Baron myunxauzen sarguzashtlari
Download 0.52 Mb. Pdf ko'rish
|
Baron Myunxauzenning sarguzashtlari BARON MYUNXAUZENNING SARGUZASHTLARI
TOMDAGI
OT
Men Rossiyaga otliq safarga chiqqan edim. Qish payti, qor yog'moqda edi. Otim charchab, qoqina boshladi. O'zimni ham rosa uyqu bosdi. Charchaganimdari egardan yiqilib tushishirnga sal qoldi. Ammo tunash uchun behuda joy izlabman: yo'lda bironta ham qishloqni uchratmadim. Nima qilish kerak edi? Yalang bir joyda tunashga to'g'ri keldi. Tevarak-atrofda na bir tup buta bor va na bir tup daraxt. Qor tagidan kichkina bir qoziqchagina dikkayib chiqib turardi. Sovqotgan otimni bir amallab shu qoziqchaga bog'ladim. o'zim esa o'sha yerdayoq qor ustiga yotib, dong qotib uxlab ketdim. Uzoq uxlab qolibman. bir mahal uyg'onib qarasam, dalada emas, bir qishloqda yoki, to'g'rirog'i kichkina bir shaharchada yotibman: tevarak-atrofimda uylar. . O'zi nima gap? Qayerga kelib qoldirn ekan? Bu uylar bir kechada qanday paydo bo'ldi ekan? Otim qayerda qoldi? www.kitob.uz saytida elektron kitoblar, audio ertaklar, darsliklar mavjud Nima hodisa bo'lganini anchagacha tushuna olmadim. Birdan qulog'irnga kishnagan tanish ovoz eshitildi. Mening otim kishnayotgan edi. Ammo o'zi qayoqda? Kishnagan ovoz qayerdandir yuqoridan kelardi. Boshimni ko'tarib qarayman, iyi, bu qanday gap? Otim butxona qo'ngg’roqxonasining tomida osilib yotibdi! U xuddi butning o'ziga bog’lab qo'yilgan ekan. Nima voqea bo'lganini darhol payqadim. Kecha kechqurun bu shaharchani hamma odamlari va uy-puylari bilan qalin qor bosib, faqat butning uchi qordan chiqib qolgan ekan. Men buning but ekanligini bilmabman. Menga u kichkina bir qoziqcha bo'lib ko'rinibdi-yu, unga otimni bog'lab qo'yibman. Kechasi uxlab yotganimda havo qattiq isib, qor erib ketibdi, men sekin-asta yerga tushib qolibman. Sho'rlik otim esa shu ko'yicha yuqorida - tomda qolib ketibdi. Qo'ngiroqxona tepasidagi butga bog’lab qo'yilgani uchun yerga tusholmabdi. Nima qilish kerak endi? Men uzoq o'ylab-netib turmay, to'pponchamni oldim-da, yaxshi mo'ljallab turib otdim, o'q xuddi yuganga borib tegdi, chunki o'zim hamisha yaxshi merganlardan hisoblanar edim. Yugan qoq ikkiga bo'linib keldi. Ot shuv etib, yonimga tushdi. Men lip etib otimga inindim-da, oldinga qarab quyunday choptirib ketdim.
Download 0.52 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling