Baron myunxauzen sarguzashtlari


HAHANG BALIQ QORNIDA KEMALAR


Download 0.52 Mb.
Pdf ko'rish
bet33/34
Sana05.01.2022
Hajmi0.52 Mb.
#223424
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   34
Bog'liq
Baron Myunxauzenning sarguzashtlari BARON MYUNXAUZENNING SARGUZASHTLARI

HAHANG BALIQ QORNIDA KEMALAR 

 

Bizda  kompas  yo'q  edi,  shuning  uchun  begona  dengizda  anchagina  adashib 



yurdik. 

Kemamiz  atrofida  nuqul  katta-katta  baliqlar  —  akulalar,  kitlar  va  dengizdagi 

bolak maxluqlar uymalanib yurardilar. 

Oxiri  biz  nihoyatda  katta  bir  baliqqa  to'qnash  kelib  qoldik;  u  shunday  ulkan 

ediki, biz uning bosh tomonida turib, dumini ko'ra olmasdik. 

Baliq  suv  ichmoqchi  bo'lib,  ogfzini  katta  ochgan  edi,  og'ziga  daryo-daryo  suv 

kirib,  kemamizni  ham  damiga  tortib  ketdi.  Shunda  qanday  qo'rqqanimizni  bilsangiz 

edi!  Shunday  botir  odam  bo'la  turib,  hatto,  men  ham  qo'rqqanimdan  dir-dir  qaltirar 

edim. 

Ammo  baliqning  qorni  xuddi  kema  to'xtaydigan  gavandek  tip-tinch  ekan. 



Baliqning qorni bu ochko'z yirtqich allaqachon yutib yuborgan kemalar bilan liq to'la 

ekan. Oh, koshki edi, u yerning naqadar qorong'uligini bilsangiz! Biz na quyoshni, na 

yulduzni va na oyni ko'roldik. 

www.kitob.uz saytida elektron kitoblar, audio ertaklar, darsliklar mavjud




Baliq har kuni ikki marta suv ichar edi, har safar suv yutganida kemamiz kuchli 

to'lqinda beshik-beshik bo'lib ketar edi. Boshqa vaqtda esa baliqning qorni qup-qurtiq 

bo'lar edi. 

Suvning  to'xtashini  poylab  turib,  biz  kapitan  bilan  bir  aylanib  kelishi  uchun 

kemadan  tushdik.  Bunda  biz  butun  dunyodan  kelgan  dengizchilarni  uchratdik. 

Baliqning qornida ular O'n minglab edilar. Ularning ko'pchiligi o'sha joyda bir necha 

yillardan  beri  yashayotgan  edi.  Men  bu  dim  qamoqxonadan  qutulib  chiqish  rejasini 

muhokama etishni taklif qildim. 

Meni  boshliq  etib  tayinlashdi  va  ayni  o'sha  payt,  men  yig’lishni  ochgan 

mahalda, o'lgur baliq yana suv icha boshladi. Biz hammamiz o'z kemalarimiz tomon 

tarqalib ketdik. 

Boshqa kuni biz yana yig'ildik va men shunday taklif berditn: ikkita eng baland 

machtalarni  birlashtirib,  baliq  og’zini  ochishi  bilan  tik  qilib  qo'sak,  u  jag’ini 

qimirlatolmay  qoladi.  Uning  og'zi  ochiq  qolganidan  keyin  biz  bemalol  tashqariga 

suzib chiqishimiz mumkin. Mening taklifim bir ovozda qabul qilindi. 

Ikki yuzta eng baquwat matroslar maxluq boshqa yutina olmasligi uchun uning 

og’ziga ikkita eng katta machtani o'rnatdilar. Kemalar baliq qornidan ochiq dengizga 

qarab bemalol chiqib oldilar. Bu ulkan maxluqning qornida yetmish beshta kema bor 

ekan. Endi uning tanasi qanchalik bahaybat bo'lganini tasavvur qila olasizmi? 

Baliq  og'zidagi  kemalarni,  albatta,  shundayligicha  qoldirdik.  U  endi  boshqa 

hech kimni yuta olmasligi kerak edi. 

Asirlikdan ozod bo'lgach, biz, tabiiyki, qayerda turganimizni bilmoqchi bo'ldik. 

Ma'lum  bo'ldiki,  Kaspiy  dengizida  ekanmiz.  Bu  hammamizni  hayratga  soldi,  chunki 

Kaspiy dengizi yopiq joy bo'lib, boshqa hech qaysi dengiz bilan birlashmaydi. 

Ammo  men  Pishloqlar  orolida  ushlab  olgan  uch  oyoqli  o'qimishlining 

aytishicha, baliq Kaspiy oroliga qandaydir yer osti kanali orqali kelib qolgan. 

Biz  sohilga  qarab  yo'l  oldik.  Men  hamrohlarimga  boshqa  hech  joyga 

bormasligimni  aytib,  quruqlikka  chiqishga  shoshildim.  Oxirgi  yillarda  boshimdan 

o'tgan qiyinchiliklarning o'zi men uchun yetarli edi. Men dam olishni xohlar edim. 

Ketma-ket  bo'lgan  sayohatlar  meni  charchatib  qo'ygan  edi.  Endi  men  tinch 

yashashni xohlardim. 

 


Download 0.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   34




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling