyasi hamda Merton shahrining mahalliy hokimiyati ko‘magida o‘z ishini davom ettirmoqda. “Polka” bolalar teatrida yo‘lga qo‘yilgan yana bir yangi loyiha “Yosh ovozlar hay’ati” klubi faoliyatidir. Klub nizomiga binoan, uning a’zolari – iste’dodli yoshlar o‘z fikrlarini badiiy shaklda bayon qilish va o‘z ijodiy ishlari bilan umumiy yig‘i lishda qatnashish huquqiga ega. Ushbu tashabbus orqali “Polka” teatri iste’dodli yoshlarni hamkorlikda ijod qilishga va o‘z fikrlari bilan minbarga chiqishga unda moqda. Jamoa klubiga yangi, yosh a’zo larni qabul qilish orqali bu jarayondagi munozarali ijodiy ishlarni yanada ko‘pay tirishni rejalashtirmoqda. “Yosh ovozlar hay’ati” klubi a’zolari teatr bilan muntazam aloqada bo‘ladi. Ular rejadagi vaqtlariga binoan: teatr man balaridan foydalanishi, ijodiy jamoa a’zo lari bilan uchrashishi, repetitsiya jarayoni da qatnashishi, sahnalashtirilayotgan spek takl haqida o‘z fikrlarini aytishlari mum kin. Shu bilan birga, ular kichik guruhlarga bo‘linib, teatr hayotini yoritadigan maqo lalar va teatrning vebsaytiga joylashtirila digan ma’lumotlar bilan tani shib, o‘zlari Sog‘lom avlod uchun |
12 |
2013 16 ham taassurotlari to‘g‘risida maqola e’lon qilish imkoniga ega. Matbuotda teatr san’ati haqida e’lon qi lingan yangi ma’lumotlar va boshqa teatr larning vebsaytlaridagi yangiliklar haqida klub a’zolariga maxsus shaxslar xabar be radilar. Teatrda seminar shaklida tashkil qilingan mashg‘ulotlar klub a’zolarining dunyoqarashini, ularning badiiy tafakkuri ni yanada boyitadi. Klubning kichik guruhlari o‘zlari sahna lashtiradigan spektakl uchun asar tanlay dilar, so‘ngra asar qahramonlari tasvirlan gan rasmlarni chizadilar hamda o‘zlari ijro etadigan obrazning chizma namunalarini olib kelib, har bir guruh klub a’zolariga ma’lumot beradilar. Bu rasmlar ularning o‘z fikrlarini himoya qilishida, hikoya tar zida aytib berishida yordam beradi, hatto ilhomlantiradi. Teatrning yangi loyihasi esa “Alla” deb nomlangan spektakldir. Ushbu loyiha teatr bastakori Natali Rey bold tomonidan ishlab chiqilgan. “Men “Alla” spektaklining noyob sayohatga ay lanishini, har bir ishtirokchiga ta’sir ko‘r satishini va undagi har bir element, har bir qiyofa asar mazmunini anglatishini xoh layman”, – deydi ijodkor. Ushbu loyiha ning maxsus tayyorlangan jihozlari teatr ning qo‘g‘irchoq ustasi Roman Stefanskiy bilan ijodiy hamkorlikda tayyorlangan. Loyiha muallifi tabiiy materiallardan ish langan qo‘g‘irchoqlarni yaratish mobayni da nima va qanday narsalar yasalsa, bola lar va ularning otaonalari bo‘lmish to moshabinlarga yaxshi ta’sir ko‘rsata olishi to‘g‘risida ham atroflicha fikr yuritgan. Taraqqiy etib borayotgan yuksalish ta’ sirida yosh onalarni farzandlari uchun vaqt ajratib alla aytishga, ularni erkalatish ga, to‘g‘ri tarbiyalashga imkoniyat topa olmayotganliklarini inobatga olib, loyiha ijodkorlari chaqaloqlarni mo‘jizaviy alla dunyosiga olib kirishga harakat qilishadi. Rejissorning ushbu loyihani yaratishdan ko‘zlagan asosiy maqsadi – bolalarni go‘ dakligidanoq musiqa, raqs, qo‘shiq kabi betakror san’at namunalari bilan tanishti rish va ularda zavqli olamga nisbatan muhabbat uyg‘otishdan iborat. Loyiha ijodkorlari “Alla” spektaklini tinglagan va san’atga muhabbat qo‘yib ulg‘aygan yosh lardan yomonlik chiqmasligini tushungan holda, bir yoshga to‘lmagan bolalar uchun maxsus sahna asari yaratishdi. “Alla” spektakli uchun mo‘ljallangan shinam va iliq xona maxsus jihozlangan. Bu xona qo‘g‘irchoqlar, musiqa va onalar uchun zarur jihozlar bilan boyitilgan. Maxsus sahnalashtirilgan spektakl bola kaylarnigina emas, balki ularning otaona larini ham san’atning sehrli olamiga olib kiradi. Tomosha zaliga kirib kelgan muxlis spektaklning ilk daqiqalaridanoq bolalik ning mo‘jizaviy dunyosiga kirib qolganini his etadi. Kamalakning yetti rangida tovla nayotgan dekoratsiya go‘yo tush tasvirini ifodalaydi. Inson tushdagina ucha olishi, osmonning yettinchi qavatiga ko‘tarilishi mumkin, degan fikrni mazkur tomosha rad etadi. Unda hamma o‘z tasavvurida san’at olamidan olgan zavq olish orqali osmonlarga parvoz etishi mumkin. Bu g‘ayrioddiy spektakl – bolasini teatr ga olib tushgan onalarning tashvishlarini unutib, farzandlari bilan birgalikda xayoliy sayohat qilishiga imkoniyat yaratib beradi. “Alla” spektaklida musiqa, chiroq, tovush, soya kabi unsurlar va chaqaloqlarni jalb qilish uchun tabiiy ovozdagi allaning ak t yor tomonidan kuylanishi bolaning aqliy hamda ruhiy rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishini nazarda tutadi. Bu spektaklda faqat 12 ta chaqaloq va ona (yoki ota) ishtirok etishi mumkin. Ular aktyor bilan birgalikda alla kuylashadi. Natijada ota yoki ona o‘zlarini boladek tasavvur etisha di. Ulardagi bu zavqni bola ham his qiladi. Turli kapalaklar, gullar, bulbullar, qushlar va sehrli hayvonot, nabobot olamining vakillari sokin musiqa jo‘rligida bolalarga alla aytadi. Alla nafaqat bolaga, balki ota onaga ham ruhiy, badiiy estetik ozuqa
Sog‘lom avlod uchun |
12 |
2013 17 beradi. Bunday sokin musiqa hamohangli gida kuylangan alla har qanday tomosha binning asab tizimini mo‘tadillashtiradi. Ruhiy olamiga madad, jismoniy kuchiga quvvat bera oladi. Yosh onalar “Alla”ning mo‘ jizaviy ola mini o‘z farzandlariga ko‘r satish istagini bildirganlar. Tomosha uchun tanlangan musiqa fortepiano orqali jonli ravishda ijro etiladi. Spektakl rejissori loyiha mu siqasini har gal asarning boshidan oxiriga cha o‘zi ijro etadi va allani ham o‘zi kuy laydi. So‘ngra tomoshabinlarni ham jo‘r bo‘lib ijro qilishga da’vat qiladi. “Alla” deb nom olgan ushbu spektakl o‘z bek onalari uchun yangilik emas. O‘zbek onalari farzandlarini beshikka belagan holatda allalab uxlatganlar. Bugungi kun zamonaviy ingliz yosh onalari allani kuy lab, bolalariga orom berishni xohlash moqda. Ammo allaning teatrdagi spektakl shakli va uni jo‘r bo‘lib ijro etish orqali chaqaloqni tarbiyalash usuli bar cha teatr mutaxassislari uchun yangilikdir. Xulosa qilib aytganda, “Polka” bolalar davlat teatri ayni paytda o‘ziga xos reper tuariga ega ekanligidan faxrlanadi. “Polka” teatrining bugungi olamshumul muvaf faqiyati chaqaloqlardan tortib to 16 yosh gacha bo‘lgan tomoshabinlar uchun spek takllarning bardavomligi bilan belgilanadi. Tinimsiz yangilikka intilish bilan teatrning dovrug‘i yanada oshmoqda. Tomoshabin lar ko‘lami kengaymoqda. Bu esa yangi shakldagi loyihalarni Internet orqali targ‘ib qila olganlikning natijasidir. Teatrning badiiy rahbaridan oddiy ijod kor xodimigacha yangilikka intiladi, chet elning ilg‘or teatrlari bilan hamkorlik qila di. Maktab o‘quvchilarini teatrga ko‘proq jalb qilishga va ularning ijodiy salohiyatini o‘stirish orqali o‘ziga kadr tayyorlashga alohida e’tibor qaratadi. Teatr an’anasiga ko‘ra namoyish etilayotgan har bir spek taklning boshqalardan ajralib turadigan o‘ziga xos tarafi bo‘lishi shart. Chunki bo lalarning dunyoqarashini shakllantirishda spektakllarning rangbarangligi muhim ahamiyat kasb etadi. Teatrning turli xil klublarida tarbiyalanayotgan bolalar erta ga san’atning sehrli olamiga dadil qadam tashlay olishiga ishonsa bo‘ladi. Madina ALLABERGANOVA, san’atshunos. Ma’mur UMAROV, O‘zDSMI dotsenti.
Sog‘lom avlod uchun |
12 |
2013 18 Hozirgi davrda dunyoning ko‘plab mam lakatlarida qo‘llanilayotgan kalendar – qa dimgi Rim taqvimiga asoslangan. Eramizdan avvalgi VIII asr o‘rtalaridan boshlab Rimda 10 oydan iborat kalendar ishlatila boshlangan. Kalendar yili boshla nadigan birinchi oy – urush xudosi Mars sharafiga “Martius” (Martiuz) deb atalgan. Ikkinchi oy nomi – “Aprelis” (Aprilis) “aperio” so‘zidan kelib chiqib, “uyg‘on moq”, “ochilmoq” degan ma’noni angla tadi. Bu oy daraxtlar kurtak chiqaradigan davrga to‘g‘ri keladi. Uchinchi oy esa, Merkuriyning onasi, o‘simliklarning gul lash ramzi – Maya xudosi nomi bilan atalgan. Yupiterning rafiqasi – Yunona nomi (Junes) to‘rtinchi oyga berilgan. Beshinchi oydan boshlab oylar nomi ular ning tartib raqami bilan yuritilgan. Ular dan “Kvintilis” va “Sekstilis” oylari “be shinchi” va “oltinchi” oylar ma’nosini anglatadi. Biroq “Kvintilis” oyi keyinchalik Rim imperatori Yuliy Sezar sharafiga iyul (Juiya), “Sekstilis” oyi Rimda Yuliy Sezar dan keyin hukmronlik qilgan imperator Avgust sharafiga avgust (Augsus) deb qayta nomlangan. Hozirda nomlari sentabr, oktabr, no yabr, dekabr bo‘lgan oylar esa mos ravish da yettinchi, sakkizinchi, to‘qqizinchi va o‘ninchi degan ma’nolarni anglatadi. Bu taqvimda to‘rtta oy 31 kundan, qolganlari 30 kundan iborat bo‘lib, bu kalendar bo‘yicha bir yilda 304 kun bor edi. Era mizdan avvalgi VII asrga ke lib, kalendarga yana ikkita oy kiritildi. Kiritilgan o‘n birinchi oy dehqonchilik homiysi – ikki yuzli xudo Yanus sharafiga “ya nuarius” (Januaryus) deb atala boshlandi. O‘n ikkinchi oy lotincha “febriarius” (Februaryus) so‘zidan olinib, diniy marosimlarda so‘nggi poklanish ma’ nosida ishlatilgan. Shundan so‘ng, 12 oydan iborat yangi kalendar vujudga keldi va unda yilning uzunligi 355 kundan iborat edi. Kalendar yilining tropik yilga nisbatan farq qilishi vaqt o‘tgani sari fasllar va tabi at hodisalari mos tushmay qolishiga olib keldi. Buning natijasida rimliklar taqvimni fasllarga moslash uchun kalendarga qo‘ shimcha oy (Mersedoniy)ni kiritishni o‘y lab topdilar. Mersedoniy yil oxirida – 23fevraldan keyin kiritilar va marseloniy oyi kunlari dan keyingi kun yana 24fevral bo‘lib da vom etib ketaverar edi. Eramizdan avvalgi 46yili Rim hokimi yati tepasiga Yuliy Sezar keldi. U kalen dardagi chalkashlikni yo‘qotishga kirishdi. Misrga qilgan harbiy safarlari davrida Se zar misrlik munajjimlarning ishlari bilan tanishgan va u yerda ming yillar davomida ishlatilib kelinayotgan sodda, tushunarli va har tomonlama qulay kalendar sarkar da e’tiborini tortgan. Sezar yangi kalendar loyihasini yaratishni aleksandriyalik astro nom Sozigenga topshiradi. Yangi kalen darda yil uzunligi qilib quyoshning bahor gi teng kunlik nuqtasidan 2 marta ketma ket o‘tish uchun ketadigan davr – 365 kunu 6 soat olindi (bu miqdor o‘sha
bo‘lmagan qismidan “qutulish” uchun yillardan uchtasi 365 kunlik – oddiy, to‘rtinchisi 366 kunlik – kabisa yili deb belgilandi. Bu kalendarda yil boshi 1yan varga ko‘chirildi, chunki eramizdan oldin Sim-sim Sog‘lom avlod uchun |
12 |
2013 19 gi 153yildan boshlab yangi saylangan Rim konsullari o‘z faoliyatini aynan shu kun dan boshlar edilar. Yuliy Sezar kalendari haqiqiy tropik yildan 11 daqiqayu 14 so niyaga uzun edi, shuning uchun ham bu taqvimning xatosi 128 yilda bir sutkaga yetardi. Kalendarning yutug‘i esa uning soddaligida edi.
Insoniyat tarixida 200 dan ortiq era bo‘l gan. Qadimda turli davlatlarda qo‘llanilgan bu eralarning boshlanish sanalari ham har xil edi. Eramizning 284yili Rimda saroy qo‘ riq chilarining boshlig‘i johil Diokletian hoki miyatni o‘z qo‘liga olib, imperatorlik taxti ga o‘tirdi. U o‘zi taxtga o‘tirgan yildan boshlab yangi era joriy etdi. Bu era tarixga “Diokletian erasi” nomi bilan kirdi. Diok letiandan so‘ng esa taxtga imperator Kon stantin (taxminan eramizning 285–337-yil-
si undan farqli o‘laroq nasroniylikni qabul qildi. Bu davrga kelib, turli tillarda so‘zla shuvchi, turli qabilalardan iborat Rim im periyasida ijtimoiy nizolar kuchayib ket gan edi. Ana shu nizolarni yumshatish maqsadida 324yili imperator Konstantin nasroniylikni davlat dini deb e’lon qildi. 325yili Nikey (hozirgi Turkiyaning Izvik
kovlari boshliqlarini yig‘ib qurultoy o‘t kazdi va qurultoyda xristianlarning “Yangi Ahd” kitobi matni hamda Yuliy Sezar ka lendari qabul qilindi. Imperiya hududida o‘tkaziladigan barcha diniy bayramlarning sanalari ana shu taqvim bo‘yicha belgilab chiqildi. Diniy bayramlardan biri – Iso payg‘ambarning tirilishini xotirlash bayra mi – pasxa edi. Qurultoy qaroriga ko‘ra, pasxa bayramini o‘tkazish uchun 21mart dan so‘ng Oy to‘lin oy fazasida ko‘rinishi shart. To‘linoydan keyingi yakshanba – pasxa bayrami kuni deb belgilandi. 21mart sanasi aleksandriyalik astronomlar tomo nidan o‘rnatilgan bo‘lib, o‘sha paytda Qu yoshning bahorgi teng kunlik nuqtasidan o‘tishi aynan shu kunga to‘g‘ri kelar edi. Shunday qilib, Nikey yig‘inidan so‘ng Rim katolik cherkovi yagona taqvimga – Yuliy Sezar kalendariga o‘tdi va diniy bayramlar butun imperiya bo‘yicha bir paytda o‘tka ziladigan bo‘ldi. Lekin yil hisobi Diokletian erasi hisobi bo‘yicha olib borilar edi. Oy yili davomiyligi Quyosh yili bilan mos tushmagani uchun pasxa bayramini nishonlash sanalari har yili turli muddat larga to‘g‘ri kelardi. Kelajakda bo‘ladigan pasxa bayrami kunlarini o‘z ichiga olgan jadval – pasxaliya tuzish bilan, xristian cherkovining maxsus monaxlari shug‘ulla nishardi. Eramizning 525yilida bu jadval ni Diokletian erasining 248yilidan boshlab tuzishni rimlik monax Dionisiy bajaradi. Bir vaqtlar xristianlarni quvg‘in qilib, ular ga zulm o‘tkazgan zolim Diokletian nomi ni nasroniylarning muqaddas bayrami – pasxa bilan bog‘lash Dionisiyga og‘ir bota di. Shuning uchun u “Isoning tavalludi” kunidan boshlanadigan yangi taqvim bo‘ yicha pasxaliya tuzishga qaror qiladi. Iso alayhissalomning Yerdagi hayoti xristian larning “Injil” kitobida bayon qilinib pay g‘ambarning xochga qoqilganidan, so‘ng, 25martda, yakshanba kuni qayta tirilgani va bu kun bayram sifatida nishonlangani aytiladi. Dionisiy shunga asoslanib, 25mart yakshanba kuniga muvofiq keladigan yilni qidirdi va u Diokletian erasining 278yiliga to‘g‘ri kelishini aniqladi. Ma’lum bir oy kunining, haftaning ma’lum bir kuniga
ma’lum Oy fazasiga (masalan, to‘linoyga) to‘g‘ri kelishi davri 532 yilga tengligi o‘sha paytda fanga ma’lum edi. Haqiqatdan ham, 4x7x19 = 532, bu yerda 4 – kabisa yillari davri, 7
– haftadagi kunlar soni, 19 esa Oy fazalarining yana aniq bir kalendar sanasida takrorlanish davri. Bu hisobki toblardan Dionisiy birinchi xristian pasxa
Download 356.36 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling