Barkamol avlod tarbiyasida o'qituvchining tarbiyaviy maqsadlari reja


Download 28.4 Kb.
bet5/7
Sana23.04.2023
Hajmi28.4 Kb.
#1386707
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
9.barkamol avlod tarbiyasida o\'qituvchining tarbiyaviy maqsadlari

3. Maktabgacha tarbiya yoshi.
Bu davr bolaning aqliy va jismoniy jihatdan tez o’sishi, dunyoni bilish, atrof muhitga o’z munosabatini bildirish istagi kuchayib borayotgandavrdir. Shu sababli ham ota-onalar va tarbiyachilarning bolalarni to’g’ri kamolga yetkazishga alohida e’tibor berishlari lozim. Ularni tarbiyalashda:
a) sog’lig’i haqida, tartib va gigiyena talablariga;
b) o’yin mashg’ulotlari, so’z, musiqa, ekskursiya, badiiy va jismoniy
tarbiyaga;
v) o’zini tuta bilish, do’stlik-birodarlikni o’rniga qo’yish, kattalarga hurmat, o’yin qoidalarini buzmaslik, buyumlarni asrash va boshqkalarga o’rgatish muhimdir.
Bu davrda bolalarning bo’yi har yili o’rtacha 6 sm, og’irligi 1-2 kg o’sadi. Suyak, muskul tizimi yumshoq, egiluvchan bo’ladi. Shu sababli ularni toliqtirmaslik kerak. Ularning asosiy faoliyati o’yin hisoblanadi. O’yinlar rang-barang bo’lishi va jamiyat maqsadlaridan kelib chiqib tashkil etilishi juda muhim.


4. Maktab yoshidagi kichik o’quvchilar.
Bolani qachondan boshlab maktabga berish muammosi pedagogikaning eng muhim masalalaridandir. Ota-onalar va o’qituvchilar maktabga keladigan bolalarni yaxshi o’rganishlari va to’g’ri xulosaga kelishi bag’oyat muhimdir. Endi bog’chadagi o’yin faolyati o’rnin tizimli majburiy vaqt bilan bog’liq o’qish faoliyati egallaydi. Bu yoshdagi o’g’il va qiz bolalar jismoniy jihatdan tekis o’sadi. Bo’yi o’rtacha 120 sm, og’irligi 25 kg bo’ladi. Ko’krak qafasi va umurtqa pog’onachlari suyaklari qotmaganligi uchun, ular tez shikastlanadilar. Ular tez o’sadi. Ularning bosh miyasi kattalarnikiga tenglashsa ham, tuzilishi jihatdan farqlanadi. Nafas yo’li va diafragmasi bo’sh rivojlanagn bo’ladi, shu tufayli, ular harakatsiz qolsalar nafas olish sust bo’lib, tana a’zolarining kislorod bilan ta’minlanishi yomonlashadi. Ular yuragi ikki barovar qon chiqaradi. Yurak urishi minutiga 90-92 martaga to’g’ri keladi.
O’qish mehnatining ta’siri ostida bolaning barcha ruhiy faoliyati ixtiyoriy diqqat, ixtiyoriy xotira, ixtiyoriy idrok (ma’lum maqsad asosida voqyea va hodisalarni kuzatish), tafakkurni ixtiyoriy idora etish va u bilan bog’liq bo’lgan nutq, his-tuyg’u, iroda kabi ruhiy jarayonlar rivojlanadi.
Bolalarning xohishini 2 soatdan yoki 3 oydan keyin bajarishni va’da bersangiz ular ko’naveradi. Bolalarni vaqtning qadriga yetishiga, vaqtni aniqlash va uni bekor o’tkakzmaslikka va darsdan kechikmaslikka o’rgatish ma’qul. Keyinchaldik kunlik rejimga o’rgatish kerak. Bolalarni kuzatuvchanlikka o’rgatish orqali bilish qobiliyatini o’stirishga intilish kerak. Ularning tasavvuri o’qiganlarini ko’pincha harfma-harf, to’ppa-to’g’ri manoda anglaydilar. Bu yoshdagi bolalarning xotirasi juda kuchli taraqqiy etgan, xotiraga olish, o’qib olish ancha o’sgan bo’ladi. 1-4 sinf o’quvchilarining talab va qiziqishlari, odat va sezgilari, tasavvur va tushunchalari, hayoliy faoliyatlari, diqqat-e’tiborlari, tirishqoqliklari bir-biridan farq qiladilar.
Shu bilan birga ular orasida duduq, ko’zi yaxshi ko’rmaydigan, qulog’i yaxshi eshitmaydigan, ovozi xasta, xotirasi past o’quvchilar ham uchraydi. o’qituvyaining vazifasi bolalar hamma ijobiy intilishlarini o’z vaqtida anglash, ularni kamol toptirishdan iboratdir.



Download 28.4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling