Baron myunxauzen sarguzashtlari


Download 0.52 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/34
Sana05.01.2022
Hajmi0.52 Mb.
#223424
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   34
Bog'liq
Baron Myunxauzenning sarguzashtlari BARON MYUNXAUZENNING SARGUZASHTLARI

ASALARICHI BILAN AYIQLAR 

 

 

Ammo og’ir kulfatlardan meni na kuchim va na dovyurakligim qutqarib qoldi. 



Bir  mahal  urush  vaqtida  turklar  meni  qurshab  oldi,  garchi  yo'lbarsda  olishgan 

bo'lsam-da, baribir ularga asir tushib qoldim. 

 

Ular mening qo'l-oyog’imni bog’lab, qul qilib sotib yubordilar. 



 

Men  uchun  qora  kunlar  boshlandi.  To'g'risini  aytganda,  menga  u  qadar  qiyin 

bo'lmasa ham, lekin diqqinafas qilib yuboradigan ish berdilar: meni asalari boquvchi 

cho'pon  qilib  qo'ydilar.  Har  kuni  ertalab  men  turk  sultonining  asalarilarini 

chamanzorga  haydab  borishim,  kun  bo'yi  ularni  o'sha  yerda  boqib,  kechqurun 

uyalariga haydab kelishim kerak edi. Boshda hamma ish silliq bordi, ammo bir kuni 

asalarilarirnni sanab ko'rsam, bittasi yetmaydi. 

 

Men  uni  qidirib  ketdim,  ko'rsamki,  unga  ikkita  bahaybat  ayiq  hujum  qilyapti; 



aftidan, ayiqlar uni qoq ikkiga yorib, shirin asalidan tatib ko'rmoqchi bo'lsalar kerak. 

 

Yonimda  hech  qanday  qurolim  yo'q  edi  —  faqat  kichkina  kumush  boltacham 



bor edi, xolos. 

 

Ayiqlarni  qo'rqitmoq  va  sho'rlik  asalarini  qutqarib  olmoq  uchun  ana  shu 



boltachamni  qulochkashlab,  ochko'z  yirtqichlarga  qarata  otdim.  Ayiqlar  ura  qochdi, 

asalari  esa  eson-omon  qutulib  qoldi.  Ammo  esizki,  zabardast  qo'limning  qudratini 

nazarda  tutmasdan,  boltachani  zabtim  bilan  uloqtirgan  ekanman,  oyga  uchib  chiqib 

ketibdi. Ha, ha, oyga. Sizlar boshingizni sarak-sarak qilib  kulyapsiz, lekin  mening u 

paytda kuladigan chog'im emas edi. 

 

O'ylanib qoldim. 



 

Nima iloj qilsam ekan? Oyga chiqmoq uchun uzun narvonni qayerdan topsam 

ekan. 

 


Download 0.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   34




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling