Ammo-lekin mening hayotimda bo'riga duch kelishdan ham xatarliroq
hodisalar bolgan.
Bir mahal meni bir quturgan it quvlab qoldi deng.
Men undan jon halpida qochdim.
Ammo ustimdagi zilday po'stinim qochishga xalaqit berib qoldi.
Men qochib ketayotib, uni yechib tashladim-da, chopib uyga kirib, eshikni
mahkam berkitib oldim. Po'stin esa ko'chada qolib ketaverdi.
Quturgan it po'stinirnga yopishib, uni talay ketdi. Xizmatkorim uydan yugurib
chiqib, turadigan shkafga osib qo'ydi.
Ertasiga erta bilan u yotoqxonamga chopib kirib, rangi-quti o'chgan holda:
- Turing-chi, turing! Po'stiningiz quturibdi! — deb qichqirdi.
Men lip etib o'rnimdan turib, shkafni ochdim-u, nimani ko'rdim deng? Butun
ust-boshlarim parcha-parcha bo'lib yotibdi!
Xizmatkorim to'g'ri aytgan ekan: sho'rlik po'stinim quturibdi, chunki kecha
kechqurun uni quturgan it talagan edi-da.
Po'stinim g’azab bilan yangi mundirimga hamla qildi-da, uni qiyma-qiyma qilib
tashladi.
To'pponchamni olib o'q uzdim.
Quturgan po'stin bir damda jim bo'ldi-qoldi. Shunda odamlarimga: uni bog
4
lab,
alohida shkafga osib qo'yinglar, deb buyurdim.
Shundan beri po'stinim endi hech kimni tishlamaydi, men ham uni hech
qo'rqmasdan, bemalol kiyaveradigan bo'lib qoldim.
Do'stlaringiz bilan baham: