Baron myunxauzen sarguzashtlari
Download 0.52 Mb. Pdf ko'rish
|
Baron Myunxauzenning sarguzashtlari BARON MYUNXAUZENNING SARGUZASHTLARI
BALIQ QORNIDA
Bir haftadan keyin biz Italiyaga yetib keldik. Oftob yarqirab chiqqan kun edi. Men O'rta dengiz bo'yiga cho'miigan bordim. Suv iliqqina edi. Men usta suzuvchi bo'lganimdan, qirg’oqdan ancha yiroqqa suzib ketdirn. Birdan qarasam, kattakon bir baliq ogfzini karrakdek ochib, to'g'ri menga qarab suzib kelyapti! Nima iloj qilish kerakP Undau qochib qutulishning iloji yoq edi; shu sababdan baliqning tig’day tishlari orasidan tezda otib, darrov qortiiga kirib olmoq uchun, gfujanak bo'lib oldim-da, karrakdek og’zidan ichkariga kirib ketdim. Bunday oqilona hiyla har qanaqa odamning hain miyasiga kelavermaydi, amrno men umuman ziyrak va bilasizki, juda-juda uddaburon odamrnan. Baliqning qorni qop-qorong'u bo'lsa ham, ammo, issiq va binoyidek ekan. Men bu zulmat ichida u yoqdan-bu yoqqa yura boshladim va bu ishim baliqqa yoqmasligini darrov fahmlab qoldim. Ana shundan keyin men baliqni rosa qiynamoq uchun, xuddi jinni kishidek jo'rttaga irg’ishlab o'yin tushdim. Baliq og'riqqa ehidolmay, ingray boshladi va kattakon tumshug'itii suvdan chiqardi. Ko'p o'tmay, yonginasidan kemada o'tib ketayotgan italyanlar uni ko'rib qolishibdi. Ayni muddao bo'ldi! Dengizchilar uni changak otib o'ldirdilar, so'ngra kemaning sahniga olib chiqib, bunday bahaybat baliqni qanday qilib maydalamoq uchun maslahatlasha boshladilar. Men bo'lsam baliqning qornida o'ltirar va iqror bo'lishim kerakki, bu odamlar baliq bilan qo'shib meni ham chopib tashlamasalar edi, deb qo'rqqanimdan dir-dir titrar edim. Ana shunisi vahimali edi! Ammo baxtimga ularning boltalari meni chopib tashlamadi. Sal yorug'lik tushishi bilanoq men baland ovozda, toza italyan tilida (darhaqiqat, men italyan tilini juda yaxshi bilaman) baqira boshladim. Meni dim va qorong'u joydan xalos qilgan bu oliyjanob odamlarni ko'rganirndan xursand ekanligimni aytib baqirdim. Baliq qornidan odam ovozini eshitgan matroslar qo'rqqanlaridan qotib qofishdi. Balitjning og'zidan sakrab chiqdimu ularga chiroyli egilib, ta'zim qildim. Ular undan ham ko'proq hayratga tushdilar.
Download 0.52 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling