Barkamol avlod – Vatanning baxti


Download 356.36 Kb.
Pdf просмотр
bet2/5
Sana26.11.2017
Hajmi356.36 Kb.
1   2   3   4   5

Shaxs kamoloti

Sog‘lom avlod uchun

 | 


12

 | 


2013

8

muhitga bag‘ishlaydi va borgan sari 

ko‘proq vaqtini unda o‘tkazadi. 

Jamiyatda o‘z o‘rnini topishga qiynal­

gan inson virtual hayotga sho‘ng‘ib ketadi. 

Sekin­asta qaramlik, ya’ni virtual bog‘la­

nish hosil bo‘ladi. Bunday kishilar hayotda 

o‘zligini namoyon qila olmay, virtuallikka 

o‘z xohishlarini qondirish, xavotirlarini 

yo‘qotish yoxud kamaytirish uchun o‘zla­

rini “uradilar”. Bunday muhit ruhiy ehti­

yojlari qondirilmagan inson uchun xuddi 

tushga o‘xshaydi, “uyg‘onishni istamay­

di”. Chunki uyg‘onganda uning umidlari 

poymol bo‘ladi va yana tushkun kayfiyat 

qaytalanadi.

Shuning uchun bugungi kunda real va 

virtual fazolar orasidagi chegara bir mu­

hitdan ikkinchisiga o‘tishdagi nazorat, ikki 

muhitning o‘zaro ta’siri va bir foydalanuv­

chining bir vaqtda ikki muhitda bo‘lishi 

ortidan kelib chiqayotgan muammolar 

faqat kibernetika va dasturlashtirish soha­

larining mutaxassislari oldidagi yechimini 

kutayotgan masala bo‘lmay, balki madani­

yatshunoslar, sotsiologlar va boshqa soha 

xodimlarining ham muammosidir. Ilmiy 

tadqiqotlarda kompyuterning insonga salbiy  

ta’sir etishi to‘g‘risidagi fikrlar qayd etil­

gan. Bu boradagi qarashlar turli­tuman, 

hatto qarama­qarshi hamdir. Virtual real­

lik inson o‘zligini namoyon qilishi uchun 

katta imkon berishiga umuman shubha 

yo‘q. Undan oqilona foydalanish ijodiy va 

kasbiy mahoratni rivojlantirishga ko‘mak 

beradi, bu holat virtual ozodlik xavfliligini 

anglaganda yuzaga chiqadi. Bolalar va 

o‘smirlarni esa virtual reallik xavfidan oi­

ladagi mehr­oqibat, kitobga muhabbat, 

do‘stlar bilan muloqot, bolalik quvonchi 

kabi his­tuyg‘u va tushunchalar asrashi 

mumkin.


Kamola FAYZULLAYEVA, 

 O‘zMU talabasi. 



Dilshod jo‘rayev (o‘zmU talabasi): 

Bolaligimdan tasviriy san’­

atning rassom chilik turiga 

juda qiziqaman. Xayol­

parastlik, har qanday ko‘r  ­

gan voqeamdan hay rat­

lanish ham aynan shun­

dan bo‘lsa kerak. Kollejda 

o‘qib yurgan vaqtlarimda 

iqtisodchi bo‘ lishni o‘zimga 

maqsad qilib qo‘ydim.

Universitetga o‘qishga kirganimdan so‘ng 

iqtisodiyot tarixini chuqur o‘rganganimda 

shuni angladimki, mustaqillikkacha bo‘l­

gan davrda O‘zbekiston iqtisodiyoti sobiq 

Sho‘ro davlati iqtisodiyoti bilan chambar­

chas bog‘ liq bo‘lgan ekan. 

Istiqlolimizdan so‘ng MDH davlatlari 

orasida birinchilardan bo‘lib iqtisodiyoti 

o‘nglangan mamlakat sifatida e’tirof etil­

dik. Birgina misol, Prezidentimizning 2009­ 

yil 3­avgustdagi “Qishloq joylarda uy­joy 

qurilishi ko‘lamini kengaytirishga oid qo‘­

shimcha chora­tadbirlar to‘g‘risida”gi Qa­

rori asosida milliylik va zamonaviylik uy­

g‘unlashib qad ko‘targan inshootlar, ay­

niqsa, qishloq aholisi uchun mo‘ljallangan 

yakka tartibdagi turarjoylar qishloq husni­

ga husn qo‘shmoqda.

To‘g‘ri, biz mustaqil bo‘lganimizga hali 

juda ko‘p vaqt bo‘lmagan bo‘lsa ham, le­

kin har bir yilning salmog‘i asrlarga teng 

bo‘ldi. Bozor iqtisodiyotining besh tamo­

yili bosqichma­bos 

qich yo‘lga qo‘yildi. 

Darhaqiqat, bu besh tamoyil bugungi 

kunga kelib o‘zining o‘ziga xosligini, foy­

daliligini isbotladi. Buni butun jahon ham­

jamiyatining o‘zbek modeliga qiziqishi­

ning o‘ziyoq asoslab turibdi. Har bir inson 

tasavvur va harakatlari orqali kelajagini 

ko‘ra olishi mumkin. Men esa kelajagimni 

faqat va faqat iqtisodiyot sohasida ko‘ra­

man. 


Feruz MAMATOV suhbatlashdi.

Shaxs kamoloti

(Davomi. Boshi 2-betda)

Sog‘lom avlod uchun

 | 


12

 | 


2013

9

A

llergik kasalliklar – butun in­



soniyatni tashvishga solayot­

gan dolzarb muammolardan 

hisoblanadi. Butunjahon sog‘­

liqni saqlash tashkiloti (BSST) ma’lumot­

lariga nazar tashlasak, dunyo bo‘yicha 

birgina bronxial astma kasalligidan 300 

milliondan ortiq kishi aziyat chekmoqda. 

Millionlab aholi allergik rinit xastaligidan 

og‘rib kelayotgan bo‘lsa, dori allergiyasi­

ning og‘ir turlari sabab yiliga 150 ming 

inson hayotdan bevaqt ko‘z yummoqda. 

Bizning yurtimizda bunday kasallikni kel­

tirib chiqaruvchi omillarning asosiylaridan 

biri – bu, iqlim sharoiti va ovqatlanish 

tartibi bo‘lsa, unga qo‘shimcha tarzda 

nasliy, ya’ni genetik omillar va har xil 

turdagi allergenlar ham sabab bo‘ladi. 

Oziq­ovqat allergiyasi mana shu keng 

tarqalgan allergik xastaliklardan biridir.

Oziq­ovqat mahsulotlari allergiya qo‘z­

g‘ovchi holatlarni shartli ravishda 4 gu­

ruhga bo‘lish mumkin:

– ovqat hazm bo‘lish yo‘lidagi kasallik­

lar (yallig‘lanish, distrofik funksiyasiga oid 



disbakterioz);

– ovqat hazm qilish yo‘li fermentlarining 

yetishmovchiligi (tug‘ma, orttirilgan);

– psixogen va ta’m sezish omillari, ya’ni 

o‘ziga xos odatlari asosida yuzaga kelgan 

omillar;


– oziq­ovqat allergiyasi (birlamchi va 

ikkilamchi).

Oziq­ovqat allergiyasida allergen vazi­

fasini oziq­ovqat mahsulotlari yoki ular­

ning parchalanishi natijasida hosil bo‘ladi­

gan mahsulotlar bajaradi. Ular qonda ay­

lanib yuruvchi yoki to‘qimalarga o‘rnashib 

olgan antitelolar bilan o‘zaro ta’sirlashadi­

lar. Sensibilizatsiya ko‘proq oshqozon 

chak yo‘li orqali kelib chiqadi. Sezuv­



chanlikning ortishi oziq­ovqat qo‘shim­

chalariga, konservantlarga nisbatan bo‘l­

gan hollarda oziq­ovqat mahsulotlari al­

lergiyasi deyiladi. Oziq­ovqat allergiyasi 

bizning mamlakatimizda ham, chet dav­

latlarda ham ko‘p uchraydi. Ko‘p hollarda 

u yana nutritiz allergiya deb ham yuritila­

di. Oziq­ovqat allergiyasi ko‘proq bolalar­

da uchraydi. Bu patologiyaning yosh bola­

lar orasida keng tarqalishi sabablaridan 

biri – sun’iy ovqatlar bilan oziqlantirish 

hamda ovqatni me’yoridan ortiq berib yu­

borish hisoblanadi. Shuni ta’kidlab o‘tish 

lozimki, oziq­ovqat mahsulotlarini ko‘tara 

olmaslik holatlari har doim ham antigen – 

antitelo ta’siri bilan bog‘liq bo‘lmaydi. 

Uning rivojlanishiga ovqat hazm qilish 

a’zolarining kasalliklari, hazm fermentlari, 

ichaklardagi disbakterioz holatlari sabab 

bo‘lishi mumkin. Faqat 25% hollardagina 

oziq­ovqat mahsulotlarini ko‘tara olmaslik 

immunologik mexanizmga bog‘liq bo‘ladi.

Oziq­ovqat allergiyasi boshqa hamma 

allergik kasalliklar orasida 5%dan 30%ga­

cha uchraydi. Allergik dermatit bilan ka­

sallangan bolalarda oziq­ovqat allergiyasi 

47% hollarda kuzatilgan. Nafas yo‘l 

lari 


allergik kasalliklarining 20%i oziq­ovqat 

allergenlari tufayli kelib chiqqani aniqlan­

gan. Ovqat hazm qilish a’zolari tomonidan 

anatomik, fiziologik va immunologik uzi­

lishlar oziq­ovqat allergiyasi rivojlanishini 

amalga oshiruvchi omillar hisoblanadi. 

Bularning hammasi oziq­ovqat mahsulot­

lari parchalanishi va so‘rilishining buzili­



Ibn Sino darsxonasi

Sog‘lom avlod uchun

 | 


12

 | 


2013

10

shiga olib keladi. Oziq­ovqat allergiyasi­

ning bolalar o‘rtasida ko‘p tarqalishi 

i chaklar va jigar to‘siqlarining o‘tkazuv­

chanlik xususiyati yuqori bo‘lishi bilan 

bog‘liqdir. Meva va sabzavotlar ham aller­

gen bo‘lishi mumkin. Yosh bolalarda sen­

sibilizatsiya ko‘proq kundalik iste’mol qi­

linmaydigan oziq­ovqat mahsulotlariga 

nisbatan yuzaga keladi. Shaftoli, sitrus 

mevalar, qahva, kakao, asal, qulupnay, 

malina hamda tuxum, baliq, yong‘oqlar 

kuchli allergenlik xususiyatiga ega bo‘lgan 

oziq­ovqat mahsulotlari hisoblanadi. Bu 

allergenlardan tashqari, bolalarda bronxial 

astma kasalligini sut, sabzi, kartoshka, 

guruch, bug‘doy uni yormasi ham keltirib 

chiqarishi mumkin (12%dan 70%gacha).

Oziq­ovqat allergiyasiga moyilligi bo‘l­

gan bolalarning katta guruhi tekshiril­

ganda 40%ida sutga, 33%ida tuxumga, 

12%ida baliqqa nisbatan, 6%ida meva va 

sabzavotlarga, 3%ida esa boshoqlilarga 

nisbatan allergiya borligi aniqlandi. Katta­

larda oziq­ovqat allergiyasi birmuncha 

boshqacharoq, ya’ni ichki a’zolarning su­

runkali kasalliklari ko‘rinishida kechishi 

mumkin. Oziq­ovqat allergenlari hayvon 

va o‘simlik oqsillari (sut, go‘sht, baliq, 

boshoqli g‘alla ekinlari), aksariyat sitrus 

mevalar, yong‘oqlar, asal, kakao, shoko­

lad bo‘lishi mumkin. Kattalarda oziq­ovqat 

allergiyasi sabzavotlarga 80%, boshoqli­

larga 40% va mevalarga 18% nisbatda 

bo‘lishi qayd etilgan. Bir vaqtning o‘zida 

bir necha oziq­ovqat mahsulotlariga nis­

batan allergiya bo‘lishi monoallergenlarga 

nisbatan ikki marta ko‘proq uchraydi.

Klinik belgilari. Oziq­ovqat allergiyasi­

ning klinik belgilari joylashgan o‘rniga 

ko‘ra 3 guruhga ajratiladi:

1. Gastro­intestinal.

2. Teri kasalliklari.

3. Nafas yo‘li kasalliklari.

Kattalarda ularning birgalikda uchrashi 

kuzatiladi. Oziq­ovqat allergiyasining kli­

nik ko‘rinishlari turlicha bo‘ladi. Bemor­

larda isitma, titrash, uchuq, qavarchiqlar, 

Kvinke shishi, bronxlarning siqilishi, bosh 

og‘rig‘i, ko‘p bo‘g‘imlarda birdaniga og‘­

riqlar kuzatilishi mumkin. Murakkab bo‘l­

magan oziq­ovqat allergiyasida ichaklar­

ning zararlanishi kuzatilmaydi. Ichaklarda 

surunkali kasalliklar bo‘lgan hollarda 

oziq­ovqat allergiyasi belgilariga ichaklar­

dagi buzulishlar ham qo‘shiladi. Oziq­

ovqat allergiyasi klinik kechishining 2 ta 

asosiy shakli ajratiladi: siklik va doimiy 



(surunkali).

Doimiy shakli qondagi antitelolarning 

yuqori miqdori bilan bog‘liq. Bunda aller­

genni iste’mol qilish kasallikning klinik 

belgilari yuzaga kelishiga olib keladi. Hatto 

allergenli mahsulotlarni uzoq vaqt davo­

mida iste’mol qilmay, keyinchalik tanovul 

qilgan hollarda ham kasallikning klinik 

ko‘rinishlari namoyon bo‘ladi. Oziq­ovqat 

allergiyasining siklik shaklida bemor oziq­

ovqat mahsulotlari – allergenlarni vaqti­

vaqti bilan yaxshi qabul qiladi, ya’ni bir 

ovqatning o‘zi ba’zan kasallik belgilarini 

keltirib chiqarsa, ba’zan hech qanday bel­

gilar sezilmaydi. Bunday hollarda kasallik­

ni tashxislash ancha qiyin. Allergik ta’sirlar 

5–6 kunda bir marta yuzaga keladi. Oziq­

ovqat allergiyasida ovqat hazm qilish 

a’zolari kasalliklarining klinik ko‘rinishlari 

ham har xil bo‘ladi. Ularga surunkali gas­

trit, enterit, pankreatit, o‘t haydab chiqa­

ruvchi yo‘llar va yo‘g‘on ichak kasalligi, 

o‘t toshi kasalligi, oshqozon va o‘n ikki 

barmoqli ichak yara kasalliklari kiradi. 

Patologik belgilar oshqozon ichak yo‘li­

ning hamma bo‘limlarida vujudga kelishi 

mumkin: og‘iz bo‘shlig‘ida (gingivid, glos-

sit, stomatit, xeylit), oshqozonda (gastrit, 

oshqozon yara kasalligi) oziq­ovqat aller­

giyasi uchun qorinda birdaniga paydo 

bo‘ladigan og‘riqqa xos xususiyatlardan 

biri hisoblanadi. Biroq oziq­ovqat allergi­

yasida ko‘pincha ingichka va yo‘g‘on 

chaklar zararlanadi. Bunda bemorlar 



og‘riq, tez­tez hojatga qatnash, suyuq ax­

Ibn Sino darsxonasi

Sog‘lom avlod uchun

 | 


12

 | 


2013

11

lat kelishidan shikoyat qiladilar. Shuning­

dek,  “ta’sirlangan ichak” sindromi ham 

kuzatiladi. Shilliq qavat biopsiya olgandan 

allergik yallig‘lanish uchun xos bo‘lgan 

epeteli va subepiteli tuzilishlarda aniq 

o‘zgarishlar (iozinofillarning ko‘payib ke-

tishi, to‘yingan hujayralarda buzilishlar, 

qonda immunoglublinlar miqdorining or-

tishi) sodir bo‘ladi

Bolalarda oziq­ovqat allergiyasining eng 

ko‘p uchraydigan shakli qavarchiqlar va 

Kvinke shishi hisoblanadi. Oziq­ovqat bi­

lan bog‘liq bo‘lgan qavarchiqlar va Kvinke 

shishining yuzaga kelish tezligi 13%dan 

45%gacha uchraydi, ular odatda ancha 

qiyin kechadi. Ko‘pincha oziq­ovqat aller­

giyasi bilan bog‘liq bo‘lgan o‘zgarishlar 

eritmali vezikulyar dermatitlar ko‘rinishi­

da namoyon bo‘ladi. Oziq­ovqat allergiya­

siga moyilligi bo‘lgan 50% bolalar hayoti­

ning birinchi yilidayoq egzema bilan 

azoblanadilar. Kasallik go‘dakni sun’iy 

ovqatlantirish boshlangandan keyin paydo 

bo‘ladi. Sigir suti bilan sun’iy ovqatlantiri­

layotgan yosh bolalarda oziq­ovqat allergi­

yasining ko‘rinishi odatda eksudativ diatiz 

deb tashxislanuvchi teridagi patologik o‘z­

garishlardan iborat bo‘ladi. Ularga bosh­

ning soch bilan qoplangan qismlarida 

yog‘li qatlamlar paydo bo‘lishi, yonoqning 

qizarishi va keyinchalik chov sohalarida 

bichilishlar yuzaga kelishi kiradi. Agar 

bolani sutli aralashmalar bilan boqish da­

vom ettirilsa, kasallik rivojlanishi kucha­

yadi, esudativ diatezdan egzema vujudga 

keladi.


Bolalardagi oziq­ovqat allergiyasining 

teridagi ko‘rinishlari orasida tugunchali 

toshmalar uchraydi. Ular ko‘pincha oyoq 

va qo‘llarning bukiluvchan yuzalarida, 

oyoq kaftlarida, qo‘l kaftlarida joylashgan 

bo‘ladi. Oziq­ovqat allergiyasining niho­

yatda ko‘p uchraydigan klinik ko‘rinishla­

ridan biri – teri bronxial astmasi hisobla­

nadi. Sut, tuxum va baliqqa nisbatan aller­

giya boshqa mahsulotlarga qaraganda 

ko‘proq qayd etiladi.

Oziq­ovqat allergiyasining juda ko‘p 

ko‘ 

rinishlari mavjud, ammo u ko‘proq 



osh qozon ichak yo‘llari kasalliklari ko‘ri­

nishida namoyon bo‘ladi. Oziq­ovqat al­

lergiyasini tashxislash ayrim hollarda shi­

fokor uchun qiyinchilik tug‘diradi. Qator 

kasalliklar oziq­ovqat allergiyasi belgilari­

ga o‘xshash belgilarni keltirib chiqarishi 

mumkin (disbakterioz, oshqozon ichak yo‘l-

larining surunkali kasalliklari, fermentlar 

yetishmasligi). Oziq­ovqat allergiyasining 

tashxisi allergologik anmnez yig‘ishdan 

boshlanadi. Ovqatlanish kundaligini yozib 

borishga katta e’tibor qaratiladi. Unda har 

kuni iste’mol qilingan ovqatlar miqdori va 

sifati, qanday ishlov berilishi haqida qayd 

etib boriladi. Bu davrda ma’lum dori mod­

dani belgilash maqsadga muvofiq emas. 

Ovqatlanish kundaligini eng kamida bir oy 

davomida yozib borish kerak. Agar biror 

mahsulot allergik reaksiyaga sabab bo‘lsa, 

u taomnomadan chiqarib tashlanadi.

Tashxislash uchun istisno qilish (elimi-

natsiya) sinamasining 3 xil turi qo‘llanila­

di:


1. Gumon qilinayotgan mahsulot 7–10 

kungacha iste’moldan chiqarib tashlanadi.

2. Asosiy parhezdan eng kuchli allergen­

li xususiyatga ega bo‘lgan (oblegat) aller­

genlar  (shokolad, yong‘oq, tuxum, sut) 

olib tashlanadi.

3. 

Besh kungacha parhez belgilanadi, 



keyin esa sekin­asta kundalik ovqatlarga 

turli mahsulotlar kiritiladi.

Shuningdek, kasallikni tashxislashda al­

lergologik sinamalar ham o‘tkaziladi (ka-



sallikning tinch davrida). Tekshirishning 

bu usuli diagnostikada juda katta rol o‘y­

naydi.

Qutbiddin NIZOMOV,



Toshkent tibbiyot akademiyasi Klinik 

allergologiya kafedrasi katta o‘qituvchisi.



Ibn Sino darsxonasi

Sog‘lom avlod uchun

 | 


12

 | 


2013

12

Hayotda inson uchun eng muhimi – salo­

matlikdir. Shu nuqtayi nazardan mamlaka­

timizda aholi sog‘ligini asrash, onalik va 

bolalikni muhofaza qilish, oilalarda sog‘lom 

turmush tarzi tamoyillarini qaror toptirish­

ga katta ahamiyat qaratilib, bu borada bir 

qator ishlar amalga oshirilmoqda. Mazkur 

sa’y­harakatlar, chunonchi, kasallikni o‘z 

vaqtida davolashga qaratilayotgan chora­

tadbirlar  jamiyatda sog‘lom muhit shaklla­

nishiga xizmat qiladi.  

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma’lu­

motlariga ko‘ra, bugungi kunda bir qator 

kasalliklarning  “yasharib” borayotganligi ku­

zatilmoqda. Bu esa, o‘z navbatida, turli toi­

fadagi bemorlar uchun dori vositalari ro‘y­

xatini tuzish zaruratini keltirib chiqaradi.

Dori vositalarini bemorlarning klinik va­

ziyatiga mos holda, individual talablariga 

javob beruvchi dozalarda, adekvat vaqt 

davrida va bemorlar hamda jamiyat uchun 

eng kam narxda tayinlash talab etiladi. E’ti­

rof etish kerak, hozirda ko‘plab dori vosita­

lari kuchli ilmiy bazaga ega bo‘lgan farmat­

sevtik kompaniyalar tomonidan ishlab chi­

qariladi va zarur klinik amaliyotdan o‘tkazi­

ladi. Farmatsevtik sanoatni harakatlantiruv­

chi sabab umumiy manfaatni ko‘z 

lash 


emas, balki daromad keltiradigan dori vosi­

talarini ishlab chiqishdir. Biroq samarali va 

xavfsiz dori vositalarigina daromadli bo‘li­

shi mumkin. Bemorga dori tayinlashda ana 

shu mezonlarga amal qilish talab etiladi. 

Farmatsevtik kompaniyaning jahon reytingi 

qanchalik yuqori bo‘lsa, u tomonidan 

chiqarilayotgan mahsulot sifati ham baland 

bo‘ladi.

Tibbiyotda farmakoterapiya, ya’ni dori­

darmonlarning qo‘llanilishi jarayonida ka­

sallikning klinik yakunini bashorat qila 

olish bemor va shifokor uchun katta ahami­

yatga ega. Ya’ni bemor davolanmagan taq­

dirda unda qanday asoratlar yuzaga kelishi­

ni, davolanganda esa qanday samaraga eri­

shishini  oldindan ayta olishi zarur. Bu esa 

har qanday xastalikning tabiiy kechishini 

to‘g‘ri baholash va uning nojo‘ya oqibatlari­

ning oldini olish imkonini beradi. 

Ming taassufki, shifokor qabuliga kelgan 

bemorlarning hammasi ham shifokor ko‘r­

satmasiga amal qilmaydi. Tahlillarga qara­

ganda, bemorlarning aksariyati muolajani 

to‘liq bajarmaydi. O‘zini yaxshi his qila 

boshlagach, dori­darmonni to‘xtatadi. Bu 

esa bemorlarda kasallikning surunkali da­

vom etishiga olib keladi. Bemor qanchalik 

ko‘p davolansa, u ko‘rsatmalarni shuncha­

lik yuzaki bajarganini bildiradi. Agar biz  

qon bosimi yuqori bo‘lgan bemorlarda far­

makoterapiyani misol qilib oladigan bo‘lsak, 

ko‘pincha mutaxassislarning ilmiy tad 

qi­


qotlari natijalariga ko‘ra, davolanishning 

dastlabki bosqichida ularning 50 foizi shifo­

kor tavsiyalarini bajarmaydi, 5 yildan keyin 

esa tayinlangan dorilarni bemorlarning fa­

qat 26 foizigina qabul qiladi. Shifokor ko‘r­

satmalariga rioya qilmaslik oqibatida arteri­

al bosimni faqatgina 27 foiz holatda me’­

yorlashtirish mumkin. Har beshinchi bemor 

shifokor yozib bergan dori vositalarini umu­

man xarid qilmaydi. Eng achinarlisi, shifo­

kor ko‘rsatmalarini buzishga oilaviy ahvoli

ma’lumoti va daromadiga qaramasdan har 



Sog‘lom avlod uchun

 | 


12

 | 


2013

13

ikki jins vakillari ham birday moyil. Mu­

taxassis sifatida shuni ta’kidlaymizki, davo­

lovchi shifokor  sizning umumiy holatingiz­

dan kelib chiqqan holda muolaja buyuradi. 

Uni o‘z vaqtida bajarmaslik, avvalo, bemor­

ning o‘ziga ziyon. Negaki, davolashning 

samarasiz kechayotganidan xavotirlangan 

shifokor, avvalgi dori­darmonga qaraganda 

kuchliroqlarini tayinlaydi. Bunday katta 

dozadagi dori vositalari esa nojo‘ya ta’siri 

bilan xavflidir. Shuni unutmaslik kerakki, 

dorilar inson hayotini saqlab qolish daraja­

sida foydali, ayrim vaziyatlarda esa hayot 

uchun xavfli bo‘lishi ham mumkin.

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma’lu­

motlariga ko‘ra, bugunga kelib shifokor 

ko‘rsatmalarini nazarga olmaslik hisobiga 

yuzaga kelgan moliyaviy xarajatlar yiliga 

100 mlrd. dollarni tashkil etmoqda.

Shifokor ko‘rsatmalari qanchalik oddiy 

bo‘lsa, ularni bajarish ham oson va ayni 

paytda samarali kechadi. Avvalo, shifokor 

bemor bilan gaplashayotganda unga nisba­

tan e’tiborli va o‘ta samimiy bo‘lishi talab 

etiladi. Kasallikning salbiy oqibatlarga olib 

kelishi haqida mufassal tushuntirishi va o‘z 

vaqtida davolanishga rag‘batlantirishi ke­

rak. Qolaversa, tavsiya qilinayotgan dori­

darmonlarning inson organizmiga ijobiy 

ta’siri, kasallikdan forig‘ bo‘lishda uning 

ahamiyati haqida ham tushuncha berish 

muhim. 

Tadqiqotlar shuni ko‘rsatmoqdaki, be­



morlarning aksariyati shifokor bilan bo‘lgan 

muloqotning beshinchi daqiqasidayoq aytil­

gan tavsiyalarni unutib qo‘yadi. Bunga 

ko‘pincha shifokor ko‘rsatmalarining had­

dan ziyod ko‘p va murakkabligi sabab 

bo‘ladi. Bunday vaziyatlarda barcha ko‘r­

satmalarni yozma shaklda berish va murak­

kab tibbiy terminlarni ishlatishdan uzoqla­

shish kerak. Bemorga dori­darmon yozib 

berayotganda iloji boricha, sinalgan, sifatli 

va arzon dorilardan foydalangan ma’qul. 

Uni umumiy xarakterdagi maslahatlar bilan 

chalg‘itmasdan aniq tavsiyalar berish lozim. 

Qolaversa, bemor bilan suhbat jarayonida 

uni qiziqtirgan savollarga atroflicha javob 

berish, kasallik haqida, davolash jarayonla­

ri haqida to’liq tushuncha berish talab eti­

ladi.


Tajribadan ma’lumki, o‘ziga nisbatan 

e’tibor va hurmatni sezgan bemor  shifokor 

ko‘rsatmalariga to‘liqroq amal qilishga ha­

rakat qiladi. Ahvolini kuzatib borishi (ma-



salan, qon bosimini o‘lchash kabi) uning 

o‘ziga yuklatilsa, bunday holatda ham be­

mor mas’uliyatni his etgan holda o‘z salo­

matligiga jiddiy munosabatda bo‘lib, dori­

darmonlarni o‘z vaqtida ichishi va  salomat­

ligiga beparvo bo‘lmasligi kuzatiladi. 

Shu o‘rinda medikamentoz terapiyani 

tanlashda, eng avvalo, bemor holatidan ke­

lib chiqib, ularning qo‘llanilishiga bo‘lgan 

qarshi ko‘rsatmalarni ham  hisobga olish mu­

him ahamiyatga egaligini qayd etish joiz. 

Bemorlarda bir necha kasalliklar aniqlan­

ganda, ishni eng xavfli kasallikni davolash­

dan boshlash, terapiyaning keyingi bos­

qichlarida esa davolash dasturiga ma’lum 

klinik masalani hal qilishga qaratilgan yangi 

dorilarni navbatma­navbat tayinlashni reja­

lashtirish ayni muddao. Nojo‘ya ta’sirlar­

ning yuqori xavfini inobatga olgan holda 

eng xavfsiz preparatlarning minimal doza­

laridan boshlab, ular dozasini sekin­asta 

ko‘targan holda davolashni amalga oshirish 

tavsiya etiladi. Ushbu jarayonda buyrak 

orqali chiqarish yo‘liga ega barcha dorilar 

uchun to‘liq terapevtik dozalar kamaytirili­

shi zarur.

Xulosa qilib aytganda, salomatlikni as­

rashga qaratilgan chora­tadbirlarni o‘z vaq­

tida qo‘llashning ahamiyati katta. Shifokor 

maslahatiga, ko‘rsatmasiga rioya qilish pi­

rovardida hayotingiz uchun muhim bo‘lgan 

sihat­salomatligimizni ta’minlashga mas’­

uliyat bilan yondashish sog‘lom turmush 

qoidalariga amal qilish samarali natija be­

radi.  

Nigora PIRMATOVA,



 Fotima RAHMATOVA,

Toshkent Tibbiyot akademiyasi  

o‘qituvchilari.




Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2019
ma'muriyatiga murojaat qiling