Baron myunxauzen sarguzashtlari


Download 0.52 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/34
Sana05.01.2022
Hajmi0.52 Mb.
#223424
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   34
Bog'liq
Baron Myunxauzenning sarguzashtlari BARON MYUNXAUZENNING SARGUZASHTLARI

TOP   O'QIGA    MINIB 

 

 

Ammo  urush  vaqtida  men  faqat  otda  emas,  balki  to'p  o'qini  ham  minib 



yurganrnan. Bu voqea shunday bo'lgan edi. 

 

Biz  turklarning  allaqanday  bir  shaharini  qamal  qilib  olganimizda 



komandirimizga bu shaharda qancha to'p borligini bilish zarur bo'lib qoldi. 

 

Ammo  butun  armiyamizda  dushman  tomonga  bildirmasdan  pisib  o'tishga 



ko'nadigan birorta ham mard topilmadi. Hammadan mardi o'zim ekanman. 

 

Men  turk  shahrini  o'qqa  tutayotgan  kattakon  bir  to'pning  oldiga  borib  turdirn, 



uning  og’zidan  o'q  otilib  chiqishi  bilanoq,  sapchib  unga  minib  oldim-da,  oldinga 

qarab uchib ketdim. Hammalari baravariga: 

 

— Barakalla, baron Myunxauzen! — deb qichqirishdi. 



 

Boshda  maza  qilib  uchib  boraverdim,  biroq  dushmanning  shahri  uzoqdan 

ko'rinishi bilanoq meni vahima bosa boshladi. 

 

«Shoshma!  —  dedim  o'z-o'zimga.  —  Uchib  borishga-ku  borasan-a,  lekin  u 



yoqdan qanday qilib chiqib kelasan? Dushman seni ayab o'tirmaydi, josus deb ushlab 

olib,  yaqin  oradagi  dorga  osadi-qo'yadi.  Yo'q,  azizim  Myunxauzen,  esing  borida 

orqangga qaytib qo'ya qol!» 

 

Xuddi shu on turklarning biz tomonga otgan o'qi yonginamdan o'tib qolmasmi 



deng.  Uzoq  o'ylab-netib  o'tirmay  unga  minib  oldim-da,  hech  narsa  bo'lmagandek, 

g'izillaganimcha  izimga  qaytdim.  Albatta,  uchib  ketayotib,  men  turklarning  hamma 

to'plarini  yaxshigina  sanab,  bilib  oldim  va  dushmanning  to'plari  to'g’risida 

komandirga juda ham aniq ma'lumotlar keltirdim. 

 


Download 0.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   34




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling