Baron myunxauzen sarguzashtlari
Download 0.52 Mb. Pdf ko'rish
|
Baron Myunxauzenning sarguzashtlari BARON MYUNXAUZENNING SARGUZASHTLARI
OYGA BIRINCHI SAYOHAT
Baxtimga, Turkiyada juda tez o'sadigan, ba'zida osmongacha o'sib chiqadigan kattakon bir poliz ekini borligi esirnga tushib qoldi.
Bu Turkiya no'xati edi. Bir dam fursatni qo'ldan boy bermay, yerga ana shunday no'xatdan bir donasini ekib qo'ydim. No'xat o'sha zahotiyoq o'sa boshladi.
U borgan sari o'sib, tez orada oyga borib yetdi! — Yasha! —deb qichqirdim men va poyasiga tirmashib, yuqoriga chiqa boshladim.
Bir soatdan keyin oyga chiqib bordim. Oyda kumush boltachamni topish oson bo'lmadi. Oy ham kumushdan, bolta harn kumushdan bo'lganidan kumush ustida kumush ko'rinmas edi. Ammo pirovardida, harqalay, boltamni chirigan poxol g'arami orasidan topib oldim. www.kitob.uz saytida elektron kitoblar, audio ertaklar, darsliklar mavjud
Xursand bo'lib, boltamni belimga qistirib oldim-da, yerga tushib ketmoqchi bo'ldim.
Ammo ishning pachavasi chiqibdi: no'xatning poyasi oftobda qurib qolib, maydalanib, sochilib ketibdi!
Buni ko'rgach, xafa bo'lganimdan sal bo'lmasa yig'lab yuboray dedim. Nima qilish kerak? Qanday chora topish kerak edi? Nahotki, Yerga hech qaytib tusha olmasam? Nahotki, umr bo'yi ana shu ko'ngilsiz oyda qolib ketsam? Yo'q, aslo! Hech bir! Yugurib poxolning oldiga bordim-da, undan arqon esha qoldim. Bu hodisa naqadar dahshatli bo'lsa-da, men hech qo'rqmadim. Ko'p o'ylab-netib turmasdan, boltamni qo'limga qattiq ushladim-da, arqonning pastki qismiga mahkam yopishib turib, yuqori qismini kesdim va uni pastki qismiga uladim. Bu narsa Yerga yaqinroq tushib olishimga yordam qildi.
Ammo, Yer hali ancha uzoq edi. Men tinmay arqonning yuqori qismini kesib, pastki qismiga ulayverdim.
Nihoyat, shu qadar pastga tushdimki, shahardagi uy va hovlilar ko'rina boshladi. Yerga yetishimga endi bor-yo'g'i uch yoki to'rt mil qolgan edi.
Birdaniga nima boldi-yu, arqon uzildi-ketdi. Men yerga shunday zarb bilan kelib tushdirnki, kam deganda, yarim milcha keladigan yerni o'yib kirib ketibman.
O'zimga kelgach, bu chuqur o'radan qanday chiqib olishni bilolmay, anchagacha angrayib turdim. Kun bo'yi hech narsa tatimay, hech narsa ichmay o'ylayverdim, o'ylayverdim. Oxiri o'ylagan o'yimga yetdim: tirnoqlarim bilan tirnab, zinapoya kovlab, ana shu orqali yer yuziga chiqib oldim.
Shundoq, Mynnxauzen hech qayerda dard qolmaydi! Download 0.52 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling